💉IMMUNOPROFILAKTIKA
Yangiyer shahrida joylashgan 1-4-5-8-10-umumiy o'rta ta'lim maktablarida 9 yoshdagi (2014-yil) qiz bola o'quvchilarni odam papilloma virusiga qarshi (VPCH) vaksina bilan emlash jarayonlaridan fotolavhalar 📷
Ushbu maktablarda VPCH vaksinasi bilan emlash uchun ro'yxatga olingan 180 nafar qiz boladan bugungi kun holati bo'yicha 173 nafari emlandi. ✅
Yuqoridagi maktablar o'qituvchilarining 540 nafaridan 194 kishi gripp kasalligiga qarshi vaksina bilan emlanishdi.
Grippga qarshi emlash yordami 1-10-13-MTT (maktabgacha ta'lim tashkiloti)lari o'rtasida davom ettirildi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarida esa emlash ko'rsatkichi 100 % lik natija berdi yaʼni vaksinatsiya uchun roʻyxatga olingan 125 nafar xodimning barchasi o'z sog'ligi profilaktikasini ta'minlashdi.
Qolaversa Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasida tibbiyot xodimlarining ro'yxatga olingan 950 kishidan 245 nafari ham grippga qarshi vaksina yordamida o'z sog'liklarini "himoya" qilishdi.
Joriy natijalar bo'yicha jami rejadagi 3215 kishidan 564 nafari (deyarli 20%) emlandi.Vaksinatsiya jarayonlari uzluksiz davom etmoqda...