Heʼs my stepfather
Soat tungi 12dan oʻtgan edi.
Hech kimga sezdirmay derazadan qaradim. Eshik oldida ikkita soqchi turardi. Tinmay asabiylashardim. Miyamda " bu ikkalasini qanday chalgʻitishim mumkin" degan oʻy hayollar tinmay charx urub aylanardi. Birdan hovlidan Yeri holani ovozi eshitildi. Yeri hola soqchilarni kechki ovqatini yeb olishi uchun chaqirdi. Soqchilar ikkilanmay darvoza oldidan ketishdi. Bu men uchun qulay imkoniyat edi. Ustimga qora hudiyimni kiydim. Havo uncha sovuq emasdi. Lekin buni kapushoni borligi menga qoʻl kelardi. Eshigimni sezdirmay ochdim. Karidorda hech kim yoʻq. Pastga tushishdan oldin atrofni tekshirdim. Pastda ham hech kim yoʻq. Faqat oshxonadan soqchilarni allaqanday gʻongʻillagan ovozi eshitilardi. Oyoq uchida yurib eshikni bildirmay ochdimda darvoza oldiga bordim. Baxtimga darvozani qulflashmagan ekan. U yerdan chiqib ketdim. Darvozadan chiqishim bilan oyogʻimni qoʻlimga olib boshim oqqan tomonga yugurdim. Shu qadar qattiq yugurardimki nafasim boʻgʻzimga tiqilib qolayotgandek boʻlardi. Birdan ortimdan mashina chiroqlarini yoqib kela boshladi. Uni chiroqlari shu qadar yorqin ediki u meni quvlab kelayotgani aniq edi. Ich ichimdan iltijo qilib bu Bangchan boʻlmasligini soʻrardim.
Birdan mashina yonimda toʻxtatdi. Men unga eʼtibor bermaslikka harakat qilardim. Lekin...
- xonim mashinaga oʻtiring. Men Yanni odamiman.
Biroz yengil tortgandek boʻldim va tezda mashinaga oʻtirdim. Mashina oynalari tim qora ichkarini koʻrish ilojsiz edi. Haydovchi iloji boricha tezroq haydashga harakat qilardi. Biz tezda mahallamdan uzoqlashdik. Qoʻrquv va allaqanday gʻalati his butun vujudimni qurshab olgan edi. Qattiq asabiylashganimdan boʻynimdagi oʻsha Bangchan bergan zanjirni tinmay oʻynardim.
- xonim havotir olishga hojat yoʻq. Men u yerdan kelayotganimni hali hech kim sizni chiqib ketganingizni bilmagan edi. Bilguncha biz manzilimizga yetib boramiz.
Mira: manzil qayerda. Yan menga kichik mexmonxonani aytgan edi.
- bugun tunni oʻsha yerda oʻtqazasiz. Ertaga tushdan sizni boshqa odamlar olib ketadi.
Mira: qayerga
- dengiz orqali Yaponiyaga ketasiz
Mira: menda hech qanday pasport va hujjat yoʻq.
- bu yogʻidan havotir olmang.
Koʻp oʻtmay Yan aytgan shahar chetidagi koʻrimsiz bir mexmonxonaga yetib keldik. Haydovchi vazifasi tugaganini aytib meni mexmonxona oldida tashlab ketdi. Ichkariga kirar ekanman qabulxona judayam bir baxaybat erkak turganini koʻrdim. U meni koʻrishimi bilan baland ovozda kula boshladi.
- yarim tunda sizni qaysi shamol uchirdi xonimcha. Agar xoxlasang bu tun meni mexmonim boʻl sen uchun xona tekin boʻladi.
Mira: men Yan Winslowman
Ogʻzimdan bu soʻz chiqishi bilan oʻsha erkakni rangi qordek oqarib ketdi. U menga yetti bukilib salom berdi va qayta qayta kechirim soʻrardi.
- iltimos meni kechiring. Men buni bilmagan edim
Mira: mayli unuting. Sizga hech narsa deyishmadimi?
- albatta... Siz uchun eng yaxshi xonani hozirlashimni aytishdi. Men bilan yuring.
Judayam qiziq va shubxali. Unga Yanni ismini aytishim bilan bu bahaybat erkak judayam qoʻrqib ketdi. Yan boy oiladan ham emas. Uni qanday qudrati borki bu odamni shunchalar qoʻrqitadigan.
Meni chiroyli lux xonaga olib kirishdi. Tashqarida koʻrimsizdek tuyulgan mexmonxona juda katta va shinam ekan.
- sizga ovqat olib kelaymi xonim. Nima yeyishni xoxlaysiz.
Mira: qornim toʻq.
- yaxshi xonim. Biror nima kerak boʻlsa aytsangiz bas muhayyo qilaman. Ertaga tushgacha bu yerda mexmonsiz. Oʻzingizni uydagidek his qiling.
U eshikni yopib chiqib ketdi. Men esa oʻsha hashamatli xonada yolgʻiz qoldim.
Jin ursin... Nega men har doim biror narsani qilib boʻlganimdan soʻng u haqida oʻylayman. Nega bu odam Yanni ismini eshitishi bilan huddi arvoh koʻrgandek qoʻrqib ketdi? Yana bu hashamatli xona? Yan birorta jinoiy toʻdaga aralashib qolgan boʻlsa-chi? Yaqinda oyimni deb uni ota onasi halok boʻldi. Balki shuni alamini mendan olmoqchi boʻlib shunday qilayotgandir. Men esa oʻz oyoqlarim bilan uni oldiga yurib boryapman. Yoʻq... Yoʻq... Yan bilan bolalikdan beri doʻstmiz. U meni qandayligimni juda yaxshi biladi. Menga hech qachon bunday qilmasa kerak. qilgan taqdirda ham men endi yosh bola emasman. Oʻzimni himoya qilishni oʻrganishim kerak. Men endi yangi hayot boshlayman. Endi kuchli boʻlishga majburman.
Shunday hayollar bilan tuni boʻyi uxlay olmadim. Oʻzimni tinchilantirish uchun tinmay boʻynimdagi tumorimni oʻynardim. Tongi soat 6 lar atrofida birozgina koʻzim ilingan ekan. Birdan eshik baland ovoz bilan ochildi. Men tezda uygʻonib ketdim. Eshik oldida esa kechagi erkak tinmay hansiragancha turardi.
- xonim ketishingiz kerak. Sizni topishdi.
Men qoʻrqib ketdim. Oʻrnimdan sakrab turib ketdim. Oʻsha erkak menga yoʻl boshladi. U meni mexmonxonanini yashirin eshigidan tashqariga olib chiqdi. Tashqarida qora mashina meni kutib turardi. Tezda mashinaga oʻtirdim. Mashina ichida esa bir qiz va bir yigit bor edi. Daniel va Lina.
Lina: tezroq hayda.
Mira: soʻrasam boʻladimi? Biz qayerga ketyapmiz. Ular meni qayerdan topishdi.
Lina kuchli va oʻtkir koʻzlari bilan menga qaradi. Huddi yeb qoʻyadigandek edi.
Lina: boʻyningdagi tumorni yech
Mira: nima? Bu men uchun...
Men gapimni tugatmasimdan oldin Lina boʻyinimdan tumorni yulib oldi. Bir harakat bilan uni ikkiga boʻldi. Tumorni ichida mittigina qizil chiroq yonib turardi. Lina uni derazadan uloqtirdi. Men muzlab qoldim. Chunki bu Bangchandan qolgan yagona yodgorlik edi.
Lina: mana nega ular seni tez topishgan. Tumoringda GPS bor ekan.
Daniel: Bangchan deganlari Yan aytganicha bor ekan.
Mexmonxonadan uzoqlashar ekanmiz yoʻlda qora BMW mashinasiga koʻzim tushdi. Men buni uyimizda koʻp koʻrganman. Balki buni ichida Bangchan bordir. Lekin Bangchanni shu darajada pismiq deb oʻylamagan edim. Menga tumorni yechma deyishini asl sababini ham endi tushundim. U shu tumor orqali men qayerga qochib ketsam ham tutib olishi mumkin edi. Men esa soddalik qilib u meni sevgani uchun shunday qilyapdi deb oʻylardim.
Bir soatlik yoʻldan soʻng dengiz boʻyiga yetib keldik. Bu yerda kemalar koʻp edi. Avvaliga Daniel mashinadan tushib kimdir bilan gaplashdi. Shu paytda Lina menga teshuvchi koʻzlar bilan qarab doʻq poʻpsa qila boshladi.
Lina: isming Mira ekanligini ham 18 yoshda ekanligingni ham bilaman. Rasmiyatchilikni yoqtirmayman. Gaplarimni diqqat bilan tingla. Hozir seni kemada noqonuniy tarzda Yaponiyaga olib oʻtamiz.
Mira: nima? Noqonuniy? Buning uchun qanday jazo olinishini bilasanmi?
Lina: xoʻsh unday qanday qilamiz maslahat berchi oyimcha? Pasporting ham yoʻq. Qolaversa seni roʻyxatdan oʻtganingni Bangchan bilib qolsa darrov seni topadi. Shuning uchun ovozingni oʻchirda aytganlarimni soʻzsiz bajar. Agar Yanni oldiga borganingda "Lina qoʻpollik qildi" deb chaqimchilik qiladigan boʻlsang oʻldim deyaver.
Linani gaplariga rozi boʻlishdan boshqa chora koʻrmadim oʻsha payti. Indamay bosh chayqadim. Keyin esa Daniel mashinadan tushishimizni aytdi. Men Lina bilan birga mashinadan tushdim. Ular meni kemaga olib chiqqach tobutga oʻxshash yogʻochdan yasalgan qutini koʻrsatib shuni ichiga yotishimni aytishdi.
Mira: esing joyidami? Men buni ichida oʻlib qolaman.
Lina: bor yoʻgʻi ikki soatga havotir olma oʻlmaysan.
Lina menga shu qadar nafrat bilan gapirardiki uni har bitta aytgan gapidan qoʻrqib ketardim. Men oʻsha qutiga yotishim bilan ular ustunni yopib tashlashdi. Hatto odam chiqolmaydigan qilib mixlab tashlashdi. Oʻsha payti oʻzimga sigʻmay yigʻlab yubordim.
"Yan... Yan iltimos meni qutqar" tinmay shu gapni aytib oʻzimga oʻzim pichirlardim. Kema harakatlana boshladi. Kema har chayqalganda men tinmay oʻsha yogʻoch qutiga urilardim. Hatto peshonamdan ham qon oqa boshlagan edi.
Men bu azoblarga bekorga yoʻliqmadim. Men juda yomon qiz boʻlgan edim. Oyimni qattiq ranjitdim. Oʻgay otam bilan ishqiy munosabatda boʻldim. Bularni barchasi aynan shu buzuqligim uchun boʻlayotgan edi. Lekin men yangi hayot boshlagach butunlay oʻzgaraman. Oldingi hattolarimni takrorlamayman. Chunki yana shunday jazo olishni xoxlamayman.