Destined by the Sword
Qism 1: Soyalar orasidagi jangchi
Joseon davrining so‘nggi o‘n yilliklari. Saroy ichida fitnalar, tashqarida esa dushmanlar bilan urush avj olgan davr edi.
Qirollikning eng sodiq jangchilaridan biri – Teahyung, tunda qirollik hududlarini aylanar, har qanday xavfni oldindan seza olardi. Uning sharpadek harakatlanishi va qop-qora kiyimi sababli uni "Soyalar orasidagi jangchi" deb atashardi.
Qirollik oilasining yakkayu yagona malika farzandi – Minso esa saroy hayotidan zerikkan, qirolning nazoratidan qochishni orzu qilardi. Unga qirolichaga aylanish majburiyati yuklangan bo‘lsa-da, qalbida u saroy devorlaridan tashqaridagi hayotni his qilishni, erkin bo‘lishni xohlardi. Uning uchun saroyning oltin devorlari, ipak kiyimlari va shohona ziyofatlar qamoqxonadek tuyulardi.
Bir kuni Minso yashirin ravishda bog‘ ichida sayr qilayotgan edi. Atrofni zulmat qoplagan, faqat yengil shamol daraxt shoxlarini qimirlatardi. Shu payt kutilmaganda kimdir ortidan kelayotganini sezdi. Nafasi tezlashdi, yuragi gupillay boshladi. Ammo ortga burilganda, u bo‘yniga tig‘ qadalgandek to‘xtab qoldi – oldida qorong‘ida qorishib ketgan bir odam turardi.
"Kim bu yerda yurishga ruxsat berdi?" – sovuq ovoz eshitildi. Teahyung qattiq nazar bilan unga tikildi.
Minso titrab ketdi, ammo ichida qo‘rquvni yutib, javob berdi-"Bu mening bog‘im, menga ruxsat so‘rash shart emas!"
Teahyung uning yuzini oy yorug‘ida ko‘rib, hayratda qoldi. Qirollik oilasining farzandi! Agar uni bu yerda begona deb o‘ylab xatoga yo‘l qo‘yganida edi, jazosi og‘ir bo‘lishi aniq edi.
Minso uning jangchi ekanini fahmlab yetdi. Ko‘zlarida qiziquvchanlik balqidi- "Sen qirollik jangchilaridanmisan?"
"Ha," – qisqa javob berdi Teahyung.
"Lekin men bu yerga hech kim sezmasligi uchun chiqdim," – Minso jahl bilan gapirdi. "O‘zing aytding, men qirollik a’zosiman, shuning uchun ham o‘zimga o‘zim g‘amxo‘rlik qila olaman."
Teahyung uning qat’iyatidan ajablandi. Lekin u Minsoni kuzatib turish kerakligini ham yaxshi bilar edi. Chunki so‘nggi vaqtlarda qirollik ichida fitnalar oshib borayotgan edi. U qiroldan bexabar harakat qilayotgan malikani yolg‘iz qoldirib bo‘lmasligini his qildi.
O‘sha tundan boshlab, Teahyung yashirincha Minsoni kuzata boshladi. Ammo u faqat Minsoni himoya qilish uchun emas, balki unga bo‘lgan tushunib bo‘lmas qiziqishi sabab ham buni qilar edi…
Teahyung ertasi kuni ham bog‘ atrofida kuzatuvni davom ettirdi. U Minsoning faqat shunchaki sayr qilayotganiga shubhalandi. Chunki malika har safar bog‘ning eng chekka joylariga borib, uzoq vaqt u yerda turardi. Go‘yo kimnidir kutayotganday yoki kimdir bilan uchrashmoqchiday edi.
Minso esa bu kuzatuvdan bexabar, tez-tez tashqariga chiqishning boshqa yo‘llarini o‘ylardi. Uning ko‘nglida saroy devorlaridan tashqaridagi olamni ko‘rish orzusi baland edi. Ammo bilmasdi, uning harakatlarini kuzatayotgan sodiq jangchi borligini...
Teahyung oxirgi marta uni kuzatarkan, ichki sezgisi unga Minsoning atrofida qandaydir sirlar yashiringanini aytardi. U faqatgina Malikani himoya qilish uchungina emas, balki unga bo‘lgan tushunarsiz tortilish sabab ham unga yaqinlashishni xohlardi…