Heʼs my stepfather.
Balki Akironi gapi toʻgʻridir. Oxirgi marta boʻlsa ham onamni koʻrib olganim yaxshidir. Lekin bu Yan aytganidek tuzoq boʻlsachi? Unga hatto Yanni ham kuchi yetmay qolsachi? Oʻzim ku mayli oʻlimdan qoʻrqmayman. Lekin Araga nima boʻladi? Yoʻq... Yoʻq... Yomon hayollarni miyamdan chiqarib tashlashim kerak. Bangchan ham men ham kap katta odamlarimiz. Hech boʻlmasa unga shunday tushuntirishim kerak. Lekin u Ara uni qizi ekanligini bilib qolsa qanday ahvolga tusharkan. Uni mendan tortib olsach?
Ara: OYI... OYI...
Ara: oyin bobom sayohatga ketishimizni aytdi. Shu rostmi ? Shuning uchun hayol aytyapsizmi?
Mira: ha... Seni oʻzim katta boʻlgan joyga olib boraman.
Ara: uraaaaa...
Araning xursandligini cheki yoʻq edi. Unga hozir judayam xavas qilaman. Qaniydi bir kunga boʻlsa ham uni oʻrnida boʻlib qolsam.
Oradan ikki kun oʻtib biz Seoulga uchish uchun aeroportga keldik. Yan ikkimizni joyimiz yonma yon ekan. Linaniki esa biroz narida. U nega bunday qilganini tushunish qiyin emas. U men bilan Yanni birga koʻrishni yoqtirishmaydi. Samolyot chiqqach oradan yarim soat oʻtib Ara Yanni quchogʻida uxlab qoldi.
Yan: endi nima qilmoqchisan?
Mira: nimani nazarda tutyapsan
Yan: Bangchanni aytyapman. Biz shuncha yil bir birimizni unga boʻlgan hislaring narkotik moddalar taʼsirida boʻlgan deb aldab keldik. Lekin unday boʻlmaganini judayam yaxshi bilamiz.
Mira: bilmadim. Hozir bu haqida oʻylaganim yoʻq.
Yan: tushunaman.
Mira: oʻzing nima qilmoqchisan? Sen ham kimdir bilan uchrashishni boshlasang yaxshi boʻlardi. Shundagina biroz boʻlsa ham vijdon azobidan qutulardim.
Yan: men seni sendan ruhsat soʻrab sevmaganman. Oʻzingni qiynama. Menga kelsak seni unutishga majbur qiladigan tasodifiy qizni kutishdan boshqa ilojim yoʻq.
Mira: sen oddiy odam emassan. Tasodifiy qizni sevolmaysan. Balki bu dushmanlaring tomonidan qoʻyilgan tuzoq boʻlishi mumkin. Shuning uchun oʻzing bilan va ishonchli qizni sevishing kerak.
Yan: ovvv... Buning uchun senda variant borga oʻxshaydi.
Mira: bor albatta... Masalan Lima
Bu gapimdan Yan qotib kuldi. Men esa uni nega kulganiga tushunolmasdim.
Yan: nima Lina senga bor gapni aytib berdimi? Endi oʻrtamizda rohib Valentino boʻlmoqchimisan?
Mira: nima? Sen buni bilarmiding.
Yan: bir kuni Lina qattiq mast boʻlib menga ichidagilarni toʻkib soldi. Men ham eshitib boshida hayron qoldim. Ertasi kuni esa aytgan hech bir gapini eslolmadi. Men esa uni hijolat qilishni istamadim va bu narsani unutdim.
Mira: menimcha Lina sen uchun juda yaxshi variant boʻloladi.
Yan: Linani oʻtmishi sen va menikidan ham ogʻriqroq. U ota ona mehrini bilmay katta boʻlgan. Akiro boʻlmaganda balki allaqachon oʻlib ketgan boʻlarmidi. Men u bilan munosabat qurganimdan soʻng uni baxtli qilolmasam Lina bunga chidolmasligi aniq. Men bu borada tavakkal qilolmayman.
Mira: seni ham tushunaman.
Yan maktab paytimizda judayam shoʻx kimnidir ichki his tuygʻulari bilan ishi boʻlmay faqat oʻzini oʻylaydigan bola edi. Vaqt oʻtdi u ulgʻayib har tomonlama hammani oʻylaydigan haqiqiy erkak boʻlib katta boʻlibdi. Men bunday oʻzgarishni hecham kutmagandim.
Biz Seoulga yetib kelganimizdan soʻng Yan bizga uncha katta boʻlmagan mexmonxonaga olib bordi. Uni aytishicha kattaroq va lux mexmonxonaga joylashsak boshqalar koʻziga tez tashlanarkanmiz. Men ham bunga qarshi boʻlmadim.
Biz hujjatlarlarimizni topshirib qabulxonada roʻyxatdan oʻtayotgan paytimiz birdan bir xizmatchi keldiyu yonidagi sherigiga bir nimalar deb pichirladi. Ikkisi ham bizga yep qoʻygudek qarab qoldi. Ichimda vahima uygʻona boshladi. Balki biz bilmagan holda Bangchanni mexmonxonasiga kelib qolgandirmiz deb oʻyladim. Lekin Yan bu yerni yaxshilab surishtirgan boʻlishi kerak edi.
- kechirasiz xonim sizni boshligʻimiz xonasiga chaqiryapti.
Bu gapdan butun tanam titrab ketdi. Darrov Arani ortimga oldim. Judayam qoʻrqib ketdim.
Yan: boshligʻingiz kim? Mira mensiz hech qayerga ketyapmaydi.
- mayli istasangiz siz ham boring.
Yan: Lina Arani oʻzing bilan olib mashinaga chiq.
Yan men bilan oʻsha boshligʻini oldiga kirdi. Ara yigʻlasam Lina uni ovutishga harakat qilgancha mashinaga olib chiqib ketdi. Mexmonxona xoʻjayinini oldiga kirar ekanmiz Yanni belida toʻponcha tayyor har daqiqada oʻsha oʻqtalishga shay turardi. Xonaga kirganimizda oq kastyum shimda koʻzoynakli, yoshi taxminan men bilan teng bir yigit turardi. U meni koʻrishi bilan yuziga tabassum yugurdi. Yan ham biroz xotirjam tortdi. Lekin men oʻsha bolani tanimay turardim. Lekin koʻzimga juda issiq koʻrinardi.
Jungkook: Mira... Seni yana koʻraman deb oʻylamagan edim.
Mira: siz... Kimsiz?
Jungkook: nahotki meni tanimagan boʻlsang. Eski doʻstlarni unutish yaxshi emas.
Yan: Mira bu Jungkook. Seni sinfdoshing.
Ichimdagi vahima bosilib birdan butun vujudimni yengillik egalladi. Men buni umuman kutmagan edim.
Mira: J-jungkook... Koʻzlarimga ishonmayman. Meni qanday taniding?
Jungkook: kameradan kuzatib turgan edim. Avvaliga men ham tanimadim. Lekin ismingni eshitgach darrov tanidim.
Mira: oʻzing yaxshimisan? Ishlaring yaxshimi? Haligi Solijon...
Jungkook: u hozir oʻqishda. Kechki payt dasturxon ustida hammasini gaplashamiz. Hozir damingni ol.
Bu mehmonxona Jungkookka tegishli deb hecham oʻylamagan edim. Shunaqangi xursand boʻlib ketdim. Jungkookni buyrugʻi bilan bizni lux xonaga joylashtirishdi. Arani quvonchini cheki yoʻq edi. U Koreyaga kelganidan shunaqangi xursand ediki bundan tinmay xona boʻylab yugurib yurardi.
Kech tushgach bizni mexmonxonadan maxsus restoranga taklif qilishdi. Biz Yan bilan u yerga tushdik. Negadir Luna biz bilan ovqatlanishni xoxlamadi. Aytishi boʻyicha muhim ishlari bor emish. Luna har safar bizdan oʻzini shunday olib qochganda vijdonim qiynalardi.
Restoranga kirishimiz bilan Jungkook Arani koʻrib muzlab qoldi. U bunday holatni kutmagani aniq.
Mira: Jungkook tanish bu Ara. Ara bu Jungkook amaking meni eng yaqin doʻstim.
Jungkook: bir muddat bu Yanni bolasimi deb oʻylab qoldim. Lekin u Bangchanni quyib qoʻygandek oʻzi. Oʻsha iflos bu haqida boʻladimi?
Ara: oyi Bangchan kim? Iflos degani nima?
Yan: ( Arani qoʻllarida koʻtarib oldi) bolani oldida bunday gaplarni gapirma.
Yan bizdan uzoqroqqa borib bar yonidagi akvariumni Ara bilan tomosha qila boshladi. Avvaliga Ara Yandan eshitgan narsalarini nima ekanligini tushuntirib berishini talab qildi. Lekin Yan bolani ovutishni yaxshi uddalar edi.
Jungkook: u bilmaydi toʻgʻrimi?
Mira: ha. Menimcha bilmagani hammamiz uchun yaxshi.
Jungkook: bu yerga oying sababli keldingmi?
Mira: oyimni ahvoli qanday bu haqida bilasanmi?
Jungkook: Minsu xonim ikki yil oldin ofesdan uyga qaytayotganda mashinasida avtohalokatda uchrab boshidan qattiq shikast olgan edi. Qolaversa doimiy stresslar miyyasida travma olishiga sababchi boʻlgan emish.
Mira: n-nima? Buni davolashni iloji yoʻqmi?
Jungkook: iloji bor edi. Faqat kasallik erta bosqichlarida. Lekin Minsu xonim juda kech qoldi. Balki buni atayin qilgandir. Balki Bangchan majburlagandir. Sen ketgach bu yerda juda koʻp narsalar oʻzgardi.
Mira: iltimos hammasi haqida gapirib ber.
Jungkook: sen ketgan kun Bangchan uyimizga bostirib bordi. Qoʻllarida toʻponcha koʻzi shu qadar qonga toʻlgan ediki men oldin hecham bunday odamni koʻrmagan edim. U otamni qarshiligi va doʻq poʻpsalariga etibor bermay butun uyni tintuv qildi. Hatto Soojinni ham tinch qoʻymadi. Oʻsha kun aytgan gaplari hali hamon qulogʻim ostida jaranglaydi. " Agar Mirani topa olmasam va bunga sizlar sababchi boʻlsangiz jon tomirim bilan qasam ichamanki hammangizni tiriklayin teringizni shilaman."
Mira: baribir u meni topa olmadi. Lekin oxir oqibat oʻzim qaytib keldim. Hozir oʻzimdan ham koʻproq Arani oʻylayapman. Yan bizni bor kuchi bilan himoya qiladi. Lekin baribir koʻnglim gʻash.
Jungkook: seni juda yaxshi tushunib turibman. Ha aytgancha. Hozir oyingni kompaniyasida nimalar boʻlayotganini bilasanmi?
Mira: nima?
Jungkook: oying dab durustdan hamma aksiyalarini Bangchanga oʻtqazdi. Bangchan esa uni yopish arafasida. Aytishicha bu oyingni iltimosi ekan.
Mira: oyim bu ishga butun hayotini bagʻishlagan undan bu gap chiqishiga ishonmayman.
Jungkook: balki kompaniyani oʻzingga olganing yaxshidir. Har holda bu kompaniya oying uchun juda qadrli edi.
Kompaniya... Hozir oʻsha lanati kompaniya meni qiziqtiradimi? Balki oyim huddi mendek Bangchanni qafasida qulflanib qolgandir. Balki undan chiqolmay qiynalayotgandir. Uni shunchaki avtohalokatga uchrab kasal boʻlib qolganiga ishonmayman. Hozir men uchun kompaniyadan ham muhimroq oyim va Ara. Nima qilib boʻlsa ham ularni oʻzim bilan Yaponiyaga olib ketishim kerak.
Hayol surib turar ekanman birdan kimnidir " opa" deb baqirganini eshitdim. Choʻchib ketdim. Bu Soojin ekan. U meni qattiq quchoqladi hatto yigʻlab yubordi. U oxirgi marta men koʻrgan Soojindan butunlay farq qilardi. U shoʻx shaddod qizdan oʻziga ishongan kuchli qizga aylangan. Lekin hali ham biroz shoʻxligi bor edi. Biz toʻrtalamiz juda uzoq suhbat qurdik. Anchadan beri hech kim bilan bunday gaplashmagan edim. Bu orada Arab meni quchogʻimda uxlab qoldi. Yan Jungkook va Soojin koʻp ichib yubordi shekilli biroz mast boʻlib qoldi. Soojin boshini Jungkookni yelkasiga qoʻyar ekan menga qarab kula boshladi.
Mira; oldin mast boʻlganingni hecham koʻrmagandim.
Soojin: bilasizmi opa? Oʻsha lanati Bangchan sizni rostdan sevar ekan. Men bunga qoil qoldim.
Bu gapdan yolgʻiz men emas Yan ham muzlab qoldi. U jaxl bilan yana bir stakanni bir ichishda tugatdi.
Jungkook: hoyyy kichkina nimalar deyapsan? U gʻirt telba.
Soojin: amaki oʻylab koʻring. Bangchan uni sevmaganda shuncha yil opamni shunday qidirarmidi. Oradan 6 yildan koʻproq vaqt oʻtdi. U hatto televideniyaga chiqib ham opamdan uzr soʻradi. 6 yil oldingi boʻlgan voqealarni eslaysizmi? Agar Bangchan uni sevmaganda shunday qilarmidi?
Mira: Soojin bas qil. Koʻp ichib yubording.
Jungkook: amaki men ham qochib ketsam meni ham shunday qidirasizmi?
Yan: Jungkook Soojinni koʻp ichib yubordi. Uni olib ket.
Jungkook indamay bosh irgʻadi. U Soojinni osonlik bilan qoʻlida koʻtarib oldi. Soojin esa uni yelkasiga boshini qoʻyib tinmay "amaki amaki" deb bir nimalar deya alahsirardi. Biz esa Yan bilan stol ustida bir nuqtaga tikilgancha jim qoldik.
Yan: Soojinni gaplariga ishonasanmi
Mira: ishonishni xoxlardim. Hech boʻlmasa Ara uchun.
Yan: qanday qarorga kelishingdan qatʼiy nazar men sen bilanman. Lekin hech qachon qalb yaralaringni tuzata olmayman. Shuning uchun har tomonlama oʻylab qaror qabul qil.
Men hech qachon Yandek bagʻri keng odamni koʻrmagan edim. U har doim yonimda. Lekin u toʻgʻri aytdi. Minga harakat qilgani bilan qalb yaralarimni davolay olmaydi. Men hammasini oʻylab qaror qabul qilishim kerak. Bu Ara uchun ham muhim. Shoshma... Shoshma... Men hozir Bangchanni kechirish haqida oʻylayapmanmi? Yoʻq... Yoʻq... Hech qachon... Hech qachon men uni kechirmayman. Yoniga qaytmayman...