Frozen Spring
1-qism: Yangi o‘quvchi
Mening ismim Xvana. Biroz g‘alati eshitiladi, bilaman.Men oddiy qizlarga uncha òxshamaydiga va har doim biron bir falokat boshlab yuradigan qiz edim. Tòģrisi men quvnoqman . Har doim kulishga sabab topaman , hatto kulmaydigan jiddiy insonni ham kuldira olaman. Lekin , negadur òqishda òzimni yolģiz his qilaman.
Lekin hammasi o‘sha bir tongda o‘zgara boshladi—u sinfimizga kirib kelgan kuni.
O‘rtacha semestr edi. Aniq eslayman—qo‘limda qalam, daftar chetiga gilos gullarini chizayotgan edim. Sinf har doimgidek shovqinli. Shunda eshik g‘iyq etib ochildi. O‘qituvchimiz chetga chiqdi va ichkariga bir yigit kirdi. Oddiy yigit emas edi u.
Bo‘yi baland, qop-qora sochlari ko‘zlariga tushib turardi. Formasi mukammal, go‘yoki kinodan chiqqandek. Lekin meni eng ko‘p hayratlantirgani uning nigohlari edi—sovuqqon, jim... go‘yo qish yuragiga joylashib olgandek. U o‘zini qisqagina tanishtirdi: "Teahyung."
Undan qandaydir masofa, aloqa qilmaslik hissi taralib turardi. Go‘yoki yuragida sirlari bor edi.
Haftalar o‘tdi. U hech kim bilan gaplashmasdi. Faqat bir marta. Va u ham men bilan.
O‘sha kuni kech qolgan edim. San’at xonasi jimjit, quyosh nurlari baland derazalardan to‘kilib turardi. Men rasmga berilib ketgan edim—pushti osmon binafsha dalalarga to‘kilib borayotgan manzara. Shunda... his qildim. Kimdir bor edi. O‘girildim. U eshik oldida turardi.
— Sen rasm chizasanmi,— dedi u. Ovozi past, qo‘pol, lekin chiroyli.
Bosh irg‘adim. — Ha. Nafas olish uchun.
U sekin ichkariga kirdi, go‘yo ko‘zga ko‘rinmas chegara orqali o‘tayotgandek.
— Bu osmon... haqiqatga o‘xshamaydi.
— Bilaman, — deb pichirlab javob berdim. — Lekin ba’zida, haqiqat... og‘riq bo‘ladi.
U indamadi. Rasmdan keyin menga qaradi. So‘ng ketdi.
Shundan so‘ng, hammasi chalkash bo‘lib ketdi. Ba’zan u menga qaraydi. Tabassum bilan emas. Hatto qiziqish ham yo‘qdek. Faqat o‘sha sovuq nigoh, go‘yo nimanidir kutayotgandek. Yoki... allaqachon bo‘lib o‘tgan bir narsani eslayotgandek.
Men esa... unga tortilaman.
Chunki u chiroyli bo‘lgani uchun emas. Sirli bo‘lgani uchun ham emas. U meni tushuntirib bo‘lmaydigan bir hisga soladi. Go‘yoki bir vaqtlar yaxshi ko‘rgan kuyim bor edi, lekin so‘zlarini unutganman.
Nimaga bunday deysizmi , sababi menni kòpchilik Bahorga òxshatishadi , ya'ni sovuqtan keyin nur taratadigan quyoshga.
Men òz oilam yoniga ketishim kerak edi. Chunki , yaqinda opam turmishga chiqdi. Mensiz ular qanday bayram qilishadi axir. Òqishimizda talabalar uchun dam olish kunlari berilganda , uyimga yòl oldim . Sal kam 2 yarim soatda yetib keldim .
- Salom oyi- uyga kirar ekanman birinchi bòlib oyimni kòrdim. Oyim tinmay tayorgarlik kòrayotgani charchoq bosgan kòzlaridan amin edi.
- qizaloģim keldingmi , tez narsalaringni joylab ,pasga tush . Hali qiladigan ishlarimiz kòp.- oyim ishdan ortmay menga shu sòzlarni aytdi.
- hop oyi , shu qizizdan qutilsak bòldi , keyin dam olamiz - òzimcha shu sòzlarni aytim
- senmi hali mendan qutiladigan - orqamdan opamni shu sòzlarini eshitim va orqa- oldimga qarab gapimaganimga afsuslandim va zudlik bilan xonamga chiqib ketdim.
Yòlda charchaganim uchun uxlab qolib man . Turganimda esa pastki qavatdan chiqayotga shovqinlarni eshitdim va oyimni " bugun kiyov taraf mehmonga keladi " degan sòzini esladim. Yuzimni yuvdim keyin òzimga qarab pastga tushdim.
Kòpchilik emas faqat òzlari oilaviy kelishgan ekan . Ular bilan salomlashdim va hamma maqtagan kiyovni ham kòrdim , chaki emas opamga mos ekan . Lekin opamni felini bilganim uchun sabir tilayman.
Sharbat olib kelish uchun oshxonaga bordim va olib kelayotganimda , kidir bilandir turtilib kerdim , uni kastyumiga sharbat tòkilib ketdi. Negadir uni yuzini kòrmadim , lekin kimgadirga òxshatdim. Uni yuzini kòrganimda joyimda muzlab qoldim , kòzlarimga ishongim kelmayapti .
- sen bu yerda...- lablarimdan shu sòz ptilib chiqdi. U ham menga qaradi , yuzidan bilinib turibti menga òxshab hayron qolgani.
-s..sen - dedi u ham menga
Keyin bildim, Teahyung kiyovni amakivachchasi ekan. U hamma joyda òsha sovuq aurasini saqlaydigan inson , hatto hozir ham shunday òtiripti. Uni opasi bor ekan , u juda oq kòngil mehribon va hushchaqchaq . Ukasi hech òxshamas ekan.
Opamni qaynona buvisini va qaynonasini ham kòrdim. Buvisi juda mehribon va oqila ekan. Qaynonasi esa zebu-ziynatlarga mehr qòyga ayol ekan.
Men Teahyung ni boshqa kòrnadim. U kastyummi yomon bòlgani uchun ozgina turdi va menimcha uyiga ketdi. Bir savol paydo bòldi , men u bilan ya'na uchrashamanmi yòqmi , bu savol qayoqdan kelganiga ham hayronman.
--
Opamni tòyi yaqinlashgani sayin , dadamni òrni bilinyapti. Dadam bòlganida oyim òzini qiynamas edi. Dadam 2 yil oldin avtohalokat natijasida olamdan òtgan , dadam siz har bir soniya men uchun qiyin hozir ham . Institutga kirganimni kòra olmadi va opamni tòyini ham dadamsiz òtkazamiz.
Opamni qaynonasi biroz emas balki ancha qaysar ekan , lekin pocham yaxshi va opamga mehribon. Muhimi opam baxtli bòlsi , shuni òzi kifoya.
Tòylari 2 kundan sòng bòlishini kiyov tomon aytidi , sababi ular uchun mos kun ekan . Oyim ham rozi bòldi.
Endi tòy uchun libos tanlashim kerak, opam qanday libos tanlagan ekan , menni hayolim shunday hayollar ichida suzib yurar edi.