December 5

Sening uying menman

PovAvtordan✍
Agar mendan kimdur eng ajoyib muqaddimaga ega sevgi qanday deyishsa nafratdan muhabbatgacha boʻlgan yoʻlni boʻsib oʻtgan ishq deb oʻylanmasdan aytardim!

Nafrat bilan boshlangan har bir qadam yurakdagi og‘riqni kuchaytiradi. Ammo bazida aynan o‘sha og‘riq bizni tasavvur qilmagan holda sevgi yo‘liga olib boradi. Avval biz bir-birimizga qarshi turib, zaharxanda so‘zlarimizdan temir devorlar quramiz .Ammo bir kun, tasodifan bo‘lsa ham, ko‘zlarimiz haqiqatdan to‘qnashadi,bu holga kelguncha koʻrgan azoblarimizni bir birimiz bilan bilib bilmay boʻlishamiz va ichimizda nimadur toʻsatdan oʻzgara boshlaydi.
Harakatlarimiz,qarorlarimiz ishlatadigan soʻzlarimizgacha. Nafratning ta’siri kamaygan sari, ichimizda o‘sib borayotgan sevgi yanada kuchayib, bizni birlashtiradi. Boshqa hech narsa kerak emasdek,biz faqat bir-birimizni his qilish, bir-birimizni sevish uchun yaratilgandek. Bu yo‘l oson bo‘lmasa-da , har bir qadamda nafratdan sevgiga tomon odimlayotganimizni sezib boramiz

Qoʻrquv,alam va ilojsizlik. Muvozanatni yoʻqotgan tana boshqaruvdan chiqgan hissiyotlar.Jonidan ortiq koʻruvchi yaqinlarini yoʻqotishga boʻlgan ogʻriqli qoʻrquv... Yashash uchun avval hech bu tillarda aylanmagan soʻzlar bilan Yaratganga qilanayotgan chinakam yolvorishlar...

Shifohonaning tibbiyot dorilari hidi bilan dimiqgan havosi asabiylik va ilojsizlikdan uzun yoʻlak boʻylab tinmay yurub turgan Jiminni battar asabiylashtirar edi.
Bir hayoli boʻlgan voqealar sababli "vaxima huruji"ni boshidan oʻtkazib tinchlantiruvchi dori taʼsirida uxlayotgan Xarinda boʻlsa yana biri ikki soatdan buyon eshigi ochilmayotgan aperatsiya xonasida edi.

-Park Xarinning turmush oʻrtogʻi sizmisiz janob?
Xarin yotgan xona eshigini qiya ochib olgan hamshera qiz eshitilishi uchun biroz baland ovozda dedi

-Xa..xa..men boʻlaman. Jimin gapirish mobaynida katta qadamlari bilan hamsheradan avval xona ichkarisiga kirar ekan shiftga termulgancha holsiz yotgan rafiqasining tanasini ogohlantirishlarsiz tezlikda ammo muloyim tarzda katta tanasiga qulfladi.Kaftlari qizning nozik tanasini oʻziga singdirishni istagan kabi kuch bilan siqdi.

Lien..Jimin...u.
Qiz soʻzlarini tugatmasidan tomogʻiga tiqilayotgan ogʻriqli bosim sabab nafas olish retmi sezilarli darajada buzulib koʻz kosalari yoshga toʻla boshladi.

-Tshsh...bunday qilma Xarin tinchlan..buni o'zinga ravo koʻrma) Jimin qizning yana"vahima huruji"ga moyilligi turishni boshlaganini sezgancha qizni bagʻridan chiqarib yuzini yuvishni boshlagan koʻz yoshlarini bosh barmoqlari yordamida artib oldi.

-Sen menga ishonmaysanmi Xarin? Biror marta senga vaʼda berib uni bajarmay qoldirganmanmi?) Jimin boshini Xarinning egilib turgan yuziga qadar egilgancha yaqin keltirdi.

-Men Lienga hech narsa boʻlmaydi,u tirik qolishi uchun hatto butun shaharni oyoqga turgʻazaman demadimmi?

-Dedingiz..) Xarin yigʻi aralash sekin dedi

-Demak shunday boʻladi! Bundan boshqa narsa emas. Koʻz yoshlaringni art va menga ishonishni davom et.Seni koʻz yoshlaring, sening azoblanishing sevgim va gʻururim uchun isnot Xarin!
Hatto dunyo oramizga devorlar qurmoqchi bo'lsa ham, bil, men seni hech qachon yolg'iz qoldirmayman! Sening qo'rquvlaring menga tegishli, sening kurashlaring mening jangim!

**

Shifoxonada istagini qondira olmasligini bilgan Jimin tanasi ortiqcha bosimlar sabab qumsayotgan qadrli segarasini shifoxona binosi orqasida tutatishni maʼqul koʻrdi. Chamasi oʻn beshinchi urunishdan kiyin ham javob ola olmayotgan telefon egasini asbiy so'kkancha segarasini chuqur tortib havoga oppoq tugunlarini chiqardi

-Jin ursin seni Jungkook! Doim kerakli vaqtda yoʻq boʻlasan. Yaramas takasaltang.) Jimin telefonning raqamlar saqlangan ilovasiga kirib "Kai" yozuvi ustiga bosdi

-Hech boʻlmasa sen javob ber)

~
TAMOMSAN TAMOM! LAʼNATI. ENDI JAY IKKIMIZNI HAM TIRIK QOʻYMAYDI.
Jenni gʻazabdan qisqa qisqa nafas olgancha sochlarini orqaga taradi
-Shunchalik ham laqma bolasanmi? Qizni xonangga olib kirayotganingda qoʻllari bogʻlangan edi,lekin sen landavur shuni ham eplay olmading. BRAVO!
Jenni oxirgi soʻzlariga urgʻu berib Kaiga jirkanish nazari bilan qaradi
-Haddingdan oshma! Kai koʻrsatkich barmogʻini Jenniga o'qtalgancha u tomon harakat qilishi bilan telefon jiringlashi ikkisini ham toʻxtatdi.
-Jimin.. Kai qoʻrquvdan kattalashgan koʻzlari bilan Jenniga qaradi

-Aniq topgan,qizni topgan...u esa bizni sotgan..tamom boʻldik..biz tamommiz..
Jennie qoʻllari bilan ogʻzini yopgancha tahlika bilan ortga qadam tashladi
-Vaxima qilma ish masalasida qilayotgandir. Kai qoʻrquvini korsatmaslikga urunib koʻzlarini ekrandan uzmay gapirdi

-Tongi to'rtdami?
Qiz bir qoshini koʻtarib zahar handa gapirdi

Ikkisi bir qarorga kela olmay tortishar ekan, Jimindan qayta qayta uchta qoʻngʻiroq kelishga ulgurdi.

-Javob ber...hech narsani bildirma,uqtingmi?!
Jennie qurib qolgan lablarini asabiy yalagancha qoʻli bilan qoʻshimcha ishora qildi

-Aloo?
Kai qarshi tarafdan keladigan ohangdan vaxiyatni anglash maqsadida koʻzlarini tez tez ochib yumdi

- Kai? Nega goʻshakni koʻtarishing bunchalik qiyinlashib ketdi?
Jimin sabrsiz ohangda dedi

-Aaa..men eshitmay qolibman, uxlayotgan edim axir.
Kai oʻzini iloji boricha tabbiy tutishga harakat qildi

-Kai menga yordaming kerak hozirning oʻzidayoq markaziy shifoxonaga yetib kela olasanmi?

-Shifoxona? Nimadir sodir boʻldimi Jimin aytsangchi?
Kai soʻzlarida soxta hayrat va vaxima ohangi yasadi

-Lien..avtohalokatga uchrabdi.. aniqrogʻi Xarin mashinasida urub ketgan

-Nima?
Kai hayoli kelishi ham mumkun boʻlmagan gapni eshitar ekan quloqlariga ishonmay unga savol va qoʻrquv nigohlarini tikib turgan Jenniega qaradi

-Lienni Xarin mashinasida urub ketganmi?

-Ha,shunday boʻlgan.Iltimos Kai,savol berma va shunchaki tezda yetib kel.
Jimin qoʻli bilan nayza sanchilishini eslatuvchi ogʻriq turgan koʻzlarini ishqalab ogʻir nafas chiqardi

-Yaxshi,yarm soatda usha yerda boʻlaman.
Kai qizil tugmani bosib aloqani uzar ekan Jenniening telbalarcha kulgu ovozi xonani tutdi

-Yo Xudoyim,bu qiz haqiqiy farishta,rostdan farishtani oʻzi!
Jennie kresloga oʻzini tashladi va nozik barmogʻini tishlab bosh chayqadi
-Yana bizni qutqarib qoldi

-Maynavozchilikni yigʻishtir Jenni,Lien oʻlmagani aniq. Yetmaganiga u endi aynan Jiminning yonida. Bizning boshimiz hali ham baloda podadan oldin chang chiqarma.

Yigit soʻzlarini tugatib Jenniega boshdan oyoq telbaga qaragn kabi nigohlar bilan koʻz yugurtirdi va javobni ham kutmay ensa qotirib xonani tezda tark etdi.

PovXarin:Xona devorlari meni yanchish maqsadida tobora bir biriga yainlashib borayotgan,shift boshimga qulayotgandek his qilayabman oʻzimni. Unutishga eslamaslikga harchand urunsam ham befoyda Lienni soʻngi soniyadagi qichqirig'i quloqlarimdan bir zum ketmayabdi. Jimin xamsheralarga qattiq tayinlagani sabab ular meni hatto tashqariga chiqarish u yoqda tursin savollarimga ham javob berishmayabdi. Bu aynan Jiminning usuli u doim oʻziniki boʻlgan har narsani shunday ximoya qiladi,sening hisslariga tupurib istaklaringni hisobiga ham olmasdan. Bu xuddi yoshligimizda sovuq qoʻymasligimiz uchun onamiz ixtiyorimizga qarshi kiygizadigan junli paypoqlarga oʻxshaydi. Istalmagan ammo kerak,g'ashingni keltiradigan ammo sening foydang uchun eng toʻgʻri yoʻl.

Boshimni yon tomonga burar ekanman yotog'im yonida kechasi navbatchilikda yetarlicha chahrchagani sababli uyquga ketgan yumaloq oq yuzli xamsherani koʻrdim.
Avvaliga uning uxlayotganini tekshirish uchun kaftimni koʻzlari yonida harakatlantirdim Yo'q u rostdan uxlayabdi. Yuzimga beixtiyor tabassum yugurdi,charxpalak kabi aylanayotgan boshimni yostiqdan zoʻrgʻa koʻtarib oldim va tovush chiqarmaslikga jon jahdim bilan harakat qilgancha oyog'imga shifohona shippagini kiyib sekin eshikni ochdim.

Yuzimga yoʻlakning ichkariga nisabatan ancha sovuq boʻlgan havosi uruldi. Eshikni orqamdan extiyitkorlik bilan yopdimda yoʻlak soʻngida eshik yonida yigʻilib turgan pushti kiyimli qizlar tomonga oʻylanmasdan yura boshladim.

-Men bu yerda qanchadan buyon ishlayotgan boʻlsam,hali bu qadar uzoq vaqt davom etgan aperatsiyani koʻrmadim

-Ahhh,rostdan ham bundan tashqari menimcha u qiz shaharning yashirin boylaridan. Eri hattoki taʼtildagi katt doktor Kang ni ham bir qoʻngʻiroq bilan olib keldi) ikkinchi hamshera birinchisining gapini maqullar ekan qolganlari kaftlari bilan hayratdan ochilgan og'izlarini yopishar edi.

Xarin ularga yaqinlashgani sari elas elas eshitilgan soʻzlarini tushunishga urinar ekan qizlar uni payqab tezda oʻzlarini tutub olishdi.

-Sizga qandaydur yordam kerakmi xonim?) Qizlarning orasidan uzun boʻyli yuzida oʻziga yarashgan husnbuzarlari boʻlgan qiz mulozamat bilan gapirdi

-Haa..menga Kim L..) Xarin soʻzlarini tugatmasidan ularga qarama qarshi boʻlgan xonadan oq xalat kiygan yoshi taxminan 50 lardagi erkak yuzidagi tibbiyot niqobini yechgancha chiqib keldi.

Hamsheralar erkakni koʻrishi bilan bir qatorga saf tortib turib olishar ekan ulardan biri choʻntagidan telefon chiqarib uzatdi
-Doktor, telefoningiz)

Erkak bosh soʻzsiz bosh siltab undan allaqanday raqamlar terib yoʻlak boʻylab borar ekan hamsheralarga qayta yuzlangan Xarinni Jiminning ismi yangrashi qayta orqaga qarashga undadi

-Janob Jimin xonamga kelaolasizmi?..ha ha aperatsiyani tugatdim lekin sizga sytishim kerak boʻlgan muhum narsalar bor.

*

Kuz tongi quyosh nuri sekin-asta derazadan kirib, qizning honasini iliq va yumshoq yoritib yuboradi. Quyosh nurlari devor bo'ylab siljib, yotoqxonada toza va tinch muhut yaratgan. Yengil, xushbo'y havo, ochiq derazadan kirib, xona ichida mayda changlarni ko'rinadigan qilib turibdi.

PovMuna:
Yengil nafas olib ko‘zlarimni asta-sekin ochar ekanaman bir zumda boshimdagi og‘riq kuchliligi go‘yoki undan bir og‘ir yuk tushib ketayotgandek hissiyot uygʻotdi. Hamma narsa aylanayotgandek, oyoqlarimga nimadir bosib kelayotgandek, tanamni yotoqdan koʻtarib olish shu qadar og‘ir ediki ,hatto otam soʻngi bor xushimdan ketguncha kaltaklaganda ham bunday his bilan yuzlashmagan edim. Ko‘ngil aynishi ham, asta-sekin jonimga singib tomog'imda qolgan men uchun begona ichkilik ta'mini yanada kuchaytirayitgandek.

O‘zimni boshqarish uchun ko‘zlarini yana yumib, bir necha marta chuqur nafas oldim.
Yorilib ketish arafasidagi boshimni zoʻrgʻa yon tarafga ag'darar ekanman qarshimda begona tanani his etib, ogʻriqdan xiralashgan koʻzlarim beixtiyor kattalshib ketdi

-Jin ursin...jin ursin...) Muna g'ingshigancha yotoqdan uzoqlashish uchun qilgan tez va nojoʻya harakatlari uni polga yiqilishiga saba boʻldi.

Qizning yiqilishi va ogʻriqdan ingrashi sabab xonani tutgan ovoz Jungkookni uyg'onishiga sabab boʻldi.

Muna gʻazab va hayrat aralash qoshlarini jiyirgancha Jungkookga soʻzsiz qarab turar ekan Jungkook koʻrpa ostidan yarm tanasini chiqarib tirsagiga suyanib oldi

-Bu yerda nima qilyapsan telba?!) Qiz tezda oʻzini tutib olib yigitga o'shqirdi

-Qabul qildim) Jungkook koʻzlarini toʻliq ochmasdan sokin gapirdi

-N-n-nimani qabul qilasan sen?

-Kecha sen taklif berding..men esa qabul qildim,bori shu) Jungkook yuziga ayyarona kulgu chiqaragncha oʻrnidan turdi. Yotoqdan koʻtarilar ekan fudbolkasiz tanasi yaqqol koʻrindi.Muna faqatgina barmoqlaridagina bor deb oʻylagan bu turli naqsh va rasmlar tanasining yarmigacha choʻzilib borganini koʻrgan qiz bir zum aqli bilan muvozanatni yoʻqotdi.

-Sen haqingdagi barcha tahminlarimni xato ekanligini bitta bitta isbotlayabsan)

Jungkookning ayyarona kulgu bilan aytilgan soʻzlari qizga tok urgandek taʼsir qilib koʻzlarini tezda yumib yuzini burib oldi

-Qo'ysangchi,axir kecha men bilan "yonmoqchi" eding shekilli...) Jungkook qadamlarini hech qanday ikkilanishlarsiz qiz tomonga tashlashni boshladi

-Yolg'on! Men unday demadim) Muna yigitning unga qaratilgan yoʻnalishidan choʻchib ortga qadam tashlashni boshladi. Jungkookga qarshi har tashlagan qadami uni uzoqlashtirish oʻrniga yanada yaqinlashtirayotgandek edi. Bir zumga bormay xona devorani sovuq haroratini orqasidan his etgan qiz yoʻl tugaganligini sezgandi

-Gaplaringdan tonyabsanmi?..yaxshi emas ..) Jungkook oʻzi topgan noodatiy laqabdan kulimsiragancha qoʻllarini qizga qafas sifatida devorga turadi.

Qizning ko‘zlari yumildi, u ko‘proq eslashga harakat qilardi, lekin har bir harakat, har bir tafsilot juda noaniq edi. Kecha nimani boshdan kechirganini elash uchun oʻzini har chand joyida ham, faqat bir nechta qisqa xotiralar qolgan edi. Qayta-qayta tasavvur qilishga uringanida, birinchi bo‘lib Jungkookning yuzini esladi – unga qaraganda, gʻalati ichki kuchni his qilardi, lekin shu bilan birga, biror narsa noto‘g‘ri ekanini ham aniq his etardi.

-Jungkookning harakatlari allaqaachon yaxshi boʻlmagan narsalrdan dalolat bermoqda. Nahotki yana menga tegdi*? Nahotki yana oʻz hirsi, oʻyinlari uchib meni qoʻgʻirchoq qildi. Va eng yomoni buning uchun oʻzim ikmon yaratib berdimmi?
Yana oyoq osti qilindimmi?

Hayolimda ming hil gumonlar aylanar ekan qarshilik qilishni toʻxtatib yuzimni sekin yon tarafga burgancha pastki labimni alam bilan tishaldim

-Bu eslaganingdan darakmi?)

Jungkook qizda boʻlayotgan qiyin vaziyatni tushunib turgan boʻlsada uning noqulayligidan zavq olgancha dedi

Muna yuzini sekin u tomon qaratib yoshlarini zoʻrgʻa ushlab turgan koʻzlarini Jungkookga tikdi.

-

Y..yomon..ishlar boʻldimi.. yana?)Qay tarzda savol berishni hayolidagi jirkanch oʻylarni qanday ifoda etishni bilaolmagan qiz miyyasiga kelgan ilk soʻzni tiliga dudlangangancha chiqardi.

Koʻz bilan aloqani uzmagan holda boshini sekin chayqatgan yigit chuqur va past ovozda shivirladi

Jungkook qizning savoliga javoban avval koʻzlarini qisib, uning yuziga qaradi. Lablarining chetida mazaxomuz, ammo chiroyli bir tabassum paydo boʻldi. Goʻyo uning savoli unga kulgili tuyulgandek edi, yoki balki bu ichida tugʻyon qilayotgan hislarini yashirish uchun edi.

—Bir narsa deya olmayman..yaxshi va yomon haqida tushunchalarimiz biroz boshqacha

Jungkookning koʻzlarida bir muddat avval boʻlmagan ehtiros va zulmat aralashgan hissiyot uchquni chaqnadi.Qiz bu soʻzlar va qarshlarni maʼnosini tushunishga urinar ekan yuragi beixtiyor tez urib ketdi.

Jungkook yana biroz egilgancha gapirish uchun ogʻiz juftlar ekan xona eshigi taqqilashi harakatlarini toʻxtatib qoʻydi.

-Janob Jungkook advokat Xan muhum ish bilan kelganligini aytdi,sizni pastda kutyabtilar

-Yaxshi, xozir tushaman) Jungkook qoʻllarini devordan tushurdi va undan uzoqlashib ustki kiyimi uchun egildi

-"Hech narsa bo‘lmadi... senga tegmadim," dedi sokin ammo og‘ir nafas bilan. "Lekin sening har nafas olishingni his qildim, har titroqni ko‘rdim. Qo‘llarim seni ushlashga , tanam seni his etishga shay edi, lekin bu sening kechagu holating uchun najot emas, qismatingni qorong‘u botqoqqa tortadigan lahza bo‘lardi. Men esa halicha seni yoʻq qilishni istamayman. Shu sabab faqat tomosha qildim."

*

Jungkook zinalaran pastlar ekan katta xizmatchi damlab bergan qaxvadan simirgancha oʻtirgan 45 yoshlar atrofidagi erkak uni koʻrib yuzida tabbasum bilan oʻrnidan turdi

-Janob Jungkook) erkak qoʻlini ikki yonga yoyib mamnun jilmaydi

-Bu qadar xursandligingiz sababini bilsam boʻladimi janob Xan) Jungkook yuzida biroz savol nazari bilan u oʻtirgan joyga yaqinlashdi

-Kimlar xazinasining yangi va qonuniy egasi boʻlganingiz bilan tabriklamoqchiman janob)

Jungkook kutulmagan ilmoqli bu soʻzlardan bir zum joyida turub qoldi va hamamsini tezda anglab yetib yuziga keng kulgu yugurdi

-Demak Jin taslim boʻldi?

-Shunday janob. U kecha kechasi barcha korxonalarni rasman nomingizga oʻtkazdi.

Marxamat yana bir yangi episodeni sizlar uchun olib keldim shadows.
Darslarni,ishlarni qilib kelib mazza qilib oʻqing ❤️