January 30, 2025

Qo'limdan tut

Qolimdan tut | 12-qism.

PovHyen: Janob Min chiqib ketgach xonada biroz muddat janob Chon bilan qoldim. Ular menga tushunarsizlik bilan qarar ekan janob Min tomon ketgan eshik tomon qarab qarab qoyardi. So'ng menga tomon "Davom et" degancha xnadan chiqib ketdi. Yolg'iz qoldim. Boshidan bu vazifadan ko'nglim g'ash bo'lgandi. Jin ursin Jihun ham bu kunda kelmaganini! Taom uchun maxsus aravachani tutib mahkam siqimlagancha shu paytgacha o'rganganlarimni yodga olib ularni takrorladim. Avvalgidan qaraganda hayajonim biroz yo'qolgandek bo'ldi biroq boshqa bir restoran xodimi oshpaz taom tayyor bo'lganini mehmonlar kelib mehmonlar oldiga asosiy taomni olib kirish vaqti kelganini aytishi bilan qo'lim dirdirashga tushdi. O'zimni qo'lga olib pastga tushdim. Taomni aravachaga o'tkazib mehmonlar yig'ilgan zal tomon yura boshladim. Yolg'iz emasligim, men bilan birga oshpaz va taomni uzatish uchun oshpaz yordamchisi borligi ichidagi havotirni biroz pasaytirdi lekin bari bir qo'rquv bor.

Mehmonlarning barchasi uzun stol atrofidan o'rnidan turar ekan qo'lida qadah tutib birma bir tug'ilgan kun tilaklarini ziyofatning asosiy sababchisi bo'lmish Min Yoongini tabriklashdi. Hammaning e'tibori qorong'u zalda barcha chiroqlar o'chgan, ammo atrofi chiroqlar bilan yoritilgan taom keltirilayotgan aravacha edi. Birdak qarsaklar bilan zal chirog'i yondi. Bir necha soniya qo'lida aravacha tutgan qiz va uning to'g'risida unga hayratdan qarshisidagi insonning borligiga ham shubha bilan tikilayotgan yigit uchun vaqt butunlay to'xtadi. Ko'z ko'zga tushib ikkisi ham haykal kabi qotib qolishgan. Atrofdagi hech bir ovoz ular yaratgan qobiqqa ta'sir ko'rsatolmasdi. Hyen deyarli ko'zlarida yosh aylanib fikr-u hayolini egallayotgan savollar, gaplarni tiliga chiqarolmasdi. Juda past xatto o'zi ham eshitishi dargumon , ovozda tili uchida shivirlab ko'zida yosh qalqidi. Yigit esa shivirlab arang qizning ismini tiliga chiqara oldi xolos.

Hyen yonida unga ishora qilayotgan qizning gaplaridan so'ng xuddi gipnoz ta'siridan endi chiqqan inson kabi dovdiragancha atrofga nazar tashladi. Qo'llari qaltiragancha pichoqni taomga yo'naltirar ekan boshini bir bir ko'tarib unga hamon yuzida hayratini aks ettirgancha qarab turgan yigitga ko'z tashlardi.

PovHyen: Bir kuni sen bilan qayta ko'rishib qolishni o'ylaganimda bu anchayin boshqacha edi hayollarimda. Bunday holatda uchrashishimizni kutmagandim ochig'i. Xattoki anchadan buyon sen bilan ko'rishishni o'ylamagandim. Biroq shunday bo'ldi afsuski. Eski xotiralarim seni ko'rishim bilanoq hayolimda bong urib butun vujudim bo'ylab xuddi ilon zahri kabi og'riq bilan tarqaldi. Kipriklarim o'z harakatini butunlay unutar ekan ko'zlarim og'riqni sezdi. Yosh to'kishim mumkun emas! Oldingda ojiz ko'rinishni istamayman. Ammo bu mushkul ishdek go'yo.

Hyen qo'lida pichoq tutgancha qarshisidagi insonga tikilar ekan yonida bosh oshpazning qo'lidahi pichoqni kuch bilan tortib olganligi qizning hushini o'ziga keltirdi. O'rtadagi bu vaziyatni hech kim tushunmasada Hyenga boshqa xodim va ish boshqaruvchidan bo'lak yana bir inson hech bir harakatidan ko'zlarini uzmagan holda tikilib turardi. Daqiqalik bu lahzani tushunishga ulgurmay mehmonlarning tug'ilgan kun uchun tabrigi sabab e'tiborini ularga qaratgan yigit yuzida tabassum paydo qilarkan allaqachon maxsus taom oshpaz tomonidan kesilib uni bazm sohibiga tortish kerak edi. Hushi o'ziga to'laligicha qaytmagan qiz qarshisidagi insonning uzluksiz nigohlari tufayli kalovlangancha qo'llari qaltirab sousni taom ustiga quyaman deb ko'zlarini boshqa insonga qaratishi bilanoq xatolikka yo'l qo'ydi.

PovHyen: Jin ursin bu nimasi?! Barchaning nigohi hozir menda. Men esa yig'lab yuborishga tayyor turibman. Qanchalik o'zimni qo'lga olishga urunganim sari ichimdagi qo'rquv bunga imkon bermayotgandek. Bazmni barbod qildim. Ayni damda nima qilayotganimni bilmayapman. Qo'llarim qaltiragancha sousni taom ustiga quyish o'rniga uni to'kib yubordim. Yana bu qandaydir bazm mehmoni emas, janob Min edi. Endi nima bo'ladi?!

โ€“ Meni k..kechiring janob! ( Hijolatomuz ohangda ta'zim qilgancha uzur so'ragan qiz chinakamiga dovdirab qolgandi. Ammo janob Min bu voqeaga jiddiy qaramadi. U faqatgina qizning holatiga qiziqish bilan munosabat bildirdi holos. Shunchaki so'zsiz uni kuzatdi. Hyen esa shunchaki ortiq bu yerda qololmasligini ich ichidan his qilib hech so'z deyolmay zalni yugurgilagancha tark etdi. Atrofdagi sodir bo'layotgan ishlarga butunlay e'tibor bermayotgan birgina insonning nigohlari qizda qoldi. Jungkook ko'rishni kutmagan ammo bir vaqtning o'zida bir paytlar butun bir hayotiga aylanishga ulgurgan sevgilisini ko'riboq atrofni unutdi. O'y fikrlarida aylanayotgan birgina savol: "Nahotki u tirik bo'lsa?!" deya o'ziga qayta qayta berib javob topolmayotgandi.

Sodir bo'lgan ishdan ish boshqaruvchi janob Chon ham bosh oshpaz ham janob Mindan uzur so'ragancha xatolikni tuzatishga urunar ekan qolgan mehmonlar ham hayronlik bilan tikilib qolishdi.

PovJungkook: Ko'zlarimga ishona olmayman. Men shu paytgacha o'ldi deb yurgan insonim xattoki ruhi bilan ham vidolashgan sevgilim tirik bo'lsa?! Adashgan bo'lishim mumkun emas. Aslo! Ammo bu qanday sodir bo'ldi? Shu paytgacha eshitgan gaplarim yolg'onmidi? Dada! Menga bunday qilishingiz mumkun emas. Bo'lishi mumkun emas. Men hammasini aniqlashim kerak. Agar shu kungacha bari yolg'on bo'lib chiqsa sizni aslo kechirmayman dada.
Hayollarim chalkashib ketdi. Men Hyenni topishim kerak. U bilan uchrashishim kerak. Ortiq sabrim chidamay zalni tark etmoqchi bo'ldim ammo Minji haqida butkul unutib qo'yibman. Uning chaqiruvidan keyin yolg'iz emasligim yodimga tushdi.

โ€“ Qayerga ketyapsan Jungkook? (Minji o'rnidan turib ketishga tayyorlanayotgan yigitning chap tirsagidan ushlab chaqirdi.
โ€“ Men birozdan so'ng qaytaman. Meni shu yerda kut!
Qiz javoban bosh chayqab qo'ydi. Yigit katta zaldan chiqishi bilanoq atrofiga bir necha soniya nazar tashladi. Avvaliga zalni aylanib o'tib xodimlar xonasiga, so'ng oshxona tomonga yo'l olib barcha joyni qidirib chiqgach boshqa xodimlar orasidan qidirayotgan insonini topolmagach asabiy sochlarini ortga tarab shivirlagancha uyatsiz so'zlar bilan so'kindi. Natijasiz qaytib zalga kirarkan uni qarshi olgan qiz yigitdagi bezovtalikni ko'rib o'zi ham havotirlana boshladi.

โ€“ Ahvoling yaxshimi? Nimadir sodir bo'ldimi Jungkook? (Minji
โ€“ Yo'q! Shunchaki. Sen yaxshimisan? Ma'zur tutasan Minji. Sen haqingda butkul unutibman. ( Jungkook qizning yelkasidan ushlagancha qizga gapirdi.
โ€“ Ha menda hammasi joyida biroq senda undayga o'xshamaydi.
โ€“ Hammasi joyida. Yaxshisi kettik, ichkariga kiramiz! ( Ortiq yigitni savolga tutishni avfzal ko'rmagan qiz indamay qo'ya qoldi.

*Bir necha soat o'tib*

PovMinji: Yo'lda oynaga boshimni suyagancha atrofni jim kuzatib ketar ekanman negadir Jungkook ham hech so'z gapirishni istamasdi. Unga nima bo'lganini bilmayman lekin bir necha soat oldin umuman boshqa kayfiyatda bo'lgan Jungkook ayni damda juda bezovta ko'rinadi. Hayollari ham parishon. Onda sonda unga qarab qo'yar ekanman endi meni payqadi shekilli nigohlarini menga qaratdi.

โ€“ Nimadir demoqchimisan? ( Jungkook
โ€“ H.haligi ha. U sobiq sevgilimgmi?
โ€“ Nima?! ( Hayrati ikki barobar oshgan yigit butunlay kutilmagan savoldan kalovlanib qoldi.
โ€“ Nima haqida gapiryapsan Minji?
โ€“ Mendan yashirishing shart emas. Aniq ko'rmadim u ammo sen o'shanda kimgadir uzoq tikilib qolding. Men uni tanishing deb o'ylab qoldim.

โ€“ Unday emas.
โ€“ Hmm ( qiz lablarini qimtib yana avvalgi holiga qaytib nigohlarini yigitdan uzdi.
Jungkookning ichidan o'tkazayotganlari faqatgina o'zigagina ayon. Hayollari butkul chalkash. U uchun shu kungacha jumboq bo'lib qolayotgan sanoqsiz savollar mavjud. Ayni damda u shularga javob topishni istaydi. Miyyasidagi barinj tartibga keltirish uchun bo'lib o'tganlari birma bir tartiblamoqda. Ammo yakun bari bir xil. Javobsiz savollar.

*

PovJungkook: Minjini uyigacha kuzatib qo'yib birinchi qiladigan ishim hozirning o'zidayoq dadamdan hisob so'rash bo'ldi.

Jahlimni qancha bosishga urunmay vujudimda vulqon kabi otilib aslo bunga imkon bermasdi. O'z dadam menga bunday qilolmasdi. Meni aldagan bo'lishi mumkun emas. Ammo agar shunday bo'lsa, menga aytgan gaplaringiz yolg'on bo'lsa, Hyenni mendan ayirish uchun bunday tomoshani uyishtirgan bo'lsangiz, qilganlaringiz uchun albatta munosib javob qaytaraman! Aslo buni shundayligicha qoldirmayman!

Ro'lni qattiq siqimlagan yigit gazni bosgancha tezlikni oshirib tez fursatda qo'rg'onga yetib keldi. Yetib kelishi bilanoq mashinadan tushib baqirgancha janob Jeonni chaqirib uyni boshiga ko'tarayozdi.

โ€“ DADA!!! ๐Ÿ—ฃ

Baland ovozdan uchib tushgan Jeon xonim ichida allaqanday qo'rquv bilan ular tomon ko'zlarida olov yongancha kelayotgan o'g'liga hayronlik ifodasi bilan tikilib yaqinlashar ekan onasini e'tiborsiz qoldirgan Jungkook to'g'ri janob Jeonning qarshisiga keldi. Ayolidan farqli o'laroq o'zida hotirjamlikni saqlagancha ichayotgan qahvasini stolga qo'ygan janob Jeon o'rnidan turdi.

โ€“ Bazm yaxshi o'tdimi o'g'lim? Min bilan kelisha oldingmi?
โ€“ Nima? Qanday kelishuv haqida gapiryapsiz? Siz qanday bu ishga qo'l urdingiz? Qanday qilib meni o'g'lib deb atay olyapsiz? Ota shunday bo'ladimi sizningcha?! ( Jahldan qisilgan ko'zlari bilan otasidan javob kutar ekan janob Jeon hamon o'zida hotirjamlikni saqlab turardi.

โ€“ O'g'lim dadangga nimalar deyapsan? ( Ularning suhbatiga aralashgan ayol bir zumda o'g'lining o'lik nigohlariga duch kelib jimib qoldi.

โ€“ Siz ham bilardingiz shundaymi oyi? Ikkingiz boplab meni chuv tushurgansizlar. Yolg'onlaringizga ishontirib meni shuncha vaqt davomida azoblanib yashashimni istagansizlar shundaymi?
โ€“ Jungkook bolam nimalar deyapsan? ( Jeon xonim hamon hech bir gaplarga tushunmay savol berdi.
โ€“ Hyenni menga o'ldi deb ko'rsatgan tomoshangizni aytyapman men!!
โ€“ ...

Jungkook bir talvasa ichida qolgan onasiga bir ichida notinchlik boshlanayotgan dadasiga qaradi. Ammo janob Jeon ayni damda hech bir so'z deyishga qodir emas. Bundan allaqachon savollariga javob topgan Jungkook og'ir nafas chiqarib alam bilan kula boshladi.

โ€“ Ishongim kelmaydi. Demak hammasi rost. Va zarracha ham qilgan ishingiz uchun uyalish hissi yo'q sizda shundaymi janob Jeon?
โ€“ U tagi past qiz hech qachon bu oilaga to'g'ri kelmasdi!

Bir necha soniya otasining so'zlaridan unga tikilib qolgan yigit endi oxirgi so'zni aytish vaqti kelganini tushunib dadasiga yaqinlashdi.

โ€“ Bilasizmi nima dadajon, endi menga bari bir. Hammasidan voz kechaman. Menga boyligingiz, xatto bu lanati familiyangiz ham kerak emas...

Gaplar tugallanmasidanoq yigitning yuziga tortilgan tarsaki ovozi butun uyni tutib ketdi. Ammo bu qaysidir manoda yigit ayni damda kutgan narsa edi. Endi oxirgi qadamni qo'yishi mumkun bo'lgan lahza. Jungkook bunga hech qanday reaksiya bildirmadi. O'sha o'sha sovuq nigohlari bilan otasiga tikilib gapida davom etdi.

โ€“ Bundan buyon men uchun bari ahamiyatsiz. Siz hohlaysizni yoki yo'q men barini ortiga, hammasini o'z holiga qaytaraman janob Jeon. Hyena va menga qilgan qilmishlaringiz uchun javob berasiz hali.

โ€“ Men tirik ekanman sen aslo u tagi past bilan birga bo'lmaysan. Shuni bilib qo'y!

Jungkook ketdi. Ortiq bir marotaba bo'lsa ham ortiga o'girilmay ketdi. Ortidan oyisining o'tinishlariga ham otasining qilgan tahdidlariga ham e'tibor qaratmay qo'rg'ondan chiqib ketdi. Ortidan g'azablangancha qolgan janob Jeon esa nima qilishni bilmay uyoqdan buyoqqa yurar ekan yonida yig'lagancha dod solayotgan ayoliga qarab battar asabiylashardi.

โ€“ Men o'shandayoq Jungkook bu haqida bir kunmas bir kun xabar topishini bilardim. Xatoga yo'l qo'ydik. Eshityapsizmi xato qildik. Bitta-yu bitta o'g'limiz o'sha qiz uchun bizdan, oilasidan voz kechib ketti. Tushunyapsizmi u ketti!!
โ€“ Dodlashni bas qil endi Yangmi! Aytmasang ham sen ko'rgan narsani men ham ko'rdim.
โ€“ Endi nima qilasiz? Uni qanday ortiga qaytarasiz? Balki u qizni endiyam qabul qilarmiz...
โ€“ YO'Q!! ASLO! Men aslo bunday sharmandalikni qabul qilmayman. Jungkook esa hech qachon u bilan birga bo'lmaydi.

โ€“ Unda nima qilmoqchisiz? Jungkook o'zi qaytishini kutasizmi? U judayam qaysar. U qizsiz aslo uyga qaytmaydi.

Janob Jeon tezda telefonini qo'liga olib ayolining gaplarini e'tiborsiz qoldirib tanish raqamlardan biriga qo'ng'iroq qila boshladi. Ko'p o'tmay javob kelgach gapida davom etdi.

โ€“ Hoziroq menga Lee Hyen haqida barcha ma'lumotlarni yerning tagidan bo'lsa ham topib kelasan. U hozir qayerdaligini, qamoqdan chiqgan yoki haliyam o'sha zah bosgan joyida ekanligini. Chiqgan vo'lsa qayerda yashashi xullas hamma hammasi haqida ma'lumot topib kel. Jungkook o'sha la'nati tirikligini qayerdan bilgani haqida ham bilib kel. Har ehtimolga qarshi odamlaringni ham tayyorla. Agar kerak bo'lsa endi uni rostakamiga qora tuproq tagiga tashlang!

Qarshi tomondan tasdiqlovchi xabar kelgach go'shakbi qo'ygan janob Jeon asabiylashgamcha joyiga qayta o'tirdi.

โ€“ Seni ahunday ko'yga solayki jahannam qanday bo'lishiga guvoh bo'lasan Lee Hyen!

*

Soat allaqachon yarim tunga yaqinlashgan. Uyda yuragini hovuchlagancha uyoqdan buyoqqa harakatlanayotgan qiz hech ham bir joyda tinim topmasdi. Taxminan soat oldin unga kelgan xabardan so'ng hech qanaqasiga Hyen bilan xabarlasholmayotgan Jihun allaqachon toqati toq bo'lgandi.

โ€“ Qayerdasan axir Hyen?! Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermaysan?? ( O'ziga o'zi gapirgancha yana bir bor bu safar javob olish umidida qayta qizga qo'ng'iroq qilarkan galdagi bir xil javobni olgancha chuqur uff tortdi. Vaqt ham allaqachon yarim tundan o'tgan ammo Hyendan hamon darak yo'q. Ish boshqaruvchi Chonning gaplariga ko'ra Hyen bazmdan chiqib ketganidan so'ng uni restorandagi rech bir xodim ko'rmagan. Bu gapdan so'ng ichiga yanayam g'ulg'ula tushgan Jihun battar havotirlana boshladi. Kutilmagan eshik qo'ng'irog'idan sapchib tushgan qiz yugurib borib eshikni ochdi. Eshik ortida bir ahvolga kelib qolgan dugonasini ko'rib yig'lab yuboray dedi.

โ€“ Bu nima qilganing Hyen?! Nega hech bir qo'ng'iroq va xabarlarimga javob bermaysan? Bir marotaba bo'lsa ham telefoningga qaradingmi? Nega jimsan?! Gapirsangchi??

Hyen hamon jim. Shunchaki yerdan ko'zini uzmagancha turibdi. Sanoqsiz savollar berib tashlagan Jihun hech biriga javob ololmay battar asabiylashdi. Ammo Hyen ortiq o'zini tutib turolmadi. Yig'lab yuborar ekan buni sezgan Jihun darhol qizni o'ziga tortib dugonasining yuziga tikilar ekan uni bu ahvolda ko'rib ichida to'la havotir va achinishni his qilgan Jihun darhol qizni bag'riga bosdi. Qaynoq quchog'da o'zini his qilgan Hyen ko'z yoshlariga battar erk berishni istadi. Ayni damda unga kerakli bo'lgan, dalda beruvchi yagona narsa. U ham Jihunni qattiq quchoqlab yig'lashda davom etarkan Jihun qulog'iga shivirlagancha qizni tinchlantirishga urinardi.

โ€“ Qani yur, nimalar bo'lganini bir boshidan aytasanmi? ( Uni kichik zaldagi divanga o'tirg'izgan Jihun avvaliga qiz biroz o'ziga kelib olishi uchun suv olib keldi. Hyen titragancha yig'idan biroz tiyilib suvdan bir ho'plam ichar ichmas uni qaytardi.

โ€“ Hyen... Jiddiy nimadir yuz berdimi? Nega bu ahvoldasan? ( Tizzalaridan quchgancha boshini egib olgan Hyenga qarata so'zlayotgan Jihun javob ololmagach ortiq gapirmadi.

โ€“ Yaxshi agar gapirishni istamasang shunchaki yotib dam ol. Biroz tinchlanib olsang keyin gaplashamiz. Hopmi? ( U endigina qizni turishiga undayotgan bir paytda qiz tilga kirdi. Bir nuqtaga tikilgancha gapira boshladi.

โ€“ Jungkookni uchratdim...
โ€“ N.nima?!

:: Keyingi qismda ::

โ€“ Menga hammasini bir boshidan gapirib ber. Bu haqida faqatgina sen ayta olishing mumkun!
โ€“ Men o'shanda qilgan qilmishim uchun qattiq pushaymondaman Jungkook! Meni kechir!

*
โ€“ Meni qo'yib yubor!
โ€“ Seni sog'indim...Judayam qattiq.

*

* Tugadi yorobun. Kamligini bilaman ammo bu ff tugash arafasida atiga bir nechta qism qoldi. Shu uchun aktiv bolasiz degan umiddaman. Kechikkani uchun uzur๐Ÿฅนโค๏ธ Yoqimli mutolaa ๐Ÿซถ

#Xarin
@Gold_fanfics