Lanatlangan qirol
Qirol Taehyung kutubxonada bir dunyo qogʻozlarga koʻmilgan holda oʻtirardi. Uni tizzasida esa Elian qoʻlida turli qogʻozlari ushlab ularni oʻqib chiqardi.
Elian: oʻlay agar bularni hech biriga tushunmadim.
Taehyung: chunki hali ham kichkinasan buni tushunish uchun yuksak aql kerak.
Elian: yuksak aqlga ega boʻlish uchun nima qilishim kerak? Janob aqlli
Taehyung stol ustida turgan qip qizil olmani olib Elianni qoʻliga berdi.
Taehyung: avvaliga buni yeb tur keyin buni hal qilamiz.
Elian olmadan tishlab Taehyungni koʻkragiga boshini qoʻydi. U iloji boricha Taehyungga halaqit bermaslikka harakat qilardi. Elianni tanasi kichik boʻlgani uchun Taehyungni tizzasida oʻtirish Taehyungga halaqit qilmasdi.
Birdan eshik baland ovozda taqilladi. Bundan Elian choʻchib tushdi. Taehyung uni orqasini silayotgan payti xonaga Evil kirib keldi. Evil Taehyungni quchogʻida oʻtirgan Elianni koʻrib ich ichidan hayrat va gʻazabni his qildi.
Evil: mazur tutasiz qirolim. Janob Bangchanni hech qayerdan topa olmayapman.
Taehyung: birinchidan eshikni bunday taqillatishmaydi. Ikkinchidan men kutubxonada paytim hech kim bezovta qilmasligini aytganman.
Elian: asabiylashma ahir u atayin qilmadi.
Taehyung: hali ham shu yerdamisan Bangchan bu yerda emasligini koʻrmayapsanmi?
Evil: kechirasiz qirolim.
Evil xonadan chiqib ketdi. Lekin ich ichidan baribir oʻsha gʻazab bosilmasdi. Elian esa bu paytda Bangchandan havotir ola boshlagan edi.
Elian: seningcha Bangchan qayerda boʻlishi mumkin
Taehyung: Bangchan yosh bola emas. Undan bunday havotir olaverma.
Oxirgi bir necha kun davomida Evil ularni kuzatar ekan qirol Taehyung Elianga qanday munosabatda boʻlishini koʻrib bazan hayratlanar bazan jaxli chiqardi. Chunki Taehyung Elianga yaxshi munosabatda boʻlsa ham u bilan juda qattiq urishardi.
Shunday kunlardan biri edi. Taehyung yana kutubxonada oʻtirar. Yana bir dunyo qogʻozlarga koʻmilgan edi. Evil esa kutubxonada sezdirmay Taehyungni kuzatardi. Shu payt eshik ochildi. Elian indamay kelib yana uni tizzasiga oʻtiradi. Taehyung uni qoʻllarida ushlab turadi lekin ishidan chalgʻimaydi.
Elian: oxirgi paytlarda saroy juda gʻalati.
Taehyung: qaysi maʼnoda.
Elian: Bangchan Jin hu bilan gaplashmaydi. Jin hu ham negadir parishonxotir.
Taehyung: ular katta va yetuk mavjudot. Bu borada havotir olma.
Elian: balki ular oʻrtasida chalkashlik bordir. Biror hal qilinmagan muammo. Haaaa... Balki ular bir birini sevar men kitoblarda shunday oʻqigan edim. Agar ular...
Taehyung: Elian... Bangchan kam uchraydigan boʻrilar turidan Jin hu esa qadimdan muqaddas deb bilingan tulki turidan ular bir birini sevib qolishi ikkisiga ham zarar berishi mumkin. Sen yaxshisi bunga aralashma. Oxiri yaxshilik bilan tugamasligi mumkin.
Taehyungni qarashlari jiddiy boʻlsa ham u Elian peshonasidan oʻpib unga iloji boricha mehribon boʻlishga harakat qilardi. Elian bir muddat u bilan unga halaqit qilmay oʻtirdi. Keyin Taehyungni quchogʻida koʻylagini qattiq ushlagancha uxlab qoldi. Taehyung esa hali ham ishdan chalgʻimagan uni quchogʻida ushlab turgancha ishida davom etardi. Evil ularni bir chetda kuzatar ekan bu chalkashlikka tushuna olmasdi.
Evil(pov): juda gʻalati. Jaxli chiqqan payti uni oʻldirib qoʻygudek boʻladi. Lekin endi hech narsa boʻlmagandek uni quchogʻida ushlab turibdi. Bu katta shayton nimani koʻzlayapdi. Bu maxluqdan Elianga nima kerak?
Taehyung: u yerda yana qancha turmoqchisan
Taehyungning kutilmagan savolidan Evil sakrab tushdi. U bunday holatni kutmagan edi.
Evil:k-kechirasiz qirolim. Shunchaki men bu yerda...
Taehyung: yoʻqol...
Evil: menda hech qanday ishingiz yoʻqmi
Taehyung: agar Elian seni deb baqirganimda uygʻonadigan boʻlsa seni oʻldiraman.
Evil tazim qildida xonadan chiqib ketdi. U eshikni topayotgan payti ularga qarar ekan Taehyung Elianni yuzidan silab peshonasidan oʻpib qoʻyganini koʻrdi.
Quyosh qoraya boshlagan payti Mina oshxonada xizmatkorlar bilan birga kechki ovqatni tayyorlardi. U oldiga fartuk tutib olgan va uni chetdan kirgan odamlar xizmatkor deb oʻylashi aniq. Shu payt uni bu holatda Evil kirib qoldi va uni yoniga bordi.
Evil: yordam berishimni xoxlaysanmi?
Elian: Evil... Yoʻq shart emas men allaqachon tugatdim.
Evil: hali seni kutubxonada qirolni quchogʻida uxlab qolganingni koʻrdim.
Elian: a... Bu tabiiy hol. Men har doim uni quchogʻida uxlab qolaman. Hatto bunga Taehyungni oʻzi ham oʻrganib ketgan.
Evil: mmmm... Juda gʻalati...
Elian: nimasi gʻalati
Evil: bu saroyda faqat sen uni senlab chaqirasan. Boshqalarga esa sizlab murojaat qilasan. Qirol Taehyung ham bunga qarshi emas.
Elian: Taehyung shunchaki menga rahmi kelgani uchun shunday munosabatda boʻladi. Buni menga juda koʻp marta aytgan. Lekin saroyda bir narsa gʻalati bilasizmi?
Evil: nima?
Elian: siz kelgan oʻsha kuni Jin hu sirli ravishda yoʻqolib qolgan ertasi kuni esa Bangchanni xonasida yolgʻiz uygʻongan. Oʻsha kundan beri Bangchan Jin hudan oʻzini olib qochib yuribdi. Jin hu qancha harakat qilsa ham gaplasha olmayapdi.
Evil bir muddat oʻylanib qoldi. U qanday boʻlmasin bu borada Elianga yaxshi koʻrinib bu masalani hal qilishi kerak edi. Uni hayoliga bir ayyorona fikr keldi.
Evil: menga bir fikr keldi. Bir soatdan keyin koʻrishamiz. Ungacha ovqatlanib ol.
Butun saroy ovqatlanib boʻlgan xizmatkorlarni ham ishi tugab xonasiga qaytgan edi. Bangchan ham oʻz xonasida kitob oʻqib oʻtirardi. Shu payt Evil shoshilib Bangchanni xonasiga kirdi.
Evil: janob...
Bangchan: nima boʻldi?
Evil: Jin hu xonim... Ovqatdan zaharlanibdi. Hushidan ketdi.
Bangchan oʻrnidan sakrab turdi. Nafasi bir zumda boʻgʻziga tiqilib qolgan edi. Evil unga yoʻl boshladi. Va uni Elianni xonasiga olib bordi. U yerda Jin hu yerda yotgan arang nafas olardi. Elian esa uni yonida oʻtirardi. Bangchan Elianni itarib yubordi va uni yoniga oʻtirib uni quchogʻiga oldi.
Bangchan: Jin hu... Jin hu... Buni kim qildi ayt menga... Uni tirik qoldirmayman
Jin hu: b-bilmayman... Nafas olishga qiynalyapman. Bangchan...
Jin hu Bangchanni koʻylagini qattiq siqib oldi. Bangchan uni bu holatda koʻrib chiday olmadi va yigʻlab yubordi. U Jin huni qattiq quchoqladi.
Bangchan: unday qilma... Sen kuchli tulkisan... Tuzalishing kerak. Men sensiz yasholmayman... Men.. men seni sevaman...
Jin hu: nima... Nimalar deyapsan.
Bangchan: ha... Oʻsha kuni men bilan tunni oʻtqazding. Mast holingda menga yopishding sen menikisan deb davo qilding. Men esa oʻzimni tiyib turolmadim. Chunki seni besh yildan beri sevardim. Keyin esa meni ablax deb oʻylashingdan qoʻrqib buni senga aytmadim... Meni kechir.
Bangchan ogʻzidan bu iqror chiqishi bilan Elian xursand boʻlib ketdi. U Evilga ishora qildi. Evil tezda Jin huga damlama berdi. Jin hu ikki daqiqaga ham bormay oʻzini yaxshi his qila boshladi. Bundan ikkisi ham hayron boʻldi.
Jin hu: bu... Bu nima edi.
Evil: bu olma urugʻidan tayyorlangan sehrli damlama. Uni birinchi marta ichganingizda sizni huddi shunday ahvolga soladi. Ikkinchisida esa bundan butunlay qutilasiz.
Bangchan: tentakmisan. Agar buni vaqtida ichirmagnaingda Jin hu oʻlgan boʻlar edi.
Evil: menimcha bu hammamiz uchun yoqimli boʻldi.
Elian: ikkingizdan ajoyib juftlik chiqishini bilardim.
Elianni xursandligini cheki yoʻq edi. Bu orada Jin hu ham Bangchanni qattiq quchoqladi. Huddi u ham Bangchanni sevishini ifodalayotgandek edi. Xonada hamma xursand birdan Jin huni ranggi oqarib ketdi. U tezda Bangchandan uzoqlashdi.
Bangchan: nima boʻldi?
Jin hu: qirol... Taehyung shu yerda uni qattiq jaxli va chiqyapdi.
Eshik qattiq zarb bilan ochildi. U yerda qirol Taehyung koʻzlari qoraygan va judayam jaxli chiqqan holda turardi. Elian esa bunga eʼtibor bermadi. U Taehyungni shunday yangilik bilan eritaman deb oʻylagan edi shekilli. U Taehyungni oldiga yugurib borib uni quchoqladi.
Elian: Taehyung... Taehyung Bangchan Jin hu sevar ekan. Zoʻr a...
Taehyung: nima?
Elian: ha ular bir birlarini sevar ekan. Bugun biz Evil ikkimiz.
Taehyung Elianni ogʻzidan Evilni ismini eshitishi bilan gʻazabi kuchayib hatto oʻzini ham boshqara olmay qoldi. U hozir na Elianni na boshqani koʻra olardi. U Elianni boʻgʻzidan ushlab shu qadar qattiq devorga bosdiki Elian bundan bir muddat oʻziga kelolmay qoldi.
Taehyung: 9 dumli tulki va sehrli boʻrini turmush qurganini qaysi ertak kitobda oʻqigansan. A? Ular hech qachon birga boʻlisha olmaydi. Bu ularni nasliga qattiq taʼsir qiladi.
Elian: l-lekin... Sevgi...
Taehyung: TUPURDIM BU YERDA HECH QANDAY SEVGI. BU YERDA FAQAT QIROLNING AYTGANI BOʻLADI. ULAR HECH QACHON BIRGA BOʻLOLMAYDI.
Elianni nafasi tobora bugilib borardi. Shu payt Jin hu yurak yutib Taehyungni qoʻliga yopishdi.
Jin hu: qirolim uni kechiring. U zaif inson bolasi. Unga nimadir boʻlsa biz yordam berolmaymiz.
Taehyung Elianni siltab qoʻyib yubordi. Elian bor kuchini toʻplab oqsoqlangancha xonadan chiqib ketdi. Evil uni ortidan bormoqchi edi. Lekin Bangchan uni toʻxtatib qoldi.
Taehyung: bugundan boshlab ikkalangni birga koʻrmay. Anavi sichqon Evilni zindonga tashlang va hech narsa bermang.