February 2

Heʼs my stepfather

Episode -26

Oyimni taziyalari oʻtgach Yanni rejasi boʻyicha Yaponiyaga qaytishimiz kerak edi. Lekin men yana 2 3 kun shu yerda qolishni xoxladim. Sababini tushunmasdim. Koʻchaga yoki biror joyga borishni xoxlmasdim. Faqatgina xonamda jim yotardim. Bundan Ara tinmay xavotirlanardi. Bazan yuzimni silab men bilan birga yigʻlardi. Bazan meni quchoqlab uxlab qolardi. Oʻsha paytda nega unga homiladorlik paytimda uni oldirib tashlayman degan ahmoqona fikrimdan qattiq uyalib ketardim. Balki Ara boʻlmaganda ahvolim bundan ham battar boʻlarmidi.
Buvim olamdan oʻtganida oyim Kanadaga ish safari bilan ketgan edi. Oʻshanda qish payti edi. Obi havo yomonligi uchun oyim uch kundan soʻng yetib kelgan. Bu paytda esa allaqachon buvimni taziyalari oʻtib boʻlgan edi. Oʻsha payti oyim qay ahvolga tushgan ekan? Men ku har qalay oyimni soʻnggi marta boʻlsa ham koʻrishga ulgurdim. Lekin oyim buvimni koʻra olmagan edi. Oyim ham uzoq vaqt xonasiga qamalib olib yigʻlagan. Men dadamdan oyimni ovutishini soʻrasam dadam har doim " oyingni hozir biroz yolgʻiz qoldirishimiz kerak. U oʻziga kelib oladi" deb aytardi. Katta boʻlib dadam nega unday deganini tushunib yetdim.
Tungi soat 23 dan oʻtgan ekan. Eshigim taqilladi. Men uygʻoq edim. Lekin Ara quchogʻimda uxlab qolgan edi. Uni ehtiyotkorlik bilan divanga qoʻydim. Bu Yan yoki Lina boʻlsa kerak deb oʻylagan edim.
Mira: kim?
- mexmonxona xizmati xonim.
Tashqaridan qiz bola ovozi kelgani uchun eshikni ochdim. Ne koʻz bilan koʻrayki eshik oldida Bangchan turardi. Avvaliga muzlab qoldim. Ikki soniya unga tikilib turdim. Keyin eshikni topmoqchi edim lekin u zoʻrlik bilan ichkariga kirdi. Eshikni qulfladi.

Bangchan

Mira: senga nima kerak?
Bangchan: Sen...
Men uni soʻkmoqchi edim. Bor zaxarli gaplarimni unga aytmoqchi edim. Lekin u gap boshlamasimdan oldin meni qattiq quchoqladi. Meni devorga bosib yuzini boʻynimga tiqib oldi. Qoʻllari shu qadar qattiq belimga oʻralgan ediki ulardan chiqishni iloji yoʻq edi. Nima deyishni bilmay qoldim. Oyoq qoʻlim titrab ketdi. Ara uxlab qolgan. Lekin u uygʻonib ketsa-chi? Bangchan uni koʻrib qolsa-chi? Nima deyman?
Mira: B-bangchan...
Men gap boshlamasimdan Bangchan huddi yosh boladek jim yigʻlab yubordi. Uni issiq koʻz yoshlari hat safar tanamga tekkanda men shuncha yil qiyinchilik bilan unga qurgan devorlarim asta sekin qulab tusha boshladi.
Bangchan: nega ketib qolding? Ahir biz bir birimizga vada bergan edik. Men seni sevar edim. Biroz sabr qilganingda hammasi oʻz oʻrniga tushardi.
Mira: sevgi? Sen meni hech qachon sevmagansan...
Bangchan menda biroz uzoqlashdi. Koʻz yoshlari va burni yengi bilan artdi. Huddi bu gaplarimdan oʻziga kelgandek edi.
Bangchan: shuncha payt menga ishonmagan edingni? Yoki ketgach oʻsha lanati Yan seni menga yomonladimi?

Mira: agar Yan boʻlmaganda men oʻsha menga bergan narkotik moddang taʼsirida balki hali ham seni shaxsiy fohishang boʻlib yurarmidim.
Bangchan: nima? Nimalar deyapsan? Qanaqa narkotik modda?
Men yana oʻsha eng yomon kunlarni eslashga majbur boʻldim. Tanamdan oʻsha modda chiqib ketishi va bolamni asrab qolish uchun qanchadan qancha ninalarni qabul qilganim, kuniga kerak boʻlsa 10 tadan ortiq tabletkalar ichganim. Bazan kuchli bosh ogʻrigʻida uxlolmay chiqqanim hammasini esladim. Yana yaram yangilangandek boʻldi. Koʻzimdan yana yosh tonchilay boshladi. Yigʻidan arang gapirardim.
Mira: iltimos meni tinch qoʻy. Men endi sen biladigan Mira emasman. Sen allaqachon uni yoʻq qilding. Men sen bilan birga boʻlishni hatto seni ismingni eshitishni ham istamayman.
Bangchan: Mira... Malikam iltimos yigʻlama. T-toʻgʻri tan olaman. Buni men qildim. Lekin bu mutlaqo zararsiz deb oʻylagan edim. Qolaversa men seni birinchi koʻrganimdayoq sevib qolgan edim. Seni qanday oʻzimniki qilishni bilmadim. Bu shunchaki seni qattiq sevganimdan.
Mira: bas qil... Hammasi tugagan. Bizni ahnoqligimizni deb oyim qurbon boʻldi. Endi yana bunday xato qilishni xohlamayman. Men seni sevmayman. Eshityapsanmi sendan nafratlanaman.
Bangchan gaplarimdan shu qadar qattiq gʻazablanib ketdi meni boʻgʻzimdan ushlab devorga bosdi. Bu nafasimni siqmasdi Bangchan meni qoʻrqitish uchun atayin shunday qilayotgan edi.
Bangchan: muhim emas. Muhimi men seni sevaman. Senga yaxshi boʻlishi uchun hammasiga tayyorman. Lekin ayriliqqa emas. Men seni 6 yil kutdim. Boshqa ayriliqq chidolmayman. ESHITYAPSANMI... MEN SENI SEVAMAN...
Ara: amaki...
Arani ovozini eshitgach yuragim toʻxtab qoldi. U Bangchanni orasida qoʻliga yaxshi koʻrgan quyonchasini quchoqlagancha oʻzini arang yigʻidan tiyib turardi...
Ara: amaki oyimni qoʻyib yuboring. Oyimni qiynayapsiz. Oyim shundoq ham tuni bilan uxlolmayapdi. Uni qoʻyib yuboring evaziga men sizga istagan narsangizni beraman.
Bangchan: oyi?
Nega har doim men qoʻrqan narsa sodir boʻladi? Oʻsha paytdagi Bangchanni yuzini tasvirlab berish uchun soʻzlar ojizlik qilardi. U shu qadar qattiq shokka tushib qolgan ediki hatto joyidan qoʻzgʻala olmasdi. Men Arani qattiq quchoqlab xonasiga olib kirib ketmoqchi edim. Birdan xonaga Yan va Lina bostirib kirdi. Ularni qoʻlida qurol borligi va bostirib kirganidan Ara qoʻrqib ketib yigʻlab yubordi. Meni qattiq quchoqlab oldi.
Bangchan: u necha yoshda.
Yan: ishing boʻlmasin.
Bangchan: NECHA YOSHDA DEDIM.
Yan: Mira tashqariga chiq. Seni mashina kutyapdi.
Arani mahkam quchoqlagancha tashqariga chiqib ketdim. Ara hali ham qilayotgandi. Yan oʻsha payti Jungkook Bangchanga ishlayotganini bilib qolgan ekan. Avvaliga bu uchun Jungkookdan xafa boʻlgandim. Kelgan kunimiz Bangchanni iflos deb noliyotgan odam qanday qilib unga ishlaydi yoki bizga shunchaki roʻl oʻynaganmi deb oʻyladim. Keyin bilsam Jungkookni Soojin bilan munosabatlarini deb uni oilasi Jungkookni bor budidan ayirgan oʻsha payti faqatgina Bangchan ularga yordam bergan ekan. Hatto shu mexmonxona ham Bangchanni yordami bilan qurilgan ekan.
Bangchan: seni yoʻq qilaman.
Yan: bu muhim emas.
Bangchan: oʻsha qiz necha yoshda. Qachon tugʻilgan.
Yan: u besh yoshda ismi Ara. Bir narsaga ishonching komil boʻlsin. Hech qachon Arani ham Mirani ham senga berib qoʻymayman.
Bangchan: demak u bola meniki. Jin ursin... Buni boshidanoq sevgandim.
Arani mahkam quchoqlab oldim. Bu yerda qolishim xato edi. Men ishim bitgach tezda Yaponiyaga qaytishim kerak edi. Hissiyotlarga berilganim yana menga pand berdi. Nega bunchalik ahmoqman.
Birozdan soʻng Bangchan ichkaridan alamzada ahvolda chiqdi. Men hali ham Arani quchoqlab mashinada oʻzimni koʻrsatmay oʻtirardim. U ketgach biroz yengil tortgandek boʻldim. Haydovchiga ketishimiz kerakligini aytdim. Chunki Yan va Lina ham Bangchanni ortidan chiqib mashinaga oʻtirishgan edi. Mashina harakatlana boshlagach Ara menga qarab yuzimni silay boshladi.

Ara: oyi u kim? U yomon amakimi?
Mira: hech kim qizim. U shunchaki men bilan oʻynashni xoxladi. Men esa faqat Ara bilan oʻynayman deb uni rad qildim.
Yaxshiyam Ara hali kichkina boʻlmasa uni nima deb ovutar edim.
Mashinada ketayotgan edik. Lina va Yan ortimizdan kelayotgan edi. Mashina svetaforning qizil chirogʻiga toʻxtaganini eslayman. Birdan yon tomonimizdan mashina paydo boʻlib bizni mashinaga urildi. Qattiq qoʻrqanimdan Arani quchoqlaganimni eslayman. Boshimni derazaga urib hushimdan ketdim. Kuchli ogʻriqdan koʻzimni zoʻrgʻa ochardim. Ara tinmay boshimda yigʻlardi.
Yan: yaqin atrofdagi kasalxonaga olib boramiz. Tez boʻlinglar....
Yanni oxirgi marta shunday deganini eslayman. Keyin esa hushimdan ketdim. Koʻzlarimni ochganimda katta sakura daraxtlari gullagan bir bogʻda turardim. Atrof shu qadar chiroyli ediki koʻzni qamashtirardi. Bir daraxt ortida oyim koʻrindi. Oyim pushti rangli koʻylak kiyib olgan judayam chiroyli edi. U menga qarab mayin tabassum qildi va oldimga keldi. Oldimga kelgan payti birdan daraxtlar bargi toʻkilib atrof sovun ketdi. Men judayam qattiq sovuqqota boshladim.
Mira: oyi nega bu yer juda sovuq.
Minsu xonim: chunki men tinch emasman. Tunlari uxlolmayapman. Judayam sovuqqotyapman.
Mira: nega nima uchun? Meni debmi?
Minsu xonim: ha qizim seni deb chunki sen ham necha yildan beri halovat bilmaysan.
Oyimni yuzimni siladi. Qoʻli shu qadar sovuq ediki butun tanamni muzlatib yubordi. Oʻsha payti choʻchib uygʻonib ketdim. Hayriyatki hammasi tush ekan. Yonimda Ara uxlab qolgan Yan esa deraza oldida turardi.
Mira: menga nima boʻldi
Yan: avtohalokatga uchrading. Yaxshiiyam jiddiy emas ekan. Lekin bir kun shu yerda qolarkansan.
Mira: Ara yaxshimi?
Yan: uni uyga olib ketishimizga ruhsat bermadi. Shuning uchun yoningda...
Mira: Bangchan...
Yan: unga hammasini tushuntirdim. Mira va Arani unga berib qoʻymasligimni aytdim. Xafsalasi pir boʻlib ketdi. Menimcha boshqa qaytib kelmasa kerak. Bu kasalxona ham kichkina va korimsiz. Bu yerni ham topa olmaydi.
Mira: yaxshi... Endi ancha yengil tortdim.