He's my stepfather
Tong otdi...
Yana tuni bilan uxlay olmadim. Faqatgina Arani shirin yuziga termulib chiqdim. Chunki hozir meni ovutadigan yagona odam Ara edi. Bugun men uyimga boraman. Oʻsha Bangchanning katta lekin judayam yomon xotiralarga boy qasriga. Umuman olganda men oʻsha payti Bangchan bilan juda baxtli edim. Hali kichkina ertangi kunini emas faqat bugungi kun bilan yashaydigan qiz edim. Va bu erkaligimni toʻlovi daxshatli boʻldi. Endi nima boʻlishidan qatʼiy nazar men yana bu xatoga yoʻl qoʻymasligim kerak. Hech qachon...
Chamasi soat 10 lar atrofida eshigim taqilladi. Bu Yan va Lina ekan. Yan Arani Linaga tashab oyimni oldiga yolgʻiz borishni reja qilayotgan edi. Lekin oʻsha paytida Arani qaysarligi tutib qoldi. U meni oyogʻimga qattiq yopishib men bilan ketishini talab qila boshladi.
Ara: Lina holam bilan qolmayman oyi. Meni ham olib ketasiz.
Mira: Ara biz boradigan joyda juda koʻp doktorlar boʻladi. Sen doktorlardan qoʻrqasan ku toʻgʻrimi?
Ara: bu muhim emas men ham siz bilan ketaman.
Ara yerga yotib yigʻlagancha men bilan ketishini talab qilardi. Men bunga qarshilik qilolmadim. Bu orada Yan ham bunga qarshilik qilmadi.
Yan: Ara yaxshi biz bilan ketasan. Faqat ichkariga kirib chiqunimizcha Lina holang bilan oʻtirib turasan.
Ara: YOʻQ... OYIM BILAN KIRAMAN.
Yan: agar aytganimni qilsang. Keyin seni yana oʻyinchoqlar doʻkoniga olib boraman. U yerdan istaganingni olasan.
Ara: va'da berasizmi
Yan: albatta...
Yanni bir ogʻiz gapi bilan Ara ancha tinchilanib qoldi. Biz tezda yoʻlga tushdik.
Oradan olti yil oʻtibdi.... Mashinada ketar ekanman shu yo‘l mendan shuncha yilni tortib olgandek tuyula boshladi. Orqamda qolgan shahar emas o‘tmish. Oldimda esa onamning holsiz nafasi va Bangchanning soyasi. Faqatgina Ara… Yuragimning eng tirik qismi. Koshki edi buni oyimga aytolsam. Men ham Arani buvisi bilan kulib baxtli oʻtirgan holatini koʻrishni xoxlayman. Men kuchli bo‘lib qaytyapman. Lekin ichimda hali ham o‘sha qiz qo‘rqayotgan jim ammo bolasi uchun hamma narsaga tayyor Mira bor.
Oʻsha katta hashamatli nursiz qasrga yetib keldik. Ara ortimdan ergashishdan qoʻrqayotgan edim. Yaxshiyamki ergashmadi. Ichkariga kirar ekanman eshik roʻpparasida zina tutqichiga suyangancha qoʻlida bir stakan vizki koʻtarib olgan Bangchanni koʻrdim. Yuragim qinidan chiqib ketgudek ura boshladi. Qoʻllarim tinmay titrardi. Ich ichimdan oʻzimga oʻzim " Mira oʻzingni bos. Sen kuchli boʻlishing kerak" deb oʻqtirardim.
Bangchan: odamlarim bu safar adashishmapdi. Bundan xursandman.
Bangchan bizga miyigʻida jilmayib qoʻydi. Stakanni bir tushirishda tugatib zarb bilan stol ustiga qoʻydi.
Mira: oyim qaysi xonada.
Bangchan: Mira shuncha payt koʻrishmadik. Qadrdoning bilan quchoqlashib salomlashnaysanmi?
Bangchan meni oldimga kelib yuzimni silamoqchidek qoʻl choʻzdi. Yan esa uni qoʻlidan qattiq ushlab ortga qaytardi. Men esa unga bor nafratim bilan qarashga harakat qilardim. Huddi bu foyda beradigandek
Yan: u oyisi uchun keldi. Sen bilan salomlashish uchun emas
Bangchan: u yuqori qavatda Mirani eski xonasida.
Men shoshilib yuqori qavatga koʻtarildim. Pastda esa Bangchan Yan bilan qoldi. Negadir ularni suhbati men uchun qiziqdek tuyuldi.
Bangchan: yalangoyoq oiladan chiqqan mehribon jinoyatchi. Chiroyli eshitiladimi?
Yan: oʻsha yalangoyoq seni shunday katta qasringdagi seni gulingni osonlik bilan oʻgʻirlab ketgan. Chiroyli eshitiladimi?
Bangchan: agar Mirani doʻsti boʻlmaganida seni allaqachon yoʻq qilgan boʻlardim.
Yan: yoshing ancha katta boʻlib qolgan. Bunchalik koʻp chiranma. Oʻsha sen aytayotgan yalangoyoq Mirani 6 yil ichida sendan yashirib keldi. Sen hatto uni izini ham topa olmading.
Bangchanni jaxli chiqayotgani aniq edi. Lekin Yanni gaplari bu oʻrinda 100 foiz toʻgʻri.
Eshikni sekin ochib ichkariga moʻraladim. Oyoq kasallar kravatida derazaga qaragancha yotardi. Ularni yonida Yerin xola oyimga qarab oʻtirardi. U meni koʻrishi bilan yuzi yorishib ketdi.
Yerin xola: xonim... Nihoyat kichin xonim keldi.
Oyim koʻzlarini arang ochdi lekin menga qarashga holi yoʻq edi. Oʻzimni yoʻqotib qoʻydim. Oyimni hecham bunday zaif va ilojsiz holda koʻrmagan edim. Yeri xola chiqib ketgach oyimni yoniga yotib uni qattiq quchoqladim. Ilgari ulardan eng qimmat atirlar hidi kelardi. Hozir esa spirt va allaqanday dorilar hidi kelardi. Oʻzimga oʻzim savol berdim. Vijdonim qiynala boshladi. Nahotki bularni hammasini men qilgan boʻlsam?
Minsu xonim: Mira...
Mira: oyi... Oyi men keldim. Sizga nima boʻldi? Nahotki hammasi meni deb boʻlgan boʻlsa?
Minsu xonim: kechirim soʻrama bu seni aybing emas. Oʻzing yaxshimisan? Oʻzing xoxlagandek Farmoseft boʻledingmi?
Mira: ha... Ha... Endi meni uncha katta boʻlmagan zavodim va ishchilarim bor. Lekin men hech qachon sizdek boʻlolmayman oyi... Men sizni judayam sogʻindim... Keling bu haqida gaplashmaylik...
Oyimni sochlarini silab yuzalri peshonalaridan qayta qayta oʻpdim. Ularni sochlari oqarib ketgan edi. Nahotki men oyimni 6 yil ichida shu ahvolga solgan boʻlsam?
Minsu xonim: Yan seni bu qadar uzoqqa olib ketadi deb oʻylamagan edim. Uni kuchini toʻgʻri baholamapman.
Mira: nima? Yan meni olib ketganini bilarmidingiz?
Minsu xonim; albatta... Xizmatkor soʻnggi suhbatingiz haqida hammasini aytib bergandi. Men Yan kambagʻal seni uzoqqa olib ketolmaydi. Mirani oʻzim topib otasini oldiga joʻnatib yuboraman deb oʻylagan edim. Lekin Yan seni shu qadar uzoqqa olib ketdiki men va Bangchan seni topolmay qoldik.
Mira: bularni hammasini Bangchan qildimi? U sizni shunday ahvolga soldimi?
Minsu xonim: bunda Bangchanni aybi yoʻq. Aslida hammasiga men aybdorman. Bangchanga turmushga chiqmasligim kerak edi. Otang mendan har doim oilani tanlashimni soʻrardi. Menga esa har doim karyera muhim boʻlgan ohir oqibatda shu ahvolga kelib qoldim. Seni begona joylarda sarson va sogʻinchda yurishga majbur qildim. Otangdan ayirdim. Va Bangchanni ham qiynadim.
Mira: oyi oʻzingizni aybdor hisoblamang
Minsu xonim: bilasanmi? Sen ketgach Bangchan bor kuchi bilan seni qidirdi. Seni topish uchun har qanday ishga tayyor edi. Bazan kechalari ismingni aytib alahsirardi. Bazan ichib mast boʻlib xonangga kirib uxlab qolardi. Ikkingizni ham qiynagan men boʻlaman. Iltimos meni ovutishga harakat qilma.
Mira: bu haqida keyin gaplashamiz. Iltimos oʻzingizni uruntirmang.
Minsu xonim: sendan bitta iltimosim bor. Bu soʻnggisi. Iltimos hech qachon mendek ona boʻlma. Puling koʻp boʻlib butun dunyoga hukmron boʻlsang ham bularni hech biri farzandlaring va oilangni oʻrnini bosolmaydi.
Mira: unday demang oyi siz dunyodagi eng yaxshi oyisiz. Men sizga arziydigan qiz boʻlolmadim.
Oyimni qattiq quchoqlab shu qadar qattiq yigʻlardimki oʻzimni toʻxtata olmasdim. Boʻlgan ishlarni barida oʻzimni ayblar edim. Oyim esa boshimni ikki marta siladi va toʻxtab qoldim. Koʻz yoshlarim toʻxtab qoldi. Monitorga qarab muzlab qoldim. Oyimni yuragi toʻxtagan edi. Oyi deb ovozim boricha baqirdim. Ularni uygʻonishlarini soʻrab qoʻllarini qayta qayta oʻpardim. Qayta qayta ulardan kechirim soʻrardim. Lekin bu foydasiz edi. Birozdan soʻng xonaga Bangchan kirdi. U oyimni koʻrib rangi oqarib ketdi. Men esa koʻzlarim qonga toʻlganch uni yoqasiga yopishdim. Koʻkragiga qayta qayta urardim.
Mira: SEN AYBDORSAN... HAMMASI SENI AYBING. XOTIRJAM BOʻLDINGMI? OYIM ENDI YOʻQ. UNI SEN OʻLDIRDING. UVOLIGA QOLASAN. LANATI YARAMAS PASTKASH...
Bangchan: M-minsu...
Oʻsha payti Bangchan men uchun roʻl oʻynamagani aniq edi. Lekin meni butun hayolim oʻsha payti faqat Bangchanni ayblar edi. Men uni urishda davom etar ekanman. U meni qattiq quchoqladi. Urushish yoki boshqa narsaga eʼtibor bermadi. Men esa hali ham yigʻlashda davom etardim.
Mira: oyi... Endi oyimsiz nima qilaman. Uni biz oʻldirdik... Uni men oʻldirdim.
Onamning nafasi uzildi. Shu bilan ichimdagi oxirgi tayanch ham qulab tushdi. Men Bangchanni tinmay koʻkragiga urardim. G‘azabdan emas, bo‘shliqqa tushib ketmaslik uchun. Oʻsha payti aybdor qidirayotgan edim.
U esa meni qo‘yib yubormadi. Qanchalik qarshilik qilsam ham. Eng og‘iri shu edi nafratlanishim kerak bo‘lgan quchog‘ida men yana sindim. Chunki bir vaqtning o‘zida ham yetim
ham yolg‘iz qoldim. Endi qalbimdagi oyimning joyini hech kim toʻldira olmaydi.