October 11

Love and Taers

Love and Taers | 15-qism

โ€“ Qizim balki yana o'ylab ko'rarsan? Bunday tavakkal qilishingga sabab nima?
โ€“ O'g'lim! ( Harakatlarini to'xtatgan qiz qat'iy javob bilan ortiga oyisi tomonga burildi. U o'ziga tashvishli nigohlari bilan tikilib turgan ayolni ko'rdiyu og'ir xo'rsinib onasining qo'lidan mahkam tutdi.

โ€“ Oyi! Nimadan tashvishlanayotganingizni tushunib turibman ammo bunga hojat yo'q. Oradan vaqt o'tdi va hamma o'ziga tegishli hayotda yashayapti. Men o'g'lim bunday sharoitda katta bo'lishini istamayman. U eng yaxshisiga loyiq. Men esa bu uchun harakat qilishim kerak! ( Aera onasining yuzini mayin silarkan ikkisi ham ko'zlarini yotoq ustida shirin uyqudagi jajji chaqaloqqa qaratishdi. Misuk xonim og'liga tikilib yuziga tabassum yugurayotgan qiziga qarab tashvishli ohangda so'zladi.

โ€“ Uning otasi... Agar uni uchratib qolsang...unga Ijin haqida aytasanmi? ( Misuk xonimning so'zlaridan so'ng bir nuqtaga tikilib qolgan qiz shu ko'yda biroz turdi. So'ng yuzida soxta tabassum bilan onasiga yuzlandi.

โ€“ Aytganimdek hamma o'z hayotda yashayapti. U ham shunday. Endi esa oyi tayyorlaning tez orada yo'lga chiqamiz! ( Qiz yuzini burib ishida davom etdi. Misuk xonim so'zsiz hop degancha xonadan chiqib ketarkan Aera yuzini yopgancha unsiz yig'lab yubordi. Bolakayni bezovta qilib uyg'otib yubormaslik uchun yuzini burib og'zini berkitdi.

PovAera: Sehun bilan bo'lib o'tgan ishlardan keyin o'g'lim va o'zim uchun eng havfsiz yo'l ketish edi. Koreyaning chekka bir shahrida oyim ikkimiz qiynalsakda yashay boshladik. Aslida homiladorlik vaqtimda oyim qistovi bilan ko'p marotaba Deguga qaytishni o'yladim ammo toki og'lim dunyoga kelmaguncha Taehyung yoki o'sha ablax biln qayta yuzlashish ehtimoli yuqoriligi uchun eng to'g'ri yo'l bu shu yerda qolish bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan biz bu yerga moslashdik. Lienning yordami bilan bu bgona shaharda kichik bo'lsa ham uy topdim. U xatto hozirgacha Seul va Ulsan o'rtasidagi masofa uzoq bo'lishiga qaramay har hafta kelib turadi. Ijin tug'ildi. Avvaliga hozirgi sharoit biz uchun normal edi. Homiladorligim uchun faqatgina oyim ishlardi. Endi esa og'lim tug'ilgach bari o'zgardi. Yetishmovchiliklar o'g'limning kelajagiga salbiy ta'sir o'tkazishini istamayman. Shu sababli Lienning taklifini qabul qilishga rozi bo'ldim. U menga avvalgi ishimga qaytishimni aytdi. Avvaliga bu menda biroz sarosima uyg'otdi. Xuddi oyim singari men ham Seulga qaytganimdan so'ng uni uchratib qolsam, yana hammasi boshidan boshlansa yoki u Ijin haqida bilib qolsachi deb qo'rqardim. To'g'ri xatto hozir ham bu qo'rquv meni tark etmagan. Ammo endi hammasi unday bo'lmasligiga va'da beraman. Mening qora o'tmishim o'g'limga soya solmaydi. U tug'ilgach hayotimda nur paydo bo'ldi. Asta sekin og'riqlarim unutilib jarohatlarim o'rni bitdi. Uni unutdim deyolmayman. Unutmadim. Har safar Ijinga tikilganim sari ko'z oldimda u gavdalanadi. Shirin va alamli xotiralari bilan. Yig'layman-u og'limni quchgancha shirin iforini tuyib yana hammasini unutaman. U endigina uch oylik bo'ldi shunga qaramay shirin tabassumi bor. Mana meni bu hayotda ushlab turgan yagona sabab, mening quvonchim!

Ijin ( bundan sal kichkinadee lekin๐Ÿซ )

*2 KUNDAN SO'NG*

โ€“ Xo'sh, uy senga yoqdimi? ( Katta zal bo'ylab uyning har bir burchagini ko'zdan kechirayotgan qizga yuzlandi Lien
โ€“ Ha yoqdi, juda shinam uy!
โ€“ Hohlasang hozirning o'zidayoq ko'chib kelishingiz mumkun.
โ€“ Yo'qz hozircha bu yerda yolg'iz men yashayman.
โ€“ Nima? ( Tushunqiramay savol berdi Lien
โ€“ Ha, Ijin va oyim Deguda qolishadi
โ€“ Nega? Axir qandaysiga?
โ€“ Ishlarimni iziga qo'yib yana o'ylab ko'raman. Hozircha ular o'sha yerda yashashi yaxshiroq nazarimda.
โ€“ Ijin hali kichkina emasmi? Ya'ni sendan uzoqda bo'lishi. Sen bunga chiday olasanmi?
โ€“ Albatta yo'q. Ammo Ijin qo'shimcha ovqatlar yeya boshladi. Qolaversa dam olish kunlari Deguga qaytaman.
โ€“ Ha unda yaxshi. Mana bu uyning hujjatlari. Boshlang'ich to'lovlar hammasi qoplangan.

Aera Lienning gapidan so'ng bank hujjatlariga ko'z tashlar ekan bir Lienga qarab qo'yardi.

โ€“ Axir nega? Buning hojati yo'q edi Liyee!

โ€“ Buni o'ylama, sen sababli yangi agentlik yangi mijoz bilan katta shartnoma imzoladi. Bu minnatdorchilik yuzasidan qabul qil dugonajon!

Aera savolli nigoh bilan qosh uchirdi.

โ€“ Qanday mijoz? Buni menga nima aloqasi bor?
โ€“ Xvan Suhyok ismli odam. Shaxsan o'zi sen bilan ishlashni istashini aytdi. Sen rozi bo'lganigdan so'ng ertaga u bilan uchrashuv belgiladik. Tush vaqtiga. ( Lienning gaplaridan so'ng hayron qolgan Aera hayolida Xvan Suhyok haqida o'ylay boshladi.

โ€“ Men u odamni tanimayman! ( Ortiga o'girilib hujjatlarni summasiga solar ekan Lienning keyingi javobi sabab yana u tomon o'girildi.

โ€“ Ammo u seni yaxshi tanishini aytdi.โ€Œโ€Œ
โ€“ Nima? Kim bo'ldi u endi?
โ€“ Men bilmayman. Yaxshisi ertaga tayyor bo'l, o'zim seni olib ketaman. Ish bahonasida notanish tanishing bilan tanishib olasan azizam! ( Lien Aera bilan yuz o'ishtirgancha hayrlashib uydan chiqib ketdi.

PovAera: Bu kim bo'ldi ekan endi? O'ylab o'yimga yetolmadim ochig'i. U kim bo'lishidan qat'iy nazar ertangi uchradhuvga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishim lozim, chunki oradan salkam bir yil o'tdi. Ish tajribam avvalgidan ancha sustlashgan. Uy masalasini hal qilish uchun o'zim bilan ayrim narsalarimnigina olib kelgandim. Ertangi uchrashuv uchun mos kiyim va bazi uy uchun kerakli narsalarni xarid qilish uchun yarim kunim shunga ketdi. Kech tushdi. Men esa og'limni sog'indim. Uni ko'rgim kelyapti. Ijinning sog'ligidan havotirim yo'q, oyim hammasini nazorat qiladi ammo men bir hafta o'g'limsiz bu yerda qanday qilib kun o'tkazishim meni ko'proq tashvishlantiryapti. Yaxshisi hozir oyimga qo'ng'iroq qilaman. Balki u hali uxlamayotgandir? Uning ovozini eshtish umidida sabrsizlik bilan raqamni terib chaqiruvni tinglar ekanman nihoyat oyim go'shakni ko'tardi.

โ€“ Hayrli kech oyi! ( Aera biroz g'amgin ovozda so'zladi.
โ€“ Hayrli kech qizalog'im, yaxshimisan?
โ€“ Men yaxshiman oyi, Ijin hali uxlamadimi? Agar uyg'oq bo'lsa ovozini eshtishni hohlayman.
โ€“ Hali uxlamadi. U ham seni sog'ingan shekilli injiqlik qila boshladi ( Aera oyisining so'zlaridan yig'lagancha kulib yubordi. Misuk xonim telefonni keng divan ustida qo'li va oyoqlarini sekin harakatga keltirayotgan nabirasiga yaqinroq olib bordi. Bolakay ham onasini sezgandek uning gaplariga g'ingshigancha ovoz chiqarar ekan past bo'lsa telefon ortidan og'lini his qilgan Aera yoshlarini to'xtatolmadi. Kechagina bag'rida mitti qo'lchalarini quchgancha erkalayotgan og'li bugun undan olisdaligi uni battar qiynardi.

โ€“ Qizim agar hohlasang ertaga biz ham Seulga boramiz. Agar bu senga muammo tug'dirmasa?
โ€“ Albatta muammo tug'dirmaydi oyi, ammo kerak emas. Ishni yangi haftadan boshlayman. Ertaga bir uchrashuvim bor undan so'ng o'zim Deguga qaytaman. Ancha sovuq tushib qoldi, Ijin ko'chaga chiqmagani ma'qul.
โ€“ Yaxshi, sen nima desang shu.
โ€“ Hayrli tun oyijon. Kichkintoyimni o'pib qo'ying, men uchun!
โ€“ Senga ham hayrli tun qizim!

*ERTA TONG*

Kimlar xonadoni. Odatdagi kun. Hyejin xonim birma bir oila a'zolarini dasturxon atrofiga joylashtirar ekan deyarli hamma jamuljam edi birgina Taehyungdan tashqari. Aslida Taehyung anchadan buyon oila a'zolari bilan birgalikda nonushta qilmaydi. U deyarli bu uyda yashamaydi ham. Hyejin xonim bilan bo'lib o'tgan ishlar sabab shunday. Faqatgina bazida tog'asi janob Yunxi oila a'zolari bilan kechlik uchun tashrif buyurgandagina kelardi xolos. Bu holatda ham kechlikdan so'ng uyda qolmasdi. Bu narsaga deyarli hamma ko'nikib qolgan birgina janob Yunxidan bo'lak. Janob Yunxi bo'sh qolgan jiyanining joyiga nazarini qaratib jahl bilan sanchqini tashlab yubordi.

โ€“ Opa bu qachongacha davom etadi?! ( Jahl bilan aytilgan gaplardan dasturxon atrofida o'tirgan Sarang ham Suhyon ham ajablanish bilan bir janob Yunxiga bir ukasining gaplarini pinagini ham olmay hotirjam nonushta qilayotgan ayolga qarab qolishdi.

โ€“ Aynan nima haqida gapiryapsan Yunxi?
โ€“ Juda yaxshi tushundingiz nazarimda! Taehyungning bunday yurishi bu yaxshi emas.

โ€“ Qachonki bu qiz uyimizdan ketsa balki ukajonim orqaga qaytar? ( hammaning nazari beparvo, yuzini burmasdan nonushta qilayotgan Suhyonga qaratildi.

Hyejin xonim ajal nigohlari bilan qiziga qarab unga yuzlanar ekan Suhyon tezda javob qaytardi.

โ€“ Nima oyi?! Axir rost emasmi? Siz o'sha qizni qabul qilmaganingiz uchun Taehyung shu ahvolga tushdi. Shu qiz sabab u xatto o'z uyiga kelishni ham hohlamaydi. ( Suhyon oshkora gaplarini qarshisida g'azablanib qo'lidagi stakanni siqqancha o'tirgan Sarangga qarata so'zladi. Buni sezgan Suhyon lab uchida kulib qo'ydi.

โ€“ Sarang qizim, xonangga chiqishing mumkun! ( Janob Yunxi qizning oldida bu kabi gaplarni muhokama qilishni istamay uni xonasiga chiqarib yubordi.

โ€“ Aslida Suhyon haq opa! Hammasini shunchaki Taehyungning o'ziga qo'yib bering. U nima qilayotganini juda yaxshi biladi.
โ€“ O'sha yalangoyoq qizni uyimizga olib kelib tinchimiz buzilishiga yo'l qo'yib beraymi? Taehyung Sarang bilan ajrashib u qizni uyimizga yetaklab kelsayu bu haqida Xvanlar xabar topgudek bo'lsa nima bo'lishi mumkunligini o'ylayapsanmi? Ular buni shunchaki tashlab qo'yishadi deb o'ylaysanmi?
โ€“ O'g'lingiz ham buni shunchaki tashlab qo'ymaydi. ( Ensa qotirgancha so'zladi Suhyon
โ€“ Sen jim bo'l! Aqling yetmaydigan narsalarga bosh suqma qizim!
โ€“ Dadam va Jinxyonning ahmoqona kelishuvini deb ukamni xarob qilyapsiz oyi, shuni bilib qo'ying! ( U shunday deya jahl bilan keskin stolni surib ovqatlanish zalidan chiqib ketdi. Ortidan esa g'azablangan Hyejin xonim uning ismini chaqirgancha qoldi.

โ€“ Qizni tinch qo'ysangizchi axir!
โ€“ Yunxi, bugun kompaniyaga bor. Taehyung bilan biroz suhbatlash. Balki uyga qaytishiga ko'ndirarsan?
โ€“ Opa! Nega tushunmaysiz? Taehyung o'z qarorlarida qat'iy. U Sarangni sevmaydi. Yosh qizni ham behuda vaqtini sarf qilyapsiz.
โ€“ Bilmayman. Nima qilishni bilmayman Yunxi ( ayol g'amginlik bilan gapirib qo'llarini qovushtirdi.

โ€“ Balki o'rtada bola bo'lmaganligini sabab qilib ko'rsatib bu nikohni to'xtatarmiz? Hech kim hech narsadan xabar topmaydi. Keyinchalik vaqt o'tib hammasiga unutilganda Taehyung u qiz bilan qayta munosabat quradi.

Ayol hayollari bilan birga uzoq o'ylanib qoldi. Oradan o'tgan vaqt ichida o'g'li bilan deyarli bir marotaba bo'lsa ham ona og'ildek dildan suhbat qurmagandi. Qaysidir ma'noda o'g'ligiga qilgan ishi unga anchayin qimmatga tushdi. Balki rostan ham unga ishongani ma'quldir? Unga ishonib hammasini o'z holiga qo'yib bergani eng yaxshi qaror bo'lar?!


โ€“ Menga yoqdi, sur'atdagi singari ko'rinishni bazmda ham ko'rishni hohlayman.
โ€“ Yaxshi janob, ishchi guruhlarimiz hoziroq ishni boshlashadi. Binoning 3d maketi ham tayyor bo'ldi. Ko'rishni istaysizmi janob Kim?
โ€“ Hojati yo'q. Hammasi tayyor bo'lganda xabar bering. Ketishingiz mumkun! ( Taehyung sovuq ohangda majlisga yakun yasab xomadan chiqar ekan ortidan esa hayron qolgan xodimlar bir biriga qarab qolishdi. Tezda ortidan kelgan Nai esa u bilan birga xonaga kirib xonanining bir burchagida maxsus ichimliklar turadigan javon yoniga kelgan yigitga yaqinlashib gap boshladi.

โ€“ Taehyung, ahvoling yaxshimi?
โ€“ Ha, nega so'rayapsan? ( Ichimlikni qo'liga olib divandan joy olib oyoqlarini chalishtirgancha oldida kalovlanib turgan qizga yuzlandi.

โ€“ Bilmasam, negadir kayfiyating yo'qdek. Bugun.
โ€“ Bugun? Men har doim shunday edim.
โ€“ H..ha ha shunday aslida. Shunchaki kompaniyaning o'n yilligi munosabati bilan uyishtirilayotgan bu bazm sen uchun muhum deb o'ylardim. Negadir e'tiborsizdeksan! ( Nai kichik qadamlar bilan yigit tomon harakatlandi.

โ€“ Nai nima demoqchisan? Menda hammasi joyida, havotirga hojat yo'q! ( Ichimlikdan ichgancha uni stol ustiga qo'yib qizga qarata so'zladi. Ters javobdan yanayam kalovlangan qiz biroz muddat nima deyishini bilmasdan turib qoldi, so'ng yanayam yaqinlashib yigit yonidan joy oldi.

โ€“ Agar istasang, bugun qayergadir boramiz? Shusiz ham oxirgi paytda juda ko'p ishga ko'milib ketting! Biroz ko'ngil yozardik ( Nai yigitning bilagiga qo'lini qo'ygancha nigohlarini birlashtirib undan javob kutdi.

To'satdan eshikdan kirgan inson ikkisining ham e'tiborini tortdi. Nai tezda qo'lini yigitdan uzib hayron ifoda bilan ularga tikilib turgan Jiminni kutib oldi.

โ€“ Jimin? Xush kelibsan sevgilim! ( Yuzida tabassum bilan yigitini quchib olgan qiz unga chimirilgan qoshlar bilan tikilgan yigitning nigohlaridan qochishga urindi. Jimin Taehyung bilan salomlashib o'rindiqdan joy oldi.

โ€“ Nima haqida qizg'in suhbat qurayotgandingiz? Mensiz!
โ€“ Bazm haqida! ( Ta'kidladi Nai yigitiga javoban kulib.
โ€“ Ha chunarli ( endigi nigohlarini Taehyungga qaratgan Jimin uning gapirishini kutdi.

โ€“ Jimin balki dam olish kunida biror yerga borarmiz?! ( Nai
โ€“ Ikkimizmi? ( U kichik tabassum bilan sevgilisiga yaqinlashar ekan Nai o'zini ortga oldi.
โ€“ Yo'q albatta. Taehyung ham borishi mumkun.
โ€“ Borishi mumkunmi yoki borishi shartmi?!
โ€“ Jimin ~
โ€“ Taehyung, sen nima deysan?
โ€“ Ikkingiz boravering, meni ishlarim bor. ( U beparvolarcha o'rnidan turib ish joyiga o'tirdi.

โ€“ Yaxshi. Hohishing!


PovAera: Barcha ishlarimni yakunlab tushga yaqin uchrashuv uchun tayyorgarlik ko'rdim. Lien ham yigirma daqiqada kelishini aytib xabar ham jo'natdi. Undan oldin esa o'g'limni ko'rish uchun video qo'ng'iroq orqali oyim bilan gaplashdim. U tez katta bo'layotgandek nazarimda. Ikki kun ham bo'lmadi ammo men allaqachon uni sog'indim. Ijinga havoda o'pich yo'llab hayrlashdim-da go'shakni qo'ydim. Bu orada Lien ham keldi. Yo'lga chiqib qisqa muddatda kerakli manzilga keldik. Ofisga kelib unga nazar tashlar ekanman bu yerga ilk bora kelishim. Ular bilan oldin birga ishlaganman deb aytolmayman. Unda uchrashuv belgilagan odam meni yaxshi tanishini aytgani hammasidan ham ajablanarli. Ofisga kirishimiz bilan bizni bir xodim kutib oldi. Uning ortidan ergashib direktor xonasigacha bordik. Xonadan qaytib chiqqan kotiba kirishimiz mumkun ekanligini aytib bizni xona ichkarisigacha kuzatib qo'ydi.
โ€“ Hayrli kun Kim xonim! ( Xonaga kirib kelgan mehmonlar uchun o'rnidan turgan yigit iltifot bilan qiz bilan salomlashar ekan ularga o'tirish uchun joy ko'rsatdi.

โ€“ Nihoyat sizlar bilan uchrashishga muvaffaq bo'ldi. Ochig'i bu uchrashuvni intiqlik bilan kutgandim Lien xonim.
โ€“ Biz ham albatta! Agentligimiz ancha vaqtdan so'ng qayta ishga tushgandan so'ng ochig'i taklifingiz ayni muddao bo'ldi janib Xvan. ( Lien
โ€“ Bir ish hamkorimiz bilan ishlaganingizni eshitdim. Menga ishingiz juda yoqdi. ( Yigit tabassum bilan nigohlarini Aera tomon ko'chirdi.

โ€“ Eshtishim bu loyiha sizga tegishli bo'lgan ekan Aea xonim

Aera biroz hayrat aralash ifoda bilan yigitga tikildi.

โ€“ Aynan qaysi lohiya? ( Aera

โ€“ RGips bilan qilingan rejlama g'oyasi ajoyib bo'lgan!
โ€“ Ha tushunarli.
โ€“ Siz va agentligingiz bilan ishlashni hohlashimning sababi ham shu aslida. Menga shunday g'oyangiz yana kerak Aera xonim! ( Yigitning gaplaridan ikki qiz bir biriga tikilar ekan Aera qayta savol bilan yuzlandi.
โ€“ Y..yaxshi! Nima sohada biznes yuritasiz janob Xvan?
โ€“ Kompnaiyamiz Xalqaro logistika bilan shug'ullanadi.

Undan kerakli ma'lumotlarni olib u istayotgandek loyiga uchun reja tuzdik. Lekin meni ajablantirgan narsa bu odamning o'zini tutishi bo'ldi. U meni tanishini aytganda hayron qolgandim. Ish yuzasidan uchrashgan kimdir deya taxmin qilgandim biroq bu mutlaqo begona inson. Ammo men bilan xuddi yaqin tanishidek muloqot qiladi. Yana har bir gapimda xuddi mendan kamchilik topgandek gap qo'shishi ortiqcha edi. Ensamni qotirgancha gapimdandavom etaverdim.

โ€“ Demak ketishdik?!
โ€“ Sizga yana munosib variantlarni taqdim qilamiz janob Xvan. Ungacha esa ko'rishguncha deb qolamiz! ( Lien Suhyok bilan hayrlashar ekan yigit navbat Aeraga kelganda uning qo'lidan tutdi.

โ€“ Kelasi safar sizdan yanayam yaxshiroq g'oyalar kutaman Ms Aera!
Aera javoban soxta tabassumni yuziga chiqarib yigit bilan hayrlashdi.

โ€“ Albatta! Yaxshi qoling! ( U shunday deya Lien bilan direktor xonasidan chiqib ketdi. Ular chiqishini kutib turgan yigit kulib yubordi. O'rnidan turib hali tugatilmagan ichimlik quyilgan qadahni qo'liga olib ayyorona tabassum bilan shivirladi:

โ€“ Deyarli qo'limga tushding Kim Taehyung!

*FLASHBACK ( Taehyung Aera bilan uchrashgandan keyin uyga qaytgan kecha)

Taehyung ichidagi bor g'azabini sochgancha xonadan chiqib ketarkan ortidan baqirgancha qolgan Hyejin xonim-u tog'asining gaplariga ham parvo qilmasdan to'g'ri o'z xonasiga chiqib ketdi. Bir necha daqiqa o'tar o'tmas ortidan kirgan qiz kerakli buyumlarini yig'ishtirayotgan yigitni ko'rdi-yu so'zsiz ostonada turib qoldi.

โ€“ Nimalar qilyapsan Taehyung? Ketmoqchimisan? ( Sarang
โ€“ Ha, bir necha kunga. ( Javob berdi yigit u tomon qaramasdan. Birdan harakatdan to'xtagan yigit qiz tomon o'girildi.

โ€“ Gaplashib olishimiz kerak Sarang! Bu muhim! ( Yigit biroz horg'in ovozda so'zladi. Qiz bosh chayqab rozilik bergach qiz yigitga yaqinroq kelib divanga o'tirdi. Bir nuqtaga tikilib qolgan Taehyung biroz muddat shu ko'yda turdi. So'ng unga tushunarsizlik bilan tikilayitgan qiz tomon o'girilib gap boshladi.

โ€“ Balki hammasini biroz avval eshitgandirsan yoki yo'q ammo buni o'zingga aytishim shart.
โ€“ Nimani nazarda tutyapsan?
โ€“ Sarang, meni hayotimda allaqachon boshqa biri bor va buni hech narsa hech qachon o'zgartirmaydi. Biz ajrashishimiz kerak. ( Sarang hech qanday reaksiyasiz yigitga tikilib turaverdi. Qanday javob berishni hayolida o'yladiyu ammo so'zsiz qoldi.

โ€“ Ertaga advokat ajrim qog'ozi bilan keladi. Imzo qo'y. Shusiz ham ikkimiz bu soxta nikoh qachondir tugashini bilardik. Dadangga keladigan bo'lsak undan havotir olma! Seni o'zim himoya qilaman. ( Yigit gapirish bilan birga o'ng qo'lini qizning qo'llari ustiga qo'yib mahkam ushladi.
โ€“ Nima bo'lganda ham qaroringni hurmat qilaman. Yaxshi, imzo qo'yaman. Agar boshqa gaping bo'lmasa men boray! ( Sarang orqa o'girib turib ketmoqchi bo'ldi biroq yigit uni to'xtatib qattiq quchog'iga oldi.

โ€“ Bunday bo'lgani uchun afsusdaman.
โ€“ Afsuslanishning hojati yo'q. Shunday bo'lishi kerak edi. ( Qiz yigitning quchog'idan chiqib yuzma-yuz tikilib so'zladi. Yigit tasdiq ma'nosida bosh chayqab ikkisi ajralishdi.
โ€“ Yaxshi qol! ( Taehyung biroz avval yig'gan kerakli buyumlari solingan sumkani olib xonadan chiqib ketdi. U ketishi bilan ko'zida aylangan yoshlarni artgan qiz o'ziga o'zi shivirladi.

โ€“ Uni tanlaganing uchun qattiq afsuslanasan Taehyung!

*ERTAS KUNI*

PovSarang: Taehyung ketgandan so'ng erta tongdan u aytgandek advokat ajrim qog'ozi bilan uyga keldi. Ammo hammasi bunday tugamaydi. Osonlikcha taslim bo'ladigan ahmoq yo'q. Hyejin xonim advokatga mening o'rnimdan rad javob berdi. Buning uchun uning oldida biroz ro'l o'ynashimga to'gri keldi. Endigi navbat esa o'sha suyuqoyoqni erimdan uzoqlashtirish uchun harakat qilishim kerak. Bu haqida butun tun o'ylab chiqdim. Avvaliga bu eng noto'g'ri yo'ldek ko'rindi. Birgina shu qizni yo'q qiliah uchun Taehyungning ham hayotini xafvga qo'yardim. Ammo bir tomondan esa bundan boshqa ilojim ham yo'q. Bu ishni o'zim qila olishimga shubham bor. Shu sababli akamga yuzlanishga to'g'ri keladi. Oyim orqali dadam uyda yo'qligini bilib o'z uyimga keldim. Akam har doimgidek o'z "ishi" bilan band. U xonaga men kelganimni ko'rib biroz anqaygancha turib qoldi. Men esa toki buni to'xtatmaguncha eshik oldida turaverdim. Suhyok giyoxvand moddaning hidini hushlamasligimni juda yaxshi biladi shu sababli zudlik bilan ko'z oldimda stol ustidagi bazi narsalarni chetga olib o'zini tartiblab kelishimga ishora qildi. Yoqimsiz hid butun uyni tutib ketgan. Bu ish bilan dadam o'n yildan ortiq vaqt davomida shug'ullanadi. Akam dadamning qo'l ostiga kirib ishlarini o'z bo'yniga olgach bu ohuga o'tirib qoldi. Shundan buyon tinimsiz qabul qiladi. Uning qarshisiga kelib tikilib turdim toki u menga e'tibor qaratmaguncha.

โ€“ Nega kelding? ( Qiz tomon o'girilmasdan gapirdi.
โ€“ Gaplashib olishimiz kerak aka! ( Endi yigitning savolli nigohi qizga ko'char ekan Sarang zudlik bilan akasining yoniga joylashib gapida davom etdi.

โ€“ Menga yordamingiz zarur. Buni sizsiz uddalay olmayman.
i.

โ€“ Qanday? ( Yigit o'zida sovuqqonligini yo'qotmagan holatda gapirishda davom etarkan qiz u tomon kichik faylni surib undan javob kutdi.

Faylga nazar tashlab uni ochishga tushdi. Ichida bazi bir suratlar va shaxsiy malumotlar bo'lgan hujjatlar bor edi. Yigit siratlardan birini olib unga nazar tashladi.

โ€“ Bu kim?
โ€“ Uni o'ldiring! Bu qo'lingizdan keladiku axir? ( Tezlikda ochiqdan ochiq gaplarini aytib yuborgan qiz yuzida hech qanday reaksiyasiz akasiga tikildi javob kutgancha.

โ€“ Sarang aqldan ozdingmi? Bu kim va uning senga nega kerak? ( Chimirilgan qoshlar singlisiga qaradi.
โ€“ Shunchaki aytganimni qiling. Men uchun.

Yigit hech qanday javobsiz qayta suratga tikildi.

โ€“ Avval menga buni nega hohlashingni ayt! Keyin buni qilish yoki qilmaslik haqida o'ylab ko'raman.

Qiz asabiylashgancha o'rnidan turib yuzini yigitdan burdi. Yigitning yuzi singlisining hatti harakatidan biroz tundlashib qoshlarini chimirdi.

โ€“ Sizga sabab nega kerak? Shusiz ham bir insonni sababsiz o'ldirgansiz yana shunday qilsan...

โ€“ Menga qara! ( Yigit chaqmoq tezligida o'rnidan turib Sarangning bo'ynidan bug'gancha uni devorga tirar ekan gaplari yakunlanmasi kesib tashladi. Unga yaqin kelib g'azabdan qisilgan ko'zlari bilan uni yanayam qattiqroq siqib tishlari orasidan vishilalladi.

โ€“ Ortiqcha gaplaring bilan jahlimni chiqaryapsan Sarang! Senga savol berdim. Bu qiz bilan nima aloqanv bor seni?!
โ€“ A..aka! Qo'yib yuboring! ( Titroq va bo'g'iq ovozda gapirar ekan nihoyat Suhyok uni qo'yib yubordi. Qattiq yo'talgancha egilib qolgan Sarang bo'ynini ushlab akasiga yuzlandi.

โ€“ Taehyung men bilan shu qiz sabab ajrashmoqchi.
โ€“ Nima? Sen nimalar deyapsan o'zi? Men hoziroq u ablaxni burdalab tashlayman! Bunga qanday haddi sig'di?! ( Yigit qonga to'lgan ko'zlari bilan qizga yuzlanib qo'lini musht qildi. Qizni chetlab o'tib ketmoqchi bo'lganda qiz uni to'xtatib qoldi.

โ€“ Unday qilmang aka! Taehyungning bunda mutlaqo aybi yo'q.
โ€“ Aybi yo'q deganing nimasi? Oilali erkak bo'la turib o'ynash orttirishga, seni aldashga qanday haddi sig'di uni? U kim bo'libdiki meni singlimga xiyonat qiladigan?
โ€“ Aka to'xtang! Agar hozir jahl ustida unga nimadir qilib qo'ysangiz men qiynalaman tushunyapsizmi? ( Sarang yig'lagancha akasining quchoqladi. Yelkasiga suyanib gapida davom etdi.

โ€“ Men Taehyungni sevaman aka, juda qattiq. Bor vujudim bilan. Undan ayrilishga esa chidolmayman. Siz qilishingiz kerak bo'lgan ish esa o'sha qizni gumdon qilish. U yo'q bo'lsa Taehyung ham ortiga qaytadi.
โ€“ O'zingga qanday taqdirni ravo ko'rayotganinga qara! U seni sevmaydi. Buni tushunishinh kerak singiljon. Men esa ikkisini ham jahannamga ravona qilaman! ( Yigit qizni o'zidan itarib uni divanga irg'itib yubordi. So'ng suratlardan birini qo'liga olib xonadan tezlikda chiqib ketdi. Ortidan uni chaqirib qolgan Sarang boshini ushlagancha baland ovozda yig'lab yubordi.

***

Tugadi yorobun ๐Ÿซ . Oldingi qismlaridan bu qismni ko'proq yozdim๐Ÿ™‚โ€โ†•๏ธ aktiv bosela keyingi qismni bu darajada uzoq kuttirmiman๐Ÿ™‚โค๏ธ

#Xarin
@Gold_fanfics