February 6, 2023

💉 Donorlarga qo‘yiladigan talablar:

Xayriya qon topshirish aksiyasida ixtiyoriy 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (yoshlar, harbiy xizmatchilar, talabalar, davlat xizmatchilari, ko‘ngillilar va keng jamoatchilik vakillari) donor sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Talablar:

* 18-60 yosh chegarasida bo‘lishi (pasport bilan tashrif buyurasiz);
* 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli, gazli yaxna ichimliklar, ertalabki nonushtada tuxum, yog‘, sut iste’mol qilmasligi;
* sariq kasalga chalinmagan, D ro‘yxatda turmasligi;
* vazni 60kgdan kam bo‘lmasligi.

Sizda savol bo'lishi mumkin

🩺 “Bu sog‘ligim uchun hafvlimasmi?” degan savol tug‘ilishi mumkin. Havotir olmang, qon berishdan oldin bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tasiz va sizga mumkin bo‘lgan taqdirdagina donorlikka qabul qilinasiz!