Brightness in the night
Bu kompaniyani ko'zdan kechirar ekanman uning egasi anchagina boyligini angladim. Lekin menga baribir. Shu 3 oyni sog' - omon tugatib olsam mendan baxtli odam bo'lmaydi. Melekni tinchgina uyiga jo'nataman. ..... ehhhh Melek nega shu ishni topdingaaa endi senga kamroq vaqt ajratishimga to'g'ri keladi. Seni esa uyda yolg'iz qoldira olmayman. Boshim qotdi , endi nima qilsam ekan ?! bu o'ylarim asta - sekin zaxarli dori singari bosh miya mayda tomirlarimni uza boshladi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham hotirjamlikni saqlagan holda buni Melekga bildirmaslikka harakat qilardim. Shu on kimningdir ovozi baland ohangda yangradi " natijalar chiqdi tezda barcha yuqoriga " . Bu paytda biz Melek bilan birinchi qavat oshxonasida tammaddi uchun o'tirgan edik. Bizga o'xshab kutgan nomzodlar bor shekilli , otilgan o'q singari barchasi g'izillab chiqib ketishdi.
buni qaranki bir - necha daqiqada oshxona xuvillab qoldi.
Melek ; " opa bo'la qoling javoblar chiqqan axir sizning esa parvoyingizga ham kelmaydi. Tezroq bo'lsangizchi. " meni shoshiltirar ekan ko'zlarida hayajonni ko'rdim. Nega , Melek sen bu joyni bunchalik istayabsan ?!
Bon Su bunchalar boqi beg'am bo'masa , xuddi o'rniga men ishga kirayotgandekman. Ehhh
vanihoyat nomzot tanlash zaliga yetib keldik. Bir necha daqiqalardan so'ng esa ular isimlarni o'qishni boshlashdi. Taxminan 10 tacha insonning ismi o'qildi lekin hali-hamon opamning ismi chiqmadi . Unga biroz dalda beray deb qaraganimni bilaman u telefonida qandaydir yangilik o'qib o'tirgan ekan. Bu nima ekanligiga yaqinroq kelib qarasam , qayoqdagi Germaniya valyutalari oshgani haqida maqola men esa buyoqda terga botib uning ismi chiqishini kutayabman u esa parvoyiga ham ilmadi.
Melek ; " opaaaa nima qilyapsiz buyoqqa qarasangizchi " endigini jahlim chiqqanidan ovoz ohangim ko'tarilishni boshlaganida , isim o'qiyotgan xodim yana bir ism aytdi .
" oxirgi inson bu ..hmm Kim Bon Su , oxirgi inson shu yerdami ? "
Melek ; " ha ha ha u shu yerda " xursandligimdan osmonlarga sakrardim. Endigina umidlarim so'ndi deb o'ylagandimaa . hffff buni qaranglara peshonamdan sovuq terlar chiqib ketibdiya.
Endi uyga otlangan paytimizda kimdir bizni to'xtatdi va tinch joyga olib chiqib shunday dedi ; " xonim sizni bosh director ko'rishni istayaptilar. Muhim masalada gaplari bor ekan . Agar ruxsat bersangiz bu tarafga " u qo'li bilan chap tomon yo'lakchasini ko'rsatib turardi.
Tasodifan uchrashuv yana shaxsan bosh director bilan .... hm bu juda qiziq. Melekni tashqarida qoldirdimda uning xonasi tomon qadam tashladim. Qarabmannki , u biroz qari , qorin qo'ygan va yuzida men uchun jirkanch boʻlgan tabassum bilan kutib olardi.
Stoli ustida Bang Si Hyuk nomi yozilgan bejirim peshtaxta turar edi.
Si Hyuk : " xonim marhamat o'tiring " mehmonlari uchun ajratilgan o'rindig'iga taklif qildi .
Bon Su : " meni nega chaqirtirganingizni bilsam bo'ladimi ? "
Si Hyuk : " birdaniga ishga o'tamiz deng . " kulganicha o'z stuliga borib o'tirdi.
Si Hyuk ; " sizga yaxshigina takliflarim bor va ularni kelishib olamiz desamchi ?!
Bon Su : " qanchalik yaxshi ? "
Si Hyuk : " anchalik foydali . .... endi esa keling o'tiring axir muhim masalalarni tik turib hal qilishmaydiku ? to'g'rimi ?! "
uning so'zlari meni o'ylantirib qo'yganidi shu sababli , o'tirishga qaror qildim . Si Hyuk : " ho'shhh avaliga mening bir necha savolimga javob bersangiz ."
Si Hyuk : " unday bo'lsa , aytingchi nega bu joyni tanladingiz ? "
Bon Su : " singlim majbur qildi . "
Si Hyuk : " oldin qayerdadir ishlaganmisiz ? "
Si Hyuk : " interviyudan eng yuqori darajani olganinggizni bilasizmi ? "
Si Hyuk : " qanday qilib ? axir natija ballari e'lon qilingani yo'q . Yoki bu kampaniya hodimlarining birontasini tanirsiz ."
Bon Su : " koreyaga kelganimga ko'p bo'lmadi va bu qisqa vaqt Ichida bunday joydan ichonchli do'st topish, ustidan chiqib bo'lmas vazifa va men o'zimga ishonaman . O'ylashimcha bu sizga yetarlicha bo'ldi . "
Si Hyuk : " Menga shunchakiy qiziq bo'layotgan tomoni bu —— deyarli 8 yildan beri biror kimsa ustidan chiqa olmagan ishni siz bir urinishda epladingiz . Shunga siz shunchalik mahoratlimisiz yoki qandaydir hiyla ishlatdingizmi faqat shuni bilmoqchi edim " har bir so'zing so'ngida jilmayib qo'yishi asabimni buzar edi.
Bon Su : " nima deb o'ylashingiz bu sizga bog'lik . .... endi esa men sizdan bir ikkta narsa so'rasam . "
Si Hyuk : " marhamat bemalol ''
Bon Su : " o'ylashimcha men endi siz uchun kerakli insonman , shu sababli mening bittayu bitta talabimni amalga oshirasiz degan umiddaman. Aks holda qanchalik iqtidorli bo'lishimga qaramasdan bu yerdan ketishimga to'g'ri keladi ."
Si Hyuk : " ho'sh bu qanday talab ekan ? "
Bon Su : " mening singlim bor va u men bilan birga bo'lishini xohlayman .Uni uyda yolg'iz qoldirish niyatim yo'q shu sababli agar bunga ruhsat bersangiz men ishlashni boshlashim mumkin . Agar rad etsangiz men ketaqolay singlim meni kutib qoldi ,"
Si Hyuk : " demak siz uni ishga har doim birga olib kelishni istaysiz ?! Sizning ota - onangizchi ular qayerda ? "
Si Hyuk : " Oo uzur so'rayman "
Bon Su : '' bunga hojat yo'q , ho'sh mening talabimni bajarasizmi ? "
Si Hyuk : '' Ehh endi nima ham derdim , qobiliyatli insonni yo'qotish niyatim yo'q ...... bu talabingizni qabul qilaman ertadan ish boshlashingiz mumkin . Yordamchim janob Lee sizga barchasini chuntiradi. "
Bon Su ; " minnaddorman endi ijozatingiz bilan ketsam director ''
Si Hyuk : " marhamat ertaga ko'rishguncha "
opamni kutib zerikib ketgan paytimda ular xonadan chiqib qolishdi.
Bon Su : " kutib qoldingmi ? " boshimni tezda qimirlatdimda savollar so'rashni boshladim . Bon Su : " Melek savollaring yetarli kel yaxshisi senga yaxshi xabar aytaman "
Bon Su : " ertadan ish boshlanadi va sen ham men bilan birga kelasan. "
Melek : " nimaaaaa ?! rostmi ? Haqiqatdanmi ? really ? qanday qilib axir ? bunga ishonish qiyin ? "
Bon Su : '' juda xursandsan .... mayli yuraqol uyga tezroq boraqolaylik charchagan ko'rinasan . Axir ertaga ish tayyorlanish kerak . "
Har ikkalasi erta tongdan tayyorgarlik koʻrib ish tomon yoʻl olishdi. Janob Lee bilan koʻrishishdi. Barcha narsalar bilan tanishib chiqishdi. Endi esa ular hozir direktor xonasida toʻplanishgan edi.
Lekin faqatgina Bon Su emas balki boshqa menejerlar ham toʻplanishgan .
Si Hyuk : " xonimlar va janoblar bugun bir biringizni tanib olsangiz juda ham mamnun boʻlar edim. Bular 11 tasi ishga yangi kelganlar va bundan tashqari bugun menejerlik uchun odamlar ajratib olinadi . Shundogʻ ekan qani olgʻa birinchi navbatda Jungkookni oldiga u bu safar shaxsan oʻzi menejer tanlamoqchi ekan. Bilasizlar eskisi qarib qolib nafaqaga oʻtgan oyi chiqqan edi. Shunday ekan qani raqs zali tomon olgʻa.
Uning soʻzlari xuddi meni biror bir xoʻjayin kelib tanlab olib ketadigan kuchukchaga taqqoslashimga majbur qildi. Haa bunga chidash oʻylaganimdan ogʻirroq ekan.
Si Hyuk : " mana yetib ham keldik. Jungkook kelaqol birortasini tanlab olishing mumkin . Bular esa ularning hujjatlari . " Ularni kuzatib turar ekanman bu oʻsha kungi bola ekanligini esladim. Peshonam bunchalik shoʻr boʻlmasa , kelib kelib aynan shu ehhh. Umid qilamanki u meni tanlamaydi. Shunday boʻlsin iltimos, iltimos.
Hujjatlarni qoʻlimga tutqizar ekan ularga bir ikki koʻz yugutirdimda ular tomon yaqinlashdim. Yoqmagan Nomzodlarni yonidan birin ketin oʻtar ekanman koʻzim oʻsha qizga tushdi. Oʻsha gʻalati qiz nega u bu yerda va u nima qilyapti? Oʻshanda unga jiddiy jarohat yetmadimikan ?
Miyamda bu hayollar aylanar ekan qoʻqisdan berilgan savol meni yana yerga olib tushdi.
Si Hyuk : " nima deysan ? Tanladingmi ?! "
Shuni chundimki bu qizda bir gap bor va men buni tegiga yetishim kerak. Shu sababli men shunday dedim
Jk : " ha chetda turgan qora kiyimdagi qiz "
Direktor yonimga kelib qulogʻimga pichirlagancha
Si Hyuk: " xonamga kamera qoʻydiningmi yoki kechagi intervyudan ertaroq habar topdingmi ?! " Men ham uni qulogʻiga pichirlagancha yoʻq degan javobimni aytdim.
Si Hyuk: " bu qiz kecha 100 foiz olgan . Eshityapsanmi 8 yilning ichida birinchi marta , sen boʻlsa bir urinishda uni oʻzinga tanlab olding. "
Jk : " yogʻe ? " men bu gapni eshitar ekanman oʻz quloqlarimga ishonmasdim. Qanaqasiga bunday boʻlishi mumkin ? Bunga ishonish qiyin . Lekin toʻxta bu qiz nega bunchalar xotirjam va jiddiy axir oʻzi oʻtgan safar meni qutqargan boʻlsa, hozir esa xuddi meni tanimaydigandek, ammo oʻsha kuni biz uchun kelmaganmidi ?!
Si Hyuk : " Kim xonim tabriklayman siz barchalar istagan ishni qoʻlga kiritdingiz. Sizni tabriklayman. Endi esa biz oʻz yoʻlimizda davom ettirsak sizlar boʻlsa , suhbatlashib olinglar. Qani olgʻa boʻlajak menejerlar sizlarga esa omad. " ular birin ketin raqs zalini tarketar ekan men oʻsha qiz tomon yaqinlashdim. Uning ismini hujjatdan koʻrdim , Kim Bon Su bunga haqiqatdan ham ishonish qiyin.
Jk : " Siz oʻsha ku.. "
Bon Su : " meni ismim Kim Bon Su , siz meni tanlagan ekansiz bugundan boshlab men sizning yangi menejeringizman va oramizda hech qanday muommo boʻlmaydi deb umid qilaman. " Hmm meni tanimaganlikka olyapti , bundan seni maqsading nima Kim xonim .
Jk : " men ham , unda oʻzingiz haqingizda maʼlumot bersangiz "
Bon Su : " oʻylashimcha sizga qogʻozdagilari yetarli . Siz yaxshisi menga kun tartibingizni aytsangiz ! "
Jk : " Kamgapmisiz yoki oʻzingizni atayin shunday tutyapsizmi ? "
Bon Su : " bu haqida suhbatlashishimiz uchun hali unchalik yaqin emasmiz shu sababli ishga qaytsak "
U juda sovuqqon bundan tashqari meni tanimaganlikka olyapti.
Endi ish haqida soʻzlashishni boshlar ekanmiz tillarang sochli , oʻsha kuni liftda uchratgan qizcha biz tomon chopib kelardi. U bu yerda nima qilyapti ? Eng qizigʻi nega biz tomon kelyapti ?
Melek : " Bon Su men keldim , uyer juda zerikarli ekan shunga boshqa u joyda qolishni istamadim . "
Bu qizcha Koreyaliklarga oʻxshamaydi. U Bon Suni yoniga keldi nahotki bu ikkalasi bir birini tanisa !
Melek : " Bon Su men bila... "
Koʻzi menga tushib qolgan payti mitti olizchasini ikkala qoʻli bilan yopib , koʻzlarini katta - katta ochgancha menga tikilib qoldi. Haaa bu qizaloq aniq mening muxlisam . Bon Su ni oʻzini boʻyi bilan tenglashtirgandek egib qulogʻiga nimalarnidir pichirlar edi. Bu holatni tomosha qilish juda yoqimli.
Jk : " Hiii , meni taniysanmi ?! "
Bon Su : " haaa haa men sizning muxlisingizman , sizni oʻz koʻzlarim bilan bunchalik yaqindan koʻraman deb oʻylamagan edim. " Demak bu shirin qizaloq meni muxlisam Bon Su esa u uchun oʻsha kuni kelgan .
Jk : " buni bilganimdan xursandman . Isming nima ? Bilsam boʻladimi ? "
Melek : ha albatta mening ismim Melek yoshim 9 da , menga sizning musiqalaringiz juda yoqadi va guruhingiz bilan ham . Sizlar juda ajoyibsizlar. Tanishing bu meni opam Ismlari Bon Su juda yaxshi odam lekin u sizlarni tanimaydi bundan xafa boʻlmaysiz degan umiddaman. "
Bon Su : " men uning menejeri boʻldim. "
Melek : " nimaaaa ? Ikki Kara baxt bunga ishonish qiyin . Qoyil , uraaaa. "
Uning bu harakatlarini tomosha qilar ekanman yuzimga kulgu yugurdi.
Uning kulishi borgan sari gʻashimga tegyapti. Menga sabr ber , atiga 3 oy , 3 oy.