~ Sevgi asrligida ~
| Ogohlantirish! BL!! Yoqmasa õqimang! |
Lekin endi kech bõlgandi....
[ 00:03 ]
[ 00:02 ]
[ 00:01 ]
[ Bᥲ'ᤁᥲᥒ ɦᥲy᧐ᴛᥒi ᥙᥒᥙᴛisɦ ᥙᥴɦᥙᥒ δir ᥣᥲɦᤁᥲ, δᥲ'ᤁᥲᥒ ᥱsᥲ δir ᥣᥲɦᤁᥲᥒi ᥙᥒᥙᴛisɦ ᥙᥴɦᥙᥒ δir ᥙⲙr yᥱᴛᥲrᥣi ᥱⲙᥲs...]
. [ 00: 00 ]
BAAAAAAM!!!
Kema portlab ketdi va olov hattoki suvning ustini qopladi. Bu olovni kõrib Felix tizzalab yiqilib qoldi, uning kõzlaridan yoshlar oqar, u uchun endi huddi hayot tugagandek edi...
***
Felix kõzlarini asta ochganda õzini shifoxonada ekanligini kõrdi. U qanday qilib bu yerga kelib qolganini va qachongacha bu yerda yotganini bilmasdi. Uning kõzi asta tiniqlasha boshladi va allaqachon quyosh baland osmonda charaqlab turganini kõrdi. U krovatga asta suyanib õtirib oldi. Uning nigohi oyna tomonda huddi tashqariga tezroq chiqib nima bõlayotganini bilgisi kelgandek edi. Birdan xona eshigi ochilib, Gyon kirib keldiyu Felixni kõzlarini ochib oyna tomonga hech qanday his-tuyg'ularsiz qarab õtirganini kõrdi;
— Hyonnim-a...!
Felix unga bir qarab qõydida yana oyna tomonga burilib oldi. Gyon esa vanihoyat Felix õziga kelganidan juda hursand edi;
— Hyonnim-a, sizga nimadir kerakmi? Nega õtirib oldingiz?
Felix esa hech nima demasdi. U huddi his tuyg'ularini yõqotgsn insondek edi. Uning kõzlari esa oynadan uzilmasdi. Gyon uning ahvolini yaxshi tushunmasada, lekin unga qanchalik og'ir ekanini sal bõlsada bilardi;
— Hyonnim-a...Sizni uyg'onganingizni Boshliq Do va boshqalar eshitsa hursand bõlishadi!
— U endi...
Gyon Felixni nima deyayotganini eshitmadi chunki u juda sekin ovozda pichirlab gapirardi. Gyon mavzuni õzgartira boshladi;
— Hyonnim-a, siz yaxshilab dam oling, sizni kõrgani boshliq Do va boshqalar ke...— Gyon gapini tugatmasdan Felix uni bõldi;
— Kerakmas. Barbir ular orasida u yõq...
Gyon endi Felix kim haqida gapirayotganingni tushundi. U nima deb javob berishni bilmasdi va õylanib qoldi. Birdan eshik yana ochilib Yon kirib keldi. U Felixni kõrib uning oyoqlariga yotib, quchoqlab yiglardi;
— Hyonnim-aaa...! Vanihoyat kõzingizni ochdingiz! 3 kun hushingizga kelmadingizgaa!
Felix sekin Yonga qaradi lekin uning yuzida na quvonch va na qandaydir his tuyg'u bor edi. Gyon Felixga yomon xabarlarni aytishdan õzini tiymasin Yon kiriboq hammasini gullab qõyardi;
— Yon...Hyonnim-a hozir...
— Hyunjin hyonnim endi yõq aa...! Ular...Ular...
— Yon! — Gyon Yonni oldiga kelib, uni turta boshladi. Felix esa unga qarab nimalarnidir õylardi. Yon esa yanada mahkamroq Felixning oyoqlariga yopishib;
— Hyunjin hyonnimni jasadlari hali topilgani yõq! Balki ular tirikdir?! Balki...ularni baliqlar yeb ketgandir...? Balki portlashda ularni tanalari mayda bõla...Mmm! — Gyon uning oğzini qõllarini bilan yopdi va eshik tomon turtqilab;
— Hyonnim-a, unga e'tobor bermang...U...aqldan ozib qolgan! Siz yaxshilab dam oling, men sizni kõrgani yana kalaman! — deya uni yetalab xonadan chiqib ketdi. Felix biroz jim õtirdida sekin oyna tomon turdi. Bir ikki qadam yurgandan sõng u ,,Dup!" etib yiqilib qoldi; uning oyoqlari qaltirar, qotib unga bõysinmay qoldi;
— Nega...?
Felix boshlarini egilib oyoqlarini qõllari bilan ura boshladi, uning kõzlari yoshlarga tõldi;
— Hyunjin...Men barbir seni topaman...!
***
Oradan bir oy õtdi. Felix õziga kelgan bõlsada u kulmay qõydi. Felix politsiya mahkamasida hali ham ishlar lekin endi u rezinali õqlar õrniga haqiqiy õqdan ota boshladi, yana u hech kimni ayab õtirmasdi. Masalan kimdirni quvlab ketsa, õğri esa qochib unga bõysinmasa, Felix õğrini oyoğidan shartta otib yuboraverardi! Felix yana tungi smenada kõp ishlardi; ertalablari esa õz ishlari bilan band bõlardi. Boshliq Do ham Felixni bosh qõyib qõydi...
Soat 20.12 | politsiya mahkamasida
Felix qilgan ishlari bõyicha hisob topshirgani boshliq Doning xonasiga kirdi. Xonada hech kim yõq, xona oynalaridan mayin tungi shaboda oy nuri bilan birga kirib turardi. Felix boshliqning stoliga yaqinlashib hujjatlarni stolga qõyib ketmoqchi edi lekin birdan stolning pastki g'aladoni ochiq qolganini kõtdi.
Felix uni bir qõli yopib qõymoqchi bõldi lekin g'aladanni ichida qandaydir qora konvertli(uzbisini bilmayman🥲 hujjatni usti) bir hujjatni kõrib qoldi;
(Qora konvertli hujjat...?)
Felix qora hujjatni oldi, konvert hali ochilmagan ekan, uni asta ochib ichidagi xatni õqiy boshladi. Qancha õqishda davom etmasin Felixning yuzisi oqarib, kõzlari katta-katta ochilardi. Xat tahdid uchun yozilgan ekan;
《 Salom mening qadirli ,,dõstim"! Sog'ingandirsan? Meni tanimayotgan bõlsang men juda xafa bõlaman axir barcha sirlaringni bilamana! Senga aktyorliging uchun Oskar berish kerak chunki bularning barchasini oxirida sen turasanku. Sen Yongbokning ota-onasini õldirgan isnon...! 》
Xatda barcha haqiqat yozilgan edi;
Lee Yongbokning ota-onasi kompaniyasida sen ham ishlarding, ularning õng qõli bõlib. Ular aksiyadan katta pul yutib olishganda teng bõlishmoqchi edilar lekin sen avval bazm qilib, hammani yig'ib sõng pulni bõlib berishlarini taklif qilding. Ular sening taklifingga kõnishdi, bu payt sen hamma pullarni õg'irlading, homiylarga beriladigan pullarni esa soxtalashtirding.
— H-hyon, men axir buni xohlamagandim! M-men...M-men...
— Ishni qilib bõlding, vaqtni orqaga qaytarib bõlmaydi...Mayli, havotir olma biz sening bu ishingni aytmaymiz
— R-rahmat!!
— Lekin biz bankka borib hamma pullarni olib kelishimiz kerak, shunda ularni bõlib beramiz!
— ...
Aksiya pullari juda katta bõlgani uchun uni olish uchun kompaniya egalari shaxsan borishlari kerak edi. Yongbokni esa ular õzlari bilan olmoqchi emasdilar lekin Yongbok ulardan yana ajralgisi kelmadi va uni ham õzlari bilan olib olshdi.
— (Juda mehribonsizlar... Boshqalarni hayoti seing ukangning hayotidan ustun! Men bunga yõl qõymayman...)
Boshliq Do qolgan mehmonlar bilan qoladigan va Yongbokning ota-onasi bankga qõyilgan aksiya pullari bankdan shaxsan õzlarini olishga ketishdi. Yõlda esa avto xalokat rõy berdi va faqatgina Yongbok zõrg'a tikir qoldi. Merosxõr tirik bõlgandan sõng bankdagi pullar akaning ukasi Doga emas, õğliga õtdi. Boshliq Do bolani õz tarbiyasiga olib bankdan bu uchun pul olardi, uning politsiya mahkamasini ochganini sababi Yongbokni ya'ni Felixni yoshlikdan aldab bankdagi pullarni ishlatish edi. Agar bankdagi pullar bõlmaganda Felix allaqachon...
— Demak, hammasi pullar uchun ekanda...? — Felix birdan õylanib qoldi va uning lablari sal kulgiga kõtarildi;
— Õyin...
***
Boshliq Do charchab õz xonasiga kelardi, u eshikni ochsa eshish ochiqligini kõrdi;
— Eshikni berkitmaganmidim?
Boshliq Do ichkariga kirdi va xona chiroqlarini yoqdi. U divanda uxlab yotgan Felixni kõrdi va sekin yaqinlashdi. Felix divanda õtirgancha qõllariga tiranib uxlab qolgan, uning kõzlari yopiq edi. Bosliq Do uning oldiga kelib jim unga tikila boshladi. Birozdan sõng Boshliq Do Felixni yelkasidan turtib uyğota boshladi;
— Felix, turaqol
Felix qimirlab ham qõymadi, boshliq Do esa uni qattiqroq turtib baqirdi;
— FELIX, TUUUR!
Felix sekin kõzlarini ochdi va uyqu aralash ming'irladi;
— Mm?
— Bu yerda nima qilyapsan?
— Boshliq Do...Men...Men ketmoqchiman
— Nima?
— Sayohatga. Biroz dam olib kelaman
—...Lekin...
— Ha aytgancha, men bankdagi pullarimni sizni õtqazmoqchiman
— ...!
— Ularni muhtojlarga berarsiz
— ...H-ha...albatta...
Felix õrnidan turdi va Boshliq Doga minnatdorchilik ma'nosida egildi;
— Meni shuncha payt tarbiyalab kelganingiz uchun katta rahmat
— Y-yoğe, nimalar deyapsan! Sen axir mening sevimli jiyanimsanku!
— Men bu yerga sizga bajargan barcha ishlarim bõyicha hisob topshirgani kelgandim. Õzin ham uxlab qolganimni sezmay qolibman
— Hech qisi yòq, uyinga boraqol
— Ha aytgancha, menga ariza hujjatlarni ham olaman
Boshliq Do boshini ,,mayli" degan ma'noda qoqdi. Felix hujjatlarni boshliq Doning stoliga qõyib, ariza hujjatlarni olib politsiya mahkamasidan chiqib ketdi. Boshliq Do Felix ketgandan sõng biroz jim turdida kegin uning birdan õzgardi;
( Ahmoq, shuncha payt shu pullar uchun kurashib kelganman...Ularni osinlikcha beramanmi?!)
Birdan Boshliq Doga noma'lum insondan qõng'iroq keldi;
— Allo?
— 《 Hellou. Meni tanidingmi ,,dõst"? 》
Bu notanish odamninh ovozi õzgartirilgan bõlsada Boshliq Do uning kimligini tezda tanidi;
— ...
— 《 Senga jõnatgan sovg'amni kõrdingmi? Chiroyligina qora konvertda 》
— Nima?!
Boshliq Do Felix arizalarni olganda ularning orasida qora konvert ham borligini eslab uning yuzi oqarib ketdi;
— Menga nimani jõnatganding?!
— 《 Qanday ,,dõst" bõlganimiz haqidagi hikoyani 》
— Shibal!
Boshliq Do tezda telefonni qõydida boshqa bir insonga telefon qildi va Felixni qõlidan u hujjatlarni olishni tayinladi. U inson boshliq Doning ishongan odami edi. Boshliq Do juda asabiylashar, endi hamma pullarni olaman deganda bunday ishlar bõlganiga aslo ishona olmasdi. Ancha vaqt õtgach boqliq ishongan odam unga telefon qildi;
— A-allo...boshliq...M-men...
— Allo? Duduqlanmay ayt, men aytgan ish nima bõldi?
— M-men Felixni õldirib qõydim...
Boshliq Doning yuragi ichiga tushib ketdi, u nima deyishini bilmay qotib qoldi;
— Men hozir boraman!
Boshliq Doga albatta Felixni hayoti qiziqtirmasdi, u faqat õtmay qolgan pullar va Felixni õlimini qanday boshqalarga aytishini õylardi.
U tezda Felixning uyiga yetib keldi va xonaga kirgandan shokda qotib qoldi; Felixning xonasi qon hidiga tutub ketgan, yerda esa Felix peshonasida pistoletni õqi izi bilan qon yuqi yotardi...
— NIMALAR QILIB QÕYDING?!
— M-men...
— SENGA UNI ÕLDIRMA DEDIMKU! UNI BANKDAGI PULLARINI HALI OLGANIM YÕQ!!!
— K-kechiring...Bu tasodifan bõldi...pistoletni õzi otilib ketdi...
— AHMOOQ! MEN SHUNCHA PAYT QÕLIMNI QONGA BELAB BARCHA JIRKANCH ISHLARNI QILIB YURDIM! UNI SHUNCHA PAYT ALDAB KELDIM, ENDI SEN ****NI DEB HAMMASI BARBOD BÕLDIMI?! — Boshliq Do u yigitni yoqasidan tutib baqora boshladi, u yigit esa qaltirar, oyoqda turolmas huddi jinni kabi duduqlanar va boshini mahkam ushlab bir sõzni qaytaraverardi;
— Õ-õldirmang...M-meni õldirmang...Iltimos...! — U yigit eshik tomon yura boshladi, uning oyoq va qõllari qaltirardi
— TS, AHMOQ! QAYERGA KETYAPSAN?! —Boshliq Ro uning yelkasidan ushlab tõxtdi
— M-men...Men uyga ketishim kerak...
— DOVDIR! SEN ODAM ÕLDIRDING, SEN ENDI UYGAMAS QAMOQQA KETASAN!
— Y-yõq...uyda bolalarim bor...iltimos unday qilmang...!
— BUNI AVVALROQ ÕYLASH KERAK EDI!!!
— U-unda...Men hammaga sizning barcha sirlaringni aytaman! — bu gapni eshtib boshliq Do tezda uning yuziga mushlab urdi;
— Qamoqqa yolg'iz õzing ketasan
Yigit esa zarbdan yerga yiqildan edi. U õrnidan sekin turdida qõlidagi pistoletni Boshliq Do tomon kõtara boshladi. Buni kõrgan boshliq Do tezda pistoletni olib, yigitning yurak tomoniga qaratdi;
— Men kõp insonlarni õldirganman va haligacha meni hech kim tõxtata olmagan. Bu ishni ham yopib yuboraman!
! BAM ! BAM!
Boshliq Do Felixni uyini tark etdi, u huddi Felixni uyiga jinoyatchi kelib uni tunda õldirib ketishgandek qilib qõydi...
***
Tun. Osmonda doimo yorqin yonadigan tõlin oy negadir bugun tõlin emas, yarim oy edi. U avvalgidan xiraroq yonar lekin shahar chiroqlari bu qoronğulikni yengib yuborar, odamlar esa doimgidek kõchalarda ishdan qaytishar...
Aynan shu manzaraga oynadan tikilib bir yigit oyna oldida õtirardi; uning sochlari tim qora, kõzlari oyning hira nurida ham porlar lekin unda qayg'u bordek edi.
— Coffee — uning oldiga yana bir yigit keldida uning oldiga coffeeni qõyib, qarshisiga õtirdi;
— Seni bu yerga olib kelganimdan beri doimo oynaqa tikilasan
— Qiziq...U...U yaxshimikan? — qora sochli yigit oynadan kõzlari uzib qarshisiga qaradi. Qarshisidagi yigit undan sal kattaroq lekin juda kelishkan edi;
— Nega...? Nega meni qutqarding?
— Meni seni yashashingni xohlayman! Hwang Hyunjin!
— Pf, bu ishingiz uchun senga minnatdorchilik bildirmayman. Bang Chan!