October 1, 2024

🗿Yonaki-ishi

Eng mashhur yonaki-ishi Sidzuoka prefekturasining Kakegava shahrida topilgan. Afsonaga ko'ra, ko'p yillar oldin homilador ayol toshli tog'lar orasidan uyiga ketayotganda, mashaqqatli sayohatdan charchab, Sayo no Nakayama dovonida dam olishga qaror qildi. U katta tosh yonida to‘xtaydi va nafas rostlash uchun unga suyandi. To'satdan ayolning oldida bir jinoyatchi paydo bo'ladi. U qilich bilan ayolni og‘ir yaralaydi. Agar uning orqasida tosh bo‘lmaganida, ehtimol, qornini teshib qo‘ygan bo‘lar edi deya ta'riflanadi. Qaroqchi sumkani olib, tun qorong'iligida g'oyib bo'ladi, ayol esa qon ketishidan vafot etadi.

Real Hayotdagi - Younaki-ishi

Tosh jinoyatchiga chuqur kesuvchi zarba berishga to'sqinlik qilgani tufayli, qornidagi bolaga zarar yetmadi. Bola yara orqali nurga intilib chiqadi. Onasining ruhi yangi tug'ilgan chaqaloqni himoya qilishni xohlab, Yerni tark etmaydi va ruhi toshga ko'chdi. O‘shandan beri har oqshom tosh nola qilib, yig‘laydi. Endilikda esa u Sidzuokaning yetti mo'jizasidan biri sifatida mashhur.
O'sha baxtsiz kuni qo'shni ibodatxonadagi ruhoniy dovon tomondan baland ovozda yig'layotganini eshitdi. U nima bo'layotganini bilish maqsadida borib, chaqaloqni qonli tosh yonida topadi. Ruhoniy chaqaloqni ibodatxonaga olib boradi, uni tarbiyalaydi va uni o'qitadi. Otoxachi - ruhoniy bolaga shunday ism qo'ygan edi. U qilich kesuvchining shogirdi bo‘lib ishlaydi va qisqa muddat ichida o‘zi ham zo‘r hunarmandga aylanadi.
Bir kuni Otoxachi oldida singan katanasini tiklamoqchi bo'lgan samuray paydo bo'ladi. Katanadagi yoriq haqiqatan ham jiddiy edi. Samuray Sayo-no-Nakayama dovonida qilichini tasodifan toshga urib shikastlaganini aytib o‘tadi. Qarshida onasining qotili turganini anglab yetgan Otoxachi o‘zini samurayga o‘ldirilgan ayolning o‘g‘li deb tanishtiradi va qilmishi uchun shafqatsizlarcha o‘ch oladi.