💉 GRIPPGA QARSHI EMLASH ISHLARI
Gripp fuqarolar orasida qo‘rqinchli kasallik sifatida ko‘rilmasa ham, o‘z vaqtida davolanmasa, organizmda turli xil asoratlar qoldirishi mumkin.
Kasalni davolagandan ko‘ra, uni oldini olgan ma’qul. Shu bois kasallikning avj olib ketmasligi uchun vaksina ishlab chiqilgan.Ammo vaksina kasallikdan butkul himoya qiladi,degani emas. Organizmni tashqi omillardan himoyalash ko'p jihatdan bevosita har bir odamning o'ziga bog'liq.
Bugungi kunda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida aholini xususan, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimida mehnat qilayotgan xodimlarni orasidan ro'yxatga olingan 665 kishining barchasi 100 % lik ko'rsatkich bilan emlanishdi va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarning 1768 nafaridan 891 nafari (50 %) vaksina qabul qilishdi hamda grippga qarshi vaksinatsiya ishlari davom ettirilmoqda..