𝐖𝐈𝐋𝐃𝐄𝐑𝐍𝐄𝐒𝐒
Jungkook esa oldinga tikilgancha, qizning belidan mahkam ushlagan qo‘llarini his qilib turardi. U odatda begonalar bilan ortiqcha gaplashmas, ayniqsa tungi ko‘chalarda topilgan notanish qizlarga yordam beradigan inson emasdi. Ammo Jinxe boshqacha edi.
Qizning ovozidagi sovuqlik, ko‘zlaridagi og‘riq va o‘zini himoya qilishga tayyor turishi unda qiziqish uyg‘otgandi.
Bir necha daqiqalik sukutdan so‘ng, svetoforda to‘xtagan Jungkook orqasiga qayrildi.
Jungkook jilmaygancha, yana yo‘lga tushdi.
Ular nihoyat ulkan qora darvoza oldiga kelib to‘xtashdi. Temir panjaralar ortida hashamatli qasr ko‘rinib turardi.
Jungkook dubulg‘asini yechar ekan, qizga qarab qoshini ko‘tardi.
— "Adashib qolgan oddiy qiz" uchun yomon emas.
Jinxe mototsikldan tushib, yalang oyoqlarini sovuq yerga qo‘ydi.
— Men hech qachon oddiy ekanligimni aytmaganman.
Jungkook labining bir chetida kulimsiradi.
— To‘g‘ri.
Darvoza yonidagi chiroqlar qizning yuzini yoritib turardi. Endi Jungkook uning naqadar chiroyli ekanini aniq ko‘rdi.
Go‘yo u yoshiga nisbatan juda ko‘p narsani boshidan kechirgandi.
Jinxe dubulg‘ani qaytarib uzatdi.
— Oddiy rahmat bilan qutulib qolmoqchmisan gozalim?
Qiz bir necha soniya turib qoldi, so‘ng
— Men seni ko'chadagi o'ynashinmasman gozalim deysan
Jungkook dubulg‘ani qo‘liga olib, unga sinchiklab tikildi.
— Ko'ramiz kim meni kochadagi go'zalim ekan.
Qiz beparvolarcha darvoza tomon yurib ketdi.
Jungkook esa uning ortidan qarab turdi. Darvoza yopilib, qiz ko‘zdan g‘oyib bo‘lganidan keyin ham u bir necha daqiqa joyidan qimirlamadi.
Nihoyat chuqur xo‘rsinib, pichirladi:
— Jinxe sen baribir meniki b'lasan nima bo'lsaham
Jinxe xonasidagi ulkan deraza oldida turib, qo‘lida issiq qahva ushlab tashqariga qarardi. Ammo xayoli butunlay boshqa yerda edi.
Qora kiyimdagi yigit.
"Men tasodiflarga ishonmayman."
Jinxe beixtiyor jilmaydi. Shu payt eshik taqilladi.
— Xonim, janob Wang sizni nonushtaga kutyaptilar.
Ammo bu safar uning fikri boshqa joyda edi.
Kecha tunda u faqat uyiga qaytmadi. U o‘z yuragining eshigini ochib yubordi. Va u eshik ortida Jungkook turardi.
Jinxe nonushta stoliga tushganida, Jeon Jungkook haqidagi xotiralar hali ham xayolidan ketmagandi. Ammo yuzida odatdagidek sovuq va beparvo qiyofa bor edi.
Uzun stol boshida otasi — Janob Wang gazeta o‘qib o‘tirardi. Uning yonida Amelia jim, ammo ichida qaynab turgan g‘azabini yashirishga urinardi. Qorinidagi og‘riq sabab vaqti-vaqti bilan yuzini tirishtirib qo‘yardi.
— Xayrli tong, dada, — dedi Jinxe stulga o‘tirarkan.
Janob Wang gazetasini yig‘ib, qiziga mehr bilan qaradi.
— Kecha kech qaytding. Hammasi joyidami?
Jinxe krujkadagi choyini ho'pladi.
— Albatta. Shunchaki yo‘limni biroz yo‘qotdim.
Amelia shu zahoti qizga o‘tkir qarash tashladi, lekin hech narsa demadi.
— Ehtiyot bo‘l. Bu shahar kechasi unchalik ham xavfsiz emas.
Jinxe labining chetida sezilar-sezilmas tabassum paydo bo‘ldi.
— Menimcha, kecha eng xavfli odam menga yordam berdi.
Otasi uning so‘zlariga ahamiyat bermadi. Ammo Amelia qizning yuzidagi o‘zgarishni payqab, ichida xavotir uyg‘ondi. Jinxe anchadan beri hech kim haqida bunday ohangda gapirmagandi.
Shu paytda shaharning boshqa chekkasida Jungkook eski ombor binosiga kirib bordi. Uni yaqin do‘sti Kim Taehyung kutib turardi.
— Tun bo‘yi qayerda eding? — dedi Taehyung qo‘llarini cho‘ntagiga solib.
Jungkook kurtkasini yechib, stol ustiga tashladi.
— Bir qizni uyiga olib bordim.
Taehyung hayrat bilan qoshini ko‘tardi.
Taehyungning yuzidagi tabassum bir zumda yo‘qoldi.
— Agar men o‘ylayotgan qiz bo‘lsa, undan uzoqroq yur, Jungkook. U muammolarni o‘zi bilan birga olib yuradi.
Jungkook esa stulga suyanib, beparvo kuldi.
— Balki bu safar men muammo izlayotgandirman.
— Unda tayyor bo‘l. Chunki bu qizning atrofida hamma narsa ko‘ringanidan ancha murakkab.
Jungkookning ko‘zlari qorayib ketdi.
— Juda yaxshi. Men oddiy qizlarni hech qachon yoqtirmaganman.
O‘sha lahzada Jinxe ham Jungkook ham hali bilmasdi, ularning tasodifiy uchrashuvi nafaqat ikki qalbning yaqinlashuvi, balki ko‘plab sirlar, xiyonatlar va xavfli o‘yinlarning boshlanishi edi.
O‘sha kuni kechqurun Jinxe xonasida yolg‘iz o‘tirardi. Stol ustidagi daftar ochiq, lekin undagi satrlarga ko‘zi tushmasdi. Uning xayoli qayta-qayta bir nuqtaga qaytardi, qora mototsikl, tunning sovuq shamoli va Jeon Jungkookning beparvo, ammo ishonchli nigohi.
Telefoni titradi.
Ekranda noma’lum raqam. Jinxe bir necha soniya ikkilanib turdi, so‘ng xabarni ochdi.
— Bugun yo'lingni topdingmi, go'zalim?
Qizning lablarida beixtiyor tabassum paydo bo‘ldi, ammo
U javob yozdi:
Bir necha soniyadan so‘ng javob keldi.
— Men seni yana qidiramanmi deb o'ylagandim, ammo seni topdim.
Jinxe telefonni qo‘liga mahkamroq qisdi. Yuragi g‘alati tez urardi.
Shu payt pastki qavatda Amelia yana Janob Wangning yonida o‘tirib, soxta muloyim ovozda gapirardi.
— Jinxe so‘nggi paytda juda o‘zgardi. Men uning kelajagi haqida xavotirdaman.
Janob Wang jiddiy ohangda javob berdi:
— Mening qizim o‘zini himoya qilishni biladi. Unga ishonaman.
Bu javob Amelia uchun yana bir mag‘lubiyat edi. Ammo u taslim bo‘ladiganlardan emasdi.
Ichida qasos alangasi tobora kuchayib borardi.
— Ko‘ramiz, — deb pichirladi u. — Bu qizning eng zaif nuqtasini topaman.
Ertasi kuni Jinxe maktabga kelganida, Feina yugurib yoniga keldi.
— Nega kecha birdan g‘oyib bo‘lding? Seni hamma qidirdi!
Jinxe yelkasini qisdi.
— Yo‘limni yo‘qotdim.
Feina ko‘zlarini qisdi.
— Yo‘qolib, keyin tabassuming o‘zgargan holda qaytding. Kim edi u?
Jinxe javob bermadi. Faqat derazadan tashqariga qaradi.
Maktab darvozasi oldida qora mototsikl to‘xtagan edi.
Dubulg‘ani yechgan Jungkook maktab binosiga tikilib turardi.
Feina hayajondan Jinxe qo‘lini ushlab oldi.
— Jinxe... u senga qarayapti.
Jinxe yuragining urishini aniq his qildi.
Jungkook labining bir chetida o‘sha tanish tabassum bilan telefoniga xabar yozdi.
Jinxe ekraniga yangi xabar keldi.
— Demak bu safr ham seni topdim
Va shu lahzada Jinxe bir narsani tushundi.
Kechagi tun tasodif emas edi. Bu o‘yin endi haqiqatan ham boshlangandi.
2-Qism tugadi.
Author: Jinxe Miller.
PAINFUL FANFICS kanali uchun yozildi.
Yoqimli mutolaa.