Heʼs my stepfather
Tong otgan edi. Har hil dorilar taʼsirida juda maroqli uxlagan edim. Derazaga qarab uzundan-uzoq hayol surib qoldim. Endi hayotim qanday boʻlishi nimani qayerdan boshlash haqida koʻp oʻyladim. Endi menga yordam beradigan ota onam yoʻq Yanga ham butunlay ishonib uni ham qiynab qoʻymasligim kerak. Hali oldimda uzun va mashaqatli yoʻl turibdi deb oʻzimga oʻzim uqtirardim.
Shu payt xonam eshigi taqilladi. Bu xizmatchi ekan. U eshikni qiyaroq qilib ochdi lekin ichkariga kirmadi.
- xonim janob Yan agar xoxlasangiz pastga tushib boshqalar bilan birga nonushta qilishingizni aytdi. Agar xoxlamasangiz shu yerga olib kelaman.
Mira: shart emas hozir tushaman.
Boshqalar deganda u kimni nazarda tutdi. Lina bilan Danielmi. Yoki oʻsha Akiro ham shu yerdamikan.
Yuz qoʻlimni yuvib pastga tushdim. Oshxonada ulkan stol atrofida chamasi 8 tacha odam oʻtirardi. Yan eng yuqorida va uni yoni boʻsh edi. U menga qarab kulib qoʻydi va yoniga chaqirdi. Oʻsha 8 tacha odam ichida Lina bilan Daniel ham bor edi. Qolganlarini esa tanimadim.
Yan: bolalar oilamizga yangi aʼzo qoʻshildi. U endi bu uyni xonimi. uni ismi Mira. Mira tanish bu meni ikkinchi oilam.
Lina: bu uyni xonimi faqat sen uylanganingda boʻladi.
Linani qattiq gaplaridan hamma qotib qoldi. Chunki hech kim Yanni gapini boʻlishga uni qarori notoʻgʻri ekanini aytishga jurʼat etolmas ekan.
Mira: salom bolalar men Miraman. Lina toʻgʻri aytdi. Men xonim emasman. Meni ismim bilan chaqirsangiz xursand boʻlardim.
- biz ham tanishganimizdan xursandmiz. Linaga eʼtibor berma. U ichida saqlab turolmaydi.
Yan: Lina Miradan kechagi va hozirgi ish uchun kechirim soʻra.
Mira: Yan nimalar deyapsan. Men xafa emasman.
Linani jaxli chiqqani uni shundoqqina yuzidan bilinib turardi. Bu paytda Yan ham undan qolishmasdi. Linani indamay turgani Yanni borgan sari sabrini toʻldiradi. Shu payt Yan stol ustiga musht tushirdi. Bundan hamma qoʻrqqanidan sakrab tushdi.
Lina: kechagi va bugungi qoʻpolligim uchun uzr soʻrayman. Endi yetarli boʻldimi janob Yan.
Yan: boshqa qaytarilmasa xursand boʻlardim.
Mira: Yan oshirib yubording. Lina va Daniel boʻlmaganda men bu yergacha yetib kelolmasdim.
Yan; nima boʻlsa ham. Bugundan boshlab senga nimadir kerak boʻlsa menga va ularga aytishing mumkin.
Biz hammamiz birga nonushta qila boshladik. Tashqaridan kiprik qoqmay odam oʻldiradigan zoʻravon koʻringan bu odamlar bu oila davrasida huddi begunoh boladek ovqatlanishardi. Huddi bu yer boshqa odamdek. Nonushtani tugatgach Yan ularga qandaydir men tushunmaydigan vazifalari berar ular faqatgina " xoʻp boʻladi" deb oʻrnidan turib ketardi.
Nihoyat dasturxon atrofida men Yan va Lina qoldik. Yan menga jiddiy nigohda qarab gap boshladi.
Yan: Mira senga aytadigan muhim gapim bor.
Mira: agar oʻzing haqingda gapirmoqchi boʻlsang men kecha Linadan hammasini eshitib bilib oldim.
Yan: demak bugun eshitadigan gaplaring biroz yengil boʻladi.
Mira; nima demoqchisan.
Yan qarshisida turgan stakandan bir qultum suv ichdi borgan sari asabiylashib borardi. Men esa uni bu ahvolini koʻrib qoʻrqa boshladim.
Yan: Mira sen... Sen homilador ekansan.
Issiq dushda choʻmilayotgan paytingiz kimdir ustingizdan bir chelak muz boʻlaklarini tashlasa oʻzingizni qanday his qilasiz? Men oʻsha payti oʻzimni huddi shunday his qildim. Yuragim va miyyam bir soniya urushdan toʻxtab qoldi.
Mira: yoʻq... Yoʻq... Ahir doktor kecha bu haqida menga hech narsa demadi.
Yan: doktor seni stressga tushishingni xoxlamadi.
Lina: men ham ayol sifatida senga bir gapni ayta olaman. Yaxshilab oʻylab koʻr. Buning uchun senda bir oy vaqt bor. Agar bir oydan oʻtsa homilani tushirish qiyin boʻladi. Oʻzingni ham bolani ham qiynaysan.
Yan: har qanday qaror qabul qilishingdan qatʼiy nazar men yoningdaman. Va har doim seni qoʻllab quvvatlayman.
1 oy...
Men bir oy ichida bu haqida juda koʻp oʻyladim. Men qornimda Bangchanni kichik nusxasi bor. Agar u oʻgʻil boʻlsa vaqti kelib Bangchandek berahm boʻladimi? Agar qiz boʻlsa vaqti kelib mendek behayo boʻladimi? Men har tun shu savolni oʻzimga berib yigʻlab chiqardim. Xonamga Yan umuman kirmasdi. Lekin erta tong har doim u bilan nonushta qilganimda meni koʻzlarim tuni bilan uxlamaganimni sotib qoʻyardi. Va bir kun Yan bundan toʻyib ketib meni Akironi oldiga olib borishga qaror qildi. Avvaliga bunga sira tushunmadim.
Biz Tokioda uncha uzoq boʻlmagan bir katta kasalxonaga keldik. Linani aytishicha bu kasalxona Akiroga tegishli va u bemorlarga bepul xizmat qilar ekan. Shunday katta mafia boshligʻi tekin xizmat koʻrsatadigan kasalxona ochishi gʻalati toʻgʻrimi?
4 qavatga koʻtarildik. Lux xonalardan biriga kirganimizda Akiro nogiron aravachasida derazaga qarab oʻtirardi.
Yan: bobo Mira keldi.
Akiro aravachasini men tomonga qarab aylantirib bir muddat jiddiy nigohda menga tikilib qoldi. Men bundan uyalib ketdim. Va yerga qarab qoldim.
Yan: bobo tinchlikmi?
Akiro: nega menga yolgʻon gapirding. Ahir Mira sen tariflagandek emasku.
Yan; bobo nima demoqchisiz?
Akiro: u sen tariflagandek ham chiroyliroq ekan va juda begʻubor.
Akiro boboni gapidan yuzimga biroz tabassum yugurdi. Bu paytda yolgʻiz men emas Yan ham kulardi. Lekin Akiro yana jiddiy boʻlib Yanga bizni yolgʻiz qoldirishini aytdi. Men yana qoʻrqa boshladim.
Akiro: mendan qoʻrqma. Seni oʻldirish uchun endi qarilik qilaman.
Mira: Yan men haqimda sizga aytib berganmidi.
Akiro: Sen haqingda aytib berganmi? U sen haqingda hatto oʻzidan ham koʻp gapiradi. Bilasanmi seni tugʻilgan kuningga sovgʻa qilgan tojni olish uchun Britaniya qirollik zargarini uyini yoqib yuborishga sal qolgan.
Qirollik zargari? Demak oʻsha toj qimmat boʻlishi bilan birgalikda faqat qirollik oilasi uchun tayyorlanar ekan-da. Lekin bir doʻst uchun shuncha narsa bu judayam koʻp....
Mira: judayam hayratda qoldim.
Akiro: lekin men hozir sen bilan bu haqida gaplashmoqchi emasman. Yan menga hammasini aytib berdi. Qaror qabul qilishda qiynalayotgan ekansan.
Mira: ha... Ha... Bu juda nozik masala.
Akiro: Mira bu xunuk eshitilsa ham meni uyatsiz deb bilsang ham aytaman. Men umrim davomida juda koʻp ayollar bilan birga boʻlganman. Ularni yarmidan koʻpi bokira boʻlgan. Judayam koʻp operatsiya va boshqa amaliyotlarni boshdan kechirganman. Lekin koʻrib turibsanki meni bitta boʻlsa ham farzandim yoʻq. Lekin men oʻsha moʻjiza deb biladigan farzand seni qorningda bor. Sen bu moʻjizadan qanday voz kechmoqchisan .
Oʻsha payti oʻzimni tutib turolmay yigʻlab yubordim. Oʼzimga qolsa men ham bunday moʻjizadan voz kechmasdim.
Mira: lekin... Lekin men yaxshi farzand emasman. Uni dadasi ham yaxshi odam emas. Bir kun kelib u ham men qilgan xatolarni qilsa-chi? Keyin bir umr mendek afsuslanib oʻradi?
Akiro: sen yosh boʻlsang ham qilgan ishlaring xato ekanligini tushunibsan. Demak oʻylaganingdek yomon odam emassan. Qolaversa sen beradigan tarbiya ham muhim. Agar uni yaxshi odam qilib tarbiya qilasang u hech qachon sen qilgan xatoni takrorlamaydi.
Mira: siz bunga ishonasizmi?
Akiro; albatta ishonaman. Mira endigina 18 yoshdasan hali butun hayoting oldinda. Xatolaringni toʻgʻirlashga ham imkon boʻladi. Muhimi oʻzinga ishon.
Akironi gaplari meni butun hayotimni oʻzgartirib yubordi. Bolamni nobud qilishdan bosh tortdim. Bu haqida ortiq oʻylamadim. Qarorimni Yan ham tushungan holda menga kerakli barcha sharoitni qilib berdi.
Bolam 2 oylikdan oʻtgandan soʻng menda kuchli toksikoz boshlandi. Biror narsani yeyish tursin hatto hidini sezsam ham koʻnglim aynirdi. Meni faqat tabletka va ukollar ushlab turardi. Doktorlar buni yoshim kichkina ekanligi, bola afrodizyaklar taʼsirida paydo boʻlgani va juda koʻp stressga tushganim uchun boʻlayotganini aytardi.
Shu yoʻsinda 9 oyni oʻtqazdim. Bolam 40 xaftadan biroz oʻtganda menda toʻlgʻoq boshlandi. Butun tanam huddi bir katta togʻni koʻtarib turgandek boʻlardi. Kuchli ogʻriqdan tinmay baqirardim. Shu payt doktorni hamshiraga aytayotgan gapi qulogʻimga chalindi. " Bola juda katta uni esa jussasi kichik. Menimcha tanlov qilish kerak. Yoki ona yoki bola" butun badanimdan sovuq ter chiqib ketdi. Koʻzlarimda yosh bilan doktorga yalinib yolvorib bolamni asrab qolishlarini soʻrardim. Nihoyat koʻzlarim yumilib hushimdan ketishdan oldin soʻngi eshitgan ovozim bolamni yigʻlayotgan ovozi boʻldi.
Yanni aytishi shundan soʻng 1 xafta reanimatsiya boʻlimida yotgan ekanman. Doktorlar har safar meni koʻrganda uni yashab ketishiga umid yoʻq deb aytisharkan. Lekin Yan umidni uzmay doktorlarga soʻnggi umid qolguncha kurashishini aytgan.
Nihoyat 1 xafta oʻtib koʻzlarimni ochganimda qarshimda koʻrgan birinchi narsam Akiro boboni qoʻlida turgan mittigina qizaloq edi. Uni ovozi deyarli chiqmas lekin tinmay tipirchilardi. Akiro bobo esa kulib unga sut idishda sut ichkizardi.
Akiro: uygʻondingmi qizim. Juda koʻp uxlading. Farzandli ayollar buncha koʻp uxlamasligi kerak.
Mira; b-bobo... Men tirikman.
Akiro: albatta tiriksan hali uzoq yashaysan.
Men qoʻlllarim qaltirab ularga qoʻl choʻzdim. Hamshira bolani Akironi qoʻlidan olib koʻksimga qoʻydi. Oʻsha payti qattiq yigʻladim. Oyim meni qanday qiyinchilik bilan dunyoga keltirganini meni qanday yaxshi koʻrganini oʻshanda tushundim. Lekin men oyimning bu mehriga loyiq farzand boʻla olmadim.
Akiro: yigʻlashni bas qil. Chaqaloqmar buni sezishadi. Undan koʻra bolaga qanday ism qoʻyish haqida oʻyla.
Mira: oʻzingiz qanday maslahat berasiz.
Akiro: balki Ara...
Mira: Ayami?
Akiro: Ara koreyschada yorugʻlik maʼnosi beradi. Qizing ham kelajakda hayotingga yorugʻlik olib kelishiga ishonchim komil.
Ara...
Bu kichkina mittivoy uchun Juda chiroyli va maʼnoli ism. U koʻksimda mittigina boʻlsa ham shu darajada koʻp qimirlardiki huddi oʻziga sigʻmay ketayotgandek edi. Men uni orqasini silab boshini oʻpdim. U bir zumda jimib uxlab qoldi. U huddi butun vujudi bilan meni his qilayotgandek edi.