February 14, 2025

- Internee -

- Internee | Ep_1 -

Deyarli atrof qorong'ulashgan. Qorong'u o'rmonda noaniq yo'nalish bo'ylab yugurayotgan ikki insongina bor xolos. Har bir bosilayotgan qadam tovushi va buring natijasida chiqayotgan barglarning shitirlashishi, qushlarning odamning ko'nglida qo'rquv uyg'ota oladigan ovozi eshitilardi xolos. Qiz onda sonda orqasiga qaragancha ularni harbiylar ta'qib qilmayotganiga ishonch hosil qilib unga suyangancha og'ir yarador bo'lgan dadasini bor kuchi bilan yelkasidan tutgancha oldinga qarab yugura ketdi. Biroz vaqt o'tib og'ir ovozda shivirlagan erkak to'xtashga imlab qiziga murojaat qildi. Chamasi bir soatlardan buyon shu ko'yda yugurayotgan qiz o'zi ham charchaganini hisobga olib to'xtashga qaror qildi. Asta harakat bilan dadasini daraxtga suyagancha o'zi ham yonidan joy oldi.

– Dada qon ketishi to'xtamayapti. Bu ketishda uzoqqa borolmaymiz.

Dadasining yelkasidagi jarohat joyiga qo'lini bosdiyu alamli ohangda so'zladi qiz. Ko'zini yumgancha tin olgan erkak bunga ahamiyat bermadi. U biroz muddat shu ko'yda turib cho'ntagidan qandaydir konvert chiqarib uni qizining qo'liga mahkam tutqazib qo'lini qizning qo'li ustiga qo'ydida so'zlay boshladi.

– Biz deyarli yetib keldik qizim. Ammo bundan buyog'iga bir o'zing ketishing kerak.
– Yo'q aslo...! (Shivirladi qiz bosh chayqab yig'lamsiragancha.
– Meni yaxshilab eshit!
– Yo'q dada sizsiz hech qayerga ketmayman.
– Shunday qilishing kerak Bona! Men uchun, ukang uchun! ( Qat'iyan chiqqan so'zlar bir lahzaga qizni jim bo'lishiga sabab bo'ldi. Erkak allaqanday qo'rquv va ilojsizlikdan qiziga tikilarkan qizining yuzidan asta silay boshladi.

– Sen buni uddalaysan. Senga ishonaman qizim.
– Dada... ( yig'lagancha bosh chayqadi qiz "yo'q" degan ma'noda.
– Mana bu qo'lingdagi konvertni bir insonga yetkazishing kerak. Bu judayam muhum. Bu uchun men butun umrimni sarf etdim. Bu yo'lda sizlarni , oilamni xatarga qo'ydim. Endi esa barcha urunishlarim bekorga ketmasligi kerak. Bu uchun esa sen ma'sulsan qizalog'im! ( Bo'g'iq ovozda so'zlayotgan erkak gaplarini aytish mobaynida qizning yanoqlarini yuvib tushayotgan yoshlarni artgancha davom etdi.

– Men uchun bu ishni qilishga va'da berasanmi qizim?
– Ayting nima qilishim kerak, dada? Men hammasini qilaman. Aytganingizdek qilaman. Ayting nima qilay? Nima qilsam bularning bari tugaydi.
– Meni diqqat bilan eshit. Shu yo'ldan besh chaqirimdan so'ng chegaraga yetib borasan. Ammo tog'ri yo'l emas. Chegaradagi askarlar seni tutib orqaga qaytarib yuborishadi. Janubiy sharqiy tomonga qarab yur bir necha chaqirimdan so'ng chagaraga yetib kelasan. U yerda navbat almashib qo'riqlovchi Janubiy Koreya askarlari bo'ladi. Ularga mana bu maktubni ko'rsat. Unda seni shaxsingni tasdiqlovchi hujjat bor.
– Keyinchi? Siz nima bo'lasiz? Sizni ukamni qanday qutqaraman dada?!
– Jeon Sokhun. Bu ismni eslab qol. Faqatgina shu odamgina seni qutqarishi, xavfsizligingni ta'minlashi mumkun.
– U odam kim dada? Nega dushmanlarimizni bizni qutqaradi deyapsiz? Umuman tushunmayapman.
– Bularni tushuntirishga vaqt yo'q. Atrofga butunlay qorong'u tushmasidan men aytgan manzilga yetib ol. Mana bu esa senda tursin. ( Erkak kiymining yon cho'ntagidan qandaydir kichik qora haltacha ( oldinlari tillalarini solish uchun ishlatiladigan halrachalar bo'ladiku odamla pulini sob yuradigan o'sha manoda) ni qizining qo'liga mahkam tutib gapirishda davom etdi.

– buni esa toki men aytgan inson bilan uchrashmaguningcha o'zingda saqla va hech kimga berma.
– Bu nima dada? ( So'roq ifodasi bilan so'radi qiz.
– Bu men Vatanim uchun qila olishim mumkun bo'lgan yagona xizmatim. Bu maxfiy hujjatni faqat qo'mondon Jeon Sokhungina ocha olishi mumkun.
– Dada, siz nima qilasiz? Agar sizga nimadir qilishsa unda men nima qilaman?
– Menga hech nima bo'lmaydi. Endi tezroq ket bu yerdan. Hech qachon ortingga qayrilma. Senga ishonaman qizim. ( Qiziga shivirlagancha peshonasidan oʻpib omad tilarkan koʻzidan chiqayotgan yoshlarni imkon qadar qiziga koʻrsatmaslikka harakat qildi.

Qiz chidolmay otasini mahkam bagʻriga bosarkan bu ehtimol otasi bilan oʻtkazayotgan soʻnggi daqiqalar boʻlishidan qattiq qoʻrquvda edi. Garchi aslida ham bu haqiqat bo’lsayam otasi imkon qadar buni sezdirmaslikka harakat qilardi. Qizini yupatgachi uni ketishga imladi.

– Endi bora qol. Aytganlarimni yodingda saqla.
– Yaxshi. O’zingizni asrashga va yana qayta uchrashishimizga, hammasi yaxshi bo’lishiga va’da bering dada!
– Va’da beraman biz yana uchrashamiz.

Pov: Dadam bilan hayrlashar ekanman bu qanchalik og’ir boʻlmasin hozirgi qiyin vaziyatdan chiqish uchun dadam aytgan vazifani bajarish uchun ular koʻrsatgan yo’l bilan keta boshladim. Bora bora oyog'imda kuch qolmay to'xtashni, biroz tin olishni istardim. Biroq bir lahzaga to'xtagudek bo'lsam tutib olishadi degan o'y hecham bunga imkon bermasdi. Kuchim yetguncha ortimga bir bora ham oʻgirilmasdan faqat oldonga qarab yugurar ekanman ortimdan kelgan baland oʻq ovozi sabab joyimda to’xtab qoldim. Dadam! Hecha narsa hayolimga kelmadi. Birgina ichimdagi qoʻrquv tufayli yuzimni yopgancha yigʻlab yubordim. Axir va’da bergandi. Ahmoqman. Qanday qilib dadamning gaplariga ishonib uni yolgʻiz tashlab kettim?! Ortimga qaytib bir necha qadam tashlashimni bilamanki mendan taxminan yuz chaqirim narida men tomonga kelayotgan bir to’da harbiylarni ko’rdim. Shoshib qoldim. Ortimga qadam tashlab gʻirilgancha ketayotgan tomonimga yugura boshladim. Bora bora hansirab qornimda ogʻriq turdi. Lablarim qurib faqatgina birgina jumla : “ Yordam bering!! ” deya shivirlardim xolos. Garchi hayotim havf ostida boʻlgan oʻz “Vatanim” da meni oʻldirish niyatida boʻlgan harbiylardan oʻzga bu oʻrmonda hech kim yoʻqligini bilsam ham. Umidimni soʻndirmay yugurar ekanman noma’lum narsaga qattiq urulib boshim bilan orqamga yiqildim. Qornimda tutgan qattiq ogʻriqni qoʻllarim bilan siqimlagancha yerda bukilib qoldim. Bu nima edi oʻzi?!

* Janubiy Koreya || Busan *

Marhum Janob Jeon Sokhunni oxirgi manzilga kuzatish uchun uning yaqin insonlari, hamkasb xizmatdoshlari hurmat bajo keltirib mehrobga gul qoʻyishar ekan har bir kelgan odam mehrob yonida boshini eggancha mehmonlarni kuzatib turgan yigitga hamdardlik bildirgancha o’tib ketishardi.

Bu oʻsha gul. Bu gulni Koreyada odamlar vafot etgan odamlani qabr toshini oldiga yoki hozir bovotgan janoza marosimida marhumga atalgan mehrob yoniga qoʻyishadi.

Marosim tugab birma bir kelgan mehmonlar ham tarqalib mehrob yonida birgina yigit qoldi. Sukunat ichida yolgʻiz oʻzi qolgan yigit yerga oʻtirdi. Qarshisida esa dadasining surati qoʻyilgan. U uzoq suratga tikildi. Birma bir dadasi bilan oʻtgan xotiralarini yodga oldi u. Yuziga siniq tabassum yugurgan yigit qo’li bilan suratdagi insonning yuzidan silarkan harakatdan toʻxtagan yigit yuzidan tabassumni yoʻqotib ta’zim qildi.

– Yaxshi qoling dada!

Soʻnggi bor dadasi bilan hayrlashgan yigit qorongʻu xonani tark etdi. Binodan chiqqan yigit choʻntagidan sigaret chiqarib uni endi yoqishga shaylanar ekan roʻparasida mashina oldida uni kuzatib turgan qizga koʻzi tushdi. Sigaretni tutatganiga hech qancha boʻlmagan yigit yuzida allaqanday kichik afsuslanish bilan sigara qoldigʻini axlatga uloqtirib qizning oldiga bordi.

– Bu yerda nima qilyapsan Soojin?
– Minchedan havotir oldim.
– U buvim bilan.
– Bilaman, hozir uyingdan kelyapman.

Bu gapdan hayron qolgan yigit qizga termularkan qoʻlidagi oʻt yoqgich ( zajigalka disam gʻalati boʻp qolarkan🥲) ga qarab gap qotdi.

– Bu yerga nega kelding?
– Heeey kapitan Jeon Jungkook, bu yerga sen uchun emas amakim uchun keldim. Shuni tushunish qiyinmi? ( Ensa qotirgandek boʻldi qiz
– Yaxshi yaxshi, tushundim. ( yengil tabassum bilan soʻzladi yigit. Javoban qiz ham kulib Jungkookning yelkasiga yengil urib qoʻyar ekan javob qaytardi.

– Amakimning oʻrniga endi senga oʻzim koʻz quloq boʻlaman. Aslo bu zararkunandani qoʻlingga olmaysam tushunarlimi?? ( Qiz yigit qoʻlida tutgan oʻt yoqgichga qarab gapirar ekan Jungkook yana kuldi.

– Buni taqiqlamagan bitta sen qolding oʻzi! Yaxshi kettik unda.

Ular birgalashib mashinaga oʻtirib uyga ketishdi.

* Oradan 1 kun oʻtib || Shimoliy Koreya xududi , Janubiy chegarasi*

PovQiz: Titragancha koʻzlarimni ochar ekanman atrofim tim qorongʻu edi ammo hozir kunduzi ekanligini, quyosh charaqlab turganini tushib turgan kichik nurdan sezib turibman. Ammo men qayerdaman? Xushim oʻzimga kelib nimalar boʻlganini anglab ulgurganimdayoq oyoq qoʻlim bogʻlanganligini sezdim. Qoʻlimni boʻshatishga harakat qilib qoʻlimda achishishni his qilganimda yuzim burishdi. Kuchangancha oʻrnimdan turishga harakat qildim. Men Janubiy Koreyadamanmi? Nega hech kim yoʻq? Oxirgi bor men harbiylardan qochayotgan edim. Chegaradan oʻtib olishim kerak edi. Lekin bu roʻy bermadi. Nega? Men qayerdaman oʻzi?

Qiz detarli hech vaqo koʻrinmaydigan qorongʻu joyda atrofga alanglar ekan aynan qayerda ekanligini aniqlash imkonsiz edi.

PovQiz: Shu koʻyda ancha vaqtgacha yotdim. Tashqaridan qandaydir ovozlar kela boshladi. Oʻzimni oʻnglab turishga harakat qilar ekanman eshik ochilib yuzi berkitilgan holatda ikki kishi men tomon kela boshlashdi. Men ularni harbiy kiyimda ekanligini meni koʻtargancha tashqariga olib chiqishgandagina bildim. Qoʻrqa pisa atrofimni oʻrab olgan noma’lum kimsalarga tikilib ular kiygan harbiy kiyimga qaradim. Ularda Janubiy Koreya bayrogʻi bor edi. Garchi taxminlarim toʻgʻri boʻlib men chegaradan oʻtgan boʻlsam ham bularga ishonish ahmoqlik boʻladi. Balki yana ortimga qaytarib yuborar yoki shu yerda otib tashlashlari ham munkun, shunday emasmi?! Ularning orasidan biri chiqib yonimga choʻkkaladi. Yuzidagi niqobini yechmagan holda meni soʻroqlay ketti.

– Kimsan?
– …
– Bu yerlarda nima qilib yuribsan?

Qiz yana jim.

– Nima terroristmisan?
– N..nima? YO’Q! Unday emas.
– Unda savollarimga javob ber! Bu yerda nima qilyapsan? Kimsan?
– B..bona. Park Bona! ( Qiz biroz ikkilanish bilan javkb qaytardi.
– Bona, bu yerda nima qilyapsan?
– Meni Jeon Sokhun degan odam bilan koʻrishishim kerak. Aytadigan bari gaplarimni faqat shh insongagina aytaman!

Bona javobni qat’iy ravishda qarshisidagi askarga berarkan ortidagi boshqa askarlar esa bir biriga hayronlik bilan tikilib qolishdi.

– U senga nega kerak?
– Sizlarga qanday ishonishim mumkun?
– Biz senga qanday ishonamiz? Balki aygʻoqchidirsan?
– Meni qayerdan topib oldingiz? Meni Shimoliy Koreya harbiylari oʻqqa tutgancha ortimdan quvlashayotgandi.

Oʻrnidan turgan askar sheriklari yoniga qaytib ular bilan kelisha boshlashdi.

– U Harbiy qoʻmondon Jeon Sokhunni nazarda tutdimi?
– Bu qizni u odam bilan qanday ishi boʻlishi mumkun?
– Eshitishim boʻyicha Qoʻmondon Jeonni janozasi kecha oʻtgan! Unga bu haqida aytamizmi? ( Ular oʻzlariga qiziquvchanlik bilan tikilib turgan qizga nazar tashlab biroz oʻylanib qolishdi. Soʻng boyagi askar yana qiz tomon yaqinlashdi.

– Menga qara! Sen haliyam Shimoliy Koreya xududisan. Seni bizning askarlar tomonidan qoʻyilgan qopqondan topdik. Bu taqiqlangan hududligini bu yergacha kelganingga qaraganda bilgansan. Seni hozir harbiy bazaga olib boramiz. Undan oldin esa bu yerga nega kelganingni, nega nargi tomonga oʻtmoqchi boʻlganingni bizga aytishing kerak. Havfsizliging uchun ham!

Bona bir oʻrmon daraxtlari ortidan nurlarini sochib turgan quyosh tomon qarab ( Bu Janubiy Koreya tomon degani) ikkilanish bilan qarab qoldi.

– Qoʻlimni qoʻyib yuboring! Sizlarga koʻrsatishim kerak boʻlgan menda bir narsa bor.

Askar ikkilanishsiz birgina qoʻl ishorasi bilan ortidagi boshqa bir askarga buyruq berdi. Askar qizning qoʻllarini boʻshatar ekan qattiq va qalin ipning izi qolgan joydan ushlab gʻingshidi qiz. Soʻng kiymining ichidan buklangan maktub chiqardi. Uni qarshisidagi askarga uzatib gap qotdi.

– Men yolgʻiz emas edim. Yonimda dadam ham bor edi…
– U qayerda?
– U menga yoʻlni koʻrsatib oʻzi qoldi. Yarador edi… ( gaplarini tugatishga ulgurmay yuzini toʻsgancha yigʻlab yubordi qiz.

Maktubni ochgan askar uni oʻqir ekan yonidagi sheriklariga buyruq berdi.

– Kapitan Jeon Jungkookga xabar bering! Uni harbiy bazaga olib boramiz. Unda harbiy tasdiqnoma bor ekan.

* Janubiy Koreya || Busan *

Buvisining quchogʻidan chiqishni istamayotgan qizaloq yigʻlagancha faqat bir jumlani takrorlab oyogʻini tirab olgandi.

– Ketmayman! Buvijon siz bilan qolaman!
– Minche, nabiraginam, dadangni yolgʻiz qoldirasanmi? Axir u sensiz nima qiladi?
– Dadamga Soojin holam qaraydilar! Men siz bilan qolishni istayman buvijon! Turgan yerida sakragancha gaplarini uqtirgan qizaloq ortidan kelgan biroz dagʻal ovozdan harakatdan toʻxtab buvisining etagidan tutib oldi.

– Minche, oʻjarlikni bas qilib mashinaga chiq. Kechikyapmiz! ( Endigina toʻrt yoshli qizaloq koʻzlarini pir piratgancha buvisiga iltijo qilgandek qarar ekan nabirasining koʻz yoshga toʻla boʻlib yigʻlash arafasida turgan qizni koʻrib yuragi achishib ketti. Qizaloq itoatkorlik bilan yuzini egib Soojin bilan uydan chiqib ketti. Koʻz oynagini yechib chuqur hoʻrsingan yigit buvisi bilan hayrlashdi. ( bu yerda Jungkook ayolga nabira, Minche esa nabirasi yani Jungkookni qizi boʻladi. Nabiradan keyin kim kelishini bilmadim kechirasla 🥲💔 tushunarsiz boʻmasligi uchun aytib ketdim. )

– Unga qoʻpollik qilib yuboryapsan Jungkook! U hali yosh bola!
– Oʻzingizni asrang buvijon. Keyingi oy ta’til olishga harakat qilaman. ( Buvisini quchoqlagancha gapirayotgan Jungkook ayolning gaplaridan soʻng gapirishdan toʻxtab qoldi.
– Unga ona kerak oʻgʻlim!
– Menga hech kimni keragi yoʻq buvi, tushunsangizchi!
– Men Minche haqida oʻylayapman. Sen hayolimga ham kelmading!
– Buni iloji yoʻq.
– Uzoqqa qarashing shart emas. Shundoqqina oldingdagi insonni anglasang kifoya. Soojin haqida gapiryapman! Unga uylan. U qizing uchun ajoyib ona boʻladi. Seni ham baxtli boʻlishingni hohlayman, oʻgʻlim!
– Yaxshi qoling buvijon.
– Gaplarimni yaxshilab oʻyla!

Jungkook buvisining peshonasidan oʻpgancha gaplariga quloq tutmay uydan chiqib ketdi. Uydan chiqarkan orqa oʻrindiqda arazlagancha oʻtirgan qizalogʻiga, bir uni ovutish uchun harakat qilayotgan Soojinni koʻrib tikilib qoldi. Balki buvisining gapida ham jon bordir aslida? Ikki yoshlogidayoq erta onasidan ayrilgan Minchega hozir hammadan koʻra koʻproq ona mehri kerak edi. Jungkook harchand bor mehrini qiziga berishga harakat qilsa ham u qizaloqning yuragida onasizlikdan qolgan boʻshliqni aslo toʻldirolmasdi. Oʻz dunyosiga butkul berkilib olgan qizaloqning tilini ayni dam otasi uyoqda tursin Soojin ham topa olmagan. U kabi Jungkookning qalbida ham suyuklisidan boshqa hech kimga joy yoʻqdek goʻyo.

* Tugadi *

Yorobuniieee bu Yangi yil munosabati bilan oʻtkazilgan konkursda 2-oʻrinni ogan Shadowsimiz Bonaga atalgan reaksiya. 3-4 qismli boʻladi. Silayam oʻqib reaksiya haqida fikrilani qoldirsela xursand boʻlardim judayam 🥹❤️.

#Xarin
@Gold_fanfics