Gunohkorlar tunda uhlamaydi.
Taehyung orqasi bilan bir nimaga urilgach toʻxtadi. Boshqa yoʻl yoʻq edi. Bu ohirgi manzil.
Jungkook ikki qoʻli bilan uni qafasladi.
Jungkook shimidagi kamarini yechdi. Taehyung soʻzsiz unga qarab turardi. Bir qancha vaqt oldin jkning qanchalar beshavqatligi yodiga tushib oʻzini biroz jirkanch his qildi.
Taehyungning gʻururi taslim boʻlishni hohlamadi.
Taehyung ohiri noilojlikdan hammasini aytdi.
- men xonaga kirishdan avval unga tuz aralashtirdim. Chunki hazillashmoqchi edim.
- unda jazoni baribir qabul qulasan.
Jungkook taehyungni qitiqlay boshladi.
- endi esa oʻzingdan koʻr kichkina.
- heyyy qitiqlashni bas qil...
Taehyung kulgular orasida zoʻrgʻa gapirdi. Koʻzidan yosh chiqquncha jk qitqlashda davom etaverdi.
Ikkisi juda baxtiyor edi. Taehyung umrida bunchalik mazza qilib kulganini eslolmaydi lekin hozirgisi aniq utulmas edi.
- boʻldi...axaxaxa....toʻxtat...
- mana senga yana taomni qanday achchiq qilish haqida.
Jk nihoyat toʻxtatdi chunki tae allaqachon kulishdan charchab ketgandi.
Taehyung yerga dumalab yotib oldi.
Taehyung koʻzidagi yoshini artdi.
Jungkook qitqlashda toʻxtab yerga oyogʻini chalishtirib oʻtirib oldi.
Taehyung hali ham yerda dumaloq boʻlib yotardi.
Taehyung hali ham oʻrnidan qimirlasdi. Jungkook havotir olib oʻrnidan turdi va uning yoniga bordi.
Jungkook uni siltadi. Lekin taehyung hali ham koʻzini ochmadi.
Jkning havotir ortib keta boshladi.
- hey tursangchi kechir boshqa bunday qilmayman.
Jk uning qimirlamayotgan tanasini tekshirib yigʻlab yuboray dedi. Chunki Tae birorta ham harakat qilmayotgan edi.
Taehyung tasodifan baqirib yubordi. Jk uning bu harakatidan yuragi uzilib tushay edi. Qoʻrqib ketganidan sakrab tushdi.
Jk sokib yubordi. Qoʻrqqani yuzidan shunday kulgili aks etardiki taehyung oʻzini kulgidan toʻxtata olmadi.
Jungkook hali ham nima boʻlganini tushunolmay taehyungning kelayotganiga qarab turardi
- dada balki shu yerda qolganimiz yaxshidir.
Jimin narsalarini joylashtirar ekan otasiga gapirdi.
Dadasi qattiq va qatʼiy ovozda gapirdi.
- men bir oʻzim ham kunimni koʻraveraman. Men bormasam maylimi?
- bu haqda sen bilan gaplashib oldik. Tezroq narsalaringni ol.
- dada axir men taehyungni....
Dadasi uning gapini eshitmasdan chiqib ketdi.
- axir taehyungni hali topmadim demoqchi edim.
Jimin hissiz xonada qolib ketdi. Deyarli qolish uchun umid yoʻq edi. Chunki otasi doim oʻzini aytganini qilgan. Balki bu yer havflidir lekin eng yaqin doʻstining oʻlik yoki tirikligini bilmay ketishi bu juda ogʻriqli edi.
- oʻgʻlim boʻldingmi ketishimiz kerak?!
Onasi eshik yonidan turib unga gapirdi.
Jimin sezdirmaslik uchun koʻz yoshlarini artdi va ryugzagini taqib onasining ortidan ketdi.
Jimin hali tashqariga chiqmasdan oldin sekin onasini chaqirdi.
Xonim uning umidsiz koʻzlariga tikilar ekan nima demoqchiligini tushundi.
- men uni koʻndirishga harakat qildim lekin kuchim yetmadi. Kechir oʻgʻlim.
- politsiyada tanish doʻstimga aytib qoʻydim. Taehyungni qidirishyabdi. Topishlari bilan bizga habar berishadi. Habotirlanma topishlari bilan oʻzim seni Koreyaga kelishingni taʼminlayman.
Onasi uning yelkasiga urib qoʻydi.
Jimin ketishidan oldin uyning ichkari derazasiga oʻzining raqamini yozib qoldirdi va email adresi bilan birgalikda. Agar taehyung uni qidirib keladigan boʻlsa har ehtimolga qarshi yozib qoʻydi. Va u uchun hat ham. Koʻngli biroz hotirjam boʻlgach uyiga ohirgi marota koʻz tashlab mashinaga chiqdi.
Oʻz shahridan ketar ekan mashinada barcha xotiralarni eslab ketdi. Ota onasining gaplarini eshitmaslik uchun quloqchin taqib mashina oynasidan atrofni jimgina kuzatib ketdi. Dekabr boʻlgani sababli taehyungning tugilgan kuniga oz qolgandi. Jimin uni bu yil tugʻilgan kuni uchun koʻp narsalar reja qilgandi. Lekin hech birini qila olmasligi uni qoʻrqitdi. Balki uni tugilgan kunida uchratarman deb oʻylab qoʻydi.
Jimin oʻylagan narsasidan qoʻrqib ketdi. Hayolidan chalgʻish uchun yaxshi narsalarni oʻylay boshladi. Koʻp oʻylab yuborgani uchun hayollari yomonlashib ketgan edi.
- ha u biz bilan shartnoma qilmoqchi.
Rm planshetga nimalarnidir yozar ekan gapirdi.
- aytganimdek qizi sizni yaxshi koʻradi. Shu sababli otasini majbur qilgan.
- qancha daromad keladi? Agarda shartnoma qilsak!?
- ular bizga keragidan ortiq pulni taklif qilyabdi.
Namjoon hisob kitobni unga koʻrsatdi.
- yaxshi unda ertaga uchrashuvni belgila.
- yaxshi bosh vaqtingizga qarab uchrashuvni belgilayman.
- hozirgi mijozimiz sizni koʻrishni hohlagan. U otangizning doʻsti ekan.
- u sizga bazi bir maslahatlarni bersa kerak.
Jungkook qoʻlida qoʻshtirnoq qildi.
Namjoon miyigʻida kulib qoʻydi.
Ular katta penthousega yetib kelishdi. Bu yer juda hashamatli, qoʻriqchilar bilan toʻlgan joy edi.
Jungkook mashinadan tushdi. Namjoon ham mashinadan tushib uning yoniga keldi. Orqada toʻxtagan mashinadan qoʻriqchilar tushib ularning ortidan ketishdi. Pentheus kirish eshigi yoniga kelar ekan ikki qoʻrqiqchi ularga taʼzim qilishdi.
Biri eshikni ularga ochib berdi.
Jungkook mafialar hos aura bilan ichkariga kirib bordi.
Uy did bilan yasatilgan edi. Ular bilan huddi Namjoon kabi hujjatlar koʻtargan kostyumdagi yigit birga yoʻl koʻrsatib kirdi.
Odam bir qarashda yosh deb oʻylaydigan lekin 50 ga yaqinlashib qolgan kishi qizlarning yonidan turib jungkookning yoniga keldi.
- assalomu alaykum jihoon amaki.
Jungkook unga qoʻlini choʻzdi.
Jihoon unga axmoqona qarab ogʻzini ochdi.
- amaki emas shunchaki jihoon deb chaqir.
Jihonning yoniga qizlar kelib yopisha boshladi.
Qizlar unga yopishib jihonning eʼtiborini tortishga harakat qilishardi.
Jungkook unga qoʻrqinchli nigoh bilan qaradi.
- qizlar ketaveringlar hozircha sizlarga ruxsat.
Jihoon ularni joʻnatib yubordi. Qizlardan biri jungkookdan koʻzini uzmasdan ensasini qotirib ketdi.
- ana endi gaplashsak boʻladi. Qani oʻtir.
Jihoon unga oʻtirish uchun joyni koʻrsatdi.
Jungkook ehtiyotkor edi. Chunki u bilgan har bir odam unga dushman bo'lishi mumkin edi. Shu sababli ehtiyotkorlik yaxshi.
- ishlar qanday ketyabdi? Amerika bilan shartnoma nima boʻldi? Biz ham ular bilan shartnoma imzolamoqchimiz.
Jihoon choyidan ichib gapirdi.
- bizda hammasi yaxshi. Amerikadan kelgan mollar haridorgir boʻldi.
Jungkook rasmiy usulda gapirdi.
- hoy bunday rasmiy bo'lmasangchi?!!!
- qarorgohingdagi asiring haqida baʼzi bir gaplarni eshitganday boʻldim? Bularga nima deysan.