💉JSST koronavirus va grippga qarshi emlanishni tavsiya qildi.
Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreesus Jenevada oʼtkazilgan navbatdagi brifingda COVID-19 va grippga qarshi emlanishni tavsiya qildi.
Qayd etilishicha, soʼnggi oylarda dunyo boʼyicha koronavirus tufayli kasalxonada davolanish va oʼlim koʼrsatkichlari ortib boryapti. Qolaversa, qator mintaqalarda gripp mavsumi boshlanmoqda.
Har ikki kasallikning bir vaqtda kuchayishi sogʼliqni saqlash tizimlari uchun ortiqcha yuklamalarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois hozirdan zarur profilaktik choralar koʼrish talab etiladi.
Chunki mavsumiy gripp har yili 650 ming nafarga yaqin insonning oʼlimiga sabab boʼlmoqda. Oʼz navbatida, bu virus turli surunkali kasalliklarning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishi bilan xavfli.
Shundan kelib chiqib, JSST nafaqat COVID-19, balki grippga qarshi emlanishni ham tavsiya qildi.
“Bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami — homilador ayollar, 6 oylikdan 5 yoshgacha boʼlgan bolalar, keksa yoshli insonlar (65 yoshdan katta), surunkali kasalliklari bor bemorlar va tibbiyot xodimlari amalga qilishlari maqsadga muvofiq” — deyiladi tashkilot xulosasida.