December 4, 2021

Jomboy tumanida navbatdagi "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazildi

Joriy yilning 3-dekabr kuni Jomboy tumani 2-sektor hudida joylashgan 1-umumta'lim maktabida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazildi

Ushbu mehnat yarmarkasida 30 ta korxona va tashkilotlar o’zlaridagi 205 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashishdi.

Tadbirda 67 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Ishtirok etgan fuqarolardan 21 nafari “Temir daftar”ga, “Ayollar daftari”ga va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolari, jami ishtirokchilardan 17 nafari xotin-qizlarni, 23 nafari yoshlarni (o‘rta taʼlim maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy taʼlim bitiruvchilari) tashkil etdi.

“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida 25 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilib ishga joylashtirildi. Ish bilan taʼminlanganlardan 7 nafari yoshlarni va 8 nafari xotin-qizlarni tashkil qildi.

Yarmarka davomida 42 nafar fuqarolarga ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ishga joylashish bo‘yicha mehnat qonunchiligi, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, tijorat banklari masʼullari tomonidan tadbirkorlikni boshlash va tadbirkorlikning yo‘nalishlari to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berildi.

Kanalga ulanish: 👉@samarkand_bandlik