August 22, 2024

Advanced JavaScript

Assalom alaykum

Bu yerda mening mentorligim bilan o'tiladigan Advanced JavaScript kursining mavzular ketma-ketligi va u haqida barcha malumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bu kursda asosiy etibor ushbu dasturlash tilini chuqur tushuna olish, leetcode masalalar ishlay olishga qaratilgan.

Bu kursda har qanday qiyinchilik va mashaqqatga sabr qilib chiday oladigan, o'z ustida non-stop ishlaydigan insonlarga ayni muddo bo'ladi. Agar sizda bu dasturlash tili bo'yicha ozmi ko'pmi bilim bo'lsa yoki boshqa qaysidir dasturlash tilni yaxshi bilsangiz inshaalloh bu til ham siz uchun qiyinchilik tug'dirmaydi.

Talablar:

— HTML va CSS bilimlarini bilish shart.

— Bor hamma etiborini faqat bu darsga qaratishi shart.

— Sababsiz ko'p dars qoldirilsa kursdan chetlatilishi mumkin.

Dars jarayoni:

— Darslar haftada 3kun 2 soatdan bo'lib o'tadi. Holatga qarab cho'zilishi mumkin.

— Darslar Xojiakbar Isroilov tomonidan Online holatda bo'lib o'tadi.

— Har kunlik dars mavzulari bilan tanishib chiqish uchun quyidagi havola berilgan.

Nega bu kursda o'qishim kerak ?

— Bu kurs sizga JavaScript tilini chuqur darajada o'rgata oladi.

— Bu kurs sizga qolgan Basic JavaScript kurslariga qaraganda bilimlaringizni ancha ko'proq va mustahkam qilishga toliq yordam bera oladi.

— Leetcode masalalarni ishlashga qiynalayotkanlar uchun masalalarga qanday yondashib ishlash kerakligini tajribali mentordan o'rganish.