October 10

Sening uying menman

PovAvtordan✍
Qalbimizdagi bazi chuqur yaralarning sababchisi his qilmagan,his qildirilmagan mehrning chandig'i boʻladi aslida.Qasos degan ogʻu qon qoningacha singib koʻzlaringga qora matodan bog'ich bog'laydida qo'lingdan tutib aybsizni ham aybdorni ham birma bir soʻydiradi.Ammo orqaga bir nazar solsang boshida men unday boʻlmayman,ulardek vaxshiylik qilmayman bu menga dars boʻldi deya ont ichgan boʻlsan.Va shuv etib yoshing ulg'ayasanu seni azoblaganlarning soyasiga aylanasan.Sendan tortib olishganlarini sen ham oʻzgalardan olasan,qalbing muzlaydi, koʻz yoshlaring quriydi,lablaring boshqa sozlaringda iliqlikni his qilmay qoʻyadi.

-Tug'ulgaaan kuningiiiz bilaaan~
Tug'ulgaan kuningiiiz bilaaan tabriklayman sizniii
Mehribonim, go'zal farishtam meni..gul iforligim yana bir yoshingiz muborak boʻlsin.

Ahh,Nega jimsiz? Yoki hali ham xafamisiz mendan..arazlab oldingizmi kech kelganim uchun?...yaxshi
unda keling jazoyimni bering menga.Yuzimga ham urishingiz mumkun..agar..agar..boʻyingiz menga yetmasa siz uchun egilib turaman..bilasizmi men ancha oʻsganman.

Jungkook yuziga mag'rur tabassum yugurtirgancha qoʻlidagi tortni yerga qoʻyib sekinlik bilan egilib yuzini qabrning sovuq tuprog'i ustiga yuzini bosib oʻrmonda ovchilar tuzoqlariyu "insonlar" vaxshiyliklar odam charchab bir panoh topgan ohu bolasi kabi koʻzlarini ohista yumdi.Xuddiki bu milliardlab insonlarni baxtli qilgan bu sayyorada shu bir uyum tuproq va uning ostidagi tandanda sokin joy yoʻqdek.

Jungkook-Kechiraqoling endi meni...qarang sizga oʻzingiz sevgan shokoladli tortni olib keldim.Esingizdami tortmi doim men tishlagan joyidan yerdingiz.Nega bunday qilasiz desam farishtalar tishlagan joyi shirin boʻladi derdingiz...

Jungkook "farishta" soʻzini qayta takrorlar ekan lablarida achchiq tabassum paydo boʻldi

Jungkook-endi farishta giz yoʻq oyi..endi siz tarbiya qilgan faqat yaxshilik ulashuvchi,mehrli Jungkook yoʻq.Uni yoʻq qilishdi,siz ishongan,mehr berishiga umid qilgan insonlaringiz oʻgʻlingizni tamom qilishdi.Raxm qilishmadi

Jungkook biroz shunday turgach og'ir nafas olgancha tezda koʻz yoshlarini artib oldi va boshini koʻtarib yuziga keng tabbasumni chiqardi, ortidagi tortning shamlarini yoqib uni qabr toshining ism yozilgan joyiga yaqin tutdi..

Jungkook-avval..avval..tilak bildirib kiyin esa uflang..maylimi..

Hech qanday oʻzgarish boʻlmagach yigʻidan qizargan koʻzlarini yumgancha o'zi o'chirish uchun rostalanar ekan kuzning yengil daydi shamoli Jungkookdan avval ularni nursizlantirdi. Jungkook koʻzlarini sekin ochgancha yuziga siniq tabassum chiqargsncha anchadan buyon ushlab turgan yoshlariga mutloq erkinlik berib sekingina qabrtoshiga boshini qoʻydi

Jungkook-Raxmat oyi...yolg'izlatmaganligingiz uchun raxmat

Jungkook mutloq oʻzini yoʻqotdi.Butun dunyoni larzaga soladigan g'azabi bilan lablarini qabrtoshga bosgancha qalbidagi alam, sogʻinch va olinmagan qasos alangalari bilan jim qodli

Jungkook-Ohhh ona sizni bu shoʻr peshona oʻgʻlingiz hech yaxshi bolaolmadida,agar yonimda boʻlganingizda aniq mendan voz kechardi giz,chunki siz bunday farzand tarbiya qilmadingiz..ammo ular qilishdi..oyi..ular sizning mittivoy oʻgʻlingizdan haqiqy vaxshiyni paydo qilishdi.Lekin vaqtincha..qasam ichaman oyi barchasi ular sizdan tortib olingan umur men mosuvo qilingan mehr va ayrilgan bolaligim uchun tovon toʻlab boʻlishgach hamamsini tugataman.

Yigit qoʻllari barmoqlari bilan qabrni silab qoygancha oʻrnidan qoʻzgʻaldi

Jungkook-Men ketishim kerak oyi,tinch yoting sizni oʻgʻlingiz hammasini uddalaydi.

Jungkook yuziga tabbasum yurgizgancha qaddini rostladi va orqa oʻgirib u yerni katta qadamlar bilan tark etdi

PovMuna
Yarm kechasi yomon tush taʼsirida alaxsiragancha toʻsatdan uygʻonib ketdim.Tomog'im suvsizlikdan qurub achishib turar edi.O'rnimdan turgancha sekin xonadan chiqib zinalardan pastlab oshxona tomon yoʻl oldim va muzdek suvdan tomog'imni ho'llagancha chiqish uchun shaylanar ekanman ortimda turgan sharpadan soch tolalarimgacha titrab ketdim.

Ogʻir yutungancha unga savol va qoʻrquv nazari bilan qarab turar ekanman uning qizargan nigohlarida avvalgi o'ynoqilikni emas aksincha o'zgacha ogʻriqni koʻrdim.

U yigʻlagan..?? Ha koʻzlaridagi qizillik koʻz yoshlaring asorati.Aqlim yuzidagi belgilardan uning holatini tushunib borar ekan qorquvim sekin yoʻqolib miyyamni savollar egallay boshladi.

Qizning chuqur va savol shaklidagi qarashlaridan nimadur anglaganini sezgan Jungkook tezda yuzida tund qiyofasini jonlantirdi

Jungkook- Uchinchi qulog'imni koʻrib qoldingmi?..nega anqayasan?

Toʻsatdan aytilgan "muz" bo"lakchalariga boy gaplardan shoshib qolgan Muna tezda oshxonadan chiqish uchun mayda qadamlar bilan chiqish eshigi tomon harakatlanishni boshlagan edi hamki Jungkookning buyruq ohangi uni toʻxtatdi

Jungkook- Shoshma,senda gapim bor gaplashib olishimiz kerak.

Jungkook gapini tugatib borib stol atrofidagi stullardan biriga joylashdi va koʻz harakati bilan Munaga qarshisidagi stulga ishora qildi.

Qarshilik qilishni zarracha foydasi yoʻqligini sezib sekin Jungkook koʻrsatgan joyga joylashdi.Ko'zlari bilan atrofni kamera bor yoki yoʻqligini tekshirar ekan Jungkook buni sezib qoʻllarini koʻksiga bogʻlab lab chetida sovuq kuldi

Bu yerda hech qanday kamera yoʻq, oʻyin ham qilmoqchi emasman.

Muna-Qanday ishonay?

Jungkook-Ishontirishga majbur emasman.Istasang ishon istasang yoʻq.

Muna zimdan achchiq bilan Jungkookga koʻz yugurtirib oldi

Jungkook- Menga otangni qotiliga qaraganday qarama!
Havotir olma shusiz ham hammasi tugagach seni qoʻyib yuboraman.

Jungkook soʻzlarini tugatib oʻrnidan turar ekan Munaning hayratdan kattalashgan koʻzlarini tez tez yumib ochgancha gapirish uchun zoʻrgʻa yutunib oldi

Muna- Qanaqa hammasi? Nima tugashi kerak? Nega aynan men bilan nimadur boʻlishi kerak?

Qiz bu uyga ilk bor olib kelingan kunidan buyon ich etini yeyayotgan savolni tiliga chiqarar ekan yig'lab zarda qilishdan oʻzini zoʻrgʻa tiyib kuylagi etagini g'ijimladi

Jungkook-Aynan sening oʻzingda hech qanday adovatim yoʻq.Ammo sen orqali bitadigan ishlarim bor

Muna-Ont ichasizmi?

Muna tanasidagi barcha jasoratini bir joyga yig'gancha eshik yonida turgan yigitga nigohlarini keskin qaratar ekan Jungkook katta qadamlar bilan stol yoniga yaqinlashib kamaridan qurolini chiqarib uni Muna tomon surdi va dadillik bilan unga qaradi

Jungkook-Agar vadamda turmasam mana shu bilan jonimni olishinga ruxsat beraman!.

Muna nigohlarini stol ustidagi sovuq quroldan Jungkookga qadadadi

Muna-Demak usha "tugash vaqti" kelguncha yana men bilan oʻyin qilasizmi?

Jungkook- Vaqt koʻrsatadi.

Jungkook soʻzlarini yakunlab javobni ham kutmasdan qurolni qoʻliga olgancha xonani tark etdi

PovMuna
Vaqt koʻrsatar ekanmi?Qasam ichaman agar yana bir bor menga tekkudek boʻlsa o'zimni oʻldiraman.

Soat allaqachon tungi 01:30 ni koʻrsatmoqda.Nafaqat bir birini shirin suhbatiga balki Jimin tarafidan tayyorlangani mukammal goʻzallik ogʻushida mast boʻlgan ikki yosh hatto vaqtning shiddatini ham pisandga ilmasdilar.

-Barchasi huddi tushdagidek

Jilmaydi Xarin boshini Jiminning yelkasiga qulay qilib joylashtirgancha

Jimin-Agar shu qadar xursand boʻlishingni bilganimda buni sen uchun avvalroq qilgan bolar edim.

Jimin qizni tanasiga oʻralgan paltosini toʻgʻrilab uni yelkasidan qattiqroq quchdi.Xarin Jiminning yelkasiga boshini qoʻygancha yaxtaning dengizn toʻlqinlarida sekin bir maromdagi tebranishiga mast boʻlgancha koʻzlarini beixtiyor yumdi.

Jimin-Ketishni istaysanmi? Menimcha ancha tilading vaqt ham allamahal boʻldi

Jimin qizning uyqu bosgan koʻzlariga yuzini yaqin keltirib peshonasidan kichik boʻsa olar ekan Xarin bunga nisbatan yengil tabassum qilgancha koʻzlari yumilgan holda bosh silkidi

Jimin-yaxshi unda turaylik

Xarin ham oʻzining epaqaga keltirib qaddini rostlab ekan birdan Jiminning baquvvat qoʻllari uni yerdan bargdek ohista koʻtarib oldi

Xarin-Jimin! Qoʻysangizchi oʻzim yuraolaman

Jimin-Albatta yuraolasan,lekin men koʻtarib yursam ikki karra yaxshiroq boʻladi.

Jimin keng tabassum qilgancha
Xarinni qoʻllarida mahkam tutgancha mashina tomon yurdi.
Yoʻl boʻyi mashina musiqasini balandlatgancha sevimli filmining saundtrekini ikkalasi jo'r boʻlib aytar ketar ekan Xarinning bir necha daqiqa avvalgi uyqu istagan koʻzlaridan asar ham yoʻq edi.Jimin bir qoʻli bilan mashina roʻlini boshqar ekan ikkinchisi Xarinning qoʻllarini mahkam tutgandi,goʻyoki butun dunyoda uylardanda baxtli inson yoʻqdek.

Mashina yana yarm soatlarda uyga yetib kelgach Jimin hovlida telefoni ekraniga tikilgancha toʻxtab qoldi va undan biroz oldinda zinalardan yuborilayotgan qizga boshini koʻtarmagancha gap qotdi

Jimin-sen kiraver azizam men ham hozir ortingdan yetib olaman.

Xarin bosh sikigancha yuqori koʻtarilib xonasiga yetib borgach ignidagi paltosidan halos boʻlayotib yotoq ustida qolgan telefoniga koʻzi tushdi

PovXarin- Hayol bilan boʻlib sumkamni olibmanu telefonimni uning ichiga solmaban.Telefonimni olib ekanini yoqar ekanman "Lienim❤️" kantaktida qabul qilinmagan 12 ta qoʻngʻiroq va bir nechta xabarlarni koʻrib xushim boshimdan uchdi.Xabarlarni tezlik bilan oʻqir ekanman barchasida "Iltimos telefonni koʻtar,muhum gapim bor" deya yozilgan edi.Lien odatda bir yoki ikki qoʻngʻiroqdan kiyin javob bermasam qayta qilmas edi demak nimadur jiiduy narsa bor...Tezda uning raqamini terib telefonimni qulog'imga qoʻyar ekanman qarshi tarafdan faqat "Abanent apparati o'chirilgan" degan avtomatik ovoz kelar edi..
-Qayerdasan Lien? Nima boʻldi senga??

*

Qorongʻu va zax xonada boshidan yegan zarbasi sabab qattiq va oʻtkir ogʻriq bilan kurashgancha koʻzlarini zoʻrgʻa ochgan qiz nimalar boʻlganligini eslashga urunar ekan xonaga eshik ochilishi natijasida nur kirib paydo boʻlgan ikki sharpa paydo boʻldi.Ularning biri ayol kishi ekanligini poshnasining ovozidan bilish mumkun edi

-Ayshsh,Lien opaa sizga nima qilishdi u ko'ppaklar?

Qiz mazxaranomuz ohangda yerda zoʻrgʻa oʻtirgan Lienga egilib gapirdi

Lien-Xix... aniqrogʻi sening "galadoshlaring" Jennie.

Lien ogʻriqlarga tan bermasdan chayqalgancha zoʻrgʻa gapirar ekan xonani erkak kishining kulgan yoʻgʻon ovozi egalladi

-Shox va mot.Shuni aytishsa kerak sher yaralansa ham sher deb.

Erkakning gapi Jennieni g g'ashini keltirib gʻazabini qoʻzgʻatdi va Jenniening ortidagi odamni kimligini bilish uchun tirishayitgan Lienni iyagidan qattiq ushlab oʻziga qaratdi

Jennie- senga kim "sher" kim itlarning "galadoshi" ekanligini koʻrsatib qoʻyaman,shunaqangi koʻrsataman seni hatto oʻsha laqma dugonang ham taniy olmay qoladi azizam.

Lien- Qoʻlingdan.... kelganini.. qil! ...Istasang gʻolibman deb oʻzingni alda lekin unutma hali barchasi uchun j...j..javob berasan.

Jennie-Axaxaxa,tanamdan sovuq ter chiqishni boshladi oʻziyam.Xo'sh nima boʻlar ekan Jimin bilsa? ..Yoʻq savolni osonlashtiraylik,buni qanday bilar ekan? Sen aytasanmi?

Jennie Lienni iyagini siltab tashlagancha ortida turgan yigitga kinoyali qaragancha qattiq kuldi

Jennie-Buni qara Kai,Lien xonim bu yerdan tirik chiqish uchun hali hamon umidvor ekan

Lien Jenniening soʻngi soʻzini eshitib yuz tuzilishi batamom oʻzgarib boshini sekin qimirlatgancha zoʻrgʻa shivirladi

Lien-Kai?

Mana qadrli shadows fanfigining yangi qismi bilan boʻlishdim.Umid qilamanki reaksiya va kamentlar bilan qoʻllaysiz.Vaqtingizga rozi boʻlasiz degan umiddaman❤️