May 24

Feral Passion

Yarim soat avvalgi tartibsiz holatini qomatini tòldiruvchi qaynoq obraz bilan almashtirgan qiz sònggi boschiq uchun alvon lab bóyoğidan foydalandi. Eshik tomon bosilgan qadamlari xoxishsiz tòxtalarkan kòz qirini hamon yerdagi qimir etmayotgan yigitga tashladi. Òpkasidan hafsala bilan chiqargan nafasi ketidan òzi ham yigitning yonidagi poldan joy oldi. Qimmat rusumli telefonning old kamerasida videoga olish tugmasi bosilgan onda ekranni tashqaridan "uzukka kòz qòygan" deya nomlash mumkun bòlgan juftlik tòldirdi. Jungkookning bir qòlini boshi ostidan òtqazib olgan qiz kipriklarini begunohdek pirpiratgancha sòzlarini dona dona qilib ayta boshladi.

~ Aslida xech qachon ortimdan dalil qoldirmaganman. Ammo sen.. Jungkook — qorachiğini xushsiz yigit tomon kòtargan Heyi unga mos tarif keltirish uchun 2 soniya óylandi.

— Chinakam adrenalinsan. Ilk bor, hatto topshiriğimni òz qólim bilan buzishni ham òylab qoldim. Ğashga teguvchi zaiflik shunday emasmi? Shuning uchun ham óyinni imkon qadar tezroq tugatdim. Meni tushunishingni aniq bilaman. Sen ham ichingdagi òxshash xislarga soniya bòlsin toqat qilolmaysan. Biroq jaxannamdan sòng meni "jon oluvchiga" (grim reaper) aylantirishsa, kelgusi hayotingda sen bilan kòproq óynash uchun albatta vaqt topaman. Bu safar esa, lanati darajada yoqimtoy bòlganingni unutmaslikka vada berib òz aybimni yuvayapman. — videoni òchirgan qiz xech qachon kòrmasligiga amin bòlsada uni yigitning email akkauntiga yuborgancha uyni tark etdi. Kòcha boshidagi sport mashinasiga ótirarkan yon oynadan uy tomon xarakatlangan bir guruh qora kastyumli erkaklarga sònggi bor nigoh tashlab, mamlakatdagi oxirgi kunini tezroq tugatish uchun bu yerdan jònab ketti.

Janob Kanging kabinetida uzoq muxokama qilingan jiddiy masalalarni tugatib xovliga chiqgan yigit kóksiga yoqimli urulgan shamol sabab yengillik xissini tuydi. Uyning tashqarisidagi garaj va undan nariroqda joylashgan maxsus bog' unga yaxshi tanish. Aynan o'sha hududdan eshitilayotgan ovozdan lablari yoyilgan Taehyung bir oz avvalgi boshi bóylab yoyilgan oğriqni yòqotishning samarali yòlini topgancha, qadamlari yo'nalishini o'zgatirdi.

Tópponchaning otishga tayyorlash bosqichidagi shiqirlashi ortidan maxsus quloqchinlarni taqib olgan qizning chuqur nafasi eshitildi. Metall hidiga aralash porox isi butun mashq maydoniga singib ketgandi. U barmoqlarini pistolet dastasiga mahkamroq o‘rab, nishonni ko‘ziga to'g'irladi.
Aera: La'nati Drake... - go'yoki nishon Drakening silliq boshi va yoqimsiz kulgusiga aralashgan sovuq turqidan iboratdek lablari orasida so'kingan qiz o'q uzib lablarini burib qo'ydi. O'q markazga yaqin tegdi. Ammo nishon boshqa yerda qolib ketgandi. Bu unga yetarli emasdi. Qiz dushmaniga aylangan sobiq yigiti bilan qayta ko'rishganida uni butunlay mag'lub etishni, ko'kragida urib turgan bir pulga qimmat qo'rqoq yuragini sug'urib olishni niyat qilib qo'ygandi. Yana bir qadam oldinga yurdi u. Yelkasini tarang ortga tashladi-da qurolini nishonga to'g'irladi. Nigohlari sovuq. Yana bir marta tepki bosildi. Bu safar aniq markaz. Qizning ortida qurollar yoyilgan stolning eng chekkasida esa yigit sukut bilan uni kuzatib turardi.
Ustidagi tun kabi qora kiyimlari yigitning yirtqich tabiati xaqida gòyo qichqirar, uzun sochlar qalin qoshini berkitib kipriklari bilan qo'shilib ketgan, qo'llari esa ko'ksida chalishtirilgan. U Aeraning har bir harakatini kuzatardi. Barmog'ining titrashi, nafas olish oralig'i, tepkini bosish usuli... hammasini.

— Tópponcha bilan uyğunliging negadir ilk kunimizdagidan sustroq - qiz yangi o'qni joylarkan yigit sekin unga yaqinlashgancha sóz qotdi.

Aera atiga soniya yigit tomon kòz qirini tashlarkan risoladagidek salomlashish niyati yóqligini ochiqcha bildirdi.

— Shu atrofda ichingdan bóshalgan uruĝlaringni* yóqotdingmi nima?

Taehyung lab chetida kinoya bilan tabassum qildida kostyumini yechib bilagiga ilib oldi.

Taehyung: Jinsiy* partnyoringni o'ldirish fikri neyronlaringni keragidan ortiq qisib qòygan kòrinadi.
Aera bir lahzaga to'xtab qoldi. Albatta u biladi. O'sha kun hatto Drakening yoniga borib uni o'ldira olmay kelganidan ham xabardor. Qiz buni taxmin qilib indamadi.

— Uni o'ldiraman. Sen esa bunga yordam berasan. — Taehyung biroz qoshlarini chimirib sòng miyig'ida kulib qo'ydi. Qizning sòzlari tóliq buyruq ohangida ammo ichki ishonchning mutlaq yuqori darajasi yigitga xuddiki erkalikning vaxshiy kòrinishi kabi xisni berdi. Bu qasos. Aera esa bunda ikkilanishsiz undan foydalanishini takidladi.

Qiz yana otishga shaylanarkan Taehyung ohista stolga joylashib oyoqlarini chalishtirdi.
Taehyung: Sen nishonga juda yaqin turibsan. Dushmaning jang maydonida bunchalik qisqa masofada bo'lishi dargumon. Qizning fikri buzildi. Bir necha soatlar mobaynida bir nuqtaga yig'gan diqqati parchalanib ketgandek asabiylasha boshladi. O'zi bilmagan holda 2 qadam ortga qadam tashladi. G'olibona harakatidan yana bir bor jilmaygan Taehyung bir qo'lini stolga tirab gavdasini ortga tashlarkan oyoq uchida qizning boldirlarini silay boshladi. Aera bu tegishdan seskanib ketdi, avvaliga. Keyin bu bemani xislat otasining shogirtiga xos ekanligini eslab ko'zlarini qattiq yumib ochdi.

— Chalg'itishga urinma, befoyda. - Aera.

— Chalğitish? Ichimdan tòkilgan uruğlarni* izlayabman desamchi? Aqlli bolajonlarim yerdan kòra yuqoriroqdagi otalariga tanish nuqtani afzal bilishadi. – keyingi sòzlar quloği ostida yangrarkan qiz tanasida tarqalgan titroqni bosib yigitga òlimli nigoh bilan tikildi.

— Yaxshi-yaxshi – deyarli butun daqiqa alangali nigohlar ostida kulgisini tiygan yigit taslim bòlgandek kaftlarini kótaridi.
— Shunchaki yordam bermoxchiman. Agar sen uni o'ldirayotganingda yaralangan bo'lsang, diqqatingni jamlay olmaysan. Shunday ekan men foydaliman, qani davom et.

Taehyung qitmirlik bilan qizning oyoqlari orasiga chuqurroq kirarkan Aeraning otgan zarbasi noto'g'ri ketdi. Chuqur nafas olgan qiz alamini tishlaridan olgandek ularni qattiq ğirchillatdi.

— Voqealar rivoji shunday davom etsa sen tez orada murdasan. – yuzini burishtirgancha dedi yigit.

— Yomon o'quvchi. – shivirlagan kóyi órnidan qózĝalgan Taehyung qizni yanada mazaxlash uchun yaqinlashgancha uning ortidan yelkasiga yuzini tiradi.

Taehyung: Qani ot!

Butun ongini band qilib bólgan yigitni etiborsiz qoldirishga chin dildan urunayotgan Aera tòsattan quloĝi ostidagi nozik nuqtaga bosilgan qaynoq til tasirida yana bir nishonni sharmandali boy berdi. Bu safar qizning og'zidan chiqqan iflos so'zlarni Taehyung ham eshitdi va ortga burilgancha ovoz chiqarib kulib yubordi.

— Seni chalg'itish shunchalar osonki, Aera...

— Gvanjou jinlari ursin* seni. Xoziroq kòzimdan DAF ból!

Taehyung jahldan qizarib ketgan qizning yanoqlarini sinchiklik bilan kuzatib bilagidagi kostyumini temir stol ustiga qo'ydi-da unga yaqinlashdi. Qayta belgilangan qizil nuqtani ko'zlayotgan xonimcha bu gal butkul asabiy va g'azabdaligidan, yigit allaqachon bu o'q ham noto'g'ri ketishini taxmin qilib bo'lgandi. U Aeraning qo'llaridan ushlab tòpponchani biroz pastroq tushirdi.

— Kuch bilan emas o'zingni bo'sh qo'yib, vaziyatni nazorat qilgan holda ishonch bilan otasan, - dedi u sekin.

Aera avvaliga yigitning chuqur ovozidan qo'zg'alib ketdi. Kipriklarini pirpiratib tez-tez nafas olarkan tirsagidan sirg'alib kelayotgan uzun barmoqlarni payqagach battar vahimaga tusha boshladi. Yigit bu titroqni aniq sezdi. U qizning yelkasini yana-da ortga tortib shivirladi.

Taehyung: Qo'rqayotganingni yashirma. O'zingni shunchaki tinchlantir. Bu xuddi hissiyotlarni o'chirib qo'yishga o'xshaydi.
Aera yuragi g'alati urib ketayotganini sezib turardi. Taehyungning tanasi juda yaqin turibdi. Juda ham yaqin.

Aera: Men qo‘rqmayman, - qattiq ohangda dedi u pichirlab.

Taehyung: Yolg‘on. Lekin shu menga yoqadi.
U Aeraning barmog‘ini tepki ustida to'g'irlab qo‘ydi-da kulimsiragancha qizdan bir qadam uzoqlashdi.

– Endi ot.

Natija qanday bo'lishi yigit uchun ham qiziqligi bois bo'ri ko'zlar allaqachon qotib turgan nozik jussa va qora rangli to'pponchaga qaratilgan edi.
O'q aynan markazga tegishi kutilayotgan bir paytda, hammasi teskari ketdi. Qiz bu safar shunchaki jim bo'ldi, hech qanday g'azabsiz ortga burildi. Taehyung xuddi hafsalasi pir bo'lgan odamdek yuzini burarkan
– Sendan xavfli burilish kutgandim, - deya kostyumini yelkasiga tashladi. Yurishdan to'xtagan Aera qahr bilan o'sha tomon o'girildi. To'pponcha nishonida esa yigit turardi. Taehyung qarshisida qurol o'qtalib turgan mallasochning chimirilgan qoshlari va g'azabdan qizargan nigohlarini chuqur ko'zdan kechirib doimiy "jiddiy" kulgusini aritmadi.
Taehyung: Qani nimani kutyapsan?

Taehyung Aeradan jur'at kutdi. Jasorat va jasurlik kutgandi. Ammo qiz hech narsa demadi, uning undovlariga javob ham bermay hech so'z va harakatsiz shunchaki ortiga burildi-yu keta boshladi. Bir necha qadamdan so'ng u soniyaga bo'lsa ham o'ylanib o'tirmay shart ortga qayrildi-da ogohlantirishsiz yigit tomon o'q uzdi. Kiprik qoqqunicha bo'lgan ishdan chinakamiga hayratlangan Kim barmog'iga ilingan kostyumining yerda yotganiyu qimmatbaxo matodan òqning kuydirgan xidi taralayotganini ko'rib nigohlarini Aeraga ko'chirdi.

Aera: Men hali ham, xavfliman, Kim Taehyung. – qizning lab uchida kinoyali jilmaygancha kòzdan ğoyib bólayotgan silueti kun sònggida ğalabani óz xisobiga yozgandi.

Kòzlarini, bosib olgan oğirlikdan bazor kòtargan yigit peshonasidan oqib kipriklari orasiga quyilayotgan suyuqlik ter yoki qon ajratolmasdi.
Uzoq vaqt mobaynida zanjirlarga osilgan qól mushaklari oĝriğidan yuzini burishtirgancha sòkindi u.

— Lanati qurumsoqlar mexmonga xatto stul taklif qilishga yarashmadi.

Qorong'i xona ichida uning xirillagan kulgisi aks-sado berdi. Shiftning bir burchagida lipillab turgan eski chiroq Jungkookning qon aralash ko'karib ketgan yuziga tushib, uni yanada ayanchli ko'rsatardi. Temir va namlik hidi dimog'ni kuydirar darajada yoqimsiz. Jungkook bu yerda o'zidan boshqa yana kimdir borligini his qilib turardi, garchi yuziga tushib turgan xira chiroq va haddan tashqari quyuq zulmat unga xalaqt bersa ham.

— Xamon xazil aytishga qodir ekansan yigitlarim yetarlicha kuch ishlatishmabdi. — tosh devorlardan iborat xonaning yoruğlik yetib bormaydigan qismidan òtkir ovoz yangradi.

— Balki bu yerdan chiqqanimdan sóng menga kòtarilgan barmoqchalarni bòğimlarga bólib chopmasligim uchun qilingan extiyotkorlikdur? — charchoq sezilib turgan xansirash bilan dedi yigit. – Ammo baribir chopaman.

— Hali ham maĝrursan Jeon.
Xatto shu xolingda taxdid qilmoxchisan — nomalum ovoz egasining oldinga intilgan xarakatlari aniq eshitilarkan, ortidan shu ovozga monand sovuq yuz ifodasi kórinish berdi.

— Ammo bir fikringga qòshilaman, xozir mexmonsan.. faqat bu hayotga va tez orada òzim seni jaxannamga jònataman. — erkak zanjirlar atrofida aylanarkan Jungkook qisiq kòzlari bilan uni yaxshiroq kòrishga urundi.

— Bòldimi? Nutqing sònggidagi ólimli kulgi qayoqqa ketdi? Dreamworks ijodini chala kuzatgansan choği. — yasama ranjish bilan mazaxladi yigit.

Birdan Jungkookning yuzi qarshisida paydo bólgan erkak kuch bilan bóyni orqasidan kaftini ótqazgancha uni óziga yaqin tortdi.

— Òzingni qórqmayotgandek kòrsatishni bas qil? Boshingga nimalar solishim xaqida xatto tasavur qilolmaysan lanati* kózlarimga yaxshilab qara, bu kòzlarni yodingdan chiqarolmaysan ESHITAYAPSANMI CHIQAROLMAYSAN. – har bir sòzi ortidan yigitni bóynini qattiqroq siqayotgan erkak qancha urinmasin bu olifta oldida ózini xotirjam tutish rejasi barbod bólayotgandi.

— Bu kòzlar – allanimani eslagan qiyofada lablari orasidan pichirladi Jungkook. Ularni katta ochganingda biram xunuk kòrinayapdiki. Oğayni nima yotoğindan jazmaningni tortib olganmidim, nega menga òshqirasan.

Yigit xatto xazilini tamomlab bólmay yuziga kelib tushgan mushtdan qalqib ketdi. Allaqachon kuchdan qolgan tanasini pol bilan bir bòlishdan qòllarini xavoda ushlab turgan zanjirlar asrab qolarkan, bir zarb òrnini boshqasi juda tez fursatda tòldirdi.

— ChonU! — biroz nafas rostlagan Song davom etdi. Yagona qondoshim, mening ukam, unga qilgan ishlaringni unutishga xaqqing yóq edi.

U endi tanidi. Bu qiyofa, chindan xam erkakda ChonU ismli yigitchani kòzlari bor. Ehtimol Jungkook necha kishini mag'lub etganining sanog'ini hisoblay olmas, ammo o'ldirgan odamlarining qiyofasi yodida.

— U ham xazil qilishni yoqtirardi. – davom etdi erkak oğriqli nuqtasi haqida sòzlayotgandek – Ammo u o'limidan oldin bunchalik kulmagan. Kula olmagan edi. Sen sababli

Flashback:
2 yil avval.

Aqildan ozgan yoshlarning barini òz ichiga oladigan shayton uyasi. Gunoxning istalgan turini topish mushkul bòlmagan maskan. Binoning gavjum qismiga nisbatan ancha ichkari joylashgan xonalardan birida yopiq eshik ortidan, erkak va ayolning òz qilmishlari tasirida olayotgan roxat ohanglari yangramoqda.
Tósatdan eshikka berilgan zarb yopiq qulfni deyarli sindirdi.
Qizning qóynida tipirchilashiga parvo qilmagan yigit mashĝulotini oxiriga yetqazib qóyishga bel boğlagandek kórinardi. Yana bir necha bor berilgan zarba va butunlay abgor xolga kelgan eshik endi xonani ham undagi xiyonat saxnasini ham berkitolmay qoldi.

— Ch.chonU — qiz orgazm tasiridan titrayotgan oyoqlari sabab tik turishga qiynalarkan yalang tanasidagi nozik nuqtalarni qóllari orqali berkitishga xarakat qilardi.

Gunoxkor kózlaridan otilib chiqayotgan kòzyoshlar pushaymonlik emas, qórquvning iflos kórinishi ekani unga qarab turgan yigitni battarroq ğazablantira boshlagan.

— Nimalar qilding? SIZ NIMALAR QILAYAPSIZ?? – tanasida tarqalgan titroqni yashirolmay jazavaga tushdi yigit.

— Yuqori sinf anatomiya darslarida óqitishmaganmi? Bu jinsiy aloqa* deb ataladi. Extirosdan dod solgan kichkintoylarning qovushishi. — eshik ortini tóldirgan tomoshabinlardan oz bólsada hayo qilmagan Jungkook mushakdor tanasini yashirishga ham urunmagancha beparvo òrnidan turdi.

— SENI ÓLDIRAMAN ABLAX* — ChonUning ğazabi Jungkook tomon qaratilarkan xonaga otilib kirgan boshqa bir qancha yigitlar uni tutib qola olishdi.
Giyoxvand modda tasiri ostidan chiqmagan Jungkook uni yirtqichdek nimtalashga tayyor bólgan ChonUni xech bir sòzini aniq ilğamas shunchaki xotirjam sport shimi ustidan egniga qora futbolkani ildi.
Keyingi laxzalarda yangi ochilgan romni hóplayotgan yigit oyoqlari ostiga kelib tushgan matoxga tikildi. ChonUga tegishli qólqoplar. Duelga ochiqcha chaqiruv. Aftidan Jungkook uning qóğirchoği bilan biroz óynagani yigitga jiddiy tasir kòrsatgan.

— Ularni ol lanati* men bilan jang qil. Xech qanday qoidalarsiz. Òlimgacha!
Ana endigina bòlayotgan vaziyatga bor diqqatini qaratgan Jungkook uni jangga chorlayotgan yigitga qaxrli tikildi.

— Sònggi imkonni beraman, òrningni bil-da xonadagi barcha axlatlaringni olib kòzimdan daf bòl. – Jungkook nafaqat qòlqoplar balki qizga ham ishora qilgancha gapirdi. Albatta sónggi nafasing qòllarim orasida uzulishini istamasang.

Yigit boz rom tomon qòl chòzarkan ChonUning keyingi sòzlari undagi oxirgi insoniy tuyğularni xam batamom òchirishga yetdi.

— Foxishani òzingda qoldir. Uning ham oyoqlari sevimli opajoningniki kabi uzun. Xar bir siltalanishda uni yodga olishing uchun xizmat qiloladi....

Katta zal markazida qattiq simlar bilan óralgan ring allaqachon jangchilar bilan band qilingan. Kutilmaganda tashkil etilganiga qaramay allaqachon olomon bilan tòlgan maydonda pul tikishlar boshlanib ulgurgan. Bugun kimningdir kózlari abadiy yumulishi xech kimni tashvishga solmas xamma faqat òz nomzodining ayovsiz ğalabasini istaydi.
Qònğiroqning ilk bongidanoq ring poliga qon doğlari sachrab ulgurdi. Raqibining tajovuskorona xarakatlariga nisbatan qonidan sòrilib ulgurmagan oğu sabab Jungkookning urunishlari kuchsizroq, chalkash kórinardi. Ketma-ket ótkazib yuborilyan aniq zarbalar yigitning ongini anchayin xiralashtirgan. Ammo tanasi xech bir oğriqni tóliq xis etmas. Necha daqiqani ortda qoldirganidan bexabar, yagona bilgani bu hayvonni kekirdagini uzib olish istagi. Raqibning oldindan sezdirib qòyilgan keyingi xarkatiga chap bergan Jungkook vaziyatni tóliq òz foydasiga òzgartirarkan tananing boshqa tomoniga berilishi kerak bo'lgan zarba bo'shliqqa kegancha, Jungkook bir lahzada uning ortiga o'tib oldi. Olomon quturib baqirdi.
Yigitning tomirlarida adrenalin bilan birga nazorat qilib bo'lmaydigan vahshiylik yugurardi. U raqibining bo'ynidan changallab, tizzasi bilan beliga qattiq urdi. Suyak sinishiga o'xshash ovoz ring bo'ylab tarqaldi. Raqib og'riqdan bo'kirgancha qutulishga urindi, ammo Jungkook uni polga shunchalik kuch bilan uloqtirdiki, ring larzaga kelgandek bo'ldi.
– Tur… - xirilladi u qon tupurgancha arang hansirash bilan, - Hali o‘lmading, - qóshimcha qildi Jungkook qoshlari burchagidan oqayotgan qonga hatto e'tibor ham qilmay.
Ammo ChonU allaqachon hushini yo'qotish arafasida edi.
Jungkookning ko'z oldi xiralashib, quloqlaridagi shovqin kuchaydi. Ichidagi qora dori unga qanchalik katta Kuch berishidan qat'iy nazar bor energiyasini ham so'rib olayotgandi. Olomonning qiyqirig'i borgan sari odam ovoziga emas, och yirtqichlarning uvillashiga o'xshab borardi.
Xech qanday javob ololmagan Jungkook yerda yotgan yigitni sochidan changallagancha yuqoriga kòratdi. Bazór nafas chiqarayotgan ChonUga tikilarkan tanasidagi moddalar xujumining keyingi tólqini xaqiqat va xayolotni butunlay chalkashtirib yubordi. Jungkookning nigohlarida namoyon bólayotgan yagona tasvir: ChonU iflos tabassum qilgancha gunohlardan holi bòlgan opasini taxqirlardi. Kòrgan gallitsunatsiyasi oqibatida ğazab òchoĝiga tólaligicha qulagan Jungkook yigitni panjaragacha sudrab bordi. Noqonuniy maydondagi xech qanday ustki qoplamalarga ega bòlmagan qattiq simga yuzini bosarkan boshining ort qismidan ketma-ket zarbalar yóllashdan tòxtamasdi. Allaqachon ikki tomonlama kuchli zarba tasirida yuzi majağlanib ketgan yigitning joni uzulganiga qaramay zaldagi xech kim uning murdasini parchalayotgan maxluq qòlidan olishga botina olmasdi.

Bir zumgina eski xotira sabab kòzlarida achinish xissi yarqiragan yigit yana befarq ifoda yasagancha qarshisidagi Songga tikildi.

— Jang natijasi oldindan aniq edi, òz ólimiga ukangning bir pulga qimmat ğururi aybdor — ohanggidan xech qanday pushaymonlik mavjud emasligini yashirmagancha dedi Jungkook.

— Tóĝri, ayni dam seni òlimingga ham axmoqona kibring sabab bóladi. — Sóng kamari orasidan chiqargan tópponchani ikkilanishsiz yigitning peshonasiga tiradi.