Brightness in the night
Jimlik haa bu jimlik toʻfon oldidagi sukunatdir.
Bir payti qorongʻu tunda orqadan kelgan tezkor mushtni epchillik bilan tutib qolib unga nisbatan besh karra tez va kuchliroq zarba bilan javob qaytardi.Lekin bu sevinishga ertaroq ekanligini bildirardi. Chunki bu yerda 3 yoki 4 emas balki naqt 15 ta barzangilar qoʻllarida beysbol tayoqlari va oʻtkir tigʻli xanjar bilan u tomon harakatlanishardi.
U bu u koʻrinishi nozik lekin uning tanasida yoʻlbars kuchi yashirin.Uning jang qilish uslubini koʻriʼgab kishi bu qizni oddiy oʻrganuvchi deya olmasligi aniq, aksincha yetuklikka erishganlardan biri sifatida roʻyxatiga qoʻshishi shubhasiz.
Bu jang qizgʻin tus olarkan barzangilar birin-ketin tanasidagi ruhlari osmonu falakka uchardi.
Jangda qoʻlini qurolga aylantirgan qiz hozirgi daqiqalarda ularga tikilib qip- qizil qon bilan qoplanganini payqagandi.
Bu payt oʻyga choʻkkan hayollari ham tanasini himoya qilishdan toʻxtamasdi. U boshi uzra kelayotgan bitani qoʻli bilan tutib qoldi va yerdagi xanjar bilan unga atiga 3 marta zarba berdiki va bu esa bahaybat insonni oʻsha zahoti qulashiga imkon yaratdi.
Mashina u mashina yoʻlida turardi, roʻparasidan kelayotgan avtomabil chiroqlari kech boʻlganligi uchun yonilgan va ichidagi insonlar mashina tormizini bosishga urinishardi.
Bu yana oʻsha qoʻrqinchli tush.Unga soya kabi ergashib olgan daxshatli tush.
Buni oʻzi ham negadir chunmaydi.Bu dahshatli tush uni anchadan beri taqib qiladi
Tushdagi odam oʻldirishlar qoʻrqinchli emas balki oʻsha mashina ichida kichkina qizaloq va bolakay bor edi. Bu mashinada ularning ota-onasi bor . Eng qizigʻi ham, uni vahimaga soladigani ham bu ularning oʻlimi.Har doim qoʻrqinchli tushning yakuni oʻsha begunoh oilaning xalokatli bilan tugashi.
Turkiyalik.
Melek: opa, opa alo opa meni eshiting, qachon kelasiz axir mana yoz keldi. Oʻtgan safar etdiz-ku, yozni boshida kelaman va birga biror joyga boramiz deb hoʻsh qachon kelasiz ??
Melek opasini xuddi tergagandek tuyulardi lekin uning ovozini eshitib turgan opasining yuziga mayin kulgu yugurdi.
U : Hmm ... Xoʻshhh men aniq shunaqa dedimmikanaa ?
U Melekni ustidan kulganday boʻlib atayin gapirardi.
Melek endi yana jaxl bilan gap boshlamoqchi boʻlganida eshik qoʻngʻirogʻi chalindi.
Melek : opa hozir kimdir keldi. 1 daqiqada qaytaman.
Eshik tomon yugurib borar ekan uy xizmatchilari eshikni ochgan on yoqimli chehrani koʻrishi bilan u tomon yugurib borib ustiga sakrab chiqib oldi
Haa bu haqiqatdan ham u, uning jilmayishini koʻrish kam odamga nasib qiladi oʻsha odamlarning bittasi esa Melek edi. Garchi oʻgay boʻlishiga qaramay uni juda aziz deb hisoblaydi.
Melek: Men sizni yana kutushim kerak deb oʻylab siqilayotgandim.
U: gapini qarang buni siqilganmish , siqilishni senga xali kim qoʻyibdi-yaa.
Xali qoʻlida uni koʻtarganicha gapirardi.
Melek: Demak boʻldi ishga oʻtamiz buning uchun bizga gaplashib va kelishib olishimiz uchun boʻsh xona,siz yoʻldan charchamagan siz 😏😁buni bilaman shuning uchun dam olishingiz shartmas ...hmm unda bizga muzdekgina ichimlik kerak.
Melekning ovozini,gapirayotgan har bir gapini diqqat , yuzida esa tabbasum bilan eshitardi.
U: meni har doimgidek toʻgʻri chunasan unday boʼlsa ishga qani ketdik.
Ularning oʻzgacha odati bor edi, har yoz taʼtil paytida ular qaysidir mamlakatga sayohat qilishardi.Melek kichinaligidanoq kerakli bir neshta tillarni oʻrganib katta boʻlgan,opasi esa 12 yillik umridan bir yoki bir yarim yil vaqtini yangi til oʻrganishga sarflagan.
Shuning uchun ularning dunyo boʻylab safarlarida hech qanday muommo boʻlman.
Melek: opa oxirgi marta Parijga bordik hmm bu safar Koreyaga boramiz.☺️
Ustidan kulgandek jilmayib.
U: lekin nega endi Korea ?
Qoshlarini koʻtarib qoʻyib savol soʻradi.
Melek: chunki, u joy juda ajoyib.Menga juda yoqadi. Men u yerni qanchalik yaxshi koʻrishimni siz esa chunolmaysiz.
U: Oʻxxoʻoʻ xullas ... meni hech narsani chunmaydigan qariyagga aylantiribsandaaa
Melek: hada, nima siz musiqa tinglaysizmi ?
U: meni qoʻshiqlar bilan aloqamni bu mavzuga nima daxli bor ? 🤨
Melek sekingina kulib qoʻyib ichidan nimalarnidir oʻylagancha javob qaytardi.
Melek: ʼʼ nothing ʼʼ ( hich nima ) 🤭
U: hmm bu qiliqlaring menga tanish.
Melekdan nimanidir shubhalangandek soʻzladi.
Melek: opaaa~~~ boraylikkk men hecham shu joyda boʻlmaganman axir, hozir boʻlsa u yerga borishni rosa-yam xohlayman.
Opasining qoʻllarini uyoqdan- buyoqqa oʻynaganicha unga iltimos qilardi.
U: mayli, mayli koʻndirding.Boramiz oʻsha Koreyaga .... Hmm 😏 Pxenyangami ?!
Melek: 😑 opa ustimdan kulyapsizmi ?! Albatta Seoulgada nega endi Pxenyan boʻlishi kerak ?! Hattoki oʻsha joyga kirib ham boʻlmaydi siz esa boraman deysizaa .... Eee oʻrgildim.Topgan gapingizni.😑
U buni xazil ekanligini bilardi , lekin kichginaning bunga boʻlgan reaksiyasi uni kulib yuborishdan zoʻrgʻa ushlab turardi.
U: chiptalarni bugun kechga sotib olaman. Xoʻsh sen narsalaringni yiqqanmisan ?
Biror palakat boshlab qoʻyib oyisidan gap eshitishga tayyor turgan boladek kulib soʻzini boshladi.
Melek: faqattt yarmini ... Menga gapirishingizdan oldin oʻzim sizga aytaman. Birinchidan siz oʻzingiz qoʻngʻiroqlarimga javob bermadingiz.
Ikkinchidan: biz bugun ketishimizni bilmagandim.
U: demak aybni menga toʻnkayabsanmi?
U: mayli har doimgidek. Hozir bir-ikki ta muhim narsalaringni ol qolganini oʻsh seni qadrli Koreyangdan sotib olamiz.
Melek: .... Menimcha boʻldi. Bori shuu.
U : demak bizning rasmiy majlisimiz tugadi. ?!
Melek: ha.
U: unday boʻlsa, qani kelchi oldimga seni juda juda sogʻindim
Melekni quchib , sochlaridan silagancha soʻzlarini davom etdi.
U: sensiz shunaqangi zerikdim.
Melek: men ham sizni sogʼindim... Boʻldi, boʻldi suyulmang men narsalarimni yigʻishim kerak.
Singlisining sochlarini quloqlari ortiga olgancha,
U: kerakmas, xizmatkorlar oʻzlari qilishadi.
Melek: lekin ular nima kerakligini bilishmaydi-ku?
U: bilishadi. .... Seni eng zarur narsalaring bu seni 2 ta oʻyinchogʻing va musiqa qutichang
Melek: siz bularni bilasiz lekin ularchi, ular qayerdan bilishadi ?!
Xuddi chunarsiz matematik misollarni miyasida oʻylayotgandek opasiga qaradi.U boʻlsa kulib
U: Har safargi sayohatimizda har doimgidek oʻsha narsalar jamadoningda boʻladi. Ularda esa buni eslab qolishga arziydigan aql bor. Shunaqa emasmi?!
Bu gaplarni gapirar ekan nazarini jiddiylik tusiga oʻzgartirib , ularni kuzatib turgan bir- nechta oqsochlarga qaratdi.
Uning bu gaplari xuddi pichingdek oqsochlarning qulogʻiga yetib borishi bilan qimirlab qolishdi va ayniqsa uning xavfli va qoʻrqinchli nazari ularga tushi bilan oyoqlarini qoʻliga olib Melekning xonasi tomon yugurishdi.
U hozirga era hozirgi vaqtlar balki deyarli butun hayoti davomida Melekdan boshqa hech kimga bunchalik yaxshi ohang bilan gapirmagan ham qaramagan ham.
U dunyo uchun eshiklarini yopgan inson edi.Lekin hozirchalikda bu eshikdan faqatgina Melek xatlab oʻtaoldi xolos.