September 27, 2023

YANGIYER SHAHAR 11-MTT 

Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,tashkilot hududining umumiy sanitar-gigiyenik ahvoli talab darajasida yoki yo'qligi o'rganildi.

Tashkilot oshxonasining ovqatlanish bo‘yicha sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiqligi tekshirildi.Jihozlar tozaligini laboratoriyada aniqlash uchun namunalar (surtma) olindi.

Bolalar yotoqxonasining

- me'yor darajasi (lyuks)da yoritilganligi,

- choyshablar tozaligi va o'z vaqtida almashtirib turilishi,

- havoning nisbiy namligi va ventilyatsiya (havoning almashib turishi),qolaversa,kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari talablarga mos kelishi nazoratdan o'tkazildi.

Farzand tarbiyasida sanitar-gigiyenik talablarga har qanday joy va holatda befarq bo'lmaylik!Zero,ertamiz egalari - bolajonlarimizning salomatligini saqlash tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda har birimizning insoniylik burchimizdir!