December 27, 2024

Sening uying menman

✍ Avtordan
Asl sevgi bu soʻzsiz va shartsiz muhabbatning eng yuksak darajasi. Bu qalbni butkul egallaydigan, boshqa hech bir narsani muhim qilmaydigan, faqat sevgilingning baxtini oʻz baxtingga aylantiradigan his-tuygʻu. U yerni-yurtni, dunyoni, hatto taqdirni ham unutishga majbur qiladi.
Asl sevgida shaxsiy ehtiyojlar yoʻq faqat bir maqsad bor sevgan insoningning yonida boʻlish, uni himoya qilish va baxtini taʼminlash.

Sof sevgi chinakam fidoyilik, jasorat va vafoning timsoli. Yoningdagi insonning kulgusi seni yoritadi, uning koʻz yoshlarini koʻrish esa dunyoni zulmatga aylantiradi.
Bu sevgi nafaqat qalbni balki ruhni ham butunlay oʻziga bogʻlab qoʻyadi, har qanday qiyinchilikni yengishga kuch beradi va barcha toʻsiqlarni ahamiyatsiz qilib qoʻyadi.

-Bemor olib kelinganda ichki qon ketishi bor edi, bundan tashqari chap qovurgʻa sinishi oqibatida oʻpkaga katta jarohat yetkazgan va miyyaga kislorod yetib borishini sekinlashtirgan bu esa...
Shifokor gaplarini toʻgʻrilab olish uchun toʻxtalib qisqa va chuqur nafas oldi

-Nima? Nima bu esa doktor?
Xarin asabiylashgancha bir yonidagi Jiminga bir shifokorga xavotir bilan qaradi

-Bu esa bemorni koma holatiga tushurdi. Uchinchi bosqich yani..

Shifokor Jiminga koʻz oynagi tagidan sekin qarab olar ekan Jimindan imo ishora orqali olgan davon etish ruxsatidan soʻng yutunib qoʻyib davom etdi

-Yani..Chuqur koma. To‘liq ong yo‘qolgan,bemorda tashqi stimullarga mutlaqo javob yo‘q.
Hayotiy funksiyalar nafas olish, yurak urishini faqatgina maxsus aparatlar orqaligina majburan meʼyorda ushlashga harakat qilyabmiz.

– Lienni qutqara olmaymizmi? Hech qanday yo‘li yo‘qmi?!
deya shivirladi qiz yig‘i orasida

– Hozirgi texnologiya va tibbiyot imkoniyatlari yuqori boʻlsa ham aynan bu masalada chegaralangan...
shifokorning ovozi titrab chiqdi, go‘yo u ham bu shafqatsiz haqiqatni qabul qilishga qiynalayotgandi.

Shifokor boshini egib, yelkasiga qo‘lini qo‘ydi:
– Ishoning, biz bor kuchimiz bilan kurashyapmiz. Lekin, oxirgi qaror Lienning tanasi qiladi.

Xarin bir qadam orqaga chekinib, devorga suyanib qoldi. Ichidan otilayotgan og‘riq go‘yo bo‘g‘ziga qadalgancha soʻzlari uzuq yuluq chiqar edi.

– Men... men uni oxirgi marta oʻgʻriq va qoʻrquvdan qichqirganini,tanasidagi qon mashina yuzasini qoplaganini eslayman... qanday qilib buni unutay? Men qanday yashayman?

Jimin ich ichidan Xarindan battar azoblanoytgan,chorasizlik olovida qovrilayotgan boʻlsa ham qizni vaziyatni har qanday holatda qabul qilib olishi uchun zoʻrgʻa jim turar ekan xonaning bir burchida jimgina kuzatib turgan shifokor ko‘ziga tushdi. Jimin shifokorga sovuq, lekin jiddiy nigoh tashlab eshik tomon boshini ohista qimirlatdi. Bu nigohda barcha javob bor edi:
"Tashqariga chiq va meni kut"

Shifokor Jiminning ishorasini tushundi va hech qanday so‘zsiz xonadan chiqib ketdi. Jimin bir muddat uning ketidan qarab turar ekan sekinlik bilan
Jimin Xarinning yoniga tiz cho‘kib, uning qo‘llarini baquvat kaftlari orasiga oldi va biroz egilib koʻzlari bilan qizning yuzini qidirdi.
Xarin esa yig‘lashdan to‘xtamay boshini egib olgan edi, go‘yo dunyo butkul qulab u xarobalar ostida qolgan kabi.

Jimin uning titrab turgan qo‘llarini mahkam ushlab past,
ammo mehrga to‘la ovozda dedi:
– Menga qara Xarin,shifokor imkon bor dedi,yuragi uskunalar bilan boʻlsa ham urmoqda dedi. Sen buni eshitding toʻgʻrimi?

Xarin sekin boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlari yoshga to‘la yuzida esa qayg‘u va chorasizlikdan boshqa hech narsa yoʻq.
– Men bu og‘riqqa dosh berolmayapman, Jimin... Lienni yo‘qotishdan juda qo‘rqyapman…

Jimin uning yuziga ohista yaqinlashdi, qo‘llari bilan Xarinning lablari va titrayotgan yuzini katta qoʻllariga mutlaqo mutanosib tarzda siladi

- Sen yolg‘iz emassan
dedi Jimin shivirlab.
– Bu og‘riqni ikkovimiz birga ko‘taramiz. Birga hal qilamiz. Lienni qayta hayotga qaytaramiz.

So‘ng, bir lahza ikkovi bir-birlariga tikilib qoldi.
U ohista egilib, Xarinning lablaridan kapalak qanotiga ozor berishdan chochigan kabi ehtiyotkorlik bilan o‘pich oldi. Bu bo‘sa uzun emasdi lekin unda barchasi mujassam tasalli, sevgi va umid.

Ko‘zlarini yumgancha bu bo‘sada kuch topayotganday yuragidagi og‘riqni bir lahzaga unutgan qiz faqat Jiminning haroratini his qildi.

Jimin bo‘sa ortidan uning yuziga yaqin turib shivirladi
-Tinchlan maylimi?

— Nega?..nega mendan nafratlanmayabsiz?...nega ayblamayabsiz...nega hisob soʻramayabsiz?
Men sizga loyiq emasman..

Xarinning har bir soʻzi ortidan nafasini oʻgʻirlashtiriv koʻz yoshlari ixtiyorsiz sizib chiqardi.

Jimin qizning gaplaridan jilmaydi

— Sevgi bu loyiq bo‘lish haqida emas Xarin. Bu his qilish haqida. Men seni yaxshi ko‘raman. Nafrat qilishni o‘ylab ham ko‘rganim yo‘q, chunki mening sevgim sening har qanday xatoyingdan kuchli.

Yigit qizni tinchlantirib u uchun ajratilgan xonaga qoldirgancha uni kutub turgan shifokor yoniga bordi

U shifokorga yaqinlashib, koʻzlarini tikka boqdi. Soʻzlari oʻtkir va tahdidli edi

Tuzaladi deng! Yoki shunday deyishga majbur qilaman.

Shifokor Jungkookning koʻzlaridagi chuqur qaygʻuni va ayni vaqtda dahshatli qatʼiyatni payqadi. Bu oddiy soʻrov emas, balki talab edi. Shifokor bunday hollarga koʻnikgani sabab buni anchayin tabiiy qabul qildi.

Qoʻlimdan kelganini qilaman janob Jimin.Lekin... jarayon vaqt talab qiladi.

Yigitning soʻzlari aniq va qatʼiy, uning ko‘zlarida umidsizlik va fidoyilik o‘zgarib turardi. U o‘zini to‘liq his qilyapti, sevganini himoya qilish uchun nafaqat o‘zini, balki atrofdagi har bir imkoniyatni safarbar etishga tayyor edi.

— Kimni olib kelish kerak boʻlsa olib keling, lekin uni asrab qoling,
yana bir marta takrorladi yigit ovozida qoʻrqitishga yetkulik jiddiylik bilan.

Shifokor chorasizlik ufurib turgan yuzini Jiminga tiklagancha gapirish uchun shaylanar ekan Jiminga tanish boʻlgan ovoz ikkisini ham ortga qarashga majbur qildi.

-Jimin?
Kai shoshgancha ular tarafga yaqinlashar ekan Jimin shifokorga ketishi uchun ishora qildi

-Nima boʻldi? Lien tirikmi?
Kai mohirlik bilan yuziga haqiqiy doʻst va hamdardlik ifodasini chiqardi

-Tirik..tirik
Jimin past va charchagan ovozda koʻzlarini yumgancha shivirladi

-Haa.axvolichi axvoli yaxshimi? Eslay..olarkanmi boʻlgan ishlarni
Kai bir uchi oʻziga bogʻlangan narsalarni soʻrar ekn Jimindan shubha uygʻotmaslik uchun bor kuchi bilan tirashar edi

-Nima haqida sorayabsan Kai?..U komada.


Jungkookning ko'zlari qizga qarab, o'zining chuqur, qorong'u dunyosini oshkor qilishga tayyor edi. Jungkook qoʻlidagi qadahni yana bir marta chayqab suyuqlikning har bir tomchisi unga gʻalaba hissini yanada yaxshiroq berishi uchun uni asta-sekin ichdi.

-Senga rahmat, kichik xonim deya koʻz qirini qarshisida kech narsaga tushuna olmay unga tikilib turgan qizga tashlagancha lab chetida kuldi.

-Men oʻzimga keragini oldim,hatto ortigʻi bilan.

-Ya'ni?
Qiz vaziyatni aniqroq tushunish uchun savol nazari bilan yigitga koʻzini biroz qisgancha qaradi

"Yani, Muan xonim, o‘yin tugadi," dedi Jungkook past, ammo sovuq ovozda. U xonaning yoritilgan burchagida turar, soyasi yuziga tushgani sabab nigohlarini yanada sirli va keskin ko‘rsatardi.

Endi bu yerda qolishga yoki men bilan har xil... 'kinolar'ga tushishga majbur emassan.

U asta-sekin qadam tashladi. Har bir harakati ehtiyotkor va hisob-kitobli edi, xuddi yirtqich o‘z o‘ljasidan voz kechishga majbur bo‘lgandek. Uning lablarida zo‘rg‘a seziladigan sovuq va o‘tkir tabassum paydo bo‘ldi ammo bu tabassumda hech qanday iliqlik yo‘q edi.

Jungkookning qizning har bir nafasini kuzatayotgan nigohlari Munaning tilini topolmaydigan darajada qamrab oldi.
U bir qadam yaqinlashib qizning uning qarshisida to‘xtadi. So‘ng, yuzini ozgina egib, past ovozda shunday dedi

"Lekin bir narsani bilib qo‘y, Muna... agar ketishni istasang ham, bu o‘yin bizning qoidalarimizga bo‘ysunadi.
Va men hali oʻzim xohlagan kadrni oxirigacha suratga olganim yo‘q."

U bu so‘zlarni aytayotganda, barmog‘ini qizning iyagiga yaqin olib bordi yu lekin teginmadi. Go‘yo masofani qasddan qoldirayotgandek, lekin bu masofa qizning yuragini yanada betoqat qilardi. U ko‘zlarini qizning ko‘zlariga qaratib yana bir zum jim qoldi va sekin orqaga chekindi.

"Shunday ekan, tanlash o‘zingda. Lekin bilib qo‘y: men biror narsadan osonlikcha voz kechadigan odam emasman."

Uning ovozidagi past va tahlikali ohang xonada tarqalar ekan, qizning yuragida biroz avval uygʻongan cheksiz quvonchdan asar ham qolmagan edi.

"Bu... bu nimani anglatadi?" dedi qiz, ovozi titrab.
Nigohlarini Jungkookning ko‘zlaridan olib qochishga harakat qilsa-da, ularning kuchli taʼsiri ostida qolgancha.
Yuragi shiddat bilan urar nafaslari qisilib ichida qandaydir chalkash tushunib bo‘lmas hissiyotlar girdobida edi.

-Qanday tushunishmi?
dedi u nihoyat kesatig' ohangda.

Soʻzlarini tugatgan Jungkook asta egilib yuzini qizga yaqinroq olib keldi. Ko‘zlari uning ko‘zlariga chuqur tikilgancha qizning ich-ichidagi qo‘rquv va qiziqishni o‘qiyotgandek edi.
Jungkookning lablarida yana o‘sha nozik ammo o‘tkir tabassum paydo bo‘ldi.

"Bu faqat men hal qiladigan hikoya degani. Sening tanlovlaring faqat shou uchun. Asl haqiqat esa... doimo meniki.

U bu so‘zlarni aytayotganda, barmog‘ini qizning iyagiga ohista qo‘yib uni pastga qarashga majbur qilgandek muloyim harakat qildi.

"Tushundingmi?" dedi u pichirlab ovozi xuddi qulog‘iga shivirlagandek jarangladi

Sen erkinman deb o‘ylashing mumkin. Lekin bu erkinlik faqat men ruxsat bergan darajada.)

Qiz uning nigohlaridan qochmoqchi bo‘ldi, ammo Jungkookning barmoqlari iyagini muloyim, lekin qatʼiyat bilan ushlab turardi.

-Senga Parijga samalyot uchun chipta oldim. Ertaga sota 10:00 da uchasan

-P..Parijmi?.lekin men..
Qiz hayratdan koʻzlarini tez tez yumib ochgancha pirpiratdi

-Ha,Parijga. Uy ham tayyor hatto istasang oʻqishing mumkun...Faqat.men aytgan joydagina.Seni hech kim tanimaydi,hech kim bezovta qilmaydi.
Jungkook qizdan qoʻlini olgancha stolga ort tomoni bilan suyanib qoʻlidagi sharobni simirdi

Qizning ovozida norozilik va jasoratning uyg‘unlashgan ohangi yangradi. U o‘z fikrini aniq va qat’iy bildirdi:

Bu sening dunyong bo‘lsa, unda hammasi sening qoidalaringizga bo‘ysunishi kerakmi?
Mening ozodligim, qayerda yashashim, qayerda o‘qishimni tanlashim bularning hammasini siz hal qilasizmi?
Endi oʻz hayotimni o‘zim boshqaraman. Shu yerda qolaman va nima qilishni xohlasam, shuni qilaman.
Muna norozi ohangda qoshlarini uygancha jahl bilan gapirar ekn toʻsatdan peshonasiga tiralgan sovuq qurol taftidan nafas olishni ham unutib qoʻydi

-Shuncha narsaga guvoh bo‘lib ham tirik qolishingni istaganim va senga berayotgan imkoniyatlarim uchun raxmat aytishing kerak emasmi aslida..

Jungkook qizning qoʻrquvdan allaqachon yoshga toʻlgan koʻzlariga hissiz tikilgancha qurolni qattiqroq qadadi

-Kechirasanu kichik xonim,lekin meni qoidalarim shunday. Shu sabab shirin tilingni dur tishlaring orasida saqla
Jungkook qizni qon qoniga titaratigan ohangda tahdid qilgancha qurolni qaytib olar ekan Muna soatlab havosiz qolgan isnondek tez tez nafas olgancha yig'lamaslik uchun kurashgancha ha pastki labini qattiq tishladi.

Jungkookning fe’l-atvori shunchalik o‘ziga xos ediki u bir marta e’tibor qaratgan yoki teggan narsasi uning nazarida butunlay unga tegishli bo‘lib qolardi. Bu nafaqat narsalar, balki insonlar uchun ham o‘z taluqli edi.
Agar u bir kecha kim bilandir vaqt o‘tkazgan bo‘lsa ham u qiz boshqa hech kim bilan aloqaga kirishmasligini talab qilardi.

Uning fikricha, bu faqat egalik hissi emas edi bu shaxsiy prinsip va ichki tartib edi. Jungkook o‘z dunyosida hamma narsa uning nazorati ostida bo‘lishi kerakligini talab qilardi.
U teggan qiz boshqa erkaklarning nigohi yoki qiziqishiga tushsa bu uning ichida yovvoyi o‘t kabi yonardi.
U hech qanday tushuntirish yoki uzrni qabul qilmas, bu qoidani buzganlarni qattiq jazolar bilan ogohlantirardi.

Ko‘p odamlar bu odatini obsesif yoki g‘alati deb hisoblar edi lekin Jungkookning o‘zi uchun bu hayot falsafasi edi. Uning nazarida kimdir uning narsasiga yoki odamlarga tegmoqchi bo‘lsa, bu shunchaki o‘ziga qarshi isyon bo‘lib tuyulardi. Shu sababli u nafaqat o‘zining yaqinlari doirasini balki o‘sha bir kecha unga yaqin bo‘lgan insonlarni ham nazorat qilardi.

-Xizmatchilar kiyimlaringni tayyorlashadi,aytganimdek ertaga uchasan.
Jungkook murosaga nuqta qoʻygancha qoʻlidagi sharob idishini stolga qoʻyib xonani tark etdi.

*

Xoʻsh yovvoyi mushugim menga qachon aytmoqchi eding bitta qizni eplay olmay Jiminni burnini tagiga olib borib qoʻyganingizni?
Jay qoʻlidagi kichik pichoqni qizni yelkasiga qattiq bitirgach tishlarini g'ichirlatarkan xonani qizni ogʻriqdan chiqgan qichqirig'i egallab oldi

-Men...men qilmadim...landvur Kai qoʻldan chiqardi
Jennie ogʻriqdan zoʻrgʻa gapirgancha ogʻriqni yengish uchun koʻzlarini yumib ingradi

Jin ursin ikkingizni ham,men Jimindan qasos olish ukamni xunini olish ochun har soniya ich etimni yesam siz ikki noshud bitta qizni eplay olmadingizmi?
Erkak vaxshiylarcha qoʻlidagi pichoqni yanada ichkariroq botirar ekan Jenniening qichqirig'i quloqni qomatga keltirar darajaga keltirdi.

Yana bir necha daqiqa ishini hech ikkilanishsiz davom ettirgan Jay qoʻllarini sochiqga artgancha stolga bogʻlangan Jennieni iyagini qattiq siqgancha sovuq shivirladi

-Senga uch kun muhlat va usha qizni yoʻq qilasan yoki ikkingizni ham onadan tugʻilganingizga pushaymon qilama. Ont ichaman!

*

Shaxsiy kabinitida oʻtirgancha qoʻlidagi yosh ikki yigitning suratiga tikilgancha oʻtirgan Jay oʻng tarafdagi nisbatan yoshroq malla soch,keng yelka va oq teriga ega yigitga bosh barmogʻini yaqinlashtirib sekin silagan boʻldi

-Minhoo,ukajon oz qoldi.. seni itday azob chekisinggga sabab boʻlgan har biriga bitta bitta hisob tolataman. Oilasidan tortib mol mulkigacha yoʻq qilama.

TIME SKIP...2 YIL AVVAL.

-Jimin, Minhoo hali juda yosh Suriya qamoqxonasi Seluni qamoqxonasi emas. U yerdagi vaxshiy tartib va kuchli tekshiruv haqida bilasan)

Jay ukasini olib qolish uchun Jiminga jon kuydirganch tinmay gapirar edi.

-Jay,u yerda Minhooni ishonchli odamlarimiz kutib oladi hech qanday ziyon yetmaydi. Usha sotqinni yoʻq qiladi va qaytadi. Agar usha it bizni Shabiha (Suriyadagi katta qora dori bilan shugʻullanuvchi va Suriya qamoqxonasi egalari)larga sotsa ular ochiqchasiga bu yerga bostirib keladi.
Jimin vaziyatni tushuntirish va uni tinchlantirish uchun Kaining yelkasiga qoʻlini qoʻydi

-Men bunday ishni undan boshqa hech kimga ishonmayman,iloji boʻlganda ikkilanmay oʻzim borar edim lekin xabaring bor ualrda men va Jungkook haqida maʼlumot bor

Jay- lekin...u bunday ishlarni oldin qilmgan aralashmagan bunday ishlarga....


Qadrli shadows xatolar va tushunmovchiliklar boʻlsa uzur soʻrayman chunki ancha hayollarim tarqoq holda yozdimda.