October 2

Qo'limdan tut

Qo'limdan tut 12-qism

Jungkook og'ir xo'rsingancha mashinadan tushib kompaniya kirar ekan hech bir ifodasiz harakat qilayotgan yigitning e'tiborini u bilan bir vaqtda kompaniya eshigi yonida unga duch kelgan qiz tortib keng tabassumiga sabab bo'lgandi.

โ€” Hayrli tong! ( Jungkook
โ€” Senga ham hayrli tong!
โ€” Minji, ahvoling yaxshimi?

Unga faqatgina hayrli tong tilash bilan chegaralangan qiz boshlarini egib avvalgi xomush yuz ifodasiga qaytib yigitdan odimlab ichkariga kirmoqchi bo'lgan qiz ortidan kelgan ovozdan to'xtashga majbur bo'ldi.

โ€” Hammasi joyida.
โ€” Negadir bunga o'xshamaydi.

Ichkariga kirayotgan yigit va qiz tezda ular kelishi bilanoq xodimlar o'rtasida boshlangan shivir shivir Jungkookga xattoki ta'sir ham qilmasdi. Uning e'tiborini tortgan yagona narsa hadiksiragancha havotirli atrofga ko'z tashlayotgan qiz edi. Biroz oldingi sovuq javob qaytarishning sababini o'zi uchun tushungan yigit qizga yanayam yaqinlashib so'z boshladi.

โ€” Bunga ahamiyat berma. Qanchalik e'tibor qaratsang ular shunchalik seni o'z domiga torta boshlashadi.
โ€” Men shu yerda ishlayman va o'rtamizda bo'layotgan oddiy suxbatimiz ham ularga noto'g'ri tarzda yetib bormoqda. Bunga shunchaki e'tibor qaratmaslik ... Mm men unchalik kuchli qiz emasman.

So'zlarini yakunlagan qiz katta qadamlar bilan yigitdan uzoqlashib lift tomon ketar ekan ortidan qarab qolgan yigit biroz shu koyicha qoldi.

โ€” Kichik xo'jayin, agar gaplarimni noto'g'ri qabul qilmasangiz bir gapni aytsam?
โ€” Yaxshi gapir ( qiz tomon qaratilgan nigohlarini uzmagan holda gapirdi yigit.
โ€” Dadangizning qulog'iga bu gap so'zlar yetib borsa bu qiz uchun ham muammolar tug'ulishi mumkun.

Yordamchisining gaplarini o'zicha tahlil qilib endi yigit u tomon qaradi.

โ€” haligacha dadam nega xabar topmagani meni qiziqtiryapti. Sen bu haqida nimadir bilasanmi? ( Jungkook
โ€” yo'q janob, dadangiz bu haqida bilsa shunchaki jim qarab turmaydi..albatta nimadir qiladi. Buni o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Men bo'lishi mumkun bo'lgan hodisaning oqibatlari haqida sizga tushuntirmoqchiman.
โ€” Tushunarli. Yaxshi kettik. ( U shunday deya beparvolarcha lift tomon ketdi.

~

โ€” Aysh jin ursin, Jihun menda o'xshamayapti ( ertangi ziyofat uchun mexmonlarga maxsus taomni yetkazish uchun mo'ljallangan aravachini yurgizayotgan Hyen hamon bir nuqta bo'ylab yurolmayotganidan xunob bo'lardi.
โ€” Harakat qilsang albatta o'xshaydi Hyen.( Chetda jim qizni kuzatayotib boshlarini ushlaganda javob berdi Jihun.
โ€” Nega buni o'zi men qilishim kerak? Men oddiy idish yuvish bilan shug'ullansam. Bu sening vazifang.
โ€” Chunki buni men hohlayapman. Yana bir martta urunib ko'r. Albatta o'xshaydi.

Hyen ortiq baxslashmay yana e'tiborini oldinga qaratib chuqur nafas olgancha yurishda davom etdi.

โ€” Menga qara. Diqqatingni jamla. Aravachani mehmonlar stoli tomon yurgizayotganingda chiroqlar bo'lmaydi. Faqatgina taom atrofi yoritgich bilan yoritiladi xolos. Qoqilib ketmaslik uchun qadamlaringni shaxdam va bir nuqtada tashlasang hammasi yaxshi bo'ladi. Harakat qilib ko'r!

Jihun harakatlarni tushuntirish barobarida o'zi ham amalda ko'rsatar ekan Hyen unga diqqat bilan e'tibor qaratib o'zi ham ortidan qaytardi.

Hyen: To'xta yurishimga manavi uzun yubkam halaqit qilyapti ( Hyen pastga egilib uzun yubkasini tizzasidan ancha teparoqqa ko'tardi. โ€“ Ana bo'ldi endi ancha qulay bo'ldi. ( Javoban Jihun dugonasining harakatlaridan kular ekan Hyen ham unga qo'shildi. To'satdan xonaga kirib kelgan notanish inson sabab harakatdan to'xtagan qizlar hayronlik ifodasini yuziga chiqarib joylarida qotib qolishdi.

Hyen: Siz kimsiz? Taqillatish kerak ekanligini o'rgatishmaganmi? ( Hyenning kutilmagan qo'pol muomilasi tufayli so'zdan qolgan yigitning kutilmaganda nigohlari qizning yarim ochiq sonlariga tushdi. Buni sezgan qiz darrov yubkasini pastga tushirdi. Tezda hushi o'ziga qaytgan yigit biroz ichkariga kitib tiniq ohangda, o'zini bosib olgancha javob qaytardi.
โ€“ Menga janob Chon kerak.
โ€“ U bu yerda yo'q.
โ€“ Yaxshi, unda u kelganda .... ( Qiz chaqqonlik yigitning gaplarini kesib tashlab ters javob qaytardi.

โ€“ Agar gulni olib kelgan bo'lsangiz uni katta zalda qoldirishingiz mumkun. Endi esa chiqing. ( Hyenning ters javobidan kalovlanib qolgan yigit uncha jim qarab qoldi. Ularni chetda kuzatib turgan Jihun qarshisidagi inson aslida kimligini bilardi. Dugonasini qancha tinchlantirishga urunsa ham Hyen bunga e'tibor qaratmasdan gaplarida davom etdi.

โ€“ Nimaga tikilib turibsiz janob?! Marhamat boshqa gapingiz bo'lmasa chiqib ketishingiz mumkun.

โ€“ Yaxshi, hayrli kun xonimlar. ( Yigit Jihunga qarata kulib xonani tark etarkan javoban Jihun unga yengil ta'zim qildi. Boshini ko'targancha yoqasini ushlab stolga o'tirib qoldi.

โ€“ Davom etamizmi? Senga nima bo'ldi? ( So'radi Hyen hayronlik ifodasi bilan.
โ€“ Hyen sen hozir kim bilan gaplashganingni bilasanmi?
โ€“ Kim bilan ekan?

*

โ€“ Qo'ysangchi bunday bazmlar men uchun emas axir Jungkook.
โ€“ Bu ahamiyatsiz. Shunchaki menga sherik bo'l!
โ€“ Shusiz ham biz haqimizda kompaniyada gap-so'zlar yurishidan xabaring bormi? Qolaversa men u yerga kim sifatida boraman?
โ€“ Meni do'stim sifatida. Umuman olganda bu ahamiyatlimi? Xo'sh? ( Jungkook qizga qiziquvchanlik bilan savoliga javob kutar ekan hujjatlardan boshini ko'targan Minji o'ylanib qoldi.

โ€“ Yaxshi, sen bilan borishga roziman. Meni ko'ndirding! Bazm qachon bo'ladi?
โ€“ Ertaga. Seni uyingdan o'zim olib ketsam qarshi emassan shundaymi?
โ€“ Mm yaxshi.
โ€“ Kelishdik! ( Qiz yuzida keng tabassum bilan yigitni kuzatib ishiga qaytdi.

Jungkook o'z xonasiga qaytar ekan xonada keng deraza yonida hotirjam sigara tutatib atrofni kuzatayotgan insonni ko'rib eshik oldida biroz turib qoldi.

โ€“ Dada? ( So'radi Jungkook o'z ish stoliga yaqinlashib. โ€“ Siz bu yerda nima qilyapsiz? ( Yana istehzoli kulgu aralash ohangda kreslosini o'ynatgancha so'radi Jungkook. Biroz tund qiyofada o'g'liga tikilib turgan erkak u tomon yaqinlashib kreslodan joy oldi.

โ€“ O'z kompaniyamga kela olmaymanmi?
โ€“ Albatta kelishingiz mumkun. Shunchaki ishlarni menga topshirgandan so'ng ancha muddat qarilik gashtini surasiz deb o'ylagandim.
โ€“ Yoongining tug'ilgan kun sharafiga uyishtirilayotgan bazmga borishga qaror qilibsan, juda xursand bo'ldim o'g'lim!
โ€“ Yoongi mening do'stim dada, lutfan taklif qilgani uchun borishga qaror qildim. Buning nimasiga xursand bo'lyapsiz? ( Jahl aralash ohangda gapirdi yigit
โ€“ Asl maqsad bu ko'ngil hushlik emas Jungkook. Yoongini o'sha restoranni vaqtida marhum Min Junghi imzolagan shartnomaga muvofiq berishga ko'ndirishing kerak. ( Yigit kreslosiga berib o'tirgan yelkasini to'g'ri tutib dadasi tomon enggashdi.

โ€“ Dada, bu joy nimani hal qiladi? Shusiz ham Seoulning istalgan yerida ko'chmas mulklaringiz bor. Shu yetarli emasmi?! Dadasidan qolgan yagona meros o'sha restoran ekanligini bilasiz. Sizningcha Yoongi bunga rozi bo'ladimi? Yo'q! U bilan kichik bir joy sabab ziddiyatga borib qolishni istamayman.
โ€“ Sen hammasini bilmaysan. U yerda mening ham haqqim bor. Biz ilk marotaba biznesimizni o'sha restorandan boshlaganmiz.
โ€“ Siz faqat homiy vazifasini bajargansiz xolos. U joy sizga tegishli emas. ( Jungkook dadasining gaplarini yakunlanmasidan kesib tashlab o'rnidan turar ekan ichimlik saqlanadigan tumba oldiga bordi. Hotirjam ichimlik quyib dadasiga yuzlangancha gapida davom etdi.

โ€“ Men ertaga bu haqida gap ochmayman, buni hohlamayman ham. Garchi ishni menga topshirgan ekansiz, dada, barini menga qo'yib bering. O'zim eplayman. Kichik bir restoranga muhtojligimiz yo'q. ( O'g'lining beparvolarcha so'zlayotgan gaplaridan o'zida iloji boricha hotirjamlik saqlashga urinayotgan janob Jeon ko'zlarini asabiy yumib qo'li bilan hassasini qattiq siqimladi.

โ€“ Yaxshi. Bu haqida hozircha gaplashmaymiz. Aslida boshqa mavzuda gaplashish uchun kelgandim.
โ€“ Xo'sh?
โ€“ Jungkook yoshing allaqachon 27 ni qarshiladi. Uylanish niyating yo'qmi o'g'lim?
โ€“ Hozircha yo'q.
โ€“ Xullas gap bunday, o'sha bazmda Minning singlisi bilan yaqindan tanishib ol. Oialaviy rishtalar balki keyinchalik ishda ham foyda bo'lar?!
โ€“ Dada bu mavzuda gaplashishni hohlamayman. Jiyeon Shieny bilan teng, deyarli singlimdek ko'raman. U bilan bunday rishta bog'lashni hohlamasdim.

Qolaversa bazmda yolg'iz bo'lmayman. ( Jungkook gapini yakunlab nigohlarini kompyuterga qaratdi.

Janob Jeon sinchkovlik bilan o'g'lini kuzatar ekan shubha bilan unga tikildi.

โ€“ U kim? Men taniymanmi? Koreyaga qaytganingga endigina ikki oy bo'ldi. Bu paytda qandaydir qiz do'st orttirganingga ishongim kelmaydi.
โ€“ Unday emas dada. Shunchaki bir tanish do'stim. Hammai siz o'ylagandek jiddiy emas.
โ€“ Yaxshi. ( Janob Jeon og'li bilan hayrlashib xonadan chiqar ekan eshik yonida uni kutib turgan xizmatchisini yoniga chorladi.

โ€“ Menga ertangi Minning tug'ilgan kun bazmiga o'g'lim kim bilan borayotganini aniqlab ber. Bugun kechga qadar u qiz haqida ma'lumotlar qo'limda bo'lsin.
โ€“ Hop janob! ( Janob Jeon qat'iy buyruq berib kompaniyadan chiqib ketdi.

*ERTASI KUNI | BAZMDAN BIR NECHA SOAT OLDIN*

Barcha restoran xodimlar: menejerlardan tortib oshxonada xizmat ko'rsatadigan kichik xodimlargacha bir necha soatlardan so'ng bo'lib o'tadigan bazm uchun yelib yugurgancha tayyorgarlik ko'rishardi. Minlar oilasiga tegishli bo'lgan bu: aslida kichik bo'lsada biroq hashamdor, salkam Korening yetmishinchi yillaridan buyon faoliyat yuritib kelayotgan bu restoran shaharning boshqa katta nufuzga ega restoranlaridan aynan shu jihati bilan ajralib turardi. Marhum janib Min Junghi ilk biznesini ushbu kichik restoranni ochish bilan boshlanganligi sababli Min Yoongi aynan shu yerda do'stlar davrasida o'tkaziladigan tug'ilgan kun bazmini tashkillashtirishni maqsad qilgandi. Otasidan qolgan yagona meroz bu u uchun shu joy. Shu sababli hech bir moddiy manfaat yuzasidan uni hech kimga shubchaki sotib yubormaydi. Restoranning katta mehmonlar uchun atalgan zalida bazmning asosiy mehmonlari uchun uzun stol bezatilgan. Zal nim qorong'u. Faqatgina atrofga qo'yilgan chiroqlargina sal yorug'lik berib turibdi xolos. Hali bazm boshlanish vaqtiga borligi sababli mehmonlar kelishga ulgurmagan. Janob Chonning xonasida yolg'iz maxsus yegulikni eltish uchun mo'ljallangan aravachaga tikilgancha chuqur uh torgan qiz uni mahkam tutib tayyorgarlik ko'rishda davom etdi.

PovHyen: Jin ursin* kechagina o'rgangan barchasi yodimdan chiqdi. Negadir yuragim g'ash. Nimadir sodir bo'ladigandek tez uryapti. Qolaversa kecha o'zim bilmagan holda restoran xo'jayni Min Yoongiga qo'pollik qilganimni eslasam birozdan so'ng uning qarshisida ko'zlariga tikilib taomni uzatishimni o'ylasam battar hayajonim ikki karra oshishiga sabab bo'lyapti. Nima bo'lgan taqdirda ham o'zim tuta bilishim kerak. Sen buni uddalaysan Hyen. ( Qiz aravacha tutqichini siqimlab yodida saqlanib qolgan harakatlarni takrorlar ekan, eshik ochilishi bilan orqasiga o'girildi. Kutilmagan inson tashrifidan ta'zim qilib yigit qarshisida boshini eggancha turaverdi. Qarshisidagi inson kechagi voqelarni ko'z oldida jonlantirib kulib qo'ydi. Nigohlari bilan yer chizayotgan qiz esa boshini nim ko'tarib xona bo'ylab harakatlanayotgan yigitni kuzatdi.

โ€“ Isming nima? ( Yigit qizdan javob kutib janob Chonga tegishli stoldan joy olib qizga tikildi.
โ€“ H..hyen..Lee Hyen janob!
โ€“ Mm Hyen.. negadir seni bu yerda ilk martta ko'rib turibman. Yangi xodimmisan?
โ€“ Xuddi shunday janob!
โ€“ Ofarin, endi kelgan bo'lishinga qaramay shunday jiddiy ish senga yuklatilibdi.
โ€“ Aslida..janob Min..men sizdan kechagi qo'polligim uchun uzur so'rashim kerak. Men bilmagandim. Askida janob Chon biroz avval gul yetkazib beruvchilar ancha kech qolayotganini aytgandi. Men esa ularni siz deb...
โ€“ Buni unut! ( Yigit hotirjamlik bilan gapirar ekan qarshisida yosh bola singari duduqlangancha so'zlayotgan qizning harakatlaridan kulgusi qistab lab uchida jilmaydi.

PovHyen: Yo Xudoyim bu nimasi? U kulyaptimi? Nima uchun? Buning sababini izlab balki ust boshimda xatolik bormi deya bir nazar tashlab chiqdim. Nazarimda hammasi joyida. Ammo menga hamon so'zsiz tikilib turgan yigitning nigohlaridan qochish uchun ko'zlarimni har tomoniga olib qochishga harakat qilsam ham befoyda. Tobora bu menga noqulaylik tug'dira boshladi. Bu yerdan qanday qilib bo'lsa ham chiqib ketishim kerak.

โ€“ H..haligi janob Min agar menga biror buyrug'ingiz bo'lmasa men o'z ishimga qaytsam, mehmonlar kelishiga ham oz vaqt qoldi. ( Qizning gaplaridan o'ylangan yigit atrofga bir nazar tashlab qo'l soatiga qaradi.

โ€“ Taxminan bir soatdan ko'p vaqting bor. Agar senga shu ish yuklatilgan bo'lsa qolgan ishlarni chetga surganing ma'qul. Men biror bir xatolik yuz berishini hohlamasdim. Hammasi mukammal bo'lishi kerak.
โ€“ Ya'ni?! ( Qiz yigitning gaplariga tushunqiramay savol bilan yuzlandi.
โ€“ Men kirib kelishimdan odin nima bilan shug'ullanayotgan eding? Davom et! Buni ko'rishni istayman. ( Yigit qat'iy ohangda qizga buyruq berib o'zi kresloga orqa bergancha qizning galdagi harakatlarini kuzata boshladi. Ichidagi hayajon yaqqol sezilib turgan qiz qo'llari barobarida oyoqlari ham qaltirardi.

Bu nimasi axir? U meni.mazahlamoqchimi? Buni kuzatish nimaga kerak o'zi? Jin ursin hozir nimanidir boshlab qo'ymasam bo'lgani. Yo tangrim o'zing meni qutqar.

PpvYoongi: Qarahimdagi bu notanish qiz negadir menda ilk ko'rgqndayoq boshqacha taasurot qoldirdi. Ochig'i hayotimda hech bir qiz ochiqdan ochiq ilk ko'rganimdayoq bunday munosabat bildirmagan. Hozir ham qanchalik jahli burni uchida ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. Nazarimda qarshimda zo'rg'a jahlini jilovlab turibdi xolos. Qanday asabiylashayotgani shundoqqina harakatlaridan bilinib turibdi.

Yigit hech bir harakatini o'tkazib yubormasdan chuqur nazar bilan tikilar ekan Hyen ham onda sonda yigitga qarab qo'yar ekan yuzidagi ifodani ko'riboq asabiylashardi.

โ€“ Aslida bu ishni men emas Jihun bajarishi kerak edi ammo...
โ€“ Sen Jihunga kim bo'lasan? Dugonasimi?
โ€“ Shunday!
โ€“ Tushunarli..( yigit o'ylamsirab gapida davom etmoqchi bo'lganda xonaga kirib kelgan kanob Chon ikkisining ham e'tiborini tortdi.

โ€“ Janob Min? Siz bu yerda..?
โ€“ Sizning oldingizga kelgandim. ( Yigit muloyimlik bilan javob qaytarib kostyum tugmalarini taqgancha o'rnidan turdi.
Janob Chon so'zsiz tikilib turgan qizni ko'rib vaziyatni tushunolmay bir yigitga bir qizga tikildi.

โ€“ Aslida, janob, bu xodimimiz endigina ishga olindi. Bu vazifa Jihunga yuklatilgan edi ammo bazi bir sabablarga ko'ra u bugun ishga kelmadi. Xabaringiz bor deb o'ylayman. Ammo havotir olmang Hyen ham bu ishni yaxshi uddalaydi.
โ€“ Xabarim bor. Hyen haqida ham menga u aytdi
โ€“ Nima? ( Hyen
โ€“ U juda yaxshi uddalayapti. Menga esa ruxsat! Janob Chon birozdan so'ng xonamga chiqing! ( Yigit shunday deya Hyenga bir nazar tashlab xonani tark etdi.

***

Tugadi yorobun! Uzoq muddatli tanaffus va yana kam.yozilgani uchun uzur so'rayman. Negaki bu ff tez orada tugaydi. Ishlarim, o'qishlarim sabab bo'ldi bunga. Endi ffni har ikki kunda bir qism o'qiymiz. Aktiv bo'lasiz degan umiddaman Jonkalarim ๐Ÿซ โค๏ธ.