September 9

Love and Taers

Love and Taers | 13-qism

Yerda butkul xushsiz yotgan qizni ko'rib qo'rquv ichida qolgan Lien darxol qizning yoniga bordi. Qo'llari yordamida sochlarini yuzidan olgancha uni uyg'otishga harakat qildi. Aeraning qonga botgan ko'ylagi bilan birga yerga tomchilagan qoz izlari uni butunlay muzlatib qo'rquvdan titrashiga sabab bo'lgandi. Hayoliga kelgan birinchi narsa: tez yordamni chaqirib qizni qulayroq qilib qayta yerga yotqizdi. Oradan taxminan yarim soatlardan so'ng yetib kelgan tez yordam mashinasi Aerani zudlik bilan markaziy shifoxonaga olib ketishdi. Qirq daqiqalarni kasalxona yo'lakchasida vaqtini tinimsiz u yoqdan buyoqqa yurish bilan o'tkazayotgan Lien eshikdan chiqqan har qaysi shamshiradan dugonasining havolini so'rardi. Sochlarini ortga tarab sabrsizlarcha uf tortgan qiz qo'lini devorga tayab o'zi ham suyandi. Devorga boshini ortga suyagan Lien og'ir tin olib ko'zlarini yumib tinchlanishga harakat qildi. Ichida o'ziga qadrli bo'lgan insoni va uning vujudidagi jajji farishta uchun duo qilib lablari uchida shivirlardi. Past ammo shunday bo'lsada jarang sochgan qo'ng'iroq ovozi tinchlanishga harakat qilayotgan qizning hayollarini yetarlicha chalg'itdi. Tanish inson. Lien bir muddat telefon ekraniga tikilgancha jimib qoldi. Ichida qo'ng'iroqqa javob berish yoki bermasligini o'ylardi. Birinchi marottasiga chaqiruv tugashinu kutdi. So'ng telefonni qayta o'chirib undan uzoqlashishga urunib ikki qadam tashlashi bilan qayta chalingan qo'ng'iroqdan ortiga qaytib javob berishdan boshqa chora yo'qligini sezib go'shakni ko'tardi.

โ€“ Hayrli kun Misuk hola! Ahvollaringiz yaxshimi?
โ€“ Lien qizim yaxshimisan? Men yaxshiman.
โ€“ Hammasi joyida. Tinchlikmi?
โ€“ Sendan Aera haqida so'ramoqchi edim. Mobodo u bilan bugun ko'rishmadingmi? U menga bugun Aeroportdan o'zi kutib olishini aytgandi. Biroq qo'ng'iroqlarimga javob bergani yo'q.

PovLien: Jin ursin, Misuk hola Seulga kelayotganmidi? Unga hozir nima deyishim kerak? Uyga borsa ham uydagi ahvolni ko'rib ayol nima deb o'ylaydi? Balki aytishim kerakdir?

โ€“ Misuk xola, sizga bir gapni aytishim kerak. Biroz siz havotir olmang Aeraning ahvoli juda yaxshi...( Lien hali o'zi ham bilmasada ayolni tinchlantirish uchun ishlatayotgan yomg'onidan o'zi afsuslangancha labini tishladi.
โ€“ Nima bo'ldi Lien? Aera qayerda?
โ€“ U kasalxonada. ( Tezda javob qaytargan qiz u tomondan javob kutgandek jimib qo'l uchi bilan lablariga tegindi.
โ€“ Nima?! Qayerda? Qaysi shifoxonada hozir?

Misuk hola ham qo'rqqanidan manzilni aytishim bilan qo'ng'iroqni yakunladi. Biroz o'tib esa palatadan chiqqan doktor bilan gaplashib Aeraning ahvoli haqida bildim. Unjng ahvoli yaxshi ammo bola... . Oz bo'lsada men qo'rqqan ish sodir bo'lmagani uchun xursand bo'ldim. Doktor aytgan gaplarini hayolimga keltirsam bu haqida ularga qanday aytishni ham bilmayman.

โ€“ Homilaning o'n ikki haftadan oshgani bu uning saqlanib qolishi uchun foydali bo'ldi. Aera xonimdagi kuchli ruhiy zo'riqish va homilaga yetkazilgan jismoniy jarohat sabab qon ketishi kuzatilgan. Bu narsa yana takror kuzatilsa homila tushishi hech gap emas. Bunday vaziyatda faqatgina operatsiya yo'li bilan tushgan homilani tanadan tozalab olib tashlash mumkun bo'ladi. Bu esa keyinchalik yana homilador bo'lish ehtimolini kamaytiradi. Iltimos qilaman bemor tinch muhitda boshlang'ich davrdan o'tishini ta'minlang. Aks holda... ( Doktor gaplarini aytish barobarida xushsiz dugonasining qo'lidan tutgan holda ko'zlarida aylanayotgan yoshlarni artib gaplarini diqqat bilan tinglayotgan qizga biroz tikilib turdi. Gaplarining davomini tushungan Lien doktor tomon o'girilib tasdiq ma'nosida bosh chayqadi.

โ€“ Sizni tushundim doktor. Katta raxmat! ( Lien o'rnidan turmagan holda doktorga yengil ta'zim qildida doktor chiqib ketgach yana Aera tomonga qarab qo'lidan qattiq siqdi.

โ€“ Tentak! Nima bo'ldiki shu ko'yga tushding? ( U qizning qo'lidan mayin o'pgancha shivirladi.

~

โ€“ Unga nimalar deding? Bir boshidan gapirchi! ( Hejin xonim hafsala bilan qizning qarshisidan joy olib uni so'roqlay boshladi.
โ€“ Hammasini siz aytgandek qildim xatto ortig'i bilan.( Sarang
โ€“ U nima dedi?

โ€“ Hech nima, nazarimda u bu haqida bilmasdi.

Keyingi gaplardan yuzini boshqa tomon burgan Hejin xonim o'yga toldi. Sarang ayolni kuzatib savol bilan qayta yuzlandi.

โ€“ Bu ish bermasa nima qilamiz? Bordiyu bu haqida Taehyungga bilsa va u ham qizga nikoh soxta ekanligini aytsa, unda nima bo'ladi?
โ€“ Aytgan taqdirda ham bunga kim ishonadi?

Hejin xonim savol bilan qizga yuzlanar ekan Sarang "bilmayman" degandek bosh chayqadi.

โ€“ Bir martta xiyonatga uchragan ayol qaytib kimgadir qattiq ishonch bildirishi qiyin bo'ladi, xatto u yigit meni og'lim bo'lsa ham.
โ€“ Yaxshi siz nima desangiz shu ( Sarang mamnun jilmayib xonadan chiqib ketti.

*Flashback 1 kun oldin*

โ€“ Mendan nima istaysiz? Nima yordam berishim mumkun? ( Ayolning jumboqli gaplaridan deyarli hech narsani tushunmayotgan Sehun savolni qaytaladi.

โ€“ Aera. ( Ayolning yigitning reaksiyasini bilish uchun qizning ismini aytib yigitga chuqur tikildi.
โ€“ Nima? Siz uni qayerdan taniysiz?
โ€“ Seni sobiq sevgiling meni og'limni boshini aylantirib olgan. Og'lim oilali.
โ€“ Nima? ( Tushunqiramay ayolga tikildi.. gap nima haqida ketayotganini tushungan Sehun ayolga obdon nazar tashlab o'yga toldi.

PovSehun: Bu ayol nimalar deyapti? Aerada nima ishi bo'lishi mumkun? Og'li.. men bilgan Aera hech qachon bunday ish qilmasdi xattoki meni qilgan xiyonatim ham uni bu darajagacha o'zgartirolmasdi ammo.. bu ayolning gaplari rost bo'lib chiqsachi? U nima istaydi?

โ€“ Haligi..men nima qila olaman? Meni bu yerga nega chaqirdingiz?
โ€“ Sevgilingni o'g'limdan uzoqlashtirishga yordam berasan. Buni qanday qilasan bilmayman lekin u qizni ortiq og'limning yonida ko'rmasam bo'lgani.
โ€“ Xonim kechirasiz, ( Sehun yengil kulib boshini egdida o'rnidan salgina turib qayta qulayroq joylashib gapida davom etdi.) โ€“ o'zingiz aytganingizdek Aera meni sobiq sevgilim. U bilan aloqalarimiz tugagan. U meni oldiga yaqinlashtirmaydi ham.
โ€“ Bilaman..( ayol biroz sukut saqlab ularni kuzatib turgan yordamchisiga ishora qildi. Erkak qo'lida tutgan konvertni Sehun yoniga qo'yib joyiga qaytar ekan qiziquvchanligi yanayam ortgan yigit "bu nima?" degandek savol nazari bilan bir ayolga bir konvertga tikildi.

โ€“ Ishni eplay olsang bundan ham ko'pini olasan. Og'lim ko'chadagi suyuqoyoq qizlarga ilakishib oilasi buzilishini istamayman. Rozimisan? ( Ayyorona jilmayib savoliga javob kutgancha yigitga qaradi.

Konvert ichida nima borligi allaqachon taxmin qilib bo'lingan. Yigit ko'rsatgich va o'rta barmoq yordamida pastki labi va iyak o'rtasini ishqalagancha konvertga uzoq tikildi.

PovSehun: Umuman olganda bu ish bir o'q bilan ikki quyonni urishdek gap. Bordiyu rozi bo'lsam ancha oldin chala qolgan ishimni oxiriga yetqizaman va yana katta pulga ham ega bo'laman. Og'li qanday inson ekanligi menga qorong'u ammo oilali ekanligidan foydalanib uni oson Aeradan uzoqlashitirib sobiq sevgilimni yana o'zimga qaytarishim mumkun.

โ€“ Yaxshi roziman.

*Flashback tugadi*

~

โ€“ Bugun vaqtni birga o'tkazsak ham bo'lardi Nai ( yigit mashinasini offis oldiga to'xtatar ekan kamarini yechish barobarida norozi ohangda so'zladi.
โ€“ Bu uchun hali vaqtimiz ko'p bo'ladi Jimin. Shusiz ham ishga ancha kech qoldim.
โ€“ Ikkimiz haqimizda aytamizmi? ( Jimin qiz bilan qo'lini birlashtirib unda kichik o'pich qoldirgancha qizga yuzlandi
โ€“ Shartmi? Balki umuman aytishni hojati yo'qdir?
โ€“ Nega endi?
โ€“ Shusiz ham buni payqash qiyin emas. Bordiyu bu haqida so'rab qolishsa yaxshi unda aytamiz.
โ€“ Yaxshi sevgilim, oqshom ko'rishamiz! ( Jimin shunday deya tabassum bilan qiz tomon biroz egilib yanog'idan o'pib qo'ydi.
โ€“ Yaxshi, unday bo'lsa birga kechlik qilamiz. Men ishlarimni tugatib o'zim oldingga boraman
โ€“ Kutaman ( Jimin Nai bilan bilan hayrlashib to mashinadan tushib kompaniyaga kirib ketguniga qadar qizni nigohlari bilan kuzatib qo'ydi.

*

Palata bo'ylab o'zini deyarli qo'yishga joy topa olmayotgan ayol tez tez krovat ustida qo'lida osma dori ulangan ko'yi uxlayotgan qiziga bir uning yonida ko'zlarini dugonasiga uzmagancha qarab krovat tutqichiga suyangan Lienga qarab o'ksinib unsiz yig'lardi. Tongda qizi bilan bo'lgan iliq suhbatdan

so'ng bu ish qanday sodir bo'lganini Misuk xonim hech o'ylab o'yiga yetolmasdi. Axiri yurishdan tolgan ayol Lienga qarama - qarshi tomondagi o'rindiqga joylashib Lienga yuzlandi.

โ€“ Lien! ( Ayol past ovozda shivirladi. Hayoli parishon bo'lsa ayolning so'zlarini tezda ilg'agan qiz boshini ko'tarib unga qaradi
โ€“ Eshitaman hola ( Lien sergaklanib qo'lidan tutilgan iliq kaftlarni his qilib ular tomon nigohlarini qaratdi.
โ€“ Aeraga nima bo'ldi? ( Misuk xonim ko'zida qalqigan yoshlari bilan quzi tomon qarab gapirdi.

Lien ham tushunarsizlik ichida qolgan. U ham dugonasi tomon tikilib unga mo'ltiragancha javob kutayotgan ayolga nima deyish haqida o'ylardi.

PovLien: Bugun tonggacha bari yaxshi edi. Qo'ng'iroq orqali bo'lsa ham u qanday kayfiyatda ekanligini juda yaxshi sezdim. Adashgan bo'lishim mumkun emasdi. Ammo hozir u nega bu ahvolda? Balki Taehyung uni shu ko'yga solgandir? Bo'lishi mumkun emas. U bunday qilolmasdi. U Aerani sevadi axir. Hozir Misuk xonimga nima deb javob berishim kerak? Haqiqatni aytsammi? To'xta hozir buning mavridi emas.

โ€“ Rosti aytsam bu men uchun ham noma'lum. Aera bilan hammasi yaxshi edi. Nega birdan bu ahvolga tushganini men ham bilmayman.
โ€“ U senga bola haqida hech narsa demaganmidi? Ya'ni uni oldirib tashlash haqida? Aera men uni bolani abort qildirishdan to'xtatib qolganim uchun norozi bo'lgandi.
โ€“ Yo'q meni fikrimcha u bu bola tug'ilishini hammadan ko'proq hohlaydi. Balki bu shunchaki noto'g'ri ovqatlanishdan kelib chiqqandir? Yoki....yoki bo'lmasa ehtiyotkorsizlik sabab bo'lgandir? Nima deysiz? ( Lien kulimsirab ayolning kaftini ikki qo'llari bilan mahkam siqib taskin bergandek bo'ldi.
โ€“ Doktorning gaplari...
โ€“ Bu shuncgaki hamma ayollarda homiladorlik davrining boshlang'ich oylarida kelib chiqadigan asabiylik. Aera ko'ngli behuzr bo'lishidan doim nolib yurardi. Ayniqsa bu narsa ish paytida sodir bo'lsa. ( Lien hazil qilgandek kuldi. Ammo bunga ayolning yuzidagi ifoda o'zgarishsiz qoldi. Buni tushungan Lien shunchaki jim bo'ldi.

*4 SOATDAN SO'NG*

Deraza yonida atrofni kuzatayotgan yigit onda sonda tekefon ekraniga nazar tashlab qo'yardi. U kutayotgan qo'ng'iroq deyarli tongdan buyon chalinmayotgani ustiga ustak qilayotgan javobsiz qo'ng'iroqlari ham uning toqatini toq qilayotgandi.

PovTaehyung: Soat 13:28. Shu ongacha men haqimda soniyaga bo'lsa ham eslamasliging...buni qanday tushunish mumkun axir? Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermayapsan Aera? Balki u hozir oyisi bilandir? Bugun oqshom men bilan tanishtirmoqchi edi. Shu sababli band bo'lishi mumkun emasmi?

Hayolidagi chalkash o'ylardan bezib qayta qo'ng'iroq qilishni avfzal bilgan yigit tanish raqamni terdi. Biroq hamon o'sha natija. Og'ir uf tortgancha sezilarli jahl bilan telefonni ish stoli ustiga uloqtirdi. Peshonasini ishqalagan ko'yi buroz turib kresloga chuqur xo'rsinib joylashdi.

Taehyung: Bir dona xabar jo'natib qo'yolmaydigan darajada nima bilan bandsan o'zi?!

~

โ€“ Ortiq hohlamayman oyi!
โ€“ Shusiz ham hech qancha yemading qizim, yana bir ikki qoshiq!
โ€“ Oyi hohlamayman dedim, meni majburlamang ( Misuk xonim qizi qaytargan ovqatni krovat yoniga joylab holsizgina o'rniga qayta yotib yuzini burib olgan Aeraning yelkasidan mayli silab o'pib qo'ydi. Ayol ularni chetdan kuzatib turgan Lienga bir qarab qo'yarkan ko'zidagi yoshlarini tutib turolmadi.

โ€“ Misuk hola men suv olib kelaman, siz shu yerda bo'ling.
โ€“ Yo'q, yaxshisi sen qol. Men olib kelaman. Yo'l-yo'lakay doktorni ham chaqiraman.

Misuk xonim Lienga shu yerda qolishini aytib chiqib ketar ekan paytdan foydalangan Lien Aerani o'ziga qarashini aytdi.

โ€“ Aera!
โ€“ Gaplashishni hohlamayman Lien. Meni yolg'iz qoldir.( Aera holatini o'zgartirishsiz qoldirib teskari yotgan ko'yi javob qildi.
โ€“ Yo'q gapirasan. Senga nima bo'ldi? ( Lien ham bo'sh kelmasdan Aera yuz burgan tomon o'tirib oldi.

โ€“ Nega bu ahvolga tushding? Gapir!
โ€“ Uning xotini bor.. ( hech qanday ortiqcha harakatlarsiz, bir nuqtaga tikilgan ko'yi shivirladiyu ko'zlarini yumdi.
โ€“ Nima? K.kimning xotini bor?

Javoban Aera u tomon qaradi ammo bir so'z ham demadi. Avvaliga javobni ilg'ab olish uchun biroz vaqt ketdi. Ko'zidagi miltirayotgan yoshlarni ko'riboq o'rnidan turgan Lien qo'llari bilan yuzini yopdi.

โ€“ Bo'lishi mumkun emas. Axir qanday bunday bo'lishi mumkun?
โ€“ Demak bo'lishi mumkun ekan. ( Avvalgi holatiga qaytib choyshabni o'ziga yanayam tortib past ovozda shivirladi.
โ€“ Sen buni qayerdan bilding? Taehyungning o'zi shunday dedimi? ( Savoliga javob kutgancha qizga qaradi. Biroq jim jitlik. Lien Aera ortiq bu haqida gaplashishni hohlamasligini tushundi. O'zi ham qizga yaqinlashib yonidan joy egalladi.

โ€“ Aera, bola haqida unga aytmading shundaymi?
โ€“ Uning xotini...
โ€“ Nima? ( So'zlariga tushunmay savolli nigohlarini qizga qaratdi
โ€“ O'sha ayol kelib menga barini aytib berdi.
โ€“ A..era! U senga nimadir qildimi? Bu ahvolga tushishingga o'sha ayol sababchimi?

Aera unsiz bosh chayqab gaplarini inkor etdi.

โ€“ Unda kim? Aera gapirsangchi?
โ€“ O'zim qildim.
โ€“ ...
โ€“ Jahl ustida, men..men nima qilishni bilmadim. Eshitgan gaplarimni tahlil qilishga ulgurolmadim xatto! ( U tobora ko'z yoshlariga erk bergancha ovozini balandlatar ekan alam bilan so'zlayotgani yaqqol sezilib turardi. Uni gaplarini tinglayotgan Lien ham uni bu holatini ko'rib yuragi uvushib ketgandek chidolmay dugonasini qattiq bag'riga bosdi.

โ€“ Bir narsani unutmasliging kerak. Hayotingda kimlar uchrashidan qat'iy nazar ularni deb vujudingdagi jonga ozor yetkazma. Qadrsiz insonlar sabab bunday jinnilikka qo'l urma. Keyingisi hammasiga yakun yasaydi Aera. Eshityapsanmi? ( U Aeraning ko'zlariga tik qarab ko'z yoshlarini artib qizni tinchlantirar ekan gaplarida davom etdi.

โ€“ Va'da ber! Uni himoya qilaman deb. ( Lien qo'lini qizning qorniga bosib nigohlarini dugonasidan uzmadi.

โ€“ Va'da ber, ortiq bunday jinnilikka qo'l urmayman deb dugonajon.
โ€“ Va'da beraman, uni nima bo'lganda ham har doim himoya qilaman. ( Aera ham qo'lini Lienning kaftlari ustiga qo'yib past ovozda gaplarini takrorladi.

~

PovAera: O'zimni ancha qo'lga olib bo'lib o'tgan ishlar haqida garchi bu og'ir bo'lsa ham o'ylay boshladim. Boshimga tushgan bu ishlardan qilgan eng katta xulosam shuki hech bir inson chin sevgiga ishonchga loyiq emas. Buni bir martta his qildim. Ammo yana tavakkal qilib o'zimga yod begona bo'lgan yigitning havoyi gaplariga ishonib ikkinchi bora xiyonat botqog'iga botdim. O'zim uchun emas edi. Balki o'zim uchun hamdir... Biroq niyatim vujudimdagi kichkintoy otasiz katta bo'lmasligi edi. U uchun o'zimga ishonish uchun yana bir imjon bergandim biroq bo'lmadi.. endi ham bo'lishiga shubham bor. Ammo sen havotir olma kichkintoy, baxtli bo'lishimiz uchun uchinchi insonning keragi yo'q bizga. Muolajalardan so'ng o'zimni avvalgidan ancha yaxshi his qilyapman. Yana bir narsani tushundim. Shuncha bo'lgan ishlardan so'ng ortiq Seulda qolishim xato bo'ladi. Shu sababli o'z uyimga.. Deguga qaytishga qaror qildim. Hech qanday ko'ngilsizliklarsiz farzandimni katta qilaman. Sen esa Kim Taehyung.. bundan buyog'iga xattoki soyang ham bizga tushmasligiga va'da beraman. Seni ham hayotimdagi qora sahifa yaratgan insonlar qatorida qoldirdim.

~

Uy oldiga to'xtagan mashina oynasidan boshini chiqarib uyning ayvon qism chiroqlari o'chiq ekanligini ko'rgan Taehyungning kun bo'yi his qilgan bezovtaligi yanayam oshib havotiri yanayam kuchaydi. Tongda sevgilisi bilan hayrlashgan bo'yi ortiq uning ovozini xatto qo'ng'iroq orqali ham eshitolmagani ayni damda yigitning sog'inchiga shu bilan birga tashvishlanishiga sabab bo'layotgandi. Yana bir bor qo'ng'iroq qilishni hohlagan yigit bu safar javob kelishiga umid bog'lab telefon ekranidan ko'zini uzmadi. Biroq o'zgarishsiz natija. Toqati toq bo'lib mashinadan tushgan yigit kelishilgan vaqt bo'lganini tekshiriah uchun qo'l soatiga bir nazar tashlab qo'ydi-da sabrsizlarcha mashina orqa o'rindig'idan dasta gulni qo'liga olib katta katta qadamlar bilan uy eshigiga yaqinlashdi. Qo'llari yordamida kiyim yoqasini tog'irlagandek bo'ldi u. Chuqur nafas olib eshik qo'ng'irog'ini chala boshladi.

Bir necha urinish va eshik ochildi. Biroq qarshisidagi u kutgan odam emasligi sabab biroz kalovlanib qolgan yigit ayolga yengil ta'zim qildi.

PovTaehyung: Eshik qo'ng'irog'ini chalar ekanman biroz hayajon bor edi. Sababi birozdan so'ng Aeraning onasi bilan tanishaman. Birozdan so'ng eshik ochilib qarshimda o'rta yoshlardagi bir ayol paydo bo'ldi. Avvaliga bu uning onasi deb taxmin qilgandim ammo...

โ€“ Sizga kim kerak? ( Notanish ayol qarshisidagi yigitning ust boshiga boshdan oyoq tikilib sintez qilgach tushunqiramay savoliga javob kutib yigitga tikildi
โ€“ Hayrli kech xonim, men Aera bilan uchrashish uchun keldim. Siz uning onasisiz shundaymi?
โ€“ Siz Kang Aerani aytyapsizmi?
โ€“ Ha ( yigit ayolning savolidan hayratlanib savolli nazar bilan qaradi.

โ€“ Aera ketdi.
โ€“ Nima?
โ€“ U bu yerda ijarada turardi. Bir necha soat oldin kerakli narsalarini olib uyni bo'shatib ketdi.
โ€“ Qayerga?
โ€“ Bilmayman. Menga ketish oldidan hech narsa demadi.

Yigit chuqur o'yga botib yuzini orqa o'girdi.

โ€“ Yana nimadir kerakmi?
โ€“ Ma'zur tutasiz ( Taehyung yengil ta'zim bilan uy hovlisidan katta katta qadamlar bilan chiqib ketdi.

Taehyung: Nimalar qilib yuribsan Aera? Nimalar qilmoqchisan o'zi? Qayerdasan?

U endi asabiylasha boshladi. Kun davomida terilgan raqamga qayta va qayta qo'ng'iroq qilarkan hech qanday javob olmagach g'azabiga butkul erk bergan yigit qo'lidagi telefonni zarb bilan yerga uloqtirib uni yer bilan bitta qildi. Ko'cha uning daxshatli sherdek o'kirgan ovozidan chiqgan aks sado bilan to'ldi.

~

PovAera: Ahvolim yaxshiligi uchun yana qayta ko'rik uchun bir kun kasalxonada qolishni istamadim. O'zimni yaxshi his qilayotganim uchun bunga hojat yo'q. Niyatim kech tushishidan avval kerakli buyumlarimni olib kelishim kerak. U uyda boshqa qololmasligim aniq. U bilan ham yuz ko'rishishni istamayman. Shu sababli Lien va oyim birgalikda buyumlarimni uydan olib kekishdi. Ijarachi bilan gaplashib u uyda qolmasligimni aytib sim kartamni ham tashlab yubordim. Undan oldin esa menga jo'natilgan son sanoqsiz xabarlar va qilingan qo'ng'iroqlarni ko'rdim. Bari bir insondan, va hammasi safsata. Ularni ochib ham qaramadim xatto. Bu kecha Lienning uyida qoladigan bo'ldik, ertaga birinchi reys bilan Deguga qaytaman.

~

Taehyung og'ir qadamlar bilan o'zi istar istamas uyiga kirar ekan yarim tun bo'lishiga ham qaramay ayvonda ko'zi to'rt bo'lib kutayotgan ayol eshikning zarb bilan yopilganida o'g'li kelganini sezgach uni qarshi olish uchun shoshildi.

โ€“ Qayerda eding o'g'lim?

Javob kelmadi. Taehyung hafsala bilan zinalardan yuqorilarkan birdan harakatdan to'xtadi.

โ€“ Hayrli tun oyi!

Og'lining harakatlaridan xatto ajablanmagan ayol nigohlari bilan yigitni kuzatib qo'yarkan xonasiga kirganligini sezib Hejin xonim ham ortidan tepa qavatga chiqdi.

~

Taehyung xonasiga kirgach biroz muddat eshik oldida turib qoldi. Hafsala bilan xonaga bir nazar tashlab ayvon ( balkon) eshigiga yaqin joylashgan o'rindiqqa o'zini og'ir tashlab boshini egdi, tirsaklarini tizzasiga suyagan ko'yi qo'li bilan yuzini yopgancha turdi. Sal turib kostyum ichki cho'ntagidan tanish zanjirni qo'liga olib unga uzoq tikildi.

PovTaehyung: Qayerdasan Zolushka? ( Yigitning e'tiborini hech bir ogohlantirishsiz kirib kelgan qiz tortdi. U eshik oldida turgan qizga boshdan oyoq nazar tashlab o'rnidan turib xona burchagidagi maxsus ichimliklar turadigan tumba yoniga borib ichimlik quya boshladi.

โ€“ Nimadir kerakmi Sarang?
โ€“ H.haligi sen bilan gaplashish uchun keldim.( Sarang asta qadamlar bilan xona ichkarisiga kirib yotoq burchagidagi tutqich yoniga keldi.

โ€“ Nima haqida gaplashmoqchisan? ( Ortiga o'girilib ichimlikdan ho'plagancha qiz tomon yaqinlashdi.
โ€“ Oxirgi paytlarda sen bilan deyarli gaplashmadik. Uyda kam bo'lasan, kech qaytasan...
โ€“ Sarang shunchaki kompaniyada hozir iahlar ko'p. Hammasiga o'zim qarashimga tog'ri kelyapti. Agar birorta muammoying bo'lsa ayt! ( Yigit beparvolarcha so'zlab qizga teskari burilib gapirishda davom etdi.

โ€“ Nimadir bo'ldimi? Kayfiyating yo'qga o'xshaydi.
โ€“ Ahamiyat berma, shunchaki charchaganman.
โ€“ Agar istasang... buni biroz unuttirishga yordam berishim mumkun. O'tkir ichimlik yechim emas...( Qiz gaplarini yakunlash chog'ida yigitning bo'ynidan qo'lini o'tkazib u tomon boshini biroz egib yigit egnidagi kostyumni yechmoqchi bo'ldi.

โ€“ Sarang! ( Yigitning baland va dag'al ovozda qizning ismini chaqirishi uni harakatdan to'xtatdi. Taehyung bo'ynidan tutilgan qo'ldan tutib qizni o'zi tomon qaratdi.

โ€“ Bilasanmi nima ayni damda menga hech narsa shu ichimlikchalik yordam bermaydi. Agar boshqa aytarli gaplaring bo'lmasa iltimos chiqib ket. Dam olmoqchiman. Yigit istehzoli kulimsirab qizdan uzoqlashdi-da qo'lidagi ichimlikni stolga qo'yib o'zi dush tomon kirib ketdi.

:: Keyingi qismida ::

โ€“ Aera to'xta! Gaplarimni eshit!
Taehyung o'zidan ikki uch qadam oldimlab ketayotgan qizni majburan tirsagidan tutib o'ziga qaratdi
โ€“ Menga shunchaki yuz burib ketolmaysan Kang Aera! Bunga haqqing yo'q.
โ€“ Mendan haq talab qilish uchun kimsan? Xotining bo'la turib menga qanday qo'l tekkizganingni tushuntirib shu yo'l bilan o'zingni oqlamoqchimisan? Sen menga yolg'on gapirding Kim Taehyung! Boshqalardan nima farqing bor o'zi anglolmay qoldim?
Qiz deyarli ko'zlarida chiqishga tayyor turgan yoshlari bilan alam yutgancha so'zlar ekan tirsagidan tutilgan baquvvat qo'llar biroz bo'shatilganini sezib undan qo'lini bo'shatib yana yigitga qarata shivirladi.
โ€“ Ortiq qarshimdan chiqma! Seni ko'rishni ham bahonalaringni eshtishni ham istamayman.
Aera shunday deya ortiga o'girilib ko'z yoshlarini artgancha butunlayga ketdi...

***

Tugadi yorobun๐Ÿซ  juda uzoq kuttirganim uchun judayam uyatliman oldilada. Bu qismni negadir yozishga juda qiynaldim. Idea kemay idea kesayam ilhomim qochib...bir nimala boldi xullas. Yoqimli mutolaa ๐Ÿซ ๐Ÿ’‹