Gunohkorlar tunda uhlamaydi.
-Taehyung senga nima boʼldi, tae menga qara?
Jungkook havotir bilan qo'lida hushsiz yotgan Taehyungni hushiga keltirish uchun harakat qilardi.
- Taehyung agar hazillashayotgan bo'lsang seni kechirmayman hech qachon.
jungkook deyarli yig'lab yuboray deyotgandi. Chunki Taehyung hali hamon ko'zlarini ochmasdi. Jungkook uni yo'qotib qo'yishdan juda qo'rqayotgandi. Qo'lidagi nozik tana qandaydir tarzda sovib borardi.
- Taehyung agar aldayotgan bo'lsang seni o'ldiraman.
Jungkookning yurak urishi va havotiri sezilarli daradada ko'paya boshladi.
- Tae ko'zingni och iltimos...
Jungkook umrida aytmagan "iltimos" so'zini aytib yig'ladi.
- anavi katta yulduzni koʼryabsanmi?
Taehyung barmogʼi bilan qorong'u tunning osmonidagi 1 yulduzni koʼrsatardi.
- qaysi birini aytyabsan men koʼrmayabman.
Jungkook ko'zlarini katta katta ochib qaradi.
- ha ha koʼrdim mana 2ta yulduz yonida turibdi.
jungkook hayron boʼlib gapirdi.
Taehyung yulduzga qarab jilmaydi. Koʼzlari iliq siyohrangda porlar ekan kipriklari yoshdan biroz namlangandi.
Jungkook uning gapidan tezda Taega qaradi.
- onamni juda sogʻindim...doim koʻrgim keladi...sirlarimni aytgim keladi...balki onam boʻlganida otam bilan..men..balki...
Taehyung gapirar ekan qoʻllari qaltiray boshladi.
- lekin bilasanmi men keyinchalik Jiminmi uchratganman.
Taehyung Jungkookga qarab jilmaydi va yana osmonga qaradi.
- biz ikkimiz keyinchalik juda yaqin doʻstlarga aylandik. U men uchun maktabini oʻzgartirdi. Biz doim birga edik. Maktabda, doʻkonda, ishda. Otam meni deyarli koʻchaga chiqishimni taqiqlardi. Bu bolaligimda edi. Taxminan 5-8 yoshligimda. Hayotimda bor insonlarda 2chisi bu Jimin edi. 3chisi esa sen.
Jungkook lablarini burishtirib huddi hafadek ifoda qildi.
- ha yana qanday savoling bor?
Jungkook yotgan joyida osmonga tikilar ekan ikki qoʻlini choʻzdi.
- endi men ham eshitishni hohlayman.
Taehyung mayin lekin shirin ovozda gapirdi.
- menda aytarli narsa yoʻq. Oddiy insonlar farzandi boʻlganman. Aniq maʼlumot bilmayman. Chunki men ota onamni eslolmayman. Onam va otam ajrashgan. Onam esa yoshligimda tashlab ketgan. Keyin esa oʻgay otam asrab olgan.
- onamning yonidagi ikki yulduz kimning yulduzi ekanligini bilasanmi?
- ular mening shaxsiy yulduzim.
- hohlasang birini senga beraman.
- hmmmm hohlagan narsangni beraver.
- boshqa kun bersam ham boʻladimi?
Jungkook choʻntaklarini qidirar ekan hech nima chiqmagach taslim boʻldi.
- bu mening shaxsiy yulduzim deyishimning sababi agar men ham oʻlsam men oʻsha yulduzga aylanaman.
- hamma bir kun kelib oʻladi. Hudo tomonidan berilgan hayotimiz bir kun kelib oʻz nihoyasiga yetadi.
Taehyung maʼyus tabassum qildi.
-shuning uchun men u yulduzni onamning yonidan band qilib qoʻydim.
-unday boʻlsa men oʻlsam sening yoningga boraman.
Taehyung bu gaplarni juda tez aytdi.
- hamma bir kun kelib oʻladi. Hudo tomonidan berilgan hayotimiz qachondir oʻz nihoyasiga yetadi.
Jungkook boyagina aytilgan gaplarni takrorladi.
- men oʻlishingni hohlamayman.
Taehyung biroz ikkilanibmi yoki uyalibmi shu gaplarni aytdi.
- men hozir oʻlayotganim yoʻq.
Jungkook taehyungning yuzini chimchiladi.
- Taehyung menga dadang haqida gapirib ber.
Taehyung otasi haqida o'ylar ekan biroz ozini gʼalati his qildi. Hozirgi quvonch biroz tarqalgandi.
- otam...ihm...nima desam ekan...
Taehyung daryo boʼyidagi osmonga tikilar ekan gapirdi.
- otam unchalik ham yomon inson emas aslida. Faqat sal asabiy menimcha.
Taehyung shu gaplarni aytganda tomogʻiga bir nima tiqilib qolganday boʻldi. Chunki bu haqiqat emas edi)))
Jungkook uning koʻzlariga tikilib turardi. Chunki irislar uning har bir aytgan gapida rangini oʻzgartirardi.
Taehyung jim qoldi. Oraga sukunat tushdi.
- rostini aytsam by haqiqat boʻlmasligi mumkin lekin men shu inson tufayli dunyoga keldim.
- seni onang dunyoga keltirgan.
Jungkook qoʻshib qoʻydi.
Taehyung unga qoshlarini chimirib qaradi.
- mayli mayli otangni ham hissasi bor.
- agar uni yomon desam bu hurmatsizlik boʻladi.
- toʻgʻri men bu inson haqida deyarli bilmasman lekin hurmat qilishga arziydigandek tuyilmayabdi.
Taehyung jim qoldi. Butun hayoti davomida qanday yashagani koʻz oldidan oʻta boshladi. Har doim kollejdan chiqib charchoq bilan ishga borishi, uyga kelganida otasining beshavqatlarcha kaltaklari.
Taehyung oʻzini yomon his qila boshladi. Otasini oʻylagan vaqti doim sovuq ter bosib qoʻrqishni boshlardi.
Jungkook osmondagi yulduzlarga termular ekan taehyungning hozirgu holatidan bexabar edi.
Taehyung borgan sari ogʻirlashib keta boshladi. Nafas olishi qiyilashib koʻz oldi qorongʻulashib borardi. Hansirab zoʻrgʻa nafas olar ekan koʻksidagi yuragini sekinlashtirish uchun qoʻli bilan ishqalay boshladi. Irislar qoʻrqinchli tarzda iliq siyohrangdan qoraga aylandi. Hayolida otasining haqoratlari, sinfdoshlarining unga koʻrsatgich barmogʻini koʻrsatib " laʼnatlangan" deb ustidan kulishi aylanardi. Odamlarning unga huddi maxluqni koʻrgan kabi jirkanish koʻzlari bilan qarashi miyyasi ostiga zarba berardi. Taehyung oyogʻi qaltirab sekin oʻrnidan turdi.
Taehyung gapirish uchun oʻzida hech qancha kuch topa olmadi. Yuragi ogʻrirdi... Undagi yaralar yana qayta ochilgandek edi. Taehyung qaltiroq bosgan tanasi bilan oldinga sekin yura boshladi.
Jungkook "balki hojatga ketayotgandir" deb unga indamadi. Lekin taehyung orqadan biroz boshqacha koʻrinardi.
Toʻxtovsiz koʻz yoshlar uning yanogʻini allaqachon hoʻl qilgan edi. Koʻrish darajasi yoshlardan pasayar ekan atrof yanada qorongʻu boʻlib koʻrina boshladi. Endi u tamom boʻlgandi)))
Jungkook yugurib kelib yerga yiqilgan Taehyungning tanasini qoʻliga oldi.
- senga nima boʻldi taehyung koʻzlaringni och.
Jungkook havotirdan yuragi tezlashib ketdi.
Jungkook uning muzlab qolgan yuzini qoʻllari bilan silab gapirdi.
Jungkook uning nafas olyabdimi yoʼqmi tekshirish uchun egildi.
- Jin ursin. Sen meni tashlab ketolmaysan Taehyung.
Jungkook uni koʻtarib lagerga yugurdi.
Taehyung hali hamon jonsiz uning qoʻlida yotardi. Tanasi qandaydir tarzda Jungkookning issiq taftini his qilar ekan yashash kerakligini ruhiga takidlardi.
Jungkook nihoyat hansirashlar bilan lagerga yetib keldi. Ichkariga otilin kirar ekan hamma unga hayrat bilan qarardi. Jungkook davolash xonasiga kirar ekan ichkaridagi 2 hamshirani koʻrdi.
Ular jungkookning qoʻlidagi hushsiz Taehyunni koʻrar ekan tezda uni yotqizishi uchun joyni koʻrsatdi. 1chi hamshira tezlik bilan kerakli narsalarni olib keldi. 2chisi esa Taehyungni koʻzini ochib koʻrib uni tekshirdi. Ular ishini boshlab yuborishdi. Jungkook esa unga qarab yigʻlab turardi. Nozik tanaga yuzlab aparatlarni ulashar ekan u ich ichidan taehyungga rahmi keldi.
Barcha narsani uzib uni qiynamaslikni hohladi. Lekin hamshiralarning biri uni xonadan tashqariga chiqarib tashladi.
Jungkook qoʻrqib ketayotgan edi. oʻzini hozirgi vaqtgacha bunchalik ojiz va ilojsiz his qilmagan edi.
- iltimos u tirik qolsin, yolvoraman.uni asrab qoling.
Jungkook xona eshigiga yalinib urardi.
Oradan 2soat oʻtdi. Jungkook yigʻidan koʻzlari shishgan, "iltimos" qilib tinmagan tomogʻi boʻgʻilan edi. Ilojsiz 1 nuqtaga qarab hech qanday his tuygʻusiz eshik tagida oʻtirardi.
- jin ursin hammasidan nafratlanaman.
jungkook hech kim chiqavermagach baqirib yubordi.
2- 3 daqiqadan soʻng xonadan hamshira chiqdi. Jungkook uning yoniga shamol tezligida yetib keldi.
- doʻstingiz qattiq stress holatini oʻtkazgan. Bizning aniqlashimiz ha qaraganda bu u uchun odatiy. U doimiy stress holatida yurgan. Unga yordam kerak.
Jungkook gapni ohirigacha eshitmasdan xonaga tezda kirdi.
Kirgan zahoti koʻzi jigar sochli bolaga tushdi. Koʻzlari yumilgan, meʼyorda nafas olayotgan va biroz qizargan yanoqlari. Jungkook joyidan qimirlay olmadi. Chunki bu bola farishtaning oʻzi edi. Jungkook bunday goʻzallik yonida oʻzini juda ojiz his qilardi. Gunohsiz bolaga qarab turarkan oʻzini juda iflos va nopok his qildi. Xona atmosferasi iliq, ulangan tomchi ukol ovozi xonadagi yagona sokinlikni buzuvchi narsa edi. Jungkook ovoz chiqarmaslik uchun juda sekin taehyung yotgan joyning boʻsh joyiga oʻtirdi. Koʻzida 1tomchi yosh bilan oʻzini chalkashtirib yuborgan oʻsmir yigitga qarab jilmaydi.
Jungkook past ovozda gapirdi, ehtiyotkorlik bilan qoʻlini taehyungning qoʻli ustiga qoʻydi. Oʻrta iliqlikda boʻlgan Jungkookning qoʻli taening muzdek qoʻliga tegdi. Bunday sovuqlik dam biroz ranjidi. Keyin esa gʻamhorlik hissi ortib ikki qoʻli bilan uning kichik qoʻlini ushladi. Isitish uchun qoʻllari orasiga oldi.
Jungkook hali hamon bunday goʻzallikdan koʻzini uzilmasdi.
Shifoxona kravatida yotgan kichik bir boʻlak nega bunchalar goʻzal?
Shu kichik 1 oʻsmir nahotki shavqatsiz mafiyani juda chalkashtirib yuborgan boʻlsa?
Oradan baʼzi daqiqalar yugurib oʻtgach Jungkook uning qoʻli isiganiga ishonch hosil qildi.
Jungkook oʻzini taening yuziga tegib koʻrishdan tiya olmadi. Chunki ohangrabo kabi oʻziga tortardi.
Jungkook egilibroq Taehyungning yuzidan qoʻlini sekin yurgizdi. Koʻziga tushgan sochni muloyimlik bilan qulogʻi ostiga oʻtkazib qoʻydi. Taehyung bu harakatdan biroz seskandi lekin haliham uyquda edi. balki...)
Uzun barmoqlar uning yanoqlarini silar ekan taehyung oʻzini uyquda comfort his qilishi uchun yetarli edi. Negadir harakat toʻxtadi... Jungkook oʻrnidan turib uyqudagi kichkina shahzodaning sochlarida oʻpdi.
- huddi qulupnoychaga oʻxshaysan.
Jungkook uning hattoki uyquda ham buncha uyalishidan jilmayib qoʻydi.
Jungkook yana qaytib joyiga oʻtirdi. Lekin bu safar taehyung koʻzlarini ochgan edi.
Jungkook unga jilmayib qaradi. Taehyung qayerdaligi muhim emas edi chunki yonida oʻzini havfsiz his qiluvchi insoni bor edi.
Jungkook unga yaqinroq kelib egildi va taehyungning lablariga labini bosdi. Taening iliq labi unikiga tegar ekan jungkook oʻzini tariflab boʻlmas his qildi.
Taehyung uning harakatidan koʻzlari katta ochildi. Jungkook kissni buzmasdan qoʻlini taening sochlaridan oʻtkazdi. Yengil va sevgiga toʻla oʻpich biroz chuqurlashib bordi. Boshida hayron qolgan taehyung allaqachon boʻsada erigan edi. Ikkisining ham yanoqlari qizargan, tanalari sinxron ravishda bir birini toʻldirib turardi.
-jungk...bizni..koʻrib..qolishlari...mum..
taehyung boʻsa orasida gapirishga ulgurgan soʻzlari shu edi.
Jungkook undan biroz uzilib gapirdi. Taehyungning yuragi kapalakchalardan sakrab urib keta boshladi. Ular juda berilib ketishgan edi.
Ular nihoyat nafas yetishmovchiligidan ajralishdi. Jungkook qoʻlini taening ikki yoniga qoʻyib uni qafas qilib olgandi.
Taehyung koʻzlarini ochmadi. Chunki jungkook hali ham undan koʻzlarini uzmasdi. Nigohi juda oʻtkir va taehyung bunday koʻzlar ostida uyatdan yorilib ketadigan edi( •͈ᴗ•͈)
- balki qarashni bas qilarsan.
Taehyung koʻzlarini ochmasdan gapirdi.
Jungkookning alfalik instikti borgan sari osharkan taehyungni shunchaki mazah qilishni hohladi.
(Albatta hazil maʼnosida)
Egilib avvaliga qizib turgan yanoqlaridan o'pdi. Soʻngra boʻyniga yengil oʻpichlar qoʻyishni boshladi. Taehyung uning harakatidan 2bor hayron qolardi. Chunki jungkook birinchi marta shunday uzoqqacha keldi.
Taehyung boʻynidagi mayin oʻpichdan qornidagi toʻxtovsiz kapalaklarni his qildi. Choyshabni qoʻli bilan qattiq siqdi.
Biroz notoʻgʻri nafas olishlar uning yuragini qattiqroq urishiga sabab boʻldi. Taehyung hato ish qilib qoʻyishdan qoʻrqib jungkookni oʻzidan uzoqlashtirdi.
- biz doʻstlarmiz. Bizda...biz...juda..
Jungkook kulib yubordi. Taehyungning hayajondan duduqlanishini juda yoqimli deb topdi.
- sen huddi uyatdan yonib ketadigan ayiq bolasiga oʻxshaysan.
Jungkook bunday yoqimli manzaradan baqirib yuboray dedi. Chunki tae hozir juda goʻzal koʻrinardi.
- menimcha sen dam olishim kerak. Nega bunday boʻldi tae?
- bu haqda gaplashishni hohlamayman. Boshqa vaqt aytib bersam maylimi?
- rosti men seni yoʻqotdim deb qoʻrqib ketdim.
Taehyung soʻzsiz yerga qaradi.
Jungkook ketish uchun oʻrnidan turdi. Vaziyat juda tushunarsiz boʻlgani uchun doimgidek qochishni oʻylardi.
- Jungkook meni tashlab ketma iltimos.
Taehyung barmoqlari bilan oʻynar asabiy gapirdi.
- men yana..sening...issiqligingni istayman.
(Ha taehyung juda uyatchang baʼzida jasoratli ham)
Jungkook kuldi. Taehyungning bunday chalkashligini koʻrish ajoyib edi. Boyagina yoʻqotishdan qoʻrqqan insoni endi yonida va uni sababsiz oʻpyabdi...
Jungkook ustki kiyimini yechdi. Taehyungning yoniga joylashish uchun choyshabni biroz koʻtardi. Taehyungning yoniga bir amallab joylashib olgach uni quchogʻiga olib quchoqladi. Qoʻllarini yelkasidan oʻtkazib tinchlantiruvchi tegishlar qildi. Boshini yelkasiga suyab taehyungni comfort qildi. Qoʻllarini sochidan oʻtkazib taray boshladi. Taehyung uning bu harakatlaridan allaqachon tushunib boʻlmas mehrni his qildi. Uning har bir tegishidan sevgi va gʻamhorlik hissi oqardi.
Jungkook past ovozda pichirlab gapirdi.
Taehyung ham huddi shunday pasd ovozda gapirdi.
- sen huddi farishtaga oʻxshaysan.
Taehyung indamadi. Irislar rangi tillarangda tovlanar ekan taehyung ichidan eyforoyani his qildi. Uning issiq quchogi sevgi toʻla tegishlari.
- men esa sening yoningda iblisdekman.