October 23, 2023

YANGIYER SHAHAR DEHQON BOZORIDA PROFILAKTIK TADBIR 

🔷 Tadbir davomida bozor hududida xizmat ko'rsatayotgan

✅ sotuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda maxsus kiyimlarda savdoni amalga oshirishi,

✅noma’lum sharoitlarda tayyorlangan sifati va xavfsizligini ta’minlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan mahsulotlarni sotmaslik,

✅ veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda faoliyat yuritish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🍴Ovqatdan zaharlanish - mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda vujudga keladigan kasallik. Aksariyat birdan koʻpchilik kasallanadi,lekin bemorlardan sogʻlom odamga yuqmaydi. Koʻpincha stafilokokklar,enterokokklar,ayrim ichak tayoqchalari, protey, sitrobakter, iyersiniya,klostridiya va boshqa mikroblar sabab boʻlishi mumkin.Quyidagi 2 holat Ovqatdan zaharlanish uchun umumiy hisoblanadi: 1) mikrob tushib koʻpaygan ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibati; 2) bemor organizmiga mikrobning oʻzi va uning toksini taʼsiri.Ovqatdan zaharlanish yoz oylarida koʻp uchraydi.Kattalarga nisbatan bolalar,ayniqsa, 3 oylikdan 2 yoshgacha boʻlgan bolalar koʻproq kasallanadi.Odam koʻproq urinib qolgan goʻsht va uning mahsulotlari, sut mahsulotlari (ayniqsa,tort va pirojnoye), baliq,tovuq goʻshtini isteʼmol qilganda zaharlanishi mumkin.