November 1

Sening uying menman

Avtordan✍
Agar men bir kundalik tutsamu butun hayotimni yozmoqchi boʻlsam unga birgina sening ismingni tushirishim yetarli.Chunki topganim ham yoʻqotganinm ham dardim va darmonim ham faqat sen boʻlding.

Shovqin suronli ulkan Seul osmoni asta sekin quyoshni yotog'iga yuborgancha oyga xushomad qilishni boshlab yuborgan edi.

Katta uy oshxonasida spirtli ichkilikning qizdiruvchi iliq og'usi butun tanasini nazoratiga olgan qiz goh gohida oʻziga oʻziga telbalarcha kulib qoʻyardi.Xizmatchilarning vaqtidan oldin ketishganidan foydalangan Muna dengiz toʻlqinlari kabi hayqirib oʻzini qay tarafga urushni bilmayotgan hayollarini tinchitish uchun umrida birinchi bora hayoliga ilk kelgan ahmoqlikni qilib koʻrdi.Bu erksizlik,seviksizlik va keraksizlik alamini shu yoʻl bilan bosmoqchi,zaharni zahar bilan kesmoqchi boʻldi...

Allaqachon mast boʻlishga ulgurgan qiz qadahni yarmigacha qayta zoʻrgʻa toʻldirgancha ogʻirlashib borayotgan kipriklarni zoʻrgʻa bir biridan ayirib olov kabi yonayotgan vujudini sovutish uchun kichik billur shisha qadahni koʻtarar ekan qoʻllari boshqa bir kuchli qoʻllar taʼsirida havoda qoldi

-Bugunga yetarli boʻldi menimcha. Ovoz egasini koʻrish uchun boshini zoʻrgʻa koʻtarar ekan yqusiragan koʻzlari Jungkookning asabiylikdan taranglashgan qiyofasi bilan toʻqnashdi

-Salom,janob Jungkook xush kelidingiz..marxamat oʻtiring. Qiz gapini tugatib bosh aylanish taʼsirida yengil to'lg'ondi

-Senga buni kim berdi? Jiddiy ohangda soʻradi Jungkook qizni qolidagi kichik ichkilik idishini tortib olgancha

-hech kim..oʻzim oldim hov anavi yerdan. Qiz qoʻlini zoʻrgʻa koʻtarib mehmonlar uchun moljallangan ichkiliklar turadigan tokchaga ishora qildi

-Orningdan tur,xonanga boramiz ichkilik sen uchun emas ekan,atiga bir qadahdan sarxush boʻlibsan. Jungkook lab chetida kinoyali kulgancha stol ustidagi deyarli kamaymagan shisha idishda ishora qilldi

-To'gri..men uchun emas,bilasizmi nima men uchun ekanligini? Otasi tarafidan buyumdek sotib yuborilish men uchun,ixtiyoriga qarshi zo'rlanish men uchun, o'zgalarning menga zarracha aloqasi yoʻq ishlarini deb oʻyinchoq bo'lish men uchun,shundayku toʻgʻrimi?

Muna tanasida paydo boʻlayotgan g'alati ogʻirlikda tebrangancha oʻrnidan turushga urindi va muvozanatni yoʻqotib Jungkookning koʻksiga beixtiyor quladi.Quladiyu shu holatda koʻzlarini yumgancha past ovozda dedi

- Bilasizmi hamamsi yolgʻon ekan..safsata.. quruq gap choʻpchak ekan. Onam menga agar shu ogʻriqlarga chiday olsang..bir kun kelib sen uchun atalgan biri keladi va seni dunyodagi eng baxtli malikaga aylantiradi degan edi....

Gaplarini tugatgan Muna kulgudan pastki labini tishlagancha sochlarini barmoqlari bilan ortga toʻgʻrilab Jungkookdan uzoqlashish uchun qoʻlini yigitning koʻksiga tiragancha ortga qadam tashladi

- Onalar ham adashadi. Dedi Jungkook tipirchilayotgan qizni mutloq mushaklari orasiga qulflab

-Ayshsh, koʻnglim ayniyabdi qoʻyib yuboring.. yoʻqsa kiyimingizni rasvo qilaman! Qiz norozi g'ingshigancha boshini quyi egdi

-Birinchi marta ichishingmi nima? Yigit qizni shunchaki oʻyin qilishdan zavqlangancha uni boʻshatib qoʻlini choʻntagiga soldi

-Bu uyda boʻlgan koʻp narsalar menda birinchisi edi. Qiz sarxusht koʻzlarini pirpiratgancha yana shisha tomon qoʻlini uzatar ekan Jungkook abjirlik bilan uni qizdan avval stol ustidan yulib oldi

-Sherik boʻlishimga ruxsat bersang qaytaraman.
Jungkook koʻzlarini ayyarona qadagancha dedi

-huh? Menga sherik bolasizmi? Kiyin ertalab oʻzingizni yerga urulgandek his qilasiz meni oldimda.
Muna mazxralash ohangida kulib qoʻydi

-Havotir olma ertaga ikkimiz ham eslamaymiz.Ayniqsa sen yodingdan chiqarsan hammasini

Agar chiqmasachi? Unutmasamchi?

- Majbur qilaman

- Qiling!..unutishga majbur qiling..hammasini unuttiring menga,qay yoʻl bilan boʻlsa ham,qanday harakat bilan boʻlsa ham..men buning uchun barchasiga roziman.
Muna soʻzlarini tugatib undan bunday harakatlarni mutlaqo kutmagan Jungkookning hayratdan kattalashgan koʻzlariga hech qanday ikkilanishlarsiz tikildi.

Jungkook bu oʻyin sekinlik bilan qizg'in tus olayotganidan mamnun tilini ogʻiz boʻshligʻida aylantirib boshini asta silkidi

-Yaxshi narsa so'ramayabsan qizaloq. Men unutish va unuttirish uchun senga yoqmaydigan yoʻllardan foydalanaman.
Jungkook ham koʻzlarini qizdan uzmagancha unga yaqin kelib past ovozda shivirladi

- Men allaqachon hammasidan charchadim,hayotim shu siz ham ixtiyorimga qarshi narsalar bilan toʻldirilgan,bu mening rasvo hayotim ustidan chiqargan ilk qarorim boʻlsin

Qizning hatti harakatlari, soʻzlari borgan Jungkookni hayollarini chakalakzor holiga keltirar ekan koʻzlari qizning yuzidan asl maqsadi nimaligini bilish uchun harakatlandi

-Menga hozir qay yoʻldan foydalanishingiz qanday telbaliklar qilishingiz muhum emas Jungkook! Qiz yigitga yana bir qadam yaqinlashib uning ulkan kaftini tutgancha oʻz koʻksiga olib keldi

-Bu yerdagi hammasi yonayabdi,umidlar,orzular va hatto tafakkur ham...bu yer allaqachon jahannam Jungkook bu yer qabriston.Endi menga bari bir! Chala kuyish jonimga tegdi butunlay yoqing meni..his qilmaydigan darajada kul qiling.

Muna so'ngi soʻzlarini tugatishi bilan koʻzlaridagi yoshlar ortiq unga bo'ysinmasdan kipriklariga terilgancha yumalarkan Jungkookning sovuq kaft barmoqlari ularni qizning oppoq yuz terisidan sidirib oldi

-O'xshashligimiz koʻp ekanligi haqida aytganim yodingdami?

PovAvtordan: Baʼzan biz yarmimiz boʻlgan insonlarni bahorning yomg'iri ostidagi sariq rangli soyaban tagida uchratmaymiz,ular bilan qiziqishimiz,dunyo qarashimiz yoki umuman yashash tarzimiz oʻxshashligi uchungina hayot yoʻlini bogʻlamaymiz. Aksincha har soniya har xil insonlar tarafidan kuydurilishdan charchaymiz va oʻzimiz kabi lovullayotganlarini qoʻlidan tutgancha birga alangalaymiz,qalbimizdagi yaralar, tanamizdagi ogʻriqlar bizni yaqinlashtiradi. Yiqilgan yoʻllarimiz choʻkgan ko'llarimiz bir birimizga ipsiz bogʻlaydi bizni...

Jungkook qizni nozik belidan tutgancha orada qolgan qisqagina masofani ham yoʻqqa chiqarar ekan boʻsh qoʻli bilan nafasi koʻksini kuydirayotgan qizni tim qora sochlarini siladi

Jungkook xuddi oʻziniki kabi ogʻriqlar, oʻziniki kabi dardlarni koʻtarib yurgan bu kichik jussaning yonida hissiyotlariga qoʻygan cheklovlarni mutlaqo yoʻqotgan edi.Go'yoki tosh deb oʻylab yerga urayotgani aslida brilliant boʻlib chiqgani kabi hissiyotlar qurshovida qolgandi. U istasa hozirning oʻzidayoq qizni tiriklay yeya oladi,tonggacha u bilan yotoqni band qilaoladi,unga har soniya majburan ismini aytira oladi va hatto ichidagi biri unga aynan shunday maslahat bergancha qonini qaynatmoqda ham.

Ammo yoʻq u hozir buni qilmoqchi emas,u yillar davomida shunchaki tanasi istaganini qilgan boʻlsa bugun qoʻlidagi bu qushchaga oʻzgacha imkon bermoqchi.

Bir muddat hayollari chalkashgan yigit hech qanday qiyinchiliksiz sarxushlik butunlay yengib olgan qizni qoʻliga koʻtarganicha zinalardan yuqoriga odimladi. Kerakli xonaning eshigini qoʻlidagi qiz bilan zoʻrgʻa ochgan Jungkook Munani yotoq ustiga qoʻyib qoʻlini qizning ikki tarafiga joylashtirib uning tanasi uzra turdi.

* *
-J..Jimin..Jimin..
Xarin ovozidagi titroqni ming urunsada bosa olmagancha tinmay qaltirayotgan qoʻllarini musht qildi

-Xarin? Qayerdasan? Nima boʻldi?. Kechasi bilan ishxonada hujjatlari bilan bitmagan oʻnlab ishlarini bitirish uchun qolgan Jimin Xarinning yaxshilikdan dalolat bermayotgan ovozidan vaximaga tusha boshladi

-Xarin..Xarin eshityapsanmi meni? Kim kim yigʻlardi seni qayerdasan? Gapir!!
Yigit qizni qoʻrqinchli jimligidan oʻzini bosib turaolmay baqirar ekan qarshi tarafdan qizni duduqlangancha zoʻrgʻa gapirgan ovozi eshitildi

- men..men..men Lienni oʻldirib qoʻydim. Xarin tanasiga kimdur xanjar sanchgandek qattiq ogʻriq bilan qichqirdi

-Lienni oʻldirdimmm

Bir soniya miyyasi ishlashdan toʻxtagan Jimin hozir hammasidan koʻproq Xarinning his qilayotgan ogʻriqlaridan talvasaga tushdi

-Men boryapman Xarin..boryabman qoʻrqma hammasi yaxshi boʻladi vada beraman senga..telefonni oʻchirma maylimi..uni oʻchirma

Jimin Xarinning telefoniga ulangan GPS moslamasi orqali qayerda ekanligini bir zumda aniqlar ekan mashinaning tezlik o'lchovchi koʻrsatkichi borgan sari qizilga qarab tushardi.

Xarin mashina salonidagi Lienning qonga belangan tanasini quchgancha ich ichidan undan kechirim soʻrar edi.

-Iltimos oʻlma Lienim oʻtinaman sendan oʻlma. Xarin yuzini qizning sochlariga bosgancha yigʻlashni davom ettirdi

Flashback 1 soat avval:
- Ming laʼnat tezroq qimirlasanglarchi!.U hali oʻrmon ichida,qocha olmaydi oyog'ida jarohati bor!

Katta hovli yuzasida g'azabidan tomirlarini boʻrtib ketayotgan Kai qoʻlini simillb qon chiqayotgan peshonasiga qoʻygancha qorqichilarga buyuruq berar edi.

-Jin ursin seni Kai..ont ichaman ont ichaman agar usha qiz borib Jiminga hammasini aytsa hech ikkilanmay hirsing sabab uni gapiga qarshi chiqganingni Jayga aytaman!

Jennie uy ichkarisidan hali qurumagan sochlari ochiq yelkasiga yopishgancha chiqar ekan koʻrsatgich barmog'ini bigiz qilgancha ovoziga zoʻr berdi

-Topaman! Yerni tagidan boʻlsa ham topib tug'ulganiga pushaymon qilaman. O'shqirdi Kai sochlarini barmoqlari orasida siqib

-Sen megajin boʻlsa Jayga aytishni Hatto hayolingni bir chetiga ham keltirma. Yigit orqasidagi undan kam asabiylashmayotgan qizga keskin qaradi

- Hoy tilingga erk berma! Istagan vaqtimda istagancha aytaman.Men emasman uni oʻldirish buyrug'iga bosh egmay qiz bilan tun otkazishni istagan to'nka!

Jennie Kaining qarshisiga unga tik qaratgancha yurub bordi va barmogʻini yigitni peshonasining jarohatdan qon sizib chiqgan joyiga qadadi

-Men bilan pachaklishmasdan mana bu miyyangni ishlatib top qizni! Boʻlmasa Jay tanangni itlar ham jirkanadigan holga keltiradi.
Jennie gapini tugatib jaxl bilan uy ichkarisiga kirib ketarkan Kai peshonasidagi Lien qoldirgan jarohatni ushlab tishlari orasidan vishilladi

PovLien
Oʻpkam havo oyoqlarim esa og'riqlardan biroz dam soʻrab yolvormoqda lekin agar hozir toʻxtasam ortimdan kelayotgan itlar meni tutub olishadi. Qanday boʻlmasin kuch topib bu yerdan qochishim kerak. Oʻtinaman yordam ber Tangrim

Qiz nafasi boʻgʻziga tiqilgancha oqsoqlanib oʻrmon oralab yugurar ekan yana 30 chaqirim masofada elas elas mashinlarning darslari koʻrinib katta yoʻl borligini bildirar edi

-Ming shukur,ming shukur..
Qiz rangsiz yuziga quvongancha keng tabassum chiqarar ekan oyog'ida toʻsatdan paydo boʻlgan kuchli ogʻriq sabab ogʻzini qoʻli bilan to'sgancha ingrab yubordi

-Yo'q, yoʻq iltimos hozir emas.. yana ozgina..ozgina ogʻrimay tur oʻtinaman

Qiz yana holdan toygan tanasini daraxtga suyangancha oʻnglab olar ekan chuqur nafas olib yana mashina chiroqlari koʻrinayotgan tarafga qarab ketdi.

PovXarin- Lienning telefoni oxirgi bor qayerda ishlatilganini taxminiy boʻlsada manzilini Hyunjin orqali topdim va Jiminning bugun ish xonasida qolishidan foydalanib yoʻlga chiqdim. Yoʻlda ketar ekanman yuragim nimadur halokat boʻlishi mumkindek hapqirib urishni boshldi.

Bularga eʼtibor berishni istamagan Xarin bor diqqatini Lienni bunday oʻrmon joylarda nima qilishi mukunligini oʻylagancha atrofda masina yoʻqligini sezib tezlikni oshirdi

Nihoyat oʻtkir ogʻriqlar bilan kurashgancha zoʻrgʻa oʻrmon ichkarisidan chiqib olgan Lien yoʻl oʻrtasiga yugurar ekan tezlikda kelayotgan mashina faralari koʻzlarini qamashtirib harakatini cheklab uni joyida toʻxtashga majbur qildi.Nima boʻlayotganini hatto anglamasidan esa kuchli zarba natijasida mashinaning old oynasiga qattiq urilgancha uni qonga boʻyab yerga quladi.

Imlo xatolarga duch kelgan boʻlsangiz uzur soʻrayman. Kiyingi qism esa talab qilingan reaksiya va kamentlardan kiyin keladi. Barchag raxmat❤️