February 21, 2025

Qoʻlimdan tut

Qoʻlimdan tut | 13-qism

Sen bilan bogʻliq hayollarimdagi har qanday xotiralarimni sensiz oʻtgan shu yillar davomida unutishga koʻp bora urundim. Har gal buni qilishga urunganimda esa natijasi aksincha boʻlardi. Sen hech qachon yodimdan chiqmading. Seni uchratgan ilk kunimdan to goʻzal chehrangni koʻrgan soʻnggi kunimga qadar hech birini unutmadim. Unutolmadim. Va aynan sening yoding meni azoblab kelgan eng daxshatlisi boʻldi. Mani tark etgan kuningdan buyon bu uchun millionlab sabablarini koʻrib chiqdim. Sanoqsiz savollarim hamon javobsiz qoldi. Endi esa seni unutishga harakat qilib garchi natijasi ma’lum boʻlsa ham oʻtmishimdan, sendan voz kechdim. Qarabsanki shundoqqinda koʻz oldimda paydo boʻlding. Yana son sanoqsiz boʻlgan javobi yoʻq savollar orasida qoldirding. Ochigʻi sen haqingda nima deyishga ham hayronman Hyen!

* 12 soat oʻtib *

Dengiz boʻyidagi joylashgan oʻrindiqlardan birida qoʻlida telefonini hovuchlagancha yakuni yoʻq dengizga, shamol ta’sirida mavjlanayotgan baland toʻlqinlarga uzoq termular ekan hayolida ming xil narsa aylanayotgandi ayni dam. Asabiylik ham bor unda. U bir muhum boʻlgan qoʻngʻiroqni kutmoqda. Tobora asab tolalari yeb bitirilib oyoq uchini tez tez harakatlantirar ekan onda sonda soatga ham qarab qoʻyardi. Nihoat telefon jiringlab u kutayotgan qoʻngʻiroq keldi. Tezda oʻrnidan turgan yigit darxol javob berib sabrsizlanib savolga tuta boshladi.

Jungkook: Nima boʻldi uni topa oldingmi?
- ha topdim. Faqat sen izlayotgan odam ayni dam Koreyada emas, Jungkook.
Jungkook: Nima? Unda qayerda?
- u qiz hozir Yaponiyada yashayapti. Bir yildan buyon. Undan oldin esa Koreyaning oʻzida ham ikki marotaba yashashYa manzilini oʻzgartirgan.
Jungkook: Aniq manzilini topding shundaymi?
- ha yana Jungkook…

Telefon ortidan biroz uzilish sezildi.

- dadang bilan bogʻliq ma’lumot ham topdim.
Jungkook biroz gapdan sergaklanib qoshlarini chimirib keyingi gaplarni kuta boshladi.

- Janob Jeon JiEun Yaponiyaga ketishidan oldin u bilan koʻrishgan. Aniqrogʻi qiz kompaniyangizga kelgan.

PovJungkook: Jin ursin*!

Jungkook: Yaxshi, Jaehun men uchun yana bir yordam koʻrsata olasanmi?
- nima qilishimni hohlaysan?

*

– U qiz deyarli ishdan boʻshadi deb hisoblashingiz mumkun janob Min. Bundan xatolik boshqa sodir boʻlmasligiga kafolat beraman.

Kresloga orqasini bergancha ish boshqaruvchisining gaplarini tinglayotgan yigit garchi qulogʻi boshqa narsani eshitayotgan boʻlsa ham fikr-u hayoli qarshisida yerga boshini eggancha turgan qizga qaratilgandi. Bir oʻzi kabi janob Chonning gaplarini qilgan xatosi evaziga eshitib bir bir ish boshqaruvchiga hijolatomuz qarab qoʻyishiga, bir asabiylikdam barmoqlarini har koʻyga solib bir biriga qovushtirgancha labini tishlab turgan qizga nigohlarini uzmay qarab turardi. Egilgancha yuzida tabassum paydo qilgan yigit yuzini koʻtarib jiddiylikni niqob qilgancha qoʻli bilan toʻxtash ishorasini berib janob Chonga buyruq berdi.

Yoongi: Yetarli! Xoʻsh, Hyen, nimadir deyishni istaysizmi?

Yigit qat’iy nigohlarini qiz tomon koʻchirib unga yuzlandi. Hyen unga tikilib biroz nima deb javob berishga ikkilanib qoldi.

Hyen: Haligi men… Men afsusdaman. Oʻshanda oʻzimda emasdim. Hayajon bosdi nazarimda. Kechirim soʻrayman. Boshqa bu xato takrorlanmaydi.
- Chunki ortiq bu yerda ishlamaysan! ( Hyen xuddi kutgandek bu gapga qarshi reaksiya bildirmadi. U hamon boshini eggancha turaverdi. Biroq galdagi yigitning gaplaridan hayrat bilan u tomon qarar ekan janob Chon ham undan kam hayron qolmagandi.

Yoongi: Menimcha bunga bunchalik chuqur kirishimizga hojat yoʻq deb oʻylayman janob Chon. Siz esa ishingizni davom ettirishingiz mumkun.
- Ammo janob Min, axir bu…
Yoongi: Qarorimni muhokama qilmoqchimisiz?

Yigit chimirilgan qoshlar bilan janob Chonga yuzlanar ekan ogʻit yutungan ish boshqaruvchi ortiq soʻzga xaddi sigʻmay ta’zim qilgancha xonani tark etdi.
Xonada yolgʻiz Hyen va janob Min qolishdi. Qiz biroz hijolat chekib nigihlari bilan yer chizar ekan koʻz qiri bilan yihitga qarab qoʻyardi. Min esa aksincha bir diqqat e’tiborini qizga qaratib uji boshdan oyoq sintez qilib chiqdi

Yigit oʻrnidan turib ish stolining yon stollaridan biriga oʻtirib qizga qarshisiga oʻtirishiga ishora qildi.

Yoongi: Marhamat oʻtiring!

Qiz ikkilanish bilan qarshisidan joy olib nigohlarini yigitdan olib qocha boshladi.

Yoongi: Avvalambor bu darajada shaxsiy boʻlgan savolni berganim uchun ma’zur tutasiz. Kechagi bazmda siz tikilib qolgan yigit…

Yigit gaplaridan toʻxtab qizning bunga qanday reaksiya bildirishini biroz kutdi. Soʻng yana gapida davom etdi.

- U sizga kim boʻladi? Sevgan yigitingizmi?
Hyen: Hech kim. Men hech kimni koʻrmadim. Biroz avval aytganimdek kechagi qilgan xatoyim kuchli hayajon tufayli sodir boʻldi. Menga yana bir imkon berganingiz uchun minnatdorman janob Min. Endi ruxsatingiz bilan ishimga qaytsam?!

Qiz ta’zim qilib oʻrnidan turgancha xonani tark etdi. Xonadan chiqishi bilanoq uni kutib olgan Jihun uni chetga olib soʻroqlay ketdi.

Jihun: Janob Yoongi bilan nima haqida gaplashdingiz? U senga nima dedi? Ishda qolishingni aytdimi? Janob Chon teskari boʻlib chiqib ketdi.
Hyen: Ishda qoladigan boʻldim. Ammo meni bir narsa hayron qoldirdi. Janob Min nega Jungkook haqida soʻradi? U haqida sen nimadir dedingmi?
Jihun: Yoʻq albatta, nimayam deyishim mumkun men?

Ikkisi ham oʻylanib qolishdi. Ammo Hyen Jihunning yuzidagi ayyorona tabassumni koʻrib unga tushunqiramay qarab qoldi.

Hyen: Nega bunday qarayapsan? Jihun!
Jihun: Shoshmachi! Balki bizning kelishgan boshliq senga qiziqib qolgandir a? Nima deysan?

Kulimsiragancha soʻzlagan qiz dugonasini turtib qoʻyarkan Hyen ensa qotirdi.

Hyen: Qoʻysangchi! Kelib kelib bunday inson mendayin oddiy qizga qiziqish bildiradimi? Yana qora oʻtmishi bor qizga! Bekorchi gaplar!

U shunday deya ketmoqchi boʻldi biroq Jihun tirsagidan tutgancha toʻxtatib qoldi.

Jihun: Unday dema! Sen Yoongini bilmaysan. U boshqa yigitlar kabi emas. U uchun bari jiddiy. Seni oʻrningda boʻlganimda bunday yigitga men yoʻq demagan boʻlardim dugonajon.
Hyen: Aysh🤦🏻‍♀️ unda borib oʻzing u bilan gaplash.
Jihun: Afsus yigitning koʻngli allaqachon band qilingan ekan.

Jihun Hyenga ishora qilib uni kalaka qilgancha yelkasidan qoqib kulgancha undan oldin ketib qoldi. Battar jazavasi qoʻzigan qiz ichidan nadomatlar aytib qizning ortidan ketdi.

*

– Jin ursin baringizni! La’nati bir tiynga qimmat ishyoqmaslar! Bir ishni ham eplolmadilaring. Oʻgʻlim qayerda?!

Janob Jeon baqirgancha telefonda gaplashar ekan uning ovozi butun uynj tutib ketdi.

– Hoziroq top uni. U qiz bilan koʻrishishiga aslo imkon bermang. Kerak boʻlsa kuch bilan ikkisini ham oldimga olub keling.

Jahl bilan goʻshakni qoʻyib telefonni divan ustiga uloqtirib yubordi. Asabiylashgancha boshini ushlab uyoqdan buyoqqa harakatlana boshladi.

Janob Jeon: Senlarni ancha avval gumdon qilishim kerak edi. Axx tirik qanday qilib tirik qoldirdim a? Nimadir qilishim kerak. Aks holda keyingi ishlar haqida oʻylasam… Jin ursin!

Divan ustida jarang sochgan telefon janob Jeonning hayollarini butkul chalgʻitib yubordi. Soʻkingancha goʻshakni koʻtarib javob berdi.

Janob Jeon: Nima boʻldi?
- haligi janob…
Janob Jeon: Chaynalmasdan gapir!
- biz qizni topdik. U ish hamkoringiz janob Minning restoranida ishlayotgan ekan. Bilishim boʻyicha yosh xoʻjayin u qiz bilan Min Yoongining tugʻilgan kun bazmida ucharshib qolgan.

Janob Jeon: Jin ursin hammasini! Yaxshi, u qizni koʻzdan qochirma hozircha kuzat. Mendan xabar kut. Lozim boʻlsa uni butunlay gumdon qilasan!

Goʻshakni oʻchirgan erkak biroz tinchlangandek boʻldi. Biroq gʻazab uni tark etmagan. Hotirjam joyiga oʻtirgan erkak bir nuqtaga tikildi.

- Shuncha harakatlarim bir deganda zoyi ketadimi? Aslo! Men tirik ekanman oʻgʻlimga erisholmaysan! Seni haqiqatdan tuproq tagiga tashlashga toʻgʻri kelsa ham bu ishni tab tortmay qilaman.

*

PovHyen: Charchoqli ish kunini yakunlab kiyimlarimni almashtirar ekanman hayollarim chalkash edi. U hecham hayollarimni terk etmayapti. Qanchalik unutishga harakat qilsam ham bu qiyin kechyapti. Jihunning chaqiruvidan soʻng hushim joyiga keldi.

Tezda ishimni yakunlab u bilan ishchilar xonasini terk etar ekanmiz restorandan chiqaverishda janob Min bilan toʻqnash kelib qoldik. Odatda bu paytgacha janob Min hech qachon bu yerda qolmasdi.

Yoongi: Hayrli kech!
- Hayrli kech ( Hhen va Jihun

Jihun: Hyee, haligi janob Min bizni uygacha tashlab qoʻyishini aytdi. Men rozi boʻldim. Qarshi emassan degan umiddaman, dugonajon!

Jihun menga gʻalati qarash qildi. Bir deganda nimani niyat qilganini tushunib bunga qarshilik qilishga urundim.

Hyen: Shart emasdi. Sizni ovvora qilish niyatimiz yoʻq. Jihun oʻzimiz ketamiz
Jihun: Axir… ( koʻz qirim bilan unga jim boʻlishiga ishora qildim. Biroz janob Minning qarshi aytilgan soʻzlari sabab men ham nima deyishni bilmay qoldim.

Yoongi: Kech boʻlib qoldi. Bu pytda yolgʻiz yurish yaxshi emas. Qolaversa yoʻlim ham shu tomonda.
Jihun: Yaxshi biz rozimiz janob Min. Sizdan minnatdormiz.

U shunday deya qoʻlimdan tutib ortidan ergashtirib ketdi. Hech qancha kutmay restoran oldida paydo boʻlgan tundayin qora limuzin meni hayratda qoldirdi. Bir nimalar deb pichirlayotgan Jihun hozir hammadan koʻra koʻproq asablarim bilan oʻynashmoqda. Uyga yetib olsam boplab tazirini beraman.

Mashina haydovchisi yugirgilab qarshimizda paydo boʻldi. Iltifot bilan eshikni ochib berar ekan avval Jihun ortidan men keyin esa janob Minning oʻzlari mashinaga joylashib joʻnab ketdik. Katta asosiy yoʻlga chiqib olgach mashina haraktlanayotgan yoʻlni koʻrib biroz kalovlanib qoldim. Biz mutlaqo boshqa yoʻl bilan ketayotgandik. Jihunga yuzlanib nima boʻlayotganini soʻrashga ham ulgurmay mashina toʻxtadi. Biz hali yetib kelmadik. Biroz avvalgi jahlimni bosishga hali ulgumay endjmia bunisi. Jihun mashina toʻxtagan joyda tushib qoldi. Hech bir harakatini tushunmay unga tikilar ekanman dugonam negadir jim. Jin ursin!

Jihun: Haligi Hyee, meni zarur boʻlgan ishim chiqib qoldi. Ishimni hal qilib tezda uyga qaytaman. Ungacha oʻzingni ehtiyot qil. Janob Min manzilni biladi.

U janob Min tomon bir qarab kulib qoʻydi. Qoshlarim chimirilib balki buni atayin qilayotgandir deb ham oʻylab qoldim. Shunchaki uyga yetib olgunga qadar nigohlarimiz bir birimiz bilan toʻqnashmasligiga tirishdim. Borgan sari Jihunning qilgan ishlaridan asabiylashib borardim. Bunga qanday xaddi sigʻdi?!

PovAvtor: Qizning hech hir harakatlarini oʻtkazib yuborishni istamayotgan yigit unga tikilib turishda davom etardi. Nigohlari asabiylikdan barmoqlarini bir biri bilan oʻynatishni odat qilgan bu qizning ayni damdagi holati kulgusini qistatardi.

Yoongi: Nimadir ichishni istaysizmi?

Limuzinning bir tomoni mini bar koʻrinishida boʻlib unda qator tahlangan ichimlik uchun qadahlar,keng tanlov boʻlmasa ham ammo eng sifatli namdan tayyorlangan shampan vinolari joy olgan boʻlib yigit ularga ishora qilib qizga yuzlandi. Biroq tezda “yoʻq “ deya javob bergan qiz yana avvalgi holatiga qaytib yuzini yoʻlga qaratdi. Yarim soatlar vaqt oʻtib koʻp qavatli turar bino yonida limuzin toʻxtar ekan qiz xatto yordamchi ochishini ham kutmasdan mashinadan tushmoqchi boʻldi. Biroq Yoongining chaqiruvidan soʻng ortiga oʻgirildi qiz.

Yoongi: Hyen, agar qarshi boʻlmasangiz ertaga ham ishdan soʻng sizni kuzatib qoʻysam?
Hyen: Yoʻq, ishdan soʻng ishlarim bor. Olib kelganingiz uchun minnatdorman janob Min. Hayrli kech!
Yoongi : Haytli kech.

Qiz minnatdorchilik evaziga kichik ta’zim bilan bosh egib mashinadan tushdi. Yigit uni oyna ortidan uyiga kirib ketguniga qadar kuzatib soʻng oʻzi ham u yerni tark etdi.

*

* Soat tungi 21:00 | Yaponiya *

Biznes klassdan joy olgan yigit bort kuzatuvchilarining samalyot qoʻnish arafasida ekanligini ma’lum qilgach tayyorgarlik koʻrar ekan kutilmagan va shu oʻrinda notanish boʻlgan raqamdan qoʻngiriq boʻldi. Jungkook ikkilanishsiz goʻshakni koʻtarar ekan xirillagan ovozdan sergak tortdi.

- J..jungkook, aeroportdan aslo chiqa koʻrma!
Jungkook: Jaehun? Nima boʻldi?
- janob Jeonning odamlari ustaxonamga bostirib kelishdi. Hozir ular seni aeroportda kutishyapti!
Jungkook: La’nati! Sen qayerdasan? Senga nimadir qilishdimi?

- Men yaxshiman. Faqat meni gapirtirish uchun koʻp harakat qilishdi.
Jungkook: Raxmat doʻstim. Koreyaga qaytsam hammasini hal qilaman.

Goʻshakni qoʻygan yigit ust kiymini kiyib tushishga tayyorlandi.

PovJungkook: Demak taxminlarim bari toʻgʻri chiqdi. Dada! Nimalar qilmoqchisiz oʻzi?! Endi yoʻlimga toʻgʻanoq boʻlishingizga aslo yoʻl qoʻymayman. Aeroportdan bilintirmagan holatda chiqib ketishim kerak. Agar ular aeroport ichkarisida yoki tashqarisida boʻlsa menga puxtaroq reja kerak.

Samalyotdan tushuboq boshqa yoʻlovchilar orasiga singib ketgan yigit atrofida shubhali hech narsa sezmagach bosh kiyimini yanada pastroq tortib yuzini berkitishga urundi. Biroq kutish zalida qora kostyumli bir toʻda yigitlarni koʻrib boshqa tomonga qarab harakatlana boshladi. Olomon orasida uni ajrata olmagan qoʻriqchilar Jungkookni deyarli payqashmadi. Biroq bu faqatgina aeroport ichkarisidagi qoʻriqchilarnigina chalgʻitishga kifoya qildi. Chiqishi bilanoq kirish eshigi yonidan biroz uzoqlikda qora furgon yonida uni poylab turgan boshqa guruh qoʻriqchilarni uni tezda payqashdi.

Jungkook: Shit*

Aeroport yoniga birinchi toʻxtagan taksiga mingan yigit darxol gʻoyib boʻldi.

PivJungkook: Oldimdan chiqqan birinchi taksiga oʻtirib u yerdan joʻnab ketishgaku kettim. Oʻylaymanki biroz boʻlsa ham ular mendan ortda. Garchi shu yergacha kelishgan ekan JiEunnkng oldiga borishadi yoki allaqachon buni qilishgan. Oldi oyna orqali men tomon qarayotgan amaki biroz shubha bilan tikildi. Bosh kiymimni yechib haydovchiga borishim kerak boʻlgan manzilni qanday tushuntirsam endi?! Yapon tilini bilmayman axir! Ax JiEun bunchalik uzoqqa ketish kimga kerak?! Jaehyundan olgan manzilni taksi haydovchisiga uzatib undan javob kutar ekanman hoynahoy gaplarini tushunmayotganimni anglab yetdi. Taxminan aeroportdan bir yarim soat uzoqlikda koʻzlagan manzilimga yetib keldim. Jaehyundan aniq manzil yoʻnalishini soʻrab qandaydir uygacha yetib keldim. Ikkilanishsiz uy eshigini taqqillatar ekanman koʻp oʻtmay yoshi katta boʻlgan bir erkak eshikni ochdi. Biroz vaqt oʻtar oʻtmas gavdali erkak ortidan men kutgan inson koʻrindi.

- J..jungkook?!
( Hayratlangani yuzida yaqqol sezilgan qiz dokadek oqarib ketgandi.
Jungkook: Gaplashib olishimiz kerak. Bu muhum.

PovJiEun: Uzoq yillardan soʻng qarshimda koʻrgan yigitni koʻrib ichimda gʻalayon boshlanib ketdi. Boʻlib oʻtgan ishlardan keyin ujing koʻziga qandayin tik qarashni ham bilmayman ochigʻi. Hozir unga nima deyman? Bordiyu hammasini aytishni soʻrasa nima qilaman? Otasichi? Unga bergan va’damni buzsam hayotim nima kechadi?

JiEun: Bu yerda nima qilyapsan? Meni qanday topding?
Jungkook: Sendan soʻrashim kerak boʻlgan koʻp narsalar bor. Va sen javob berishing kerak!
JiEun: Bu yerda ekanligingni dadang biladimi? Menimcha sen savollaringga javob olishing mumkun boʻlgan ygona odam bu Janob Jeon. Nima istasang borib undan soʻra!

Qiz ortga tisarilib endi eshikni yopmoqchi boʻlganda yigit qarshilik qildi.

Jungkook: Hyen tirik ekanligini bilarding shundaymi?
JiEun: N..nima? Nimalar deyapsan? U oʻlgan!
Jungkook: JiEun! Meni aldashga urunma! Hammasini ayt menga. Oʻshanda nimalar boʻlgandi?
JiEun: Men aytolmayman. Bu mumkun emas. Jonim havf ostida qoladi. Sen hech narsani bilmaysan. Tavakkal qilish niyatim yoʻq. Qolaversa oʻtmish oʻtib ketti.

Ikkinchi bor eshikni yopmoqchi boʻlganda qarshilik qilgan yigit jahldan qisilgan koʻzlar bilan qizga qaradi.

Jungkook: Seningcha bu yerga kelganim haqida dadam bexabar deb oʻylaysanmi? Ular tez orada shu yegacha kelishadi. Hozir men bilan ket va joningni qutqarib qolishing mumkun.

JiEun: Nima?
Jungkook: Menga haqiqat kerak. JiEun, va’da beraman, seni oʻzim himoya qilaman. Men bilan yur!

*

Tugadi yorobun. Maroqli mutolaa 🌚💋

#Xarin
@Gold_fanfics