💯 Kasallikni davolashdan ko'ra uning oldini olgan afzal
Bu safargi OPVga qarshi emlash ishlari bo'yicha targ'ibot tadbiri manzili Yangiyer shahrining 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi bo'ldi.
Qiziqarli savol-javob va munozaralarga boy kechgan uchrashuvda Yangiyer shahar SEO va JS bo'limi mutaxassisi Gulnora Baratova ishtirokchilarga OPV (odam papilloma virusi) kasalligi va unga qarshi emlash to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.
Emlashning foydasi bo'lsa borki,zarari yo'qligi,ba'zi insonlar tomonidan o'ylab topilgan mish-mishlar,faktlarga asoslanmagan va noto'g'ri tushunchalarga ishonmaslik,emlashdan asosiy maqsad kasallikning oldini olish ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi.
Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda mamlakatimizda yiliga o'rtacha 600 ga yaqin ayollar aynan bachadon bo'yni saratoni kasalligidan vafot etishi,vaholanki vaksinatsiya orqali ushbu achinarli statistika-holatlarning oldini olish mumkin bo'lganligi eslatildi.
Ma'lumot uchun milliy emlash kalendaridagi 13 turdagi yuqumli kasalliklar,shu jumladan OPVga qarshi emlash xarajatlari to'liq davlat byudjetidan qoplanib,aholi uchun bepul hisoblanadi.