KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
🟥 hududdagi 9 yoshdagi (2014-yil) qiz bolalarni odam pappiloma virusiga qarshi VPCH-1 vaksinasi bilan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida emlashni tashkil etish
🟩 SOP - standart ishchi hisobotlarni ish jarayonida xizmat doirasida foydalanish
🟨 Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining № 09-1178 ko'rsatma xati ijrosini taʼminlash
🦠 Odam papillomasi virusi (VPCh) - bu kelgusi hayot davomida deyarli 6 hildagi saraton kasalligiga olib keladigan keng tarqalgan virusdir. Saraton rivojlanishi, inson VPChni yuqtirib olganidan keyin namoyon bo’lguniga qadar bir necha yil, ko’pincha o’nlab yillar o’tadi
📌 Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, har yili O’zbekistonda 1660 nafar ayolga bachadon bo’yni saratoni yuzasidan tashxis qo’yiladi. Afsuski, har yili mamlakatda bachadon bo’yni saratonidan 608 nafardan ortiq ayollar vafot etadi. Vaholanki, ko’pgina bunday holatlarning oldini olish mumkin edi.
💉 Kasallikning profilaktikasi 9 yoshdagi qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash hisoblanadi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bachadon bo‘yni saratoni O‘zbekistonda barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda turadigan va eng ko‘p tarqalgan saraton kasaligi hisoblanadi.