March 2

Design with me 90 days

Bu challengedan kichik maqsadimiz biron productni dizayn qilish jarayonida qanday muammolarga duch kelinadi va qanday yechim berilishi, umumiy dizayn jarayonida qanday ishlar amalga oshirilishini ko'rib chiqish va bu usullarni yana ham optimallashtirish.

90 kun ichida nimalar qilamiz

  • 90 kun ichida 3 ta katta loyiha ustida ishlash reja qilingan.
  • har 30 kunda bir katta loyihani 0 dan programmistgacha bo'lgan ishlarni amalga oshiramiz.
  • 30 kunni ham kichik sprintlarga bo'lib olishimiz kerak bo'ladi. Shunda bizda ish ancha osonlashadi.

Birinchi 10 kunlik

  • Mijoz bilan discovery meetingni o'tkazib olish va shartnomalarni tasdiqlatib olish kerak bo'ladi
  • Undan keyin biz tehnik topshiriqlar bilan tanishib chiqamiz va mijoz xohishlarini ham o'rganib chiqamiz.
  • Biz ishlab chiqmoqchi bo'lgan dizayn foydalanuvchilarini o'rganib chiqishimiz kerak va ularni asosga qo'yib ular uchun hamma narsani shakillantirishimiz kerak.
  • Site-map ishlab chiqamiz va uni mijozga tasdiqlatib olishimiz kerak bo'ladi.

Ikkinchi 10 kunlik

  • Tasdiqlangan site-mapni biz low / high fidelity dizaynga olib kelamiz.
  • Homaki dizaynni yana bir bor mijozga tasdiqlatib olishimiz kerak va o'zgarishlar bo'ladigan bo'lsa qayta to'g'rilab chiqish kerak bo'ladi.(Dizayn chizish jarayonida doim qilingan ishlarni mijozga tasdiqlatib ketish kerak bo'ladi, buni sababini postni oxirida yozaman...)
  • Aqlimizda umumiy loyiha kartinasi paydo bo'lganidan keyin, endi biz inspiration ko'rishimiz kerak bo'ladi.

So'ngi 10 kunlik

  • O'rganilgan foydalanuvchilar va loyiha yo'nalishiga qarab UI uchun biron stil tanlab olishimiz kerak.
  • Boshlanishiga 3-4 screenlarni 2-3xil holatda tayyorlab keyin yana bir bor mijozga tasdiqlatib olishimiz kerak.Mijoz o'ziga yoqqanini tanlasa shundan keyin o'sha stilda qolgan dizaynlarni ham davom ettirish kerak bo'ladi.
  • Mijoz tasdiqlaganidan keyin biz ranglar,tipografiya va iconlarni figmada stilga solib chiqamiz(stilga solishni dizaynerlar yaxshi tushunishadi)
  • UI qismini chiqish endi bizda muammo tug'dirmaydi chunki bizda hamma narsa aniq va UI uchun qilinadigan ish taribi ham mijoz tomonidan tasdiqlab qo'yilgan bo'ladi.
Bu jarayon katta productlar uchun mo'ljallangan, kichik website va mobil ilovalar dizaynini tayyorlash kamroq vaqt va resurs oladi.

Ps: Yuqorida va'da berganimdek har bir sprint yakunlanganida mijozga tasdiqlatib olishni qanday foydalari bor:

  • Mijoz sizni nima qilayotganingizdan habardor bo'lib turadi va mijoz nazdida sizni ish qilmayapti degan fikr bo'lmaydi.
  • Mijoz o'zi sarmoya kiritayotgan productga yanada yaxshiroq tushunishni boshlaydi.
  • Sizni qilayotgan ishingizdan qoniqish hosil qiladi va profissional ekanligingizga shubha bilan qaramaydi.
  • Agar qandaydur jarayonda tushunmovchilik yoki xatolik yuzaga kelsa to'g'rilash oson bo'ladi va katta resurs sarf bo'lmaydi.

Agar mijozga tasdiqlatib olinmasa qanday muammolar kelib chiqishini nasib qilsa keyingi postda yozib o'taman, start-uperlar xatosi haqida ham yozsam kerak.

Bularning hammasi mening shaxsiy tajribamdan kelib chiqib yozildi, boshqalarda bundan ham optimal yechimlar bo'lishi mumkin albatta..

Xayrulloh Muhammad