April 15, 2025

Gunohkorlar tunda uhlamaydi.

20-qism

- hayrli tong Tae.

Jin xona eshigini ochib doimgidek ovqat tola patnis bilan kirib keldi.

- sizga ham hayrli tong jin hyung.

- raxmat azizim. Yaxshimisan?

- menimcha ancha oʻzimga keldim deb oʻylayman. Men bugun erta uygʻondim.

Taehyung jinning qoʻlidan patnisni olish uchun oʻrnidan turdi.

- demak ushlash rejiming ham oʻz oʻrniga qaytdi.

- ha Jin hyung bularni menga olib keldingizmi?

- albatta

Taehyung taomlarga koʻz tashladi.

- ihm mazali boʻlsa kerak.

Taehyung ishtaha bilan ovqatlana boshladi.

- taehyung men ketishim kerak. Idishlarni keyinroq oʻzing olib bor.

- hop hyung men xonadan chiqsam boʻladimi?

- ha jungkook bunga rozi boʻldi.

Jin xonadan chiqib ketdi. Taehyung ovqatlanib boʻlgach idishlarni olib oshxonaga bordi. Bu yer tinch edi. Xonasidan chiqqani uchun hursand boʻlib ketgan taehyung oshxonada kofe tayyorlay boshladi.

- Nega bugun hamma joy tinch?!

Taehyung oʻziga oʻzi savol berdi.

Kofeni tayyorlagach qarorgohni biroz sayr qilishni hohladi. Oʻzi uchun tayyorlagan kofesini olib sekin qadamlar bilan qarorgohni aylanib chiqishni boshladi. U yashaydigan xona eng balandda edi. Toʻgʻri qarorgoh koʻzga tashlanmaslik uchun 3 qavat qilib qurilgan lekin ichkari shinam edi. Eng muhim insonlar shu yerda edi. Va jungkookga yaqin boʻlgan insonlar 3 qavatda joylashgan edi. Bular faqatgina Jin, RM, Suga va taehyung edi.

Taehyung pastki qavatlarga tushib yoʻlaklar boʻylab ichkarini kuzata boshladi. 3 qavatdan boshqa joyni koʻrmaganini sezdi chunki boshqa joylar notanish edi. Taehyung hayol surib yoʻlida davom etdi. Kofesidan ichib 1qavatga tushdi. Zinalar juda koʻp edi va taehyungga umuman yoqmasdi. Chunki u zinalardan nafratlanardi. Uning 2chi katta qoʻrquvi zinalar...

- ahh kechirasiz janob.

Taehyung bilmasdan kimgadir qattiq urilib ketdi.

- !?

Bu Suga edi. Taehyung ichidan biroz qoʻrquvni his qildi. U kelgan beri Sugada qoʻrqardi. Ikkisi bir biriga soʻzsiz tikilib qoldi. Suga ham indamadi.

- kechiring janob.

Taehyung egilib kechirim soʻradi va ketdi.

1chi qavat keridoriga kirgach yuragini ushladi.

- jin ursin unga nima boʻlgan.

Taehyung pastki qavatni ham aylanib tugaddi. Deyarli hech kim yoʻq.

- hammani haydashgan sheklli.

Taehyung qaytib yana tepaga koʻtarila boshladi.

- oyoqlarim uzilib tushmaydi degan umiddaman.

Taehyung yana bir zinadan koʻtarilar ekan gapirdi.

- ohhh Tae nima qilib yuribsan?

Namjoon xonasidan chiqar ekan adashgan kuchukchaga gapirdi.

- men aylanib kelgan edim.

Taehyung atrofga ishora qildi. Balki undan biroz qorqandir.

- yaxshisi jin hyungingni yoniga bor. Boshqa joylar sen uchun biroz havfli boʻlishi mumkin.

Taehyung indamasdan oʻylab qoldi.

- tushinarlimi?!

- xa.

Taehyung oʻylanib oshxonaga yoʻl oldi.

- yana salom.

Taehyung ichkariga kirib oshxona stuliga oʻtirdi.

- senga ham qayta salom.

- nimalar bilan bandsiz?

Jin berilib nimadir tayyorlayotganini koʻrib qiziqib soʻradi.

- bu jungkookning yeydigan achchiq taomi. Mendan boshqa inson qilganini yemaydi. Shu sababli men uni tayyorlayabman.

Taehyung shamol tezligida uning yoniga yetib keldi.

- menga ham oʻrgating.

Jin uning bunday tezligidan kulib yubordi.

- senga nima boʻlgan

Ikkisi oshxonada jkning sevimli taomini tayyorlash bilan

- buni men olib borsam maylimi?

Taehyung ohirgi ishni yakunlar ekan Jindan soʻradi.

- hohlaganing.

- raxmat hyung.

Taehyung hursandligidan uni quchoqlab oldi.

- senga aniq nimadir boʻlgan.

Taehyung hammasini qilib boʻlgach jkning ofisiga yoʻl oldi. U shu qavatda edi. Taehyung ancha vaqtdan keyin u bilan koʻrishishdan biroz uyalgan edi lekin u bor kuchi bilan uni yengdi va eshikni taqillatdi. Ichkaridan "kiraver" degan ovozni eshitgach eshikni sekin ochdi. Ichkariga moʻralab qaradi va qandaydir narsalar bilan band jungkookni koʻrdi. Eshikni yopib u tomon bordi.

- salom.

Jungkook indamadi.

"Balki kayfiyati yoʻqdur."

Taehyung uning bundayligidan biroz qoʻrqdi lekin sezdirmaslikka harakat qildi.

- bu yerga qoʻy.

Jungkook stol ustiga ishora qildi.

Taehyung taomlarni aytilgan joyga qoʻydi. Bir zum jim turgach chiqish uchun shoshdi.

- ketma bu yerga oʻtir.

Jungkook gapirdi.

Taehyung yerga qarab stolga oʻtirdi.

- nima kayfiyating yoʻqmi?

- menmi????

Taehyung oʻzini koʻrsatib hayron qoldi.

- bu honada ikkalamizdan boshqa hech kimni ko'rmayabman.

Taehyung taomdan tatib koʻrish uchun uni yaqinroq tortdi.

- kayfiyatim yaxshi sheklli. Lekin....

Taehyung oʻylanib qoldi.

- lekin siz....hmmmm....senda yaxshi emas sheklli?!

Taehyung nihoyat uzoq choʻzishdan keyin gapirdi.

Jungkook yengil kulib qoʻydi.

- bilmayman.

Jungkook ovqatdan yana bir qoshiq yedi.

Taehyung qoshini koʻtardi.

"nega u juda kam gap va kayfiyati yoʻqdek tuyulyabdi. Jin ursin menga bu yoqmayabdi. Nimadir qilishim kerakmi?."

Taehyung uning ovqat yeyishiga tikilib turar ekan miyyasida fikrlar aylanishni boshladi.

- buni kim tayyorladi?!

- jin hyung.

- yolgʻon gapirma.

- men yolgʻon gapirganim yoʻq!

- aldayabsan.

- nega endi men seni aldashim kerak ekan.

- chunki bu taom bu safar tami boshqacha. Men juda sezgirman.

- men ham biroz yordam berganman. Lekin bu taʼsir qilmaydi deb oʻylagan edim.

- ihmmm shuni boshidan aytishning imkoni yoʻqmidi?

- nima tami qanday ekan?

Taehyung qiziqsinib soʻradi.

- yaxshisi oʻzing yeb koʻrganing maʼqul.

Jungkook ovqatdan olib unga yedirdi.

- jin ursin suv jungkook suv qayerda?!

Taehyung ogʻzi yonayotganini his qilgancha xona boʻylab suv qidirdi.

- mana stol ustida turibdi.

- jin ursin. Tezroq quy.

Jungkook kulgancha suv quydi. Taehyung uni kutmasdan idish toʻlmasa ham olib suvni bir deyishda yutib yubordi.

- yo xudoyim sal kech qolganingda ogʻzim yonib ketardi.

Taehyung ogʻzini katta ochib nafas olishni boshladi. Koʻzlari olovrangda tovlanar ekan yuzi qizarib ketgandi.

- qanday ekan?!

Jungkook smirk kulib soʻradi.

- sen buni qanday yeding nima senda tam bilish hissi yoʻqmi?!

Taehyung turgan joyida jungkook tomon egilib yuzini koʻzdan kechirdi.

"Goʻzal"

Taehyung hayolidan oʻtkazdi.

- buning ichiga kimdir qalampir toʻkib yuborgan. Sen yoki Jin.

- men???

- unda kim?

Taehyung ichida jilmaydi.

5 daqiqa oldin.

- yaxshi men buni uning taomiga qoʻshaman. Xaxaxa bu juda qiziq boʻlsa kerak. Hech kim sezmaydi ham

Taehyung chiqarkan oshxonadan oʻgʻirlab olgan choʻntagidagi qalampirni chiqardi. Bir qanchasini taomga tokkach ayyorona jilmaydi.

- buni meni qildi deb oʻylaysan mi?!

- unda kim qildi?

Jungkook oʻrnidan turdi.

- bilmayman.

Taehyung u tomon nigohini uzmay kelayotgan jkning koʻzlariga qaramaslik uchun koʻzini olib qochdi.

- nahotki bilmasang?!?!?

Jungkook taehyung turgan tomonga yaqinlasha boshladi.

- haqiqatdan ham bilmayman.

Taehyung ortga qadam tashlay boshladi.

Jungkook soʻzsiz unga tikilib yuraverdi.

Taehyung orqasi bilan bir nimaga urilgach toʻxtadi. Boshqa yoʻl yoʻq edi. Bu ohirgi manzil.

Jungkook ikki qoʻli bilan uni qafasladi.

- agar rostini aytmasang...

Balki jazolar.

Bu qism kam bob qoldi lekin keyingi qism kutishga arzidi‡