Love and Taers
โ Oyi, qulupnay esingizdan chiqmadi shundaymi? ( Aera qiziquvchanlik bilan telefon dinamikasini yoqib savoliga javob kutib sarg'aygan gul barglarini tozalagancha ishida davom etdi.
โ Eng avval shuni sotib oldim. Nabiram uchun.
โ Yaxshi, unda tezroq qayting. Men ishimni deyarli yakunladim.
โ Yarim soatda uyda bo'laman, sen tayyorlanib tur.
โ Aera ( Ortidan kelgan ovozdan bir muddat joyida qotib qolgan qiz telefon ortidan kelayotgan ovozga ham e'tibor qaratmadi. Butun tanasi muz qotgandek o'tirgan joyidan bir zum ham jilmayotgan qiz asta o'ziga kelib qaddini ko'tardi.
โ Aera! ( Yigitning qat'iy ovozi, shu bilan birga u tomon yaqinlashayotgan qadam tovushlari qizni xushiga qaytarib yigit tomon qarashiga majbur qildi. Taehyung harakatini to'xtatib unga yuzida hayrat bilan tikilib turgan sevgilisiga termuldi. Aera uchun kutilmagan uchrashuv.
โ Jin ursin axir, hech bir xabarsiz, izsiz qanday yo'qolishi mumkun?! Aqlimga sig'maydi ( yigit javobsiz qo'ng'iroq tufayli asabiylashib telefonni jahl bilan ish stoliga uloqtirar ekan o'rnidan turib ketdi.
โ Tinchlansangchi Tae!
โ Qanday qilib tinchlanishim mumkun Jimin? 2 kundan buyon u yo'q. HECH QAYERDA!
โ Ish joyidan so'radingmi? Ha aytgancha, kim ediya birga ishlaydigan dugonasi.. ismi yodimdan ko'tarildi.
โ Lien ( asabiy peshonasini ishqaladi yigit yerga qarab
โ Ha o'sha Liendan so'radingmi? Hech bo'lmasa u bilishi kerak deb o'ylayman.
โ U bilmaydi. Yoki bilsa ham aytmayapti.
โ Degudagi uyichi? U yerda faqat oyisi yashardi balki u o'sha yerdadir? ( Taehyung orqa o'girib u shunchaki ortiqcha ta'kidlarsiz beparvolarcha aytayotgan yigitga qaradiyu jimib o'yga botdi.
โ Jin ursin bu hayolimga kelmagandi ( ish stoliga qo'lini qattiq tirab egilgancha so'zladi yigit jahldor ohangda
โ Taehyung, u nega bu tarzda sendan ketganini hech o'ylab ko'rmadingmi?
โ U hali ketmadi, ketmaydi ham! ( Qat'iy ta'kidlovchi ohangda so'zlab jahldan qisilgan ko'zlarini do'stiga niqtadi
โ Yaxshi savolni o'zgartiraman. U nega hech qanday xabarsiz yo'qolib qoldi. Telefoni butunlay o'chganini hisobga olsam muammo sen bilan bo'lgani aniq.
โ Aslida bunga birgina taxmin bor menda ( Taehyung og'ir xo'rsinib joyiga joylashar ekan savol nigohi bilan tikilib turgan do'stiga nazarini qaratdi.
PovAera: Oradan oz bo'lsa ham vaqt o'tgani sabab ortiq bu ovozni qayta eshitmayman deb o'zimga qat'iy va'da bergandim. U bilan o'tgan hammasini ortga tashlab yangi, usiz tinch hayotda yashash uchun uzoqlashdim ammo yana shu yerdasan, yonimda. Nega? Bir muddat u bilan qayta yuzlashishimni o'ylab joyimda qotib qoldim. Hozir unga aytishim kerak bo'lgan gaplarimni miyyamda tartiblamoqchi bo'ldim ammo kelgan galdagi ovoz va men tomon yaqinlashayotgan qadam tovushlari tufayli ortimga qarashga majbur bo'ldim. U qarshimda, mendek hayrat bilan tikilib turibdi. So'zsiz qoldim. Ikkimiz ham. Xuddi ko'zlar orqali suxbatlashayotgandek bir birimizga tikilib qoldik. Ammo u yana harakat lga kelib men tomon yurib kela boshladi. Men esa aksincha undan uzoqlashmoqchi bo'ldim.
โ S..sen ( Qiz dirdirgancha ortga tisarila boshladi ammo soniyalar ichida u tomon yaqinlashayotgan yigit uni qattiq quchog'iga oldi. Gaplari bo'lingan ko'yi jimib qolgan qiz yigitni o'zidan itarmoqchi bo'ldi biroq har harakat qilgan sari qizni qattiq bag'riga bosayotgan yigit hech bir gapga e'tibor bermay qizning sochlariga yuzini ko'mib shirin iforidan to'yib hidladi.
โ Seni sog'indim! Judayam. ( Yigit qizni quchog'idan bo'shatib qizning bir juft mayuslashib, yoshlanishga tayyor turgan qizning ko'zlariga qarab uzun kaftlari bilan qizning yuzini o'radi.
โ Gaplashib olishimiz kerak Aera. Senga aytishim kerak bo'lgan gaplarim bor va bu juda muhim!
โ Sen qanday odamsan o'zi a? Bu yerga kelib menga gapirishga qanday hadding sig'di? Bunga qanday yuzing chidayapti? ( Qiz jahldan qisilgan ko'zlari bilan yigitga qarab kaftlarini yuzidan siltab tashladi. Bu harakatlarning asl sababini tushunmagan yigit tushunarsizlik bilan qizga qarab qoldi.
โ Aera nimalar deyapsan?
โ Nima deyapman? Tushunmadingmi? Hah ajoyib! ( Qiz alamli kulimsirab yigitdan uzoqlashdi.
โ Gaplashishimiz kerak dedim!
โ Men esa seni eshitishni hohlamayman deyapman!
โ Aera to'xta! Gaplarimni eshit! ( Qiz yigitni o'zidan yanayam itarib oldinlab ketmoqchi bo'ldi biroq tirsagidan tutilgan baquvvat qo'llar sababli harakatdan to'xtadi. Bir zum yigit o'ziga nisbatan nafratni aks ettirib turgan qizning ko'zlari bilan to'qnashdi. Unga bildirilayotgan munosabatdan o'zi ham qattiq asabiylashayotgandi.
โ Menga shunchaki yuz burib ketolmaysan Kang Aera! Bunga haqqing yo'q. Eshtishing kerak
โ Mendan haq talab qilish uchun kimsan? Xotining bo'la turib menga qanday qo'l tekkizganingni tushuntirib shu yo'l bilan o'zingni oqlamoqchimisan? Men hammasidan xabardorman. Sen menga yolg'on gapirding Kim Taehyung! Boshqalardan nima farqing bor o'zi anglolmay qoldim?
Qiz deyarli ko'zlarida chiqishga tayyor turgan yoshlari bilan alam yutgancha so'zlarkan tirsagidan tutilgan baquvvat qo'llar biroz bo'shatilganini sezib undan qo'lini bo'shatib yana yigitga qarata shivirladi.
โ Ortiq bu yerga kelma! Men bilan gaplashib nimanidir tushuntirishga aslo harakat qilma. Seni ko'rishni ham gaplaringni tinglashni ham istamayman. Hammasi tugadi!
Aera shunday deya ortiga o'girilib ko'z yoshlarini aytgancha uyga kirib ketdi. Eshikka suyanib tizzalarini quchgancha o'tirib olgan qiz qo'li yordamida og'zini berkitib unsiz yig'lay boshladi.
Taehyung bir daqiqa eshitgan gaplari ta'sirida qoldi. Tezda xushi o'ziga qaytgan yigit eshikka qattiq ura boshladi.
โ Aera eshikni och! Iltimos qilaman, tushuntirishimga imkon ber. Hammasi sen o'ylagandek emas.
โ .... ( Ovoz kelmadi, bir muddat eshikka boshini tiragancha jim turgan yigit past ovozda davom etdi.
โ Haliyam shu yerda ekanligingni bilaman, sezyapman. Aera menga bunday qilma, tushuntirishimga imkon ber...oxirgi martta!
โ Ket! ( Sukunanti qizning yig'i aralash ammo qat'iy chiqqan ovozi buzdi.
โ Men yetarlicha imkon berdim, senga ham o'zimga ham. Ortiq buni hohlamayman. Ket!
โ Ketmayman! Sendan ham voz kechmayman. Hammasini to'g'irlayman. Eshityapsanmi? Bizning qissamiz bu tarzda yakunlanmaydi.
Gaplarini yakunlagan yigit avvaliga eshik ortidan ovoz kelishiga umid qilib biroz muddat jim turdi biroq natija bo'lmagach uydan chiqib ketdi.
Katta tezlik bilan mashinani harakatlantirayotgan yigit hech kimga hech narsaga qaramay bir nuqtadan ko'zini uzmasdi. Vujudida qaynayotgan g'azab mashina ro'lini qattiq siqimlaganidan, natijada tomirlari bo'rtib chiqqanidan ham yaqqol sezilib turardi.
" โ Demak u bilan ko'rishmagansiz?
โ To'g'ri men munosabatingizga qarshiman lekin shunday bo'lsa ham bir qiz uchun o'z oyingdan shubha qilayotganingga ishongim kelmayapti o'g'lim ( Hyejin xonim sokin tonda ammo ovoz ohanggida asabiylikni yaqqol sezdirib gapirar ekan, ayolning javobidan ajablanmagan yigit oyisining tizzasiga cho'kkalab tinchlantiruvchi ohangda so'zladi.
โ Bir qiz emas, Aera. Garchi u haqida bilar ekansiz yashirishdan foyda yo'q oyi. Niyatim jiddiy, Sarang bilan ajrashaman. Shusiz ham bu nikoh faqatgina kelishuv asosida tuzilganini yaxshi bilasiz, shundaymi? Aera esa men hayotimga kiritishim mumkun bo'lgan yagona qiz. U tez orada oilamiz a'zosiga aylanadi va siz ham buni qabul qiling oyi. Ortimdan ish qilmasligingizni yaxshi bilaman va sizga ishonaman ( U oyisining peshonasidan kichik o'pich qoldirib o'zi xonadan chiqib ketdi.
*
" โ Oyim bunday qilolmasligini bilaman, Jimin. Undan bekorga shubha qildim.
โ Men aniq buni oying qilgan demoqchi emasman. Ammo bir necha kun oldin o'zing hu haqida aytganding. Shunchaki Hyejin xonimning Aera haqida xabar topishi va Aeraning to'satdan g'oyib bo'lishi ketma ket sodir bo'ldi. Bu sen uchun shubhali emasmi?
โ Yo'q, bo'lishi mumkun emas. Bu yerda boshqa sabab bor. Balki oyisining tobi qochgandir yoki qandaydir muammo... ( Yigit asabiy kreslosini tebratdi.
Bir necha kungi suxbatni yodiga olarkan asabiylashib rulga musht tushirgancha mashina salonini baland ovoziga to'ldirdi.
โ Katta xatoga yo'l qo'ydingiz oyi! Katta xatoga! ( Shivirladi yigit mashina tezligini yanayam ko'tarib.
PovAera: Tizzamga boshimni qo'ygancha shu holimda uxlab qolibman. Qancha vaqt shu holda qolganimni bilmayman yig'idan ko'zlarim shishib ketganini qattiq og'riqdan sezdim. O'zimga kelib soatga qarar ekanman allaqachon tush bo'lgan ammo oyimdan hamon darak yo'q. Bu paytda oyim allaqachon uyga qaytgan bo'lishi kerak edi. Taehyung bilan bo'lgan suxbatni eslab yuragim yana bezovtalana boshladi. Qanday sababi bo'lishidan qat'iy nazar u meni aldamasligi kerak edi. Yo'q. Bularning hammasi bir bahona. U oilali erkak. Buning nimasini qayta tushuntirish mumkun? Bari safsata... Shundaymi kichkintoy? Qornimda kichik og'riqni his qilib joyimdan jilolmay qoldim. Bu orada eshik qo'ng'irog'i chalindi. Hoynahoy bu oyim. Shoshilgancha eshikni ochib umuman kutmagan insonni qarshimdan uchratdim.
Aera qarshisida g'alati kulimsirab turgan yigitga norozi qiyofada tikilib eshikni biroz yopishga urundi.
โ Nega bu yerdasan Sehun?
โ Seni topishim mumkun bo'lgan yagona joy. Bu tez hayolimda aylandi.
โ Nima istaysan?
โ Aera men gaplaringni o'yladim va bir qarorga keldim ( Yigit gapirish mobaynida eshikni qo'li bilan tirab ichkariroq kirmoqchi bo'ldi.
โ Nimalar qilyapsan? Ket, Sehun.
โ Yo'q. Men o'ylab ko'rdim. Hammasiga ko'z yumamiz. Hamma ham xato qiladi, sen ham qilding men ham va bu boshqa takrorlanmaydi. ( Sehun bora bora ichkariroqga harakat qilarkan qo'lini qizning yelkasiga olib bormoqchi bo'ldi. Aera esa jahl bilan siltab baqirib yubordi
โ Nima qilyapsan? Ket dedim senga!
โ Aera bir imkon ber.
โ Sen aqldan ozganmisan?! Bu hech narsani o'zgartirmaydi.
Yigit qizning qarshiligiga qaramay unga tegajog'lik qila boshladi. Aera bor ovozida baqirib yigitning yuziga qattiq shapaloq tushirdi. Yigit tarsaki zarbidan biroz orqaga tisarilib yuzini ushlar ekan qizga qaradi.
โ Ablax! Razil! Xudbin! Meni pushaymon deb kim aytdi? Agar bilsang qilgan ishimni xato deb bilmayman, afsuslanmayman. Men baxtliman. Tushunarlimi? BAXTLIMAN! HAYOTIMDAN BOSHQASI BOR VA MEN UNI SEVAMAN! Tushungan bo'lsang uyimdan daf bo'l! ( Aera yigitning uatiga eshikni zarb bilan yopmoqchi bo'lganda yigitning baquvvat qo'llari bunga qarshilik qildi. Yigit g'azabdan qisilgan ko'zlar bilan qizga o'qtalib u tomon bostirib kela boshladi.
โ Demak sevasan?! Sen o'sha hayotingda bor bo'lgan boshqasini sevasan xatto u oilali erkak bo'lsa ham shundaymi? Oilasi bor erkakning qo'yniga bir kechada kirib o'zingni baxtliman deyapsanmi? ( Ovoz ohanggi balandlashib ketgan yigit jahl bilan qizning yuziga tarsaki tushirdi. Aera muvozanatni yo'qotib yerga yiqilganda qo'li bilan qornini berkitgancha o'zini o'nglab ortiga o'girildi. Ajal nigohlarini unga niqtab asta qadamlar bilan unga yaqinlashib kelayotgan yigitdan qochib orqaga tisarila boshladi. Yigit unga harakatlanishga imkon bermay tezlikda iyagidan qattiq siqimlab olib uni majburan o'ziga qaratdi.
โ Agar men bilan ham notanish yigitning ostiga hech bir ikkilanishsiz kirganing kabi munosabatda bo'lganingda balki bari boshqacha bo'lardi.
Yigit qonga to'lgan ko'zlari bilan tikilarkan bir urunishda qizning ko'ylagiga chang solib uni yechishga urundi.
โ Men hammasini ko'rdim. Unday qanday haydab solganingni, aldovlariga uchganingni hamma hammasini. Xo'sh shunda ham men baxtliman deb gaplarimni inkor qilasanmi?! GAPIR!
โ S.sehun, men homiladorman! Unday qilma..o'tinaman. ( Qiz kuch bilan yigitning changalidan yulqinib chiqib bog'iq ovozda yig'i aralash ohangda gapirdi. Shok holatida unga qarab qolgan yigit biroz muddat harakatsiz qizning tepasida qotib qoldi. Qulay imkoniyatdan foydalanib yigitning ostidan chiqishga urindi qiz. Biroq yigit yuzida avvalgi ifodasini aks ettirib qayta qizning bo'ynidan qisdi.
โ Bir narsani o'ylab qoldim. Agar bu bola yo'q bo'lsa sen bir umr men bilan qolasan! ( Yigit chap qo'li bilan qizning bo'ynidan siqimlagancha ajal nigohlari bilan tikilib gapirar ekan o'ng qo'lini musht qilgan holda uni qizning qorniga yo'naltirdi.
โ Iltimos Sehun unday qilma! ( Qiz titroq bilan so'zlab yigitga qarshilik qilish uchun qo'llari yordamida yigitni o'zidan itarmoqchi bo'ldi-yu soniyalar ichida yuziga tomgan qon tomchilari sabab qichqirib yubordi. Ustiga hushsiz yiqilgan yigitni o'zidan itarar ekan qarshisida o'zi kabi shok holatida turgan insonni ko'rdi...
Kun oxiriga yetgan mahal uyga kirib kelgan Taehyung qarshisidan chiqqan hech bir insonga ahamiyat bermadi. G'azab bilan to'g'ridan to'g'ri Hyejin xonimning ishxonasiga bostirib kelgan on janob Yunxi uni qarahi olarkan yigitning holatidan hayratda qolgan inson bir onasiga ajal ko'zlarini tikib turgan yigitga bir shu holatida ham o'zida hotirjamlikni saqlab turgan opasiga tikilarkan savoliga javob topmasdi.
โ O'g'lim nima bo'ldi? ( Janob Yunxi
โ Buni singlingizdan so'rang yaxshisi!
โ Nima haqida gapiryapsan o'g'lim? ( Hyejin xonim
โ Nima haqida gapirayotganimni juda yaxshi tushundingiz oyi! Qanday haddingiz sig'di? Qanday qilib bu ishni ortimdan yashirincha qilishingiz mumkun?! ( Taehyung musht bilan ish stoliga urar ekan Hyejin xonim ortiq sabri chidamadi. O'rnidan turgan ayol yigitning qarshisiga kelib yuzlandi.
โ Haddingni bil! Sen kimsanki men bilan bu ohangda gaplashasan? U kim bo'libdiki uni deb mendan hisob so'raysan?
โ Ishongim kelmaydi, mayli agar shuni tushunmayotgan bo'lsangiz tushuntiray oyi. Men Sarang bilan ajrashaman. Ertagayoq.. ( Hyejin xonim asabiylashib o'g'liga tarsaki tortib yubordi.
โ Hech qachon! Toki tirik ekanman bu nikoh buzilmaydi u qiz ham bu uyga qadam bosmaydi. Agar chegaradan chiqsang meni sendek o'g'lim yo'q. Tushunarlimi?
โ Yaxshi! Oxirgi gapingiz shu bo'lsa unda meni ham eshiting! Bu nikoh ertagayoq tugaydi. Shu paytgacha izmingizdan yurib qilgan ishlaringizga ko'z yumganim yetar. ( U so'nggi so'zini aytib amakisining chaqiruvlariga ham javob bermasdan uydan chiqib ketdi. Ketishi bilanoq o'zini o'nglay olmagan ayol stolga suyanib qoldi.
โ Menga yordamingiz kerak aka!
โ Qanday? ( Qizning yigit tomon kichik faylni surib gapida davom etdi.
โ Uni o'ldiring! Bu qo'lingizdan keladiku axir?
*
โ Yarim yil davomida o'zim bilmagan notanish shaharda yashashga majbur bo'ldim. Nima uchun deb o'ylaysan? Men ortiq unga ishonmayman Lien.
โ Ijinni o'yla! Unga nohaqlik qilib faqat o'zingni o'ylayapsan xolos.
Tugadi yorobun. Kam bogani uchun uzur so'rayman๐ซ ๐ซถ.
#Xarin
@Gold_fanfics