Gunohkorlar tunda uhlamaydi.
Koʻzining osti uyqusizlikdan koʻkargan, ovqatlanmay yurganidan yuzi rangparga aylangan Jimin kollej darvozasidan ichkariga kirib kelardi. Havo salqin edi. Shu sabab biroz qalinroq kiyim kiygan. Asosiy binoga kirib oʻzining xonasiga yoʻl oldi. Karidorlar oralab 3-xonani qidirar ekan qorni ochligidan koʻz oldi biroz hiralashdi. Xonaga hech nima boʻlmasdan yetib olish uchun qadamlarini tezlatdi. Xonaga yetib kelgach har doimgi orqaroq partaga oʻtirdi va sumkasini joyiga qoʻygach partaga boshini qoʻyib koʻzlarini yumdi. Bu holatni uzoqdan bir inson kuzatib turardi. Bu oʻsha "jingalak" Leo edi. Darslar boshlanishiga hali vaqt bor edi. Jimin oʻzi kelgani uchun ertaroq kelgandi. Leo birdan xonadan yugurib chiqib ketti.
Sinfxonada baʼzi bir qizlar uni gʻiybat qilib olishdi. Leo chiroyli bola edi. Amerika standartlariga mos keluvchi va qizlarning orzusi. Lekin uning qiz doʻsti yoʻq edi. Koʻpchilik talabalar bunga qiziqardi. Hatto bir vaqtlar koʻrolmagan insonlar uni geyga ham chiqarishdi. Insonlar qanday nopok.
- uygʻonish vaqti boʻldi, hozir darslar boshlanadi janob Park.
Leo hansirab xonaga qoʻlida narsa bilan yetib kelgach Jiminning partasiga qoʻli bilan qattiq urdi.
Jimin noiloj boshini koʻtardi.
- aytmasang ham oʻzim yaxshi bilaman.
- buncha qoʻpol boʻlmasangchi Jimin. Men hatto sen bilan gaplashish uchun koreys tilini ham o'rganyabman.
- biror nima demasimdan avval ket.
- voy voy voy qoʻrqitib yubording. Mana bularni ol bular senga.
Leo qoʻlidagi gazaklarni va gazli ichimlikni unga tabassum bilan uzatdi.
- qani hamma joy joyiga oʻtirsin.
Leo narsalarni Jiminning qoʻliga tutqazib oʻzi yugurib joyiga oʻtib ketti. Leo undan oldinroq qatorda oʻtirdi. Chunki u yaxshi oʻqirdi.
Jimin maktab binosi hovlisidagi joyda oʻtirardi. Qoʻlida boya Leo bergan narsalar. Qorni och lekin buni qaytarib bergisi keldi. Shu sabab Leoni chiqishini kutib oʻtirardi.
Uzoqroqda bir guruh bolalar baqirib gaplashib, kulishib kelardi. Ularning orasida uzun boʻyli Leo alohida ajralib turardi. Leo kulish orasida oʻtirgan Jiminga koʻzi tushdi. Doʻstlariga xayr deb ularni itarib joʻnatib yubordi. Oʻzi esa yugurib kelib Jiminning yoniga sakrab oʻtirdi.
- bularni hali ham yemadingmi?
- men bularni qaytarib bermoqchiman.
- A? Men senga bularni qaytarib berishing uchun berganim yoʻq.
Leo qoʻlini Jiminning yuziga choʻzdi. Ikki toʻlacha yuzidan ushladi.
Yuzing huddi arvohniki kabi oqarib ketgan.
U Jiminning yuzini oʻngga chapga qilib tekshirdi. Keyin uning bilagini ushladi.
- endi bunga nima deysan. Oʻzi ovqat yeyabsanmi yoki yoʻq?
Jimin qoʻlini shartta tortib oldi.
- mening ishim yoʻq hozir bularni yeysan yoki anavi yerda bizga qarab turgan onangga bularni hammasini aytib beraman.
Jimin Leo ishora qilgan tomonga qaradi. Sumin xonim ularga uzoqroq joyda mashina ichida qarab turardi. Oʻgʻli kimdir bilan suhbat qurayotganidan yuziga tabassum yugurgandi.
Jimin bir snekni ochib yeye boshladi.
Jimin yeyishda davom etdi. Bu vaqti esa Leo unga qarab turardi. Jimin uning nigohlariga chidolmay tiqilib qoldi. Leo tezda qoʻlidagi gazli ichimlikni ochib unga uzatdi.
Jimin undan hoʻpladi va yoʻtali qoldi. Hammasini yeb tugatgach qoldiqlarini yaqindagi axlat qutisiga tashladi. Jimin ochligidan juda tez yegan edi. Jimin qayta joyiga oʻtirar ekan unga qarab tirjayib turgan Leoni koʻrdi va yuzi burishdi. Ryugzagini qoʻygan joyidan olib taqdi. Leoning qarshisida turib unga rahmat tariqasida egildi.
- hoy hoy bizda unday raxmat aytilmaydi bolakay.
- biror kun sen meni mexmon qilasan. Yoki oʻzing hohlagan nimadir bilan meni hursand qilasan.
- yaxshi men seni biror kun mexmon qilaman.
- buni ertaga dam olish kuni qilishimiz mumkin.
- meni onam kutyabdi, ketishim kerak.
Jimin mashina tomon qadam tashlay boshladi. Lekin Leo uning yengidan ushlab qoldi.
- hech boʻlmasam raqamingni ber.
Jimin etibor bermasdan boshini burib tezroq onasining mashinasiga oʻtirdi.
Jimin mashinaga oʻtirar ekan onasining birinchi gapi shu boʻldi.
- yangi doʻst topganingdan hursandman.
Jimin yana doimiy qiyofasiga qaytdi.
- qara u sen bilan hayrlashyabdi.
Jimin mashina oʻt olishdan oldin oynadan tashqariga qaradi va yana oʻsha (kuydirgan kalla😂) Leo qoʻlini koʻtarib tirjayib hayrlashdi.
Sumin honim mashinani qulay qilib koʻchaga chiqarib olgach katta yoʻlga chiqdi. Jiminning koʻzi mashinaning old oynasiga koʻzi tushdi va Leoning haliyam irshayib turgan basharasini koʻrdi.
Jimin qoʻllari bilan yuzini koʻzini yumdi va ho'rsindi.
Jungkook xona eshigiga mos keladigan kalitni qidirar ekan topgan zahoti eshik buragichiga tiqdi. Eshik ochilgach ichkarida koʻrpa ostida yotgan Taehyungga koʻzi tushdi. U uhlab yotardi. Sababi hozir tungi 03:11
Taehyung minglab hayollar ostida boshlangan bir kun tugagan edi.
Jungkook ichkariga kirib eshikni yopdi. Xonaga razm tashladi. Tungi stol yonida qatorlab patnisda ovqatlar turardi. Har mahalgi ovqatning hech biri yeyilmagan. Hammasi olib kelingan boʻyicha qoʻl ham tekkizilmagan edi. Jungkook ularning biridagi taomni tekshirdi. Bu ikki kunlik ovqat edi. Chunki u biroz aynigan hamda gʻalati hid chiqarishni boshlagan edi.
Jungkook uni joyiga qoʻydi. U Koreyaning uzoqroq joyiga safarga ketishidan avval Taehyungga eʼtiborli boʻlib qarashlarini aytgandi. Jin kasalligi sabab boshqa oshpaz unga yaxshi etibor bermadi. Jungkook " Uning ovqatlanganiga ishonch hosil qil." deya aniq qilib aytgandi lekin bu gaplari eʼtiborsiz qoldirishgan edi. Jungkook asabiylasha boshladi. Ammo bu hozirgi vaqtda uncha toʻgʻri ish emasdi. Jungkook Taehyung yotgan joyga yaqinlashdi. Koʻrpa bilan boshini oʻrab olgan taehyungga sekin tegindi. Koʻrpani boʻynigacha qilib ochdi.
Taehyungning oqargan tanasi kulrang choyshablar orasida yaqqol sezilardi. Jungkook uygʻotib yubormaslik uchun yengil harakat bilan uning yuziga tegdi. Taehyung muzdek edi. Bu Taehyung uchun odatiy hol edi. U doim shunday muzdek edi. Sovuqqonli inson.
Jungkook uning ustidagi koʻrpani ochib tashladi. Taehyung hali beri uygʻonmadi. Jungkook uni qoʻliga koʻtardi. Yiqilib tushmasligiga ishonch hosil qilgach eshikni bir qoʻli bilan ochib tashqariga chiqdi.
Koʻplab eshiklari bor karidordan oʻtar ekan eng ohirgi oʻzining xonasiga yetgach toʻxtadi. Eshikni ochib ichkariga kirdi.
Jungkook taehyungni koʻtargancha yotoqga yotqizdi. Uygʻotish uchun sekin yelkasini silkitdi. Taehyung koʻzlarini arang kuchsiz ravishda ochdi. Nima boʻlayotganini tushunmadi. Chunki u koʻrib turgan ranglar avvalgi xonadan farq qilardi.
Jungkook uni uygʻonganini koʻrgach vannaga kirib ketdi. Dushni iliq suv bilan toʻldirdi. Yana qaytib yotoqxonaga kirdi va koʻzini ishqalab uygʼonolmayotgan taehyungga uzoqdan qaradi.
- hozir men bilan bir ish qilishing kerak.
Jungkook uning kiyimlarini yechdi. Faqat ichki kiyimlarda qoldirdi. Taehyung indamadi. Balki gapirishga holi yoʻqdir.
Jungkook taehyungni qoʻliga oldi. Baquvvat qoʻllarida Taehyung hali ham nima boʻlayotganiga tushunmasdi. Shunchaki Jungkookga ishonganligi uchun hech qanday qarshilik qilmadi.
Jungkook vanna eshigini ochgach Taehyungni boya tayyorlagan iliq vannasiga asta sekinlik va juda ham ehtiyotkorlik bilan tushira boshladi. Taehyung sovuq boʻlganligi uchun iliq suv unga issiqdek tuyuldi. Biroz seskanib ketti, buni his qilgan Jungkook joyida qotdi. Taehyungning suvga oʻrganib olishi uchun biroz vaqt berdi. Taehyungning tanasi biroz boʻlsada isidi. Buni anglagan jungkook uni vannaga koʻproq kirita boshladi. Toʻliq ishini bajarib boʻlgach oʻrnidan turdi. Oʻzi ham yechindi.
Faqat ichki kiyimlarda qolgan jungkook vannaga shirin hidli aralashmalarni quydi. Taehyung shunchaki unga indamay qarab turardi. Biror soʻz yoʻq. Iris ranglari kulrang boʻlib jilovlanardi.
Soʻngra jungkook vanna ichidagi Taehyungni yuvintira boshladi. Bu juda uyatli boʻlishi mumkin lekin taehyung deyarli 3yoki 4 kundan beri yuvinmagan edi. Jungkook uning tanasini mayin ishlar ekan kuchsiz tanani his qildi. Hech qayeriga zarar bermaslik uchun yengil harakatlar qildi. Sochlarini yaxshilab ho'llagach oʻzining hech qanday uslubiga mos kelmagan shampundan qoʻliga oldi. Undan huddi mayin bir gulning ifori kelardi. Balki biron myata hidiga oʻxshash.
Jungkook barchasini tugatgach suvdan Taehyungni oldi. Vannaxona stoliga oʻtirgʻizgach sochiqni olish uchun choʻzildi. Taehyung huddi onasi choʼmiltirgan bolaga oʻxshab stolda oʻtirardi.
Sochidan tushayotgan suv tomchilari uning yuzida goʻyoki yaltiragan olmos kabi tovlanardi. Jk sochiqni olib uni qurita boshladi. Uning tanasiga botmasligi uchun yengil qilib quritdi. Undan jirkanmadi. Yani bu nurlanish bazi uzrli joylarni yuvish va artish edi. (Toʻgʻri bu sizning jirkanishingizga olib kelgan boʻlishi mumkin)
Jungkook bularning barchasidan mamnun edi. Taehyung butunlay qurigach Jk avval olib chiqqan kiyimlarni kiydirdi. Yengi uzun boʻlgan oq ustki kiyimni keyin esa taehyung bilan shopping qilgani borishganda olgan shimini kiydirdi. Taehyung undan koʻzlarini uzmasdan har bir qilgan harakatini soʻzsiz kuzatib turardi. Jungkook Taehyunning oyoqlari ostiga oʻtirdi. Yaxshigina oʻsib qolgan tirnoqlarini ola boshladi. Taehyung uning bu qilgan ishidan hayron qoldi.
Chunki u Jungkookning bunday ish qilishini kutmagan edi. Oyoqlariga egilib, hech kimga boʻy sunmaydigan kuchli mafia shunchaki jilmayib uning tirnoqlarini olayotganda edi. Taehyung uning har bir teginishida mehrni va sevgimi his qilardi. Jk hali ham boksilarda ekan boʻlgach taehyungni koʻtardi. Taening qoʻli yiqilib tushmaslik uchun Jkning iliq badaniga tekkach uning bagʻrida issiqlik ishlab chiqadigan qurilma bor deb oʻyladi🙃
Jungkook uni koʻtargancha qaytib yotoqxonaga keldi. Xonaning chekkasida joylashgan oyna qarshisiga uni avaylab oʻtirgʻizdi. Fenni ulagach uning sochlarini pastroq issiqlikda quritishni boshladi. Uning har harakatidan mehr va ehtiyotkorlik tomchilab turardi. Taening qahva rang sochlari xona chiroqlari ostida biroz qora sifat koʻrinardi. Uning sochlarini yaxshilab quritib boʻlgach fenni uzdi. Qoʻliga taroqni olib uning sochini taradi. Ikkisi ham qarshidagi oynada bir biriga qarashardi. Jkning nigohlari qatʼiy edi. Taening koʻzlari hali ham kulrang edi.
Jungkook qoʻlidagini joyiga qoʻydi. Taehyungning tepasiga keldi va unga qaradi. Lekin Tae unga qaramasdi. Balki koʻzlarini olib qochib shunchaki koʻzguga hissiz tikilardi. Hozir u oʻzini juda ojiz his qilyabdi.
Jungkook hech nima gapirishni istamasdi.
Taehyungning iyagidan ushlab uni oʻziga qaratdi. Uning koʻzlari maʼyus edi. Barmoqlarini sekin uning qurigan va rangi oʻchgan labidan yurgizdi. Soʻngra egilib undan boʻsa oldi. Taehyung koʻzlari yana hayratdan kattalashdi. Bu safar irislar ikki hil rangda porlayotgan edi. Yarmi kulrang va qorachiqlar atrofi pushti edi. Pushti irislar borgan sari kattalashib kulrangni haydab yuborayotgandi.
Jungkook bir muddat qimirlamay shunday turdi. Koʻzi yumilgan va ichida nimalarnidir his qilardi. Undan uzilgach koʻzlarini ochdi va qaddini tikladi. Taehyungning koʻzlariga qaragan vaqti irislar ikki hil rangdaligidan qoʻrqib ketti. Dovdiragan yosh bola kabi uning ikki yuzini ushladi.
- sening koʻzlaring Tae!!! Ular..ular ikki hil rangda.
Taehyung uning qoʻlini yuzidan olib tashladi. Koʻzguga qaragach oʻzi ham hayratlandi. Bunday holat avval boʻlmagan edi.
Koʻzini kattaroq ochib aksiga qaradi. Hayajonlangan vaqti irislar yana rangini oʻzgartira boshlagandi. Bu safar tushunarsiz qora rangga kirardi.
Jungkook uning qanday tarzda tezlik bilan hissiyotlari oʻzgarishidan hayron qoldi. Bu ajoyib edi.
Taehyung xonada jungkookning kelishi kutib oʻtirardi. Soat tonggi 05:13. Qish boʻlganligi sabab quyosh hali koʻrinmasdi. Biroz kutgach Jungkook eshikni ochdi va qoʻlida ovqatlar bilan kirdi. Jilmaygancha uni stolga qoʻydi.
Ikki idishda ramen va meva hamda shirinlik edi.
Jk kirgan zahoti xona issiq ramyon hidi bilan toʻldi. Taehyung bu safar qorni ochganini haqiqatdan ham his qildi.
Jk uning yoniga oʻtirdi. Qoʻlidagi bir martalik tayoqchalarini ochargach uni aralashtirdi. Issiqligi uchun ufurib taehyungga uzatdi.
Jk uni ovqatlantirib qoʻydi. Tae juda ochligi sabab hammasini yeb qoʻydi.
Jungkook boʻshagan idishlarni chekkaroqqa qoʻydi va tortmadan dorilar idishini oldi. Ichidan kerakli dorilarni oldi suvdan quydi. Dorini Taening qoʻliga berdi.