~ Sevgi asrligida ~
| Ogohlantirish! BL!! Yoqmasa õqimang! |
Felix Hyunjinning bunday ishlaridan juda hayratga tushdi. U qõlini Hyunjinning og'zidan ololmasdi chunki Felix Hyunjin ularni bildirib qõyishidan qõrqardi. Hozir ham aynan shuning uchun Hyunjin bunday qilmayaptimi? Felixning yuzlari sal qizardi, u tezda nimadir qilishni õylay boshladi. Birdan qõlini tortib olib õrniga, u 2ta, kõrsatkich va õrta barmoģini Hyunjinning og'ziga tiqdi. Hyunjinning kõzlari hayratda katta katta ochilardi...
(Heh, kerakmidi?)
Felix Hyunjinning yuzlarida sal qizil rang paydo bõlganini kõrib hayolan kuldi. Shuncha payt Hyunjin Felixni jahliga tegib, uni uyaltirib kelgan bõlsa, endi Felix Hyunjinning yuzini kõrib zavqlanardi. Lekin nega bu unga bunchalar yodqi...? Hyunjinning asta bir qõlini kõtarib Felix qõlini ushlab tushurdi. Hyunjin qizil yuzlarini berkitish uchun yuzini õng tomonga burib oldi. Felix buni kõrib asta kuldi va qõlini tushurdi. Felix Hyunjinni kuzatib, uni jahliga tegguncha xonadagi odamlar nimalarnidir gaplashib bõlishdi va xonadan chiqib ketishdi.
(Shibal, men ular nima deganini eshtmay qoldim!)
Felix õziga õzi hayolan sõkindi va shkafdan chiqishga shoshilmadi. Chunki u odamlar yana qayta kirib qolishlari mumkin edida! Hyunjin ham buni bilgan holda chiqishga harakat qilmadi. Ular birozdan sõng shlafdan chiqdilar. Shkafdan chiqishlari bilanoq Felix chuqur nafas ola boshladi chunki shkafning ichida unga havo yetishmagandi va u havoni hidi õzgarganini tezda sezdi. Shkafning ichiga kirishganda, Felix va Hyunjin bir birlariga yaqin turishganidan ularning hidlari bir birlariga juda sezilardi; yoqimli, hidlading-u boshqa oldisidan ketging kelmaydi...
— ular aniq õsha qiz haqida gaplashishdi — deya Felix hayolidagi gapni aytdi. Endi u Hyunjin haqida eslab qoldi va u tomon qaradi. Hyunjin devor yaqinida bir jim turgan edi, xona qoronğuligidan uning qanday holatda ekani va yuzi ham uncha kõrinmasdi. Hyunjin Felixni savolini eshtib unga sal yaqinlashdi;
— ha. Lekin bu ish jiddiy emas. Ular ,,undan" sõroqsiz ish qilishdi...— Hyunjinning gapini oxiri eshtilmadi chunki u gapini tigatishni ham istamadi. Felix stoldagi hujjatlarni kõrib chiqayotib sõradi;
— kimdan?
Lekin Hyunjin unga javob bermadi va shunchaki oyna oldiga borib oynaning pardalarini ochdi. Endi xonaga oyning nuri tushdi! Hyunjin oynadan tashqariga qaragacha dedi;
— ular qayergadir ketishmoqchi
Felix tezda oyna oldiga bordi va chindan ham! U pastda, bar ortida bir yigitni, qariroq cholni va õrta yoshli erkakni kõrdi. Ular bir mashina chaqirib, unga õtirib qayergadir ketishayotgan edilar. Felix tezda oynani ochdi va bir oyoğini chiqarib sakramoqchi bõlgan edi Hyunjin uni tõxtatdi;
— quymoq bõlmoqchimisan?
—... — Felix nima deb javob berishni bilmasdi, uning hayologa g'alati savol keldi;
(Quymoq sariqroq bõlgani uchun meni ustimdan kulyaptimi yoki yalpoq bõlgani uchun?)
— Sakraymiz! Ha yoki yõq? — dedi Felix
— yõq! — tezda javob berdi Hyunjin
— Hyunjin iltimos~
— yõq
— atiga 3-qavatku!
— yõq
— meni sevasanmi?
— ... — Hyunjin jim bõlib qoldida sekin dedi;
— ha...
— unda men uchun sakra
— yõq...sen uchun 3-qavatdan sakrash men uchun uyat
— Nima?
— sen uchun sakrash kerak bõlsa, bino shunaqanggi baland bõlsinki sakramay turib, yerga qaraganda yurak yorilsin
Felix Hyunjinning bunday gaplarini mazmuni uncha tushunmadi va hattoki kõp õylashga vaqti yõq edi chunki mashina uzoqga ketib bõlayotgan edi. Ular hozir 3-qavatda edilar, agar devorlardan foydalanib tushlasar hech narsa bõlmaydi. Nari bora oyoqlari sinadi! Lekin Felix politsiyachi, õrgangan va Hyunjin criminal, õrganib ketgan. Felix kutib tura olmay Hyunjinni qõlidan tutib oynadan bir oyoğini oyna pastidagi yer[podakolnik]ga tushurdi;
— õlsam seni birga olib ketaman! — Felix Hyunjinga qarab kuldi. Hyunjin boshida hayron bõlsdida õziga kelib asta kulib dedi;
— kelishdik
Ular devorlarni mahkam ushlab yerga tushishdi va tezda yaqinlashib kelayitgan mashina tõxtatishdi. Felix va Hyunjin mashinaning orqa ōrindig'iga òtirishdi. Felix muyolimlik bilan;
— Iltimos, shu mashina õrtidan yuring, faqat uni ortidan yurganimizni bildirmang!
Felix oldinda bir kõchaga burilib ketayotgan òsha mashinani kòrsatdi. Õzinng mashinasiga ikki zabardast kelishdan va biroz qòrqituvchi yigitlarni kòrgan haydovchi ming'irladi;
— agar siz ularni taqib qilmoqchi bõlsangiz, meni qõshmang va mashinamdan... — haydovchi gapini tugatmasdan, orqada kimdir uning boshiga qandaydir sovuq narsani tiraganini sezdi. U sekin nigohi bilan qarasa, orqada Hyunjin uning boshiga õzinng pistoletini tutib, yovuzlarcha sal kulib dedi;
— hayda
Haydovchining dami ichiga tushib, ruhi chiqib ketgandek ōziga tuyuldi. U mashinani tezda yurg'izib, ular orqasidan ketishdi. Mashina uncha kòp yurmadi, u bir necha kòchalardan burilgandan sòng bir uy oldida tòxtadi. Haydovchi ham mashinasini sal uzoqroqda tõxtatdi va Felix va Hyunjinni tushishini kutdi. Õsha mashinadan 3kishi tushib kõcha ichiga kirib keta boshlashdi. Hyunjin haydovchining boshidan pistoletini oldida, Felix bilan mashinadan tushdilar. Felix mashina oynasidan haydovchiga muloyim kulib dedi;
— katta rahmat! Va ha aytgancha, biz politsiyadanmiz — deya u tezda pul tõlab, haligi 3kishining ortidan kõcha ichiga kira boshladi. Hyunjin esa haydovchiga yovuzoga kulib, oynasidan ichkariga nigohi bilan qaradi va yonidan pullar chiqarib;
— ol, yangi shim uchun — deya haydovchining qōliga pullarni tutqazib, Felixning ortidan ketdi. Haydovchining yuragi tez urardi, uning Hyunjinni ushlagan qõllari qaltirar va nega Hyunjin bunday deganini bilish uchun shokda pastida, oyoqlari orasida qarasa...ular hõlligini kõrdi va qotib turaverardi...
* * *
Felix õsha 3kishi kõchalar ichidan kõchaga õtib, kõp burilishganlari uchun ularni yõqotib qõydi. Hyunjin esa Felixning ortidan jim yurardi, uning nigohi birdan yonidagi kõcha oxiridan õsha õg'rilar burilib ketganini kõrdi. Felix bu payt atrofni yaxshilab qarab, tekshirar va Hyunjin yonidagi kõchaga tikilib qolganini kõrib dedi;
— topdingmi? Ular qayerga ketishdi?
Hyunjin bir oz jim turdida, Felixga burilib qaradi va asta kulib;
— Yõq, shunchaki bir mushukchani kõrib qoldim...
—...
* * *
| politsiya mahkamasida. Soat 23.45 |
— Aah! Bõldi qil...
— ozgina qoldi! Ax...tepmasangchi!!
— Aay...Mm...
— Ngh...men hozir...
Politsiya mahkamasida hech kim yõq, faqat tungi navbatchilikka 2kishi qolishgan edi. Felix Hyunjinga unga juda yaqin yurganini va uning qõlini qõyib yuborishini aytib ming'irlab kelayitib birdan bunday ovozlarni eshtib qolidi. Hyunjin esa hali ham Felixni asabini yosh bolalarcha õynab;
— Felix~ yõq dema, men senga evaziga ularni topib beraman~
— Eshyapsanmi?
Felix Hyunjinni tõxtatdi, va politsiya mahkamasiga qarab qoldi. Hyunjin uni tõxtatgandan sõng, u ham bunday ovozlarni eshtdi, u kulib;
— Navbatchilikda Gyon va Yon qolgan. Vaay~ ular pismiq chiqishdiku a~
— Õchir! Ular...ular bõlishlari mumkin emas..
Hyunjin birdan politsiya mahkamasining eshikalrini tezda ochdi, Felix uni tõxtata olmadi va eshik ochilishi bilanoq, ikkovlari hayratda qoldi, chunki...
— Fuux...Men tugatdim! — Gyonning ovozi eshtildi. Yon stulda õtirgan, uning bir oyog'ini Gyon ushlab tizzalab turgan va muz qõyayotgan edi. Demak ular buni qilishmayotgan ekanda...?
Eshik ochilishi bilanoq Gyon va Yon eshik tomon qarashdi. Felix va Hyunjinni kõrib Yonning kõzlari porlab ketdi;
— Hyonnim-a...
— Nimalar bõldi? — deya Felix va uning ortigan esa Hyunjin ichkariga kirishdi. Gyon õrtidan turib tizzasini qoqdi. Yon esa yolg'on yog'i aralash;
— Hyonnim, bu Gyon jinnida hamma ayb
Yon erinmay bõlgan voqeani gapira boshladi;
< Yon va Gyon navbatchilikda qolishdandi. Birdan Yon mahkama lapmasi yaxshi yonmay qolganini sezdi va uni almashtirishni Gyonga taklif qildi. Gyon rozi bõlib, Yon stulga chiqib tõg'irlasa u uni past days ushlab turishini aytdi. Yon va Gyon avval stol va kegin uning ustiga stul qõtishdi. Yon chiqib lampani alishtira boshladi, Gyon eaa pastda stuldan tutib turgandi.
Hammasi yaxshi edi faqat...Faqat birdan Gyonning yuziga bir pashsha kelib, uning atrofida uchaverdi. Gyon qõlini qõyib yuborib yashshani haydagi va õzi ham qõli bilan stulni turtib yuborganini sezmadi. Yon stul chayqalganini sezib;
— Gyon! Gyon ushlaa!
— hozir, shu pashsha boru..— Gyon Yonga qarab ham qõymay, pashshani qõrardi. Yon esa muvozanatini yõqotib qõydi;
— Ona...Gyon blat ushlaa aa!
BAM!! Yon yuqildi. Gyon vanihoyat unga qarab;
— bõldi, pashsha ketdi
— MENGA DESA ENANGNI *** KETMAYDIMI AA?! >
— Mana shunday ishlar...— Yon hõrsindi
—... — Hyunjin
—...— Felix
— Felix, balki biz bugun...
—YÕQ! ASLO YÕQ!
***
Ertasi kuni Boshliq Do bõlgan barcha voqealarni eshtib boshi õg'rib baqirib dedi;
— SENLARGA BIR NARSANI TOPSHIRIB BÕLMAYDI! BÕLDI EE! SIZLARGA DAM 1HAFTA! ÕZIM BU ISH BILAN SHUG'ULLANAMAN
— Oo — Gyon hayron qoldi
— shu damni sog'ligimda berganizda...— pichiradi Yon. Hyunjin esa birdan hursand bõlib ketdi va Felixni oldiga borib, unga pichirladi;
— Felix, bir hafta bõsh vaqtimiz bor~
— Men tekinga ishlashga ham roziman... — Felixning hayollariga nimalar kelib ketmadi deysiz...
***
1haftalik dam yaxshi õtdi, hamma mazza qildi. Yonning oyog'i og'riyotgan bõlsada u Gyonni qul qilib oldi. Ular parkga borishdi, kinoga kirishdi, zoo parkni aylanishdi... Hammasidan ham, Hyunjin mazza qildi! U uyim yõq deb Felixnikiga kõchdi. Ertalab ham Felix bilan, tushlikda ham Felix bilan, tunda ham...
6-kun, tunda ular mazza qilib parkdan qaytishayotgan edi. Yon va Gyon uylariga harylashib ketishd. Hyunjin esa Felixga muzqaymoq olib berdi. Felix unga qarab;
— nega bitta? Mengachi?
— bu senga!
— sengachi?
Hyunjinning lablari sal kulgidan kõtarildi, u Felixni oldiga yaqin kelib;
— bizga bu yetadi~ — deya Felixning qõlidagi muzqaymoqni tortib yaladi. Felix bundan uyalib ketdi;
— Ee...kõchadamiz, esingdan chiqarma!
— Demak uyda mumkinmi? — Hyunjin Felixni javobini ham kutmay uni kõtarib, yelkasidan ortdi va uy tomon ketayotib;
— Felix, uyga tezroq boramiz hehe~
— ...?!