Brightness in the night
Biz Koreyaga ucharkanmiz hujjatlarni tayyorladim va oʻtgan safargi tashrifim boisi eski ismimdan foydalandim, yani Bon Su, Kim Bon Su
Hozirgi kunlarda hayotda tirik boʻlib qolishimga arzigulik yogona narsam yoʼq insonim bu Melek va uning istaglari mening maqsadlarim, shu sababli garchan oʻzim istamasamda oʻsha joyga qaytishga majburman. Buning sababi esa mening eski oʻgay ota - onam , ular nechinchi eskisi ekanligini bilmayman aniqrogʻi men shunchalar koʻp marotaba asrab olingan manki, baʼzida ularni sanab adashib qolaman.
Haaa Kareyada sodir boʻlgan xotiralar unchalik yaxshi emas, lekin umid qilamanki bu haqida koʻpam oʻylamayman va Melek bilan yangi uzundan-uzoq , esda qolarli voqealarga boy boʻlgan xotiralar yaratamiz.
Va nihoyat biz mening orzular shahrimga yetib keldik.Buni shu qadar istagan edimki va bu kun keldi.
Opamning yonida anchagina boʻlib shu narsalarni bildimki, uning ismlari turli xil va men ularni har birini har bir mamlakat uchun eslab qolishim darkor.
Mening ilgari bu yerda shaxsiy uyim boʻlganligi uchun mehmonxonada qolishimizga oʻrin yoʼq. Biz airaportdan toʻgʻri oʻz kulbam tomon Melek bilan yoʻl oldik.
Ozmuncha vaqt oʻtmay uydamiz, Melek boshlanishiga xotirjamlik bilan uy ichkarisiga nazar tashlar ekan, tasodifan miyasiga kelgan birinchi savol bilan menga yuzlandi.
Melek: "opa nega bu boʻm- boʻsh... Men koʻrayotgan narsalar bu ozgina oshxona mebellari va siz shugʻullanadigan gantellar xolos. Xoʻsh nega ? . "
Melek qoshlarini chimirgancha soʻradi.
Men biroz xuddi oʻylangandek javob berardim aslida yolgʻon boʻlsa ham " Melek bilasan men ozodalik tarafdorlaridan biriman shu bois buni oʻylama sen yaxshisi oʻzinga birorta xona tanla uni sen xohlagandek bezatamiz . Ok?! " Oxirida jilmayib qoʻyarkanman u boshini qimirlatgancha xonalar tomon chopdi.
Odamlar odatda uylarini oʻziga qadrli yoki sevimli narsalari bilan toʻldirishadi, men esa Melekga hali bu haqida erta deb oʻylayman , unga men sendan boshqa hech vaqoyim yoʻq deb soʻz ocholmayman.
Bu xayollar ogʻushiga choʻmgan bir paytimda u mening xonam tomon borardi.
Bon Su : " Melek kel yaxshisi sen oʻzinga toʻgʻridagi xonani tanla men ataylabdan uni sen uchun koʻz ostimga olib qoʻyganman. " Melek ham yuzida mamnunlik ila oʻsha tarafga yoʻl oldi.
Opamni maslahati boʻyicha u joyga boqarkanman haa yana bir marta Bon Su adashmaganiga amin boʻldi. Haqiqatdan ham bu xona juda ajoyib.
Bu joyni oʻzimning narsalarim bilan toʻldirishga sabrim chidamasdi. Lekin shu on miyamga katta qoʻngʻiroq bong urgandek Bon Su tufayli narsalarim uyda qolgani esimga tushdi.
Melek : " opaaa~~~ tezroq yuring xaridga borishimiz kerak. " Ilojim boricha Bon Su ga erkalanib gapirarkan xuddi buni sezgandek u menga qaradi. Bon Su : " Nima olmoqchisanaa ?! Oʻzi hozirgina kelgan boʻlsak. Agar qorning och boʻlsa, biror yegulik buyurtma beramiz. "
Melek : " gap bundamas . Men aslida xonamni bezatmoqchi edim, lekin siz tufayli narsalarim uyda qolganini esladim. Shunday ekan qani olgʻa xarid qilamiz hamma hamma narsani."
Qanchalik charchagan boʻlishimga qaramay men bunga rozi boʻldim.Melekni shu oddiygina narsa uchun ham xafa qilishni istamasdim.
Xullas, kattakon savdo markazida doʼkonma- doʻkon yurarkanmiz, biz barcha narsalarni sotib oldik.Yotoqxonasi uchun kravatdan tortib oʻzi yoqtirgan ertak kitoblarigacha.
Alvon ranga boʻyalgan osmonga boqarkanmiz, erta sahardan boshlagan ishimizni hozirgina tugatganimizni angladik. Bir payti Melekni u yoqdan bu yoqqa yurib muzlatgich eshigini ochib yoparkan uning qorni ochganini ahmoq ham chunishi mumkinligi oʻylab kulgim kelardi. Lekin Melekning oʻzi nega bu haqida menga hali ham bir ogʻiz aytmadi. Odatda u bunday qilmasdi.
Bon Su meni kuzatar ekan har doimgidek nima xohlayotganimni tushgandi. Lekin aslida rejimda bu yoʼq edi. Men uni bugun xaridga borishiga majburladim, bundan esa afsusdaman. Uning horgʻin koʻzlari buni yaqqol namoyon qilardi. Lekin bundanda meni koʻproq qiynayotgan narsa bu Bon Suni tanasidagi yangi jarohati. Men bugun uni narsalarini joylashtirayotganda payti tasodifan koʻrib qoldim va jarohat ancha jiddiyga oʻxshardi. Shu sababli uni hozir koʻpam harakat qilmasdan dam olishiga urinyapman.
Lekin qancha urinsam ham bu xatti-harakatlarim samara bermaydiganga oʻxshaydi.
Bon Su : ʼʼ Melek nima yeyish xohlaysan . Xoynaxoy bu yerga sen kelishni istagan ekansan, bu joy uchun sevimli ovqat tanlab boʻlgansan . Kel uni tayyorlab beraman. " Opam yana shu holida menga gʻamxoʻrlik qilyapti yoʻqq bunaqasi ketmaydi,
Melek : " Bon Su keling yaxshisi bugun ovqatni buyurtma beramiz, keyingi safar esa oʻzingiz tayyorlaysiz. Axir bugun charchadingiz."
Opam biroz sukut saqlagancha javob qaytardi.Lekin shu aniqki u mendan shubhalanyapti. Bon Su : " Mayli sen aytgancha boʻlaqolsin "
Melek xohlagandek ovqatni tanladik va buyurtma qildirib ovqat uchun dasturxonga oʻtirarkanmiz , u menga qaygʻurib barcha ishlarni qilishga urinyapti xuddi menga shikast yetgandek. Toʻxta ! Nima u sezib qoldimikan . Nahotki ?!
Bon Su : " Melek men sendan bitta savol soʻrayman sen esa rostgoʻylik bilan javob berasan. " unga biroz jilmaygancha soʻzladim
Bir ogʻiz soʻzsiz boshini sekin irgʻab qoʻyar ekan ,men soʻzlarimni boshladim.
Bon Su : " Sen nimani bildinki , menga bunchalik gʻamxoʻrlik qilyapsan ?! ... Aytmoqchimanki toʻsatdan payda boʻlgan yaxshi taraflaringni sababi nima ?
Chunki sen chetga boʻladigan sayohatlarimizning hech birida men tayyorlagan ovqatlarni rad qilmagan eding bundan tashqari dasturxonni ham oʻzing yozding . Hoʻsh buni menga tushuntirishni istamaysanmi ?!
Melek : " ......." U sukut saqlashda davom etarkan uning biroz oʻylab olishiga qoʻyib berdim.
Men ham uni jimgina kutib turardim.
Melek : " Bon Su bu yana men tufayli sodir boʻldi , toʻgʻrimi ?! " U gʻamgin ohangda gapirarkan buni eshitganim sari yuraksiz qolgan tanamning chandiqlari battar ogʻrishni boshladi.
Bon Su : " nima haqida gapiryapsan ? Nimada oʻzingni ayblayabsan ?! ..... Mayli nima boʻlganda ham ahamiyatsiz sen menga nima qilishdan qatʼiy nazar seni kechirganman va kechiraman ham shundoq ekan , basqil ! "
Melek : " Bon Su siz jarohat olgansiz nega buni menga aytmadingiz . Men boʻlsa sizni xaridga borishga majburladim . "
U xuddi yigʻlab yuborishga tayyordek gapirardi. Bittagina soʻz uni qattiq koʻz yosh toʻkishiga olib keladi.
Bon Su : " sen men uchun xavotir olyabsan toʻgʻrimi ?!
Mayli keyingi safar buni yashirmayman ,hoʻpmi?! Kelishdikmi ?! Sen edi oʻzingni ayblashni toʻxtatda ovqatingni yeb ol qara sovib qolyapti ."
Bon Su : " of course ( albatta) "
Melek voyaga yetgan sari barcha narsaga ahamiyat beradigan boʻlishni boshladi. Kelajakda bu menga ogʻir boʻladimi deyman . Endi ehtiyotkor boʻlishim kerak.