MENING QISMATIM
-Men ham baxtli bo'la olamanmi...
Quyosh nurlari xonaga tushar, Arin esa uyqudan asta ko‘zlarini ochdi. Boshini yostiqdan ko‘tarib, qo‘llarini cho‘zdi va charchoqni his qilgancha esnadi. Bugun uning hayoti butunlay o‘zgaradigan kun edi…
— Ajoyib tong… — deya o‘ziga pichirladi u.
Soatga qarab, shosha-pisha javonini ochdi va kiyimlarini olib vannaxonaga yugurdi. Dush qabul qilib, kiyimlarini kiygancha xonadan chiqdi. Ammo to‘xtab, birdan esladi:
Arin xonasiga qaytib, sevimli atiridan bir necha tomchi sepdi va oynaga jilmayib qaradi. Ammo bu tabassum uning yuragida yashiringan qo‘rquvni berkitolmasdi.
Pastda esa onasi nonushta tayyorlayotgan edi.
Arin eshikka qarab yugurayotgan paytida onasi uning ortidan baqirdi:
— Arin, qayoqqa? Nonushta qilmaysanmi, bugun otang uyda!
Lekin Arin onasini gaplariga e’tibor bermay, shoshilinch tarzda eshikdan chiqib ketdi. Onasi esa jahli chiqib ortidan baqirdi:
— O‘jar qiz! Hali bu qilganlaring uchun javob berasan…
U taxiga o‘tirib, haydovchiga shoshib gapirdi:
Uning yuragi g‘ash edi. Telefoni jiringlaganda tezda ko‘tarib, shoshilib gapirdi:
— Men yo‘ldaman, Taehyung, kutib turing!
— Tezroq! Samolyotim uchishiga 30 daqiqa qoldi!
U taxichini yana shoshirishga harakat qildi. Nihoyat, aeroportga yetib kelganida, Taehyung allaqachon kutib turgan edi. Arin unga yugurib borib, mahkam quchoqladi.
— Nihoyat… — dedi Taehyung chuqur nafas olib.
— Uchinchi yil tez o‘tib ketadi, — dedi Taehyung kulimsirab.
So‘ng, past ovozda so‘radi: — Balki bu safar ruxsat berarsan…
— Biz kelishganmiz, Taehyung. Nikohdan oldin sen meni faqat quchoqlashing mumkin, boshqa hech narsa.
— Albatta, seni tushunaman… Sen meniki bo‘lasan, baribir!
Samolyot parvozga tayyor ekani haqida e’lon berildi. Taehyung shoshilib sumkasini oldi va ketishdan oldin Arinning yuzidan asta bo‘sa oldi.
— Ahmoq! — dedi Arin kulimsirab.
— Bilaman, — dedi Taehyung jilmayib.
U samolyotga chiqib ketdi, Arin esa uni kuzatib, ohista pichirladi:
— Seni sog‘inaman…
Arin uyiga yetib kelganida, yuragi g‘ash edi. Eshikni ochgan xizmatkor uning yuziga xavotir bilan qaradi.
— Otangiz juda jahli chiqqan… Sizni kutmoqda…
Qiz og‘ir yutindi. Ichkariga kirganida otasi uning yoniga kelib, g‘azab bilan baqirdi:
— M-men… dugonamni kuzatishga bordim…
Otasi baland ovozda kulib yubordi. So‘ng, shartta qo‘l ko‘tardi va qizning yuziga qattiq urdi.
— Tartib qoidani bilasanmi?! Men sening otangman!
Arin qattiq og‘riqdan dod dedi, ko‘zlaridan yosh chiqdi. Onasi esa hech narsa qilolmay, faqat tomosha qilar, nimadir deyishga yuragi dov bermasdi.
— Kechirasiz, dada… Men boshqa bunday qilmayman…
Otasi chuqur nafas olib, g‘azab bilan so‘zlashda davom etdi:
— Ertaga sen uchrashuvga borasan! Bo‘lajak ering bilan ko‘rishasan!
Qizning yuragi orqaga tortdi.
— Savol bermay, gapimga quloq sol! Sen endi turmushga chiqasan, tushundingmi? Agar “yo‘q” desang, nima bo‘lishini bilasan!
Onasi ham qizining qo‘lidan ushlab, yalinardi:
— Jim bo‘l, Arin… Otangning g‘azabini qo‘zg‘atma…
Ertasi kuni qiz restoran oldida turar ekan, yuragi joyidan chiqqudek urardi. Ichkariga kirib, otasi aytgan odamni izlay boshladi. Nihoyat, stolda turgan, qora kiyimdagi baland bo‘yli erkakni ko‘rib qoldi.
U sovuqqina o‘tirgancha
Aringa qarab turardi.
Arin uning yoniga kelib, asta joylashdi. Erkak uni boshidan-oyoq kuzatib, quruq ohangda so‘radi:
Arin tutilib qoldi.
— M-men… turmushga chiqishni istamayman…
Erkak esa qoshlarini bir-biriga yaqinlashtirib, sovuq ohangda gapirdi:
— Xato qilyapsan. Men senga uylanaman, chunki shartnoma shunday. Senga qiziqishim yo‘q, bu shunchaki biznes.
— Ha, aytgancha… — dedi erkak beparvo ohangda. — Mening ismim Jeon Jungkook. 28 yoshdaman. Men ajrashganman… Va bolam bor.
Qizning yuragi gursillab urdi.
— B-bola?
Jungkook yelkasini qisdi.
— Ha. Va men uchun u hammadan muhim. Endi shuni bilib qo‘y: agar orqangdan kimdir kelsa… Men uni ham, seni ham yo‘q qilaman.
Arin qaltirab ketdi.
Jungkook esa o‘rnidan turib, unga oxirgi bor sovuq nigoh tashladi.
— Qiz bolalar faqat ko‘rsatmalarni bajarishi kerak. Hozircha, yaxshi qol.
Arin esa karaxt holda joyida qotib qoldi.