February 12, 2025

Brightness in the night

Ep 3

Melek oʻzi Bon Suni jarohatini koʻrib qoʻydi. Chunki Bon Suning holati kasalxonada qolishiga yoʻl bermasdi.

Uning hayoti haqiqatdan ham jahannamga aylangantirishgan edi. Oʻgay baribir oʻgayligini qiladi degani yolgʻon gap emas. Ular Bon Suni shunchalik qiynashdiki buni soʻz bilan tasvirlash qiyin.

Qaysidir eski oʻgay akasining noqonuniy mollarini yaʼni 600 million AQSh dollarlik mollarini yoqib yuborgani uchun Bon Sudan qasd olish niyati bor. Lekin, Bon Suning omadi chopdiki oʻsha uydan qandaydir yoʻl bilan qochib ketdi.

Bu orada Bon Su jang qilishni oʻrgandi, yollanma qotil boʻldi. Kantrobanda ishlariga aralashdi. Xullas Bon Su yana qaytadan tinch hayot boshlayman deyishi uchun endi juda kech , xolbuki buni oʻzi juda istasa ham

Hozirga boqadigan boʻlsak Melek divanda oʻtirib mevalardan baxra olgancha televizor tomosha qilar ekan, bir payti ekranda koʻrsatayotgan qiziq habar uning eʼtiborini tortdi.

Shu hafta muxlislar bilan uchrashuv katta musiqa zalida boʻlib oʻtishini takidlashayotgan edi.

Melek buni eshitar ekan , oʻz quloqlariga ishonmasdi. Aslida bu Korea uchun oddiy hol lekin u uchun , oʻzi orzu qilgan qoʻshiqchilarining dasxatini olish , ular bilan koʻrishish imkon paydo boʻlgan edi.

Melek bu haqida Bon Su ga aytishga shunchalar mushdoqdek yugurdi , sal qolsa yiqilib ham tushardi. Lekin baxtini qarangki uni Bon Su tutib qoldi.
Bon Su : "nega uyni ichida yuguryapsan , qara sal qolsa yiqilarding. Nega ehtiyot boʻlmaysana ?! "
Melek :" opa uni qoʻying qarang menga hech narsa qilmadi. Siz yaxshisi meni eshiting. Sizga muhim gapim bor."
Bon Su : "buni qaranglar, ogʻzing qulogʻingda . Hoʻsh ! Nima boʻldi ? " U qoʻllarini bir - biriga qovushtirib soʻradi.
Melek : " hafta ohirida btsning muxlislar bilan uchrashuvi ekan bu esa kamdan- kam holatlarda boʻladi. Biz esa bu imkoniyat foylanib qolishimiz kerak. "
Bob Su : " demak sen ular bilan uchrashmoqchisan . Lekin savol bts kim ? "

Melek : " Bon Su bilaman siz musiqani yoqtirmaysiz lekin bu degani btsni tanimaslik mumkin degani emas. Qanaqasiga axir , siz ularni tanimaysiz ?! " U shunchalik tez va qoshlarini chimirgan holatda gapirardiki , u shunchaki hozirgina Bon Su nima deganini anglamayotgan edi.

Melek : " Axir btsni dunyo taniydi lekin siz tanimaysiz , ... Ularning musiqasi juda ajoyib . Yutgan yutuqlari juda koʻp , raqslari juda qoyilmaqom lekin siz ularni tanimaysiza , bu qanaqasi , siz menimcha meni ustimdan kulyapsiz shundaymi ?! "

Bon Su : " bas qil ! Xuddi tutqanogʻi tutib qolgan odamga oʻxshab qolding . Ular sen uchun muhim buni chunaman lekin sen aytganingdek bts shunchalar mashhur boʻlsa , ularning shunchalik sen kabi telba muxlislariga ega. Bunday olamon esa sen uchun xavfli . Oʻzing gapimni chungan boʻlsang kerak , biz u yerga borolmaymiz . "

Ularning deyarli 3 kuni faqat shu muommoni bahslashish bilan oʻtdi. Oxiri Melek bir necha marta yigʻladi ham . Bon Su shu qadr chorasiz ediki nima qilishni bilmasdi. U shunchaki omma oldiga Melek bilan chiqa olmasdi. Uning ojis tarafi bu bittayu bitta singlisi . Bon Su ning dushmanlari mobodo bu haqida xabar topishsa , uni har qanday yoʻl bilan yoʻq qilish uchun har qanday ishga kirishadi. Hattoki bu yosh qizning hayotiga zomin boʻlishi , hayolining bir uchiga ham keltirishmaydi.

Bon Su pov :

Endi nima qilsam ekan , bu borgan sari qaltis tus olishi mumkin....
Balki oʻzim borib kelsammikan. Yaxshilab kiyinib olaman , menimcha hech kim sezmaydi. Lekin bunga Melek rozi boʻlarmikan ?!

Melek pov :

Bon Su men haqimda hovotir olib meni oʻylagani yaxshi lekin u yerga borishdan bosh tortish bu ahmoqlik. Buni bilaman xavfli lekin men aynan bts uchun shu shaharga kelgan boʻlsam.
Nimadir qilish kerak.Bu haqida oʻylangan boshim qotgan bir payti Bon Su men tomon yaqinlashdi xuddi nimadir deyishga tayyordek.
Bon Su : " Melek menda bitta gʻoya bor ,oʻylashimcha bu senga yoqmaydi lekin ancha foydaliroq. "

Melek : " ikki qulogʻim sizda "
Bon Su : " sen vaziyatimizni chunasan va men ham seni xohishlaringni hurmat qilaman , ..... .... Balki men oʻrningga borib oʻsha dastxatlaringni olib kelarman , nima deysan ?! "
Bon Su qanchalik tanisam , uning viqori va kuchi shu qadar bilardim lekin,agar u mening biror- bir istagimni bajara olmay qolsa, har doim meni oldimda shu qadar chorasiz qolardiki , xuddi u biror ayb ish qilgandek . Xolatimizni kichkina boʻlishimga qaramasdan juda yaxshi chunardim , bu jarayonni esa yanada yomonlashtirishni xohlamasdim. Shuning uchun yuzimda tabassum bilan boshimni rozilik alomatidek silkitib qoʻydim.

Bon Su pov :

Toʻgʻrisi Melek bunga rozi boʻladi deb hech ham oʻylamagan edim. Oʻsha odamlarni gapirayotgan paytida koʻzida shunaqangi quvon bor ediki , bu gʻoyamni shunchaki qabul qilishi juda gʻalati .

Oʻsha kun keldi. U joyga otlanar ekan yoʻl ancha tirband , ular tomon yoʻl esa juda uzun navbatlardan tashkil topgan . Haa bu qoʻshiqchilar anchagina mashhur ekan .

°~~~~°
Hayotimdagi eng yomon koʻrgan narsam bu biror narsani kutish edi. Endi esa men bu yerda naqt 5 soatdan beri turibman bu qanaqasiyaaa.

Yana 2 soatdan soʻng ~~~

Va nihoyat navbatim yaqinlashib qoldi. Shu narsani deb Melekni qoldirib keldim. Uni qorni ochgan boʻlsa ham kerak. Iloji boʻricha tezroq orqaga qaytish kerak.

Ularni koʻrdim va har biridan birin - ketin dasxatlarini olarkanman , ular men bilan gaplashishga harakat qilishar edi. Lekin men barchasiga beparvolik bilan davom etardim. Bu vaziyat esa ularga gʻaliti tuyilgani uchun menga boshqacha qarab qoʻyishardi. Toʻgʻri men ularning muxlislari singari ularni koʻrgan on kulmadim , ularga bir ogʻiz soʻz demadim. Menimcha shu sababli meni gʻalati deb oʻylashayotgan boʻlsa kerak. Ammo ,menga baribir . Hayolimda faqat oxiridagi insonning dasxati , chunki u soʻnggisi edi.

Soʻngi inson esa ismi Jeon Jungkook ekan. Uning ismi yonidagi taxtachaga yozilgan.

Jeon Jungkook pov :

Bugungi kunim juda ham ogʻir boshlangan edi va bu kun hali ham davom etardi. Mana men muxlislarim bilan man. Yana bu qancha davom etishini bilmayman lekin tezroq uyimga borsamu , uxlasam .

Dasxat berish jarayonida bitta narsaga guvoh boʻldim. Bu yerda bitta qiz juda shubhali, barcha dasxatlar yigʻilgan qogʻoz bilan oldimga keldi. Uni boshidan kuzatayotgan edim. U bizning muxlisamizga oʻxshamasdi, balki bu yerga kelishdan oldin biror koʻngilsiz voqea u bilan sodir boʻldimikan ?! Nega axir bunchalik jiddiy boʻlish mumkin ?!
U bilan gaplashishga harakat qilarkanman , boshini boshqa tarafga burib muloqatdan qochishga urinardi.

Bon Su pov :

Nega bu bunchalar koʻp gapiradi. Shunchakiy dasxat qoʻyish qiyinmi ?! Borgan sari ahmoqona savollar berarkan , bu joydan tezroq ketgim kelardi. Undan qochish maqsadida u yoq bu yoqqa qaradim bir payti tasodifan tebadagi gʻayritabiiy xolatga koʻzim tushdi. Tepadagi kattakon shiroqlardan biri qimirlardi. Hozirni oʻzida pastga qulashga tayyor, buni payqagan men yon atrofidagilarni itarib yubordim, holbuki bu chiroq toʻgʻridan-toʻgʻri tepamizda osilib turardi. Oʻsha zahoti qarshimdagi bolani stol va stullari bilan qoʻshib surib yubordim.

Oʻsha zahoti osilib turgan bu chiroq shiddatli tezlik bilan yerga qular ekan men oʻzimni olib qochishga ulgurdim. Shisha siniqlari esa har tarafga mayda - mayda boʻlakka boʻlinib yoyilar edi. Barcha esa talvasaga tushgan holatda bu yerdan nari ketishni boshlashdi , baʼzilar esa tashqari tomon yugurishdi. Naqt shu on tepaga yana bir bor nazar tashlagan paytimda bir kimsaga koʻzim tushdi. U qora kiyinib olgan , niqob va bosh kiyim kiyib olgan edi. Buni koʻrishim bilan miyamda tugʻilgan savollardan bittasi bu
" Nahotki ular meni topishdi yoki bu tasodifmidi ? "

Mutolaa yoqqan boʼlsa xursandman.
#Enola