February 18, 2025

Brightness in the night

Ep 4

Jungkook pov :

Bu qizni kuzata ekanman uning eʼtiborini tortish qiyin ekanligini payqadim yoki u meni eʼtiborimni tortish uchun buni atayin qildimi ?! Bu haqida biroz bosh qotirayotgan paytimda uning keskin harakatlari yon- atrofda toʻs- toʻpalon paydo qilishiga katta hissa qoʻshdi.
U menga qaragan on nimadir boʻldiki men orqaga zarb bilan yiqildim. Keyin esa qandaydir singan tovushlar.
Haaa bu haqiqatdan ham aql bovar qilmas darajada gʻayritabiy . Bir daqiqa oldin dasxat qoʻyish jarayoni ana endi esa bu qiz menimcha meni qutqardi. Tevarak atrofga qarab uni izlar ekan man , kimnidir bir qoʻlini ikkinchisi bilan ushab olgan holatda koʻrdim , hayratdan yoki qoʻrquvdan xira parda qoplagan koʻzlarimni chimirar ekanman bu oʻsha qiz ekanligini payqadim. Nahotki, nahotki u yaralangan.

Shu topda qaygʻurushdan esankiragan hodimlar men tomon yugurib kelayotgan payti , atiga 1 daqiqaga yoʻqolgan nigohim , ortga qaytgan paytda uni topa olmadi.

Oʻsha qiz turgan joyga borar ekanman polda qon izlariga koʻzim tushdi. U haqiqatdan ham men saqlab qolaman debb oʻzi yaralangan.

Bon Su pov :

Agar rostdan ham ular men uchun kelishgan boʻlsa, bunday osson yoʻl tallashmagan boʻlardi.... Lekin baribir tavakkal qilish juda qaltis, bu safar yonimda Melek bor. U haqida xabar topib qolishlari mumkin.

Oradan 1 hafta oʻtdi.~~

Melek pov :

Oʻsha kuni Bon Su dasxatlar qoʻyilgan qogʻoz bilan keldi. Ammo kirib kelishi bilanoq barcha tomonni deraza pardalarini yopa boshladi. Uni xayron holatda kuzatar ekanman kiyimidagi qizil dogʻni koʻrdim. Aftidan bu qon edi.

Opamga xavotir ila tikilib qolgan paytimda Bon Su men tomon yaqinlashdi , xoy-nahoy u mendagai notinchlikni sezdi shekilli ,biroz sukunat saqlab, holatni chuntirishni boshlar edi.
Bon Su : " Melek oʻzing payqading shekilli men jarohatlandim ." soʻzlarining soʻngida mayin jilmayib qoʻyar ekan bu mitti yuragimni yana battar ezardi.
Melek : " Meni tufaylimi ? "
Bon Su : " qanaqasiga seni deb boʻlarkan , men shunchaki odamlar hayotini saqlab qoldim xolos. "
Melek : " juda oriyaptimi ? "
U boshini yoʻq alomati ila biroz chayqab qoʻyib yana jilmayib qoʻyardi.
Bon Su : " koʻrib qoʻyishga yordam berasanmi ?! " Deya qoʻliga ishora qilib biroz koʻtarib qoʻydi .

Bon Su pov :

Qoʻlimdagi bir neshta kesiklar meni tashvishlantirayotgani yoʻq balki Melekga bu haqida soʻzlaganim meni koʻproq oʻylanishimga majburlayapti.
Melek menga diqqat bilan tikilib qolganida chundimki, u oʻsha kesiklarni payqap qolgan.Melek har doim sezgir va aqilli boʻlgan va mening oʻtmishim haqida boshqalardan koʻproq biladi va unga bergan vaʼdam , oʻz ogʻizlarim bilan aytishga majbur qildi. Endi esa bu vaʼdaamdan butun umr afsuslanaman.

Hozirgi vaqtlar ~~

Bu orada internet tarmoqlarida koʻpgina xabarlar shou-shu boʻldi. Oʻsha baxtsiz hodisa , Bon Su yanada tashvishlantirardi.Ammo baxt ular tomon kuldimikin , bu voqealar tezda qoʼqolishni boshladi. Endi esa bu opa- singil uchun yangi muommo paydo boʻldi.

Bon Su endi oʻz kredit kartalaridan foydalanish xatarli ekanligini bilib, ishlashga qaror qildi.

Melek pov :

Bon Su ni yana qiyin ahvolga solib qoʻydim. Endi esa oʻzim unga yordam berishim kerak. Bon Su oddiy ishlarda ishlamaydi bu aniq , axir qanaqasiga bu aqli bilan oddiy ishda ishlashi mumkin ?!

Unga toʻgʻri keladigan koʻpgina ishlarni koʻrdim. Lekin hammasini qandaydir kamchiligi bor va shu zayilda izlashda davom etar ekanman oradan 3 kunni ham oʻtqazib yubordim. Bugun esa yakshanba va hali-hamon izlashda davom etardim. Ammo bir payt koʻzim bir yangilikka tushdiki buni koʻrib ogʻzim lang ochildi. Buni koʻrib quvonchdan sakrashni ham yigʻlashni ham bilmasdim. Keyin esa Bon Su tomon chopdim.

Bon Su : " yana nima boʻldi, bunchalik yuguryapsan ?! Hozir agar yiqilsang yana yigʻlab oʻtirasan. " men opamga muhim yangili topib kelsamu , ular boʻlsa har doimgidek javrayaptilar.
Melek : " Bon Su bilaman va xavotir olmang menga hech narsa qilmaydi. Siz yaxshisi meni diqqat bilan eshiting -- bilaman hozir moilaviy ahvolimiz yaxshi emas va siz ish qidiryapsiz. Bundan tashqari siz oʻqigan odamsiz oddiy ishlarda ishlashingizni -- yoʻq bu sizga yarashmaydi.Shuning uchun menda yaxshi bir gʻoya bor.

Qarang bu saytda aytilishicha big hit kampaniyasi merjerlik roʼli uchun yangi kandidatlar qidirayotgan ekan. Ular soʻrayotgan narsalar esa juda oddiy , diplom va suhbatdan oʻtish unga boʻladigan suhbat esa shu hafta oxirida .

Xoʻsh nima deysiz ?! " Gapim soʻngida bitta qoshimni koʻtarib qoʻymoqchi edim lekin har doimgidek ikkalasi birga koʻtarildi.

Bon Su pov :

Bu qizga nima boʻlganini bilmadimu lekin bugun aniq u boshqacha. U aytgan taklif yaxshi, oylik maoshi ham ancha qoniqarli. Shu 3 oy uchun juda yaxshi taklifni topgan. Haa Melekga qoyil qolmaslikni iloji yoʻq lekin bunda nimadir borki meni koʻnglim tortmayapti, xuddi nimadir sodir boʻladigandek. Shu sababli unga rad javobini berdim. Lekin u shu qarorida qatʼiy turib olgan shekilli , xira pashsha singari ortimdan qolmasdan faqat shu narsa haqida gapirar edi. Bu esa allaqachon jonimga tegib boʻlgan edi.

Ammo, yana har doimgidek uning soʻzlariga quloq soldim. Barbir hech narsa yotmayman degan umidda hujjatlarimni yigʻishni boshladim. Melekga men oʻqigan oliygohni aytganimga haqida afsuslanish bir necha marta miyamda aylandi.

Endi esa noilojlikdan oʻsha kampaniya tomon erta sahardan yoʻl oldik. Aytib oʻtish kerakki, meni bunga koʻndirish Melekga oson boʻlmadi va u menga bir narsada vaʼda berdi. Men aynan shu sababli bunga rozi boʻldim.

Melek pov :

Bon Su ni qoʻlidan tutib olgancha kampaniyaga yetib keldik. Kelishim bilan koʻrgan manzara bu yerda ancha ushlanib qolishimizni bildirardi. Aslida bu men barcha narsani ipidan ignasigacha biladigan kampaniya. Bu yerda oʻsha bts boʻlishadi. Agar Bon Su shu yerda ishlash imkoniyatiga ega boʻlsa, men ularni koʻrishim mumkin, har holda bitta joyda boʻlamiz.

3 soat 47 daqiqadan soʻng ~~

Barcha yon atrofdagi insonlar hayajondan titrashayotgan paytida , Bon Su yana olama bilan ishi yoʻqdek oʻtirar edi. Bu yerda koʻp qolib ketganimiz uchun , meni tashqariga olib chiqib tushlik ham qildirdi. Oʻzi esa bu orada telefoniga tikilganicha nimalardir qilardi. Ammo men u uchun xavotirda edim. Bir tarafdan Bon Su tashqarida , boshqalar oldida ovqatlana olmaydi albatta mendan tashqari lekin bu bilan meni chalgʻitmoqchi boʻlyapti. Unga bu ishga kirish kirmaslik zarracha qiziqtirayotgani yoʻq. Albatta da nega qiziqtirsin axir uni men majburladim- ku !!

Bon Su pov :

Melek men haqimda oʻylab tinch tura olmayotganini koʻrib bu yerdan birozga chiqishga qaror qildim. Qiziq nega u bu joyni bunchalar xohlayapti ?!

Qaytganimizdan soʻng mening navbatim yaqin qolganini koʻrdim va Melek bilan kutishda davom etdim. Yana bir necha vaqtlardan soʻng mening navbatim keldi.
Hayotimdagi oddiy ishlardan biri bu oʻsha suhbat boʻldi. Chiqqanimda Melek meni har xil savollar bilan koʻmib tashayotgan edi.
Bon Su : " Melek tinchlan va savollarni bitta - bitta ber . "
Melek : " Qanday boʻldi ? Aytmoqchimanki qanday topshirdingiz ?! "
Bon Su : " kirdim , oʻtirdim, savoliga javob qaytardim va tashqariga chiqdim . "

Melek : " Bon Su ustimdan kulyapsizmi ?! Men sizdan suhbatdan oʻtdingizmi yoʻqmi shuni soʻrayapman. Nima deb oʻylaysiz ?! "
Bon Su : " I donʼt know ( bilmadim) "

Melek : " javobi qachon chiqar ekan ? "
Bon Su : " chamasi 2 soatlarda "
Melek : " unda shu yerda kutamiz. "
Bon Su : " nega ? "
Melek : " agar oʻtgan boʻlsangiz ish boʻyicha shartlarini birdaniga gaplashib olasiz. Buning ustiga bu bahaybat kampaniyada yana biroz muddat boʻlamiz ! "
Bon Su : " demak bu yerda qolishni xohlashingni sabablari shu ekanda . "
Melek : " Bon Su meni koʻtaring charchadim "
Bon Su : " unda uyga ketarmiz "
Melek : " yoʻq "
Bon Su : " axir charchadin- ku ! "
Melek : " shu yerda kutaylik , yoʻq hazillashdim , yaxshisi 1 - qavatda kutaylik hozir esa meni koʻtaring . Men sizni oʼylayverib charchadim. Mana endi yanada koʻproq oʻylashim kerak . Axir 2 soatdan soʻng javoblari chiqsa. "
Melek qoʻllarini men tomon uzatgancha koʻtarishimni va shu yerda qolishimizni soʻrar ekan , u juda yoqimtoy boʻlib koʻrinar edi. Unga esa men boshqa chidolmadim va uni koʻtarib oldim. U qoʻllarini boʻynim orasida oʻrab olgancha , boshini yelkamga qoʻydi. Oyoqlari esa belimda oʻraldi. Haaa , u haqiqatdan ham juda charchaganga oʻxshaydi.

Jungkook pov :

Bugun Jimin bilan raqs zalida shugʻullanishga qaror qilgan holda 2- qavatga tushish uchun liftga yoʻl oldik. Ikkalamiz nimalardir haqida suhbat qurib turgan paytimizda lift eshiklari ochildi. Biz atiga 12- qavatdan keyin endigina bitta qavat pastlagan edik. Eshiklar ochilishi bilan bir qiz bizning eʼtiborimizni tortdi. Aniqrogʻi u koʻtarib olgan kichikroq qizaloq. Biz hatto oʻsha qizni yuziga ham qarashga ulgurmadik. Lekin oʻsha qizaloqni koʻtarib olgan holda liftda turar edi. Tugmalardan birini tanlagancha eshiklar ochilishini kutgan holatda joyida qimirlamasdan turishda davom etdi. Biz esa buyogʻda hayratdan yoki havasdan ogʻizlarimiz lang ochilgan. Oʻsha qizaloq haqiqatdan ham goʻzal va yoqimtoy edi. Hoynahoy uning yuz tuzilishidan Koreyalik emas. Ammo shu darajada ajoyibki , uni soʻz bilan tasvirlash qiyin.

Oʻsha qizcha uyqusiragan holda nimalarnidir gapirar edi. Ammo oʻz ona tilida soʻzladi shekilli uni biz chuna olmadik. Nima boʻlgan taqdirda ham , boshqa tilda boʻlsa ham uning ovozi yoqimli edi.

Oʻsha daqiqalarda 2- qavat uchun lift eshiklari ochildi. Biz bu qizaloq bilan tanishishni juda istagan boʻlsakda buni uddasidan chiqa olmagan holda u yerdan chiqardik.

Jimin : " Oʼsha qizaloq qayerlik ekana ? U shunaqangi yoqimtoyki , xuddi shunday qizim boʻlishini xohlayman. "
Jk : " bu gapinga qoʻshilaman ."
Jimin : " ammo gʻalati , .... "
Jk : " nima ? "
Jimin : " odatda bu yerda bolalar yurishmas edi . U qayerdan kelib qoldi ?! "
Jk : " balki birorta modellik surʼatga olish ishlari uchun kelgandir. "
Jimin : " balki boʻlishi mumkin . Mayli yuraqol . "
Jk : " lekin u rostanham yoqimtoy ediyaa ?! Sengayam yoqdi shunday emasmi ?! "

Jimin : " albattada, qanaqasiga yoqmasligi mumkin ?!! "

Jk : " bu lekin toʻgʻri . "

Kunim yarimi bunchalik ajoyib tasodifga boy boʻladi deb oʻylamagan edim. Agar imkon boʻlganida , oʻsha qizcha bilan doʻstlashib olgan boʻlardim.

Mutolaa yoqqan boʼlsa xursandman.
#Enola