February 11

Heʼs my stepfather

Episode - 27 FINAL

- kechirasiz Mira xonimni tekshirishimiz kerak.
Suhbatimizni hamshira boʻlgach Yan negadir jiddiy boʻlib qoldi. U hamshiradan shubxalana boshlagan edi.
Yan: uni boya tekshirdingiz ku?
- yana tekshirish zarar qilmaydi. Iltimos chiqib turing. Kichik xonim qolsa boʻladi.
Author (pov): Yan ilojsiz xonadan chiqib ketdi. U xonadan chiqishi bilan ikkita baquvvat erkak kelib uni boshiga qattiq tushirdi. Tabiiyki Yan hushidan ketdi. Chunki bu paytda Bangchan allaqachon butun shifoxonani egallab olgan shifoxonada faqat uni odamlari qolgan edi. Mira Arani sochlarini silab uni erkalayotgan payti eshik ochildi. Avvaliga buni hamshira deb oʻylgan edi. Lekin uni qarshisida qora kiyimda Bangchan turardi. Mira uni koʻrib rangi oqarib ketdi. Va Arani qattiq quchoqladi.
Bangchan: nega mendan qoʻrqyapsan?
Mira: meni tinch qoʻy iltimos.
Bangchan: bu bolani otasi kim?
Mira: ishing boʻlmasin.
Bangchan: hozir kasalxonada hech kim qolmadi. Agar bu qizni oʻzim zoʻrlab olib unda DNK testi oʻtqazsam va u meni qizim boʻlib chiqsa sen hech qachon bu qizni koʻrmaysan. Men aytganimni qilaman. Bilasan
Mira oʻylanib qoldi. Faqatgina bolasini qattiq quchoqlab jimgina yigʻlardi. Uni bu hayotdagi yagona umidi Arab edi. Undan ayrilishga esa yuragi dov bermasdi.
Mira: u... U... Seni qizing. Faqat iltimos uni mendan tortib olma. Men Arasiz yasholmayman.
Bu gapni eshitgach Ara boshini koʻtarib hali Miraga hali Bangchanga qarardi. Bangchan ham nima deyishni bilmay qotib qolgan edi.
Ara: oyi nima... U meni dadammi?
Mira: ha qizim...
Bangchan: qizim bu yerga kel... Yaramas oying bizni shuncha yil bir birimizdan ayiribdi.
Ara Miraga qattiqroq yopishdi. Endi uni koʻzlarida ham haqiqiy nafrat bor edi.
Bangchan: qizim nima boʻldi? Nahotki shuncha payt meni kutmagan boʻlsang.
Ara: oyim yaramas emas. U haqida yomon gapirmang. Lina holam sizni har doim iflos jirkanch desa ham oyim doim sizni aqli mehribon hozir biz uchun tinim bilmay ishlayapdi deb aytardilar. Endi siz kelib oyimni yaramas deyapsiz. Meni oyim dunyodagi eng yaxshi oyi.
Bangchan (pov): Mira borasida hech qachon adashmagan edim. U har doim koʻngli pok va mehribon boʻlgan. Men uni oʻzimniki qilish uchun qancha yomon ishlarga qoʼl urdim. U boʻlsa bularni bila turib ham oʻz qizimga men haqimda yomon gap aytmagan. Men haqiqiy jirkanch odam boʻlsam kerak. Men Mirani birinchi marta uchratganimda u judayam sof koʻzlari quvonchga toʻla edi. Hozir esa ular boʻm boʻsh ularda faqat qoʻrquv bor.
Arani sekin quchogʻimga olar ekanman u Miraga shu qadar qattiq yopishib olganidan hayratda qoldim.
Bangchan: Ara... Seni oying dunyodagi eng yaxshi oyi. Men shunchaki hazillashdim.
Ara: rostdanmi?
Bangchan: albatta qizim. Men oying bilan biroz tortishib qolgan edim. Endi u bilan yarashmoqchiman. Menga yordam berasanmi?
Ara: nima qilishim kerak?
Bangchan: tashqarida bir muddat kutib turolasanmi?
Ara bir menga bir Miraga qarab qoʻydi. U kichkina boʻlsa ham zehni oʻtkir yuragi keng qizligi shundoqqina bilinib turardi. Ara indamay bosh irgʻadi. Uni qoʻyib yubordim. U indamay xonadan chiqib ketdi. Men Mira bilan yana yolgʻiz qoldim. Unga hozir nima deyishni bilmasdim. Lekin shuni aniq bilamanki u bilan qanday boʻlmasin hammasini boshidan boshlashim kerak.
Bangchan: nega bu haqida menga xabar bermading.
Mira: qoʻrqdim.... Oyimdan sendan....
Bangchan: shuncha yukni yelknagga ortganing adolatsizlik. Hech boʻlmasa menga aytishing kerak edi.
Mira: adolatsizlik? Sen menga qilgan ishlaring adolatsizlik emasmi? Sen 18 yoshli hali hech narsaga aqli yetmaydigan qizga narkotik modda joʻnatib u bilan birga boʻlding. Yana oʻz xotining qizi bilan. Bu ham yetmagandek meni huddi hayvondek uyga qamab qoʻyding. Seningcha bu adolatsizlik emasmi?
Bangchan: gaplaring toʻgʻri hamma aybimni tan olaman. Lekin endi farzandimiz bor. Kel yangidan hayot boshlaymiz. Hech boʻlmasa qizimiz uchun.

Mira menga shu qadar nafrat bilan qaradiki men bunga chidolmay uni oʻldirib qoʻygim keldi.
Mira: hech qachon. Hech qachon buni xoxlamayman.
Bangchan: Mira men chindan ham oʻzgardim. Vada beraman boshqa hech qachon bunday xato qilmayman. Sen uchun yaxshi er va qizimiz uchun yaxshi ota boʻlaman.
Mira: senga ishonishni xoxlayman. Lekin koʻrgan shuncha azoblarim buni inkor etyapdi.
Hozir hayolimda Mirani qaytarib olishdan boshqa narsa yoʻq. Uni qanday qilib boʻlmasin yana oʻzimniki qilishim kerak. Uni qattiq quchoqlab bagʻrimga bosdim. Odatta bu qizlarga judayam yoqadi.
Bangchan: yana bir marta imkon berishing kerak. Hech boʻlmasa qizimiz uchun. Iltimos....
Bu ish berishini bilardim. Mira meni sekin quchoqladi. U yuzini boʻynimga koʻmib indimay bosh chayqadi. Lekin...
Mira: faqat bitta shartim bor. Hammasini tashlab men bilan Yaponiyaga ketasan. Biz yangidan hayot boshlaymiz.
Bangchan: nima... Yangidanmi?
Mira: ha iltimos. Men bu yerda qololmayman
Nima u shuncha yil qiyinchilik bilan yiqqan obroʻ eʼtiborimni boyligimni sotib Yaponiyaga ketishimni xoxlaydimi? U ulgʻayib ancha aqlli boʻlib qolibdimi? Hozir faqat oʻzi haqida oʻylayapdi. Yaramas qiz... Mayli hozircha u aytgandek boʻla qolsin...
Bangchan: yaxshi men roziman... Eng muhimi sen bilan birga boʻlsam boʻldi.
Oʻsha kuni rozi bunga oʻz xohishim bilan rozi boʻldim lekin u Yaponiyaga ketishni bunchalik tez hal qiladi deb oʻylamagan edim. Men dab durustdan qilgan bu qarorimga hamma doʻstlarim shokka tushib qoldi. Ketishimdan ikki kun oldin Minxoni tungi klubiga borar ekanman u ustimdan qotib kuldi.
Minxo: oʻsha yaramas kichkina burchga qoil qoldim. U bir marta qiz farzand tugʻib qoʻyib seni burningdan ip oʻtqazib oldi. Endi boʻlsa butun kompaniya va bor budungni sotib oʻzi bilan Yaponiyaga ketishga majbur qilyapdi.
Jisung: Minxo bas qil. Bangchanni yoshi katta boʻlib qoldi. Lekin haligacha farzandi yoʻq qachongacha bunday yuradi. Menimcha Mira toʻgʻri ish qilyapdi.
Minxo: oʻylab koʻr. Bangchan... Oʻsha qoʻsh tirnoq ichidagi farishta seni butun hayotingni oʻzgartirishga arziydimi?

Bangchan

Bangchan: Minxo sen hozir huddi men urushga ketayotgandek gapiryapsan. Men qachondir bu yerga qaytib kelaman. Hozir eng muhimi qizimni yonida boʻlish.
Jaxl bilan qoʻlimdagi vizkini bor stakani bilan tushirdim. Men toʻgʻri qilyapman mi? Degan savol miyyamda charx urib aylanyapti. Ichimdagi odamchalardan biri Mira bilan ket u bilan baxtli yasha deb aytsa biri Arani tortib olib shu yerda qol deydi. Umrimda hech qachon bunday chigal vaziyatga tushmagan edim. Nima boʻlsa ham hozir koʻproq Mira va Ara bilan birga boʻlishni xoxlayman.
Mira( pov): Vaqt yetdi. Samalyot Seoul osmoniga koʻtarila boshladi. Menimcha endi bu dunyodagi hamma narsam butundek koʻrinardi. Bangchan Ara bilan va butunlay oʻzagargan. Lekin yuragim baribir gʻash edi. Negadir oʻsha payti bularni barchasiga ota onamning ajrashishlari sabab boʻldi deb oʻylab qoldim. Agar oʻshanda ota onam ajrashishmaganda balki men hozir shuncha azob chekib oʻz tugʻilib oʻsgan yerlarimni tashlab ketishga majbur boʻlmasmidim.
Ajralish- tashqaridan jarangli eshitiladi. U huddi sizga erkin hayot ozodlik bermoqchidek koʻrinadi lekin bu ozodlik toʻlovini yillar davomida ota onalar bilamangan holda bolalar toʻlashadi. Ona yillar oʻtib yaxshi erkakka turmushga chiqib ketsa ham ota yillar oʻtib yaxshi ayolga uylansa ham farzandlarning yuragida qolgan chandiqni hech har qanaqasiga boʻlsa davolay olmaydi. Men Mira bu umrim davomida anglagan eng achchiq haqiqatdir.

Mira

"heʼs my stepfather" Fanficini ham tugatib oldik. Fanfic sizlarga yoqdi degan umiddaman. Keyingi fanficlarimda ham sizlarni kutib qolaman💜