𝐇𝐔𝐌𝐈𝐋𝐀𝐓𝐄𝐃 𝐋𝐎𝐕𝐄
5-Bob — "Men tanlagan yo'l"
Yomg‘ir tingan, lekin Youraning yuragidagi to‘fon hali bosilmagan edi. Daraxtlar ustidan quyosh nurlari sekinlik bilan sirg‘alay boshladi. Biroq bu iliqlik unga yetib bormasdi. U hali ham o‘sha yerda — parkdagi eski skameykada, Hyunjinning yuragini og‘ritgan so‘zlari bilan yolg‘iz qolgandi.
— Kechir… — dedi Youra, lekin bu so‘z nafaqat Hyunjinga, balki o‘ziga, singan qalbiga ham aytilgan edi.
Hyunjin indamadi. Faqat boshini silkitib, asta o‘rnidan turdi. U ortiga qayrilmay ketdi. Chunki ortiga qarash — yana umid qilish degani edi. U esa bugun umiddan voz kechdi.
Ertasi kun. Youra maktabga qaytdi. Yuzidagi ifoda — begona va sovuq. Endi u ko‘rmaslikka, sezmaslikka o‘zini majburlayotgan edi. Ko‘zlari Jungkookni qidirmadi. Quloqlari Ara bilan bo‘lgan kulgilarni inkor etdi. Bu — o‘zini himoya qilishning yagona yo‘li edi.
Lekin yurak bunday buyruqlarga bo‘ysunmasdi.
— Youra! — deb chaqirdi Jimin yo‘lakda. Uning nigohlarida unga nisbatan bir nimadir bor edi — achinish emas, balki mehr.
— So‘nggi paytlar… sen umuman o‘zgargansan. Hammadan uzoqlashyapsan.
Youra jilmayishga urindi, ammo bu faqat lablardagi harakat edi.
— Men faqat o‘zimni yo‘qotgan joydan topyapman.
Jimin bir lahza jim qoldi. So‘ng chuqur nafas olib, so‘radi:
— Agar men seni sevib qolgan bo‘lsam-chi?
Youraning yuragi titradi. Ko‘zlari kattalashdi, lekin darrov o‘zini bosdi.
— Jimin, iltimos… meni qutqaruvchi sifatida emas, inson sifatida ko‘r.
— Men seni har doim inson sifatida ko‘rganman, — dedi Jimin, jiddiylik bilan. — Hatto sen o‘zingni unutgan paytlarda ham.
Youra bir zum sukutga cho‘mdi. Bu so‘zlar yuragiga chuqur urildi. Lekin u hozir sevgi haqida o‘ylashga tayyor emasdi. U hali ham boshqa yurakda qolgan edi.
Kutubxonada Jungkook va Ara yana birga edilar. Ara kitob varaqlayotgandi, lekin uning nigohi har daqiqada Jungkook tomon sirpanardi.
— Men seni o‘zgartirmayman, Jungkook, — dedi u asta. — Faqat yoningda bo‘lishni xohlayman. Bu menga yetarli.
Jungkook lablarini tishladi. Bir so‘z demadi. Uning yuragida bir g‘alati bo‘shliq bor edi. Ara bilan birga bo‘lsa-da, yuragi sokin emasdi. Youraning sukunati uni ham quvvatdan mahrum qilayotgandi.
— U seni unutgani yo‘q, bilasanmi? — dedi Ara kutilmaganda.
Jungkook unga tikildi. Bu gapni eshitishni istamasdi.
— Men buni ko‘ryapman. U sening har bir qadamingni ko‘rmaydigan ko‘zlar bilan kuzatadi. Ammo yuragi — senga bog‘langan.
Jungkook nigohini kitobga tikdi. So‘ng past ovozda shunday dedi:
— U menga emas, kimligimga nafrat qiladi.
Tunda, Youra o‘z xonasida o‘tirib, sekin daftar ochdi. Uning ichida o‘ziga yozilgan maktublar bor edi. Har bir sahifa — bir og‘riq, bir iztirob.
“Bugun u bilan ko‘z urishmadik. Yuragim tinch, lekin bo‘m-bo‘sh…”
“Hyunjin meni sevdi. Men esa undan bosh tortdim. Nega? Chunki yuragim halol bo‘lishni xohladi.”
“Jungkook... sen yuragimni ko‘rmayapsan. Balki bu mening aybimdir…”
Youra qalamni qo‘ydi. Keyin past ovozda dedi:
— Endi men tanlayman. Endi men yuragimni o‘zim himoya qilaman.
U o‘rnidan turdi. Derazani ochdi. Salqin shabada yuziga urildi. Bu yangi boshlanish edi. Lekin bu boshlanish — ko‘z yoshlarsiz, yolg‘on umidlarsiz bo‘lishi kerak edi.
U endi sevgi emas, o‘zini tanlardi. Shu safar chin dildan.
Youra
Quyoshli tong edi. Lekin Youra uchun u faqat navbatdagi sinov kunlaridan biri edi. U endi ko‘proq jim yurardi, ko‘proq yozardi. Endi yuragini so‘zlar bilan emas, qog‘ozlar bilan bo‘lishardi. Dars paytida ham, tanaffusda ham yuragi bir joyda emasdi va buni eng avvalo Ara sezdi.
Ara Youraning yoniga keldi. Jim tuib, so‘ng asta dedi:
— Men senga zarar bermoqchi emasdim.
Youra unga qaradi. Bu qarashda na g‘azab, na yovuzlik bor edi. Faqat charchoq va haqiqatni qabul qilgan ko‘zlar.
— Men ham, Ara. Men faqat… yuragimdan qochmoqchi edim.
Ara boshini egdi. So‘ng so‘radi:
— Unga nima deganingni aytganmisan?
Youra yengil kulimsiradi. Bu kulgi og‘riq edi.
— Yo‘q. Chunki men hech qachon unga hech narsa demaganman.
— U seni ko‘rgan. Men bilaman. Lekin yuragidagi devorlar seni eshitmaydi.
Youra javob qaytarmadi. Bu sukunat — tan olish edi.
O‘sha kun Jimin Yourani kutib oldi. Birga park bo‘ylab yurishdi. Qishda so‘lib qolgan daraxtlar endi bahorni kutayotgandek, Youraning ham ko‘ngli qachondir yashnashini istardi.
— Sen yana yozishni boshlabsan, — dedi Jimin.
— Ha. Bu safar o‘zim uchun yozyapman.
— Yaxshi. Chunki sening ovozing… yuragingdan kuchliroq bo‘lishi kerak.
Youra to‘xtadi. Ko‘zlarida mayin minnatdorchilik bor edi.
— Jimin… Men sendan minnatdorman.
— Meni sevishga harakat qilganing uchun emas… sevishimga sharoit yaratganing uchun.
Jimin bir muddat yuragiga eshitiladigan ohangda kuldi. So‘ng asta dedi:
— U seni ko‘rmasa ham… men seni yuraging bilan ko‘raman.
Kechqurun kutubxonada Ara va Jungkook o‘rtasidagi masofa toraygandek edi. Ammo bu yaqinlik — yurakdagi uzoqlikni yo‘q qila olmasdi.
— Ara… men adashdim. Sen menga mehr berding. Men esa yuragimdan qochdim.
Ara jilmaydi, lekin ko‘zlari xira edi.
— Chunki yuraging hali ham unda, to‘g‘rimi?
— Men uni yo‘qotdim. Lekin hali ham yuragimda borligini bilaman.
Ara asta o‘rnidan turdi. Uning so‘zlari yurakni tilardi:
— Balki sen uni yo‘qotmagandirsan. Balki u seni o‘zi tark etgan bo‘lsa…
Tunda, Youra xonasida oynaga tikilib turardi. U ko‘zlarida kuch ko‘rmoqchi edi, ammo faqat sinish izlarini topdi. So‘ng o‘ziga pichirladi:
— Sen o‘zingni yo‘qotgan joyda, sevgingni ham dafn etding.
Telefon titradi. Bu safar Jungkook yozgandi.
“Biz gaplashishimiz kerak. So‘nggi marta.”
Youraning yuragi qattiq urdi. U chuqur nafas oldi, xabarni o‘qib turdi. So‘ng telefonni qo‘ydi. Ammo bu safar... o‘chirmadi.
Bu safar u ham so‘nggi marotaba yuragini tinglashga tayyor edi.