MENING QISMATIM
Erta tong!
Arin ko'zlarini ochganida, hanuz qalin pardalar ortidan tushayotgan xira nur xonasini yoritib turardi. Boshi qattiq og'rir tanasi esa butunlay holsizlangan edi.
Kecha bo'lgan voqealar bir zumda xotirasida jonlandi. Jungkookning sovuq nigohi uning so'zlari va kechasi... U bilan birga yotgan onlari yuragini o'rtayotgandek edi.
U asta o'rnidan turib yoniga qaradi. Jungkook xonada yo'q edi. Arin og'ir nafas oldi va asta qadam tashlab oynaga yaqin bordi. Sochlari tartibsiz ko'zlari esa qizarib ketgan edi.
Eshik asta ochilib xizmatkor ichkariga kirdi.
"Bekajon, janob Jeon sizni pastga tushishingizni aytdilar. Nonushta tayyor" - dedi u muloyim ovozda.
Arin javob bermay sekin yoniga o'girildi va ko'zlarini yumdi. "Yaxshi hozir tushaman" - deya qiyinchilik bilan javob qaytardi. U sekin kiyim shkafidan oddiy oq ko'ylak va qora shim olib kiyindi. Ko'zlarini silab, chuqur nafas oldi va pastga tushdi.
Pastda Jungkook stol boshida jimgina nonushta qilayotgan edi. Han esa shirin tabassum bilan uni kutib o'tirardi.
"Oyi! Nihoyat siz ham keldingiz!" - deb chaqirdi Han quvonib.
Arin uni ko'rib jilmayishga harakat qildi va yoniga o'tirdi. Lekin Jungkook unga hatto qarashga ham qo'rqayotgandek edi. U faqat oldidagi kofesini aralashtirish bilan band edi.
Jungkook unga jiddiy tikildi keyin esa hech narsa demay yana nonushtasiga qaytdi. Lekin bu jimjitlik uzoq davom etmadi.
Eshik ochildi va ichkariga notanish bir ayol kirdi. U uzun bo'yli jingalak sochli va juda jozibali edi.
"Jungkook! Seni uzoqdan ko'rgim keldi", - dedi u shirin ovozda.
Arinning yuragi gursillab ketdi. Bu kim? U esa bu ayolning yoniga borib kulib turardi...
Arinning yuragi siqilib ketdi. U qo'llarini mahkam siqdi. Bu ayol kim edi va nima uchun Jungkookning yoniga shunchalik yaqin bordi?
Jungkook esa go'yo bu holatdan zavqlanayotgandek yuzida sirli tabassum bilan turardi. Arin ichida g'azabni his qilgan bo'lsa-da o'zini tutishga harakat qildi.
"Kechirasiz, siz kimsiz?" - dedi Arin nihoyat ovozini boshqara olgan holda.
Ayol unga qarab jilmaydi. "Men? Mening ismim Minji. Jungkookning juda eski tanishi..." - dedi u ohista.
Arinning yuragi yana gursilladi. Nima? Ularning o'rtasida nimadir bo'lganmi?
Jungkook hech narsa demay turgan edi, lekin uning nigohidagi yengil tabassum Arinni yanada junbushga keltirdi. U ichidagi barcha his-tuyg'ularni bosishga harakat qilardi lekin Minji o'zini juda erkin tutardi.
"Jungkook, men senga bir sovg'a olib keldim", - dedi Minji va sekin unga yaqinlashdi. U yigitning yoqasidan ushlab lablariga juda yaqin bordi...
Bu manzarani ko'rgan Arin qattiq nafas oldi. U hech qanday sabab yo'qdek ko'rinsa-da yuragi og'rirdi. Nega? Unga nima bo'lyapti? Nega bu holatga chidashi kerak?
Jungkook esa Minjini itarib yubormadi. Aksincha...u tabassum bilan qarab turardi.
"Minji, bu yerga kelishing noto'g'ri edi", - dedi u ohangida qandaydir sovuqlik bilan.
Arin bu gaplarni eshitib, chidashga qiynaldi. Yuragi ich-ichidan qichqirayotgandek edi. Nega Jungkook unga shunchalik sovuq munosabatda bo'lyapti lekin Minji
bilan bunday emas?
U shartta o'rnidan turdi.
"Men tashqariga chiqib kelaman", - dedi va hech kimga qaramasdan xonadan chiqib ketdi.
Yolg'iz qolganida yuragi g'azabdan o'rtanardi. Bu o'yin qachon tugaydi? Jungkook nega uni shunchalik qiynaydi?
Ammo xonaga qaytib kelganida u kutmagan manzaraga duch keldi. Minji Jungkookning ustiga egilgan holda uni quchoqlayotgan edi...