November 8, 2021

Paxtachi tumanida hokim yordamchilari vazifasiga ko‘rsatilgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilmoqda

2022 yil 1 yanvardan boshlab respublikaning barcha tuman va shaharlarida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimi joriy etilmoqda.

Samarqand viloyatida hokim yordamchilari bo‘yicha nomzodlarni suhbatdan o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Husanov Nozim Baxtiyorovich boshchiligidagi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi va Markaziy bank vakillaridan iborat ishchi guruh dastlab Paxtachi tumanining 59 ta mahallasi uchun tanlab olingan nomzodlar bilan suhbat jarayonini boshladi.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik