May 22, 2025

Gunohkorlar tunda uhlamaydi.

24-qism

2 kundan soʻng.

Qarorgoh.

TaePov:

Doimgidek yana bir tong. Men uygʻongan vaqtim yonimda hech kim yoʻq edi. Osmon hali biroz qorongʻu lekin erta tongning hidi juda aniq sezilib turardi. Uygʻongan boʻlsamda, koʻz oldim biroz hiralashgandek edi. Balki yana qonimga temir moddasi birikma yotgandir. Hozir hatto soat nechi boʻlganini ham bilmayman. Taxminan hozir soat 4lar atrofida boʻlsa kerak. Bu xonani men yodlab oldim. 4 devor, birgina juda mustahkam deraza, oq eshik va xonaning auraga ega qora va kulrangdan iboratligi. Bular qandaydir tarzda menga ajoyib tuyila boshladi.

Hozirgi vaqtdan! Oq choyshablarning rangi xonaga biroz iliqlik berardi. Erta tongdan koʻcha sovuq boʻlsa kerak. Bu hisni sezmaganimga ancha boʻldi... Qarorgohdagi sigara hidlaridan boshqa iforlarni unutib qoʻyganman sheklli. Jin ursin. Nima men hatto sananing nechchiligini ham bilmas ekanman.

Shunchalik hayotdan uzilib qolganmidim?

Toʻgʻri hozir qish. Qor yoʻq boʻlsa-da koʻcha sovuqligiga ishonchim komil. Mustahkam oynalar tashqarisida insonlar yana bir mashaqqatli kunni boshdan kechirish uchun otlanyabdi.
Ha taehyung hayot shunday beshavqat. Biz gunohkor bandalar aslida yashashga ham loyiq emasmiz. Bu yerga kelganimning aniq sanasini eslolmayman ammoen shu vaqt ichida hech qanday ibodat qilmadim. Qancha gunohga botdim ekan?!

Nega men bunday nopok insonga aylanyabaman?

Avvalgi oʻzligim qayerga yoʻqoldi?

Nasroniy legaridalik vaqtim hammasi joyida edi. Aqlimga sigʻdira olmayman. Bularni yuvishim uchun menga vaqt kerak. Men meni yaratgan ilohni unutdim. Jim ursin hozir boshim yorilib ketadi. Men oʻrnimdan turdim. Toʻzgʻib ketgan sochlarimni biroz boʻlsada amallab tartibga keltirdim. Mening xonam yani meniki emas, meni tashlab ketishgan xonaning burchagida hojatxona va yuvinish uchun jihozlar bor edi. Hamma kabi bajaradigan ishimni qildim. Yuvinib boʻlgach yana qaytib joyimga oʻtirdim. Osmon anchagina yoruqlashib qoldi. Deraza tushunib boʻlmas nimadir bilan hiralangan va tashqarini koʻrishning iloji yoʻq. Lekin quyoshning qanday harakatlanishiga qarab tushunish mumkin. Bu mening usulim. Shu yerga kelganimda buni anglab yetdim.
Menimcha qornim ochgan. Chunki u bazi bir ovozlarni chiqardi. Lekin men buni his qilmayabman. Bunday holatlarga oʻrganib ketganman. Bemalol chiday olaman. Men yana zerikmaslik uchun yostigʻim ostidagi, avval jin hyung bilan olgan kitobni chiqardim. Uni boshdan ohirigacha varaqladim va orasidagi Jungkookning rasmida toʻxtatdim. Unga bu ikki tunni hisoblaydigan boʻlsak yuzinchi marta qarayabman.

Axmoqlik.

Bu rasm meni haligacha o'ylantiryabdi.

Nima sababdan rasm yirtilgan?

Oʻylashimcha rasm olingan vaqti Jungkook 17 yoki 18 yoshda boʻlgan boʻlsa kerak. Huddi mendek. Unga tikilar ekanman yulduzcha kabi porlab turgan koʻzlari, labi ostidagi xoli yuzga shu qadar goʻzallik berayotganiga qoyil qolaman.

Ustidagi qora futbolka, to'q koʻk rangdagi shimi hamda oʻziga yarashib silliq taralgan sochi koʻziga tushib turardi.

(Rasmdagidek emas. Tasavvur qiling)

Oʻsha paytlarda ham baquvvat boʻlgan ekan. Boʻyi uzun va futbolkada sezilarli boʻlib turgan mushaklari bor edi. U juda baxtiyor edi...

Bu jihati esa menga oʻxshamaydi. Agar da men bilan Jungkookning oʻrtasidagi farqini topish oʻynaganimizda bir hil narsalardan bu yosh edi. Oʻxshash boʻlmagan tomonimiz esa men bu yoshimda bunchalik baxtni hali his qilib koʻrmadim. Bu gaplarni oylar ekanman ongim ostidagi ostidagi ikki hujayra jang olib boryabdi. Biri shukur qil desa ikkinchi biri esa mutlaqo bu fikrga teskari narsani aytayabdi.

Nega aynan men?

Nima sababdan men bularning barchasiga loyiqman?

Qanday qilib oddiy bir inson buning barchasini koʻtarib yurishga loyiq?

Qanday bir gunoh qildimki bunday hayot bilan bilan jazolanyabman?

Aqlim juda tez ishlaganidanmi bilmayman miyyamning bir chekkasidagi yaxshilik farishtasi yomon hayollarni o'ylamasligim uchun bor kuchi bilan harakat qilyabdi. Men o'zgachaligimni, mendagi barcha narsa moʻjiza ekanligi haqda toʻxtamay taʼkidlayabdi. Bu hayollarni miyamdan chiqarib tashlash uchun qoʻlimdagi yarimta rasmga qarayman. Jungkook baxtiyor tarzda kimningdir qoʻlini ushlab turardi. Ammo bu hikoyaning yarmi yoʻq. Agar bor boʻlganda ham men ozgina kamroq bu bular haqda oʻylardim. Hozir esa hayollarimni toʻxtata olmayabman. Bu qiz bolaligi aniq. Men qoʻlidan sezdim. Nozikroq va oq edi. Jungkook maktab vaqtida mashhur yigit boʻlgan boʻlsa kerak.

Nega bilmayman rasmga qaragan vaqtim ichimda qandaydir hisni sezyabman. Bu nimaligini bilaman lekin tan olgim kelmayabdi. Men qizgʻonyabman? Men uni rashk qilyabmanmi?
Bunday tuygʻuni unchalik koʻp his qilmaganman. Balki shuning uchundir, aniq darajada bularni tushunmayabman. Rashkdanmi yoki... Oʻylashni bas qilishim kerak. Ohirgi marta jungkookga boshdan oyoq koʻz yugurtirar ekanman, rasmni kitobning ohirrog'idagi bir betiga solib qoʻydim. Doim qilganimdek kitobning muqovasidagi nomini oʻqidim.

"Meni unutmang"

Hatto muqova ham qora rangda edi. Hayotim shusiz ham oq va qora rangdan iborat. Kitobni bosh betini ochdim.

"Hech kim butunlay unutilib ketmaydi, ammo qadrsizlashadi. Xiralashadi, eskiradi va oʻtmishda qoladi. Goʻyo uzoq bir uyquga ketgandek eslanadi"


- oʻgʻlim uygʻon tong otdi. Darslarga kech qolasan.

Jiminning onasi xonadagi pardalarni ochar ekan gapirdi.

- tezda yuvinib boʻlgach 10 daqiqada oshxonaga chiq, nonushta tayyorlab qoʻyganman. Keyin ishga ketishimdan oldin seni kollejingga tashlab qoʻyaman.

Jimin boshqa davlat vaqtiga hali oʻrganolmagani sabab qiynalayotgandi. Holsiz yana uygʻonib yuvinish uchun chiqdi. Yuvinish xonasidagi aksiga tikilib oʻzida jirkanish his qildi.

Hozir u uchun hammasi ahamiyatsiz edi. Taehyung yoʻq, Lukas yoʻq, Koreada emas. Yuvinib boʻlgach kiyimlarini almashtirib nonushta uchun chiqdi. Doimgidek onasi nimalarnidir oʻylab, ovqatini kovlab oʻtirardi. Jimin ataylab ketganini sezdirish uchun stolni qattiq tortib keyin oʻtirdi. Onasi ovozdan choʻchib, hayollaridan chiqib ketti. Oʻzini toʻgʻirlash uchun gavdasini koʻtardi.

- hayrli tong oʻgʻlim.

- sizga ham.

Jimin his tuygʻusiz guruchdan olar ekan hatto onasining yuziga ham qaramadi.

Sumin xonim (Jiminning onasi) uning bunday insonga aylanib aylanayotganini korib uchidan ezilardi.

- bugun darslardan keyin biror joyga borish haqida nima deysan? Bogʻ yoki...

- yoʻq hohlamayman.

Jimin uning gapini kesib tashladi. Sumin xonim shunchaki jim qoldi.

- oʻgʻlim nega sen bunday boʻlib qolding. Nimadan buncha...

- BULARNING BARIGA SIZLAR AYBDORSIZLAR.

Jimin asabiy stolga qoʻlini musht qilib urib xonadan chiqib ketti. Oʻz xonasiga kirib sumkasini olib eshikni qattiq yopib koʻchaga chiqib ketti.